O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti abdirashidov A., Babayarov A. I



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/69
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#211260
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   69
AbdirashidovA.BabayarovA.I.Hisoblashusullari1-qism2018

Algoritmlashtirish va dasturlash.
Oldingi bosqichda tanlangan hisoblash usuli 
masalani yechishning faqat asosiy sxemasini beradi, uni kompyuterda bajarish uchun 
esa ko‘p jihatlari ochilmagan bo‘ladi. Demak, hisoblash bosqichlarini batafsil 
bajarish uchun kompyuter algoritmini tuzish zarur. Keyin esa dastur ana shu 
algoritmni daturlash tiliga ko‘chiradi. Hozirda mavjud C++, FORTRAN, Pascal, 
Delfi kabi algoritmik tillar hisoblash masalasini yechishda keng qo‘llaniladi. Bu 
algoritmik tillarning standart dasturlar bibliotekasi yoki amaliy dasturlar paketi ham 
mavjudki, ulardan samarali foydalanish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari 
MATLAB, Maple, Mathcad, Mathematica, va shu kabi matematik paketlar ham 
mavjudki, bular hisoblash masalalarini yechishning eng zamonaviy vositalari bo‘lib 
bormoqda. Bulardan tashqari MS Excel dasturidan ham bu borada samarali 
foydalanish mumkin. Albatta, tadqiqotchi o‘zining tuzgan dasturiga ega bo‘lishni 
xoxlaydi. Buning uchun maxsus qo‘llanmalarga murojaat qilish maqsadga muvofiq. 
Dasturni sozlash.
Bu bosqichda kompyuter yordamida dasturning xatolari 
topiladi va to‘g‘rilanadi. Agar bu xato dasturni tuzishda yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, u, 
albatta, oson topiladi va o‘z vaqtida to‘g‘rilanadi. Ammo dasturni ishlash holatiga 
keltirish uzoq vaqtni va mashaqqatli jarayonni talab qilishi mumkin. Ma’lum bir 
tajriba 
va 
malakaga 
ega 
tadqiqotchigina 
murakkab 
dasturni 
sozlashda 


18 
muvaffaqiyatga erishishi mumkin, chinki «Har qanday dasturda hech bo‘lmaganda 
bitta xato bor» degan ibora mavjud. Demak, dasturda xatoliklarning borligi bu tabiiy 
hol. Shuning uchun dasturni sozlashdan oldin hisoblash masalasini algoritm-
lashtirish va dasturlashga ham jiddiy e’tiborni qaratish lozim ekan. Dasturni samarali 
sozlash dasturni ishlab chiqishning umumiy uslubiyatidan bog‘liq. Sozlangan 
dasturni test bilan teksirish kerak bo‘ladi, bunda yechimi mavjud test masalalar shu 
dasturda xususiy hol sifatida yechiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin