17
Hisoblash masalasi xossalarining dastlabki (kompyuter hisobiga qadar)
tahlili.
Dastlab hisoblash masalasining xossalari kompyuter hisobiga qadar tadqiq
qilinadi. Bunda asosan masalaning korrekt qo‘yilganligiga e’tibor qaratiladi, chunki
avval masalaning matematik xossalarini tahlil qilmay turib,
uni sonli yechishga
urinish natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Bu
tahlil masalaning qo‘yilishini soddalashtirishi ham mumkin, ba’zi xususiy hollarda
esa analitik yechimni ham topish imkoniyatini beradi.
Bu esa hodisaning muhim
xususiyatlarini tahlil qilish yoki dasturning to‘g‘ri ishlayotganligiga ishonch hosil
qilish uchun test bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Sonli usulni tanlash yoki qurish.
Hisoblash masalasini kompyuterda yechish
uchun hisoblash masalalaridan foydalanish talab qilinadi.
Bunda amaliy masalani
yechish ketma-ketligi ko‘pincha samarali standart hisoblash masalalarini yechishga
olib kelinadi. Ba’zida, agar hisoblash masalasi yangi bo‘lsa, u holda unga mos
hisoblash usuli tayyor bo‘lmasligi ham mumkin. Bunday masala uchun sonli usulni
qurish murakkab muammo bo‘ladi va hisoblash
matematikasining maxsus
mutaxassislarini bu masalaga jalb qilish talab etiladi. Ba’zan birgina
hisoblash
masalasini yechish uchun bir nechta hisoblash usulidan foydalanish mumkin bo‘ladi.
Ana shu paytda hisoblash usulining o‘ziga xos xususiyatlarini, kriteriyalarini,
ularning eng samarali ko‘rinishlarini bilish talab etiladi.
Bunda tanlov, albatta, bir
qiymatli emas. Bu talab qilinayotgan yechimdan, mavjud zaxiralardan, hisoblash
texnikasining imkoniyatlaridan bog‘liq. Ushbu o‘quv qo‘llanma asosan aynan ana
shunday muammolarni hal qilishga ko‘maklashish uchun mo‘ljallangan.
Dostları ilə paylaş: