20
Usulning xatoligi
aniq operatorlarni va boshlang‘ich ma’lumotlarni taqribiysiga
almashtirishdan paydo bo‘ladi, masalan, integralni yig‘indiga, hosilani chekli
ayirmaga, funksiyani ko‘phadga almashtirishda va
cheksiz iteratsion jarayon
natijasini chekli iteratsiyalarda qurib olishda paydo bo‘ladi. Bu
yo‘qotish mumkin
bo‘lgan xatolik
bo‘lib, masalan, usul biror parametrga nisbatan quriladi, bu parametr
biror limitga intilsa, u holda usulning xatoligi nolga intiladi.
Hisoblash xatoligi
oraliq va yakuniy natijalarni
yaxlitlash natijasida paydo
bo‘ladi. Shunday qilib, biror masalani kompyuterda yechish natijasining to‘la xatoli-
gi yo‘qotib bo‘lmaydigan (matematik modelning xatoligi; dastlabki axborotlardagi
xatolik) va yo‘qotib bo‘ladigan (usulning xatoligi; hisoblashlardagi yaxlitlash xatoli-
gi) xatoliklar yig‘indisidan iborat ekan.
Quyida hisoblash xatoliklariga to‘xtalib o‘tilgan.
Hozirgi zamonaviy
kompyuterlar asrida bu masalaga to‘xtalib o‘tish o‘ta mayda-chuydalarga e’tiborni
qaratishdek tuyiladi, aslida esa bu unday emas. Buni quyidagi ikkita misol orqali
tushuntirish mumkin: 1) Bizga ma’lumki, sinus funksiyaning qiymati Teylor formu-
lasi bo‘yicha quyidagicha hisoblanadi:
...
!
7
!
5
!
3
)
sin(
7
5
3
x
x
x
x
x
va agar barcha
hisoblashlar absolyut
aniq bajarilsa bu formula
x
argumentning ixtiyoriy qiymatida
aniq javobni beradi. Endi
x
argumentning har xil qiymatlarida sinus funksiyani: ush-
bu qatorning 20 ta hadini ushlagan holda va maksimal aniqlikda hisoblagan holda
(masalan, MS Excel dan foydalanga holda) hisoblaylik:
x
1
10
15
Teylor formulasi bo‘yicha
0,841470985
–0,54402179 –1,4127068
sin(
x
)
ning aniq qiymati
0,841470985
–0,54402111 0,65028784
Jadvalning oxirgi ustunidagi natijalar hech bir qolibga sig‘maydi. Bu hisoblash-
lar jarayonida yig‘ilgan xatoliklar natijasi. Agar qatorning 20 ta emas, balki 100 ta
hadidan foydalansangiz ham ushbu xatoni to‘g‘rilay olmaysiz. Buni tekshirib
ko‘ring. 2) Ushbu (
a
–
b
)/
c
=
a
/
c
–
b
/
c
formulani
a
= 1001;
b
= 1000,9999999999;
c
= 0,0000000003 uchun hisoblaylik. Hisoblashlarni MS Excel da maksimal aniqlik
bilan bajaraylik. Tenglikning chap tarafi natijasi 3333,3333249, o‘ng tarafi natijasi
3333,333007, aniq javob 10000/3. Ko‘rinib
turibdiki, har ikkala javob ham aniq
javobdan farq qiladi, ayniqsa ikkinchisining farqi katta.
Dostları ilə paylaş: