E. G' G'oziev O'zbekiston respublikasi


Maktabgacha yosh davrida o‘yinning takomillashuvL



Yüklə 112 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/64
tarix07.01.2024
ölçüsü112 Kb.
#211287
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   64
G`oziyev E.G`. Ontogenez pisixologiyasi

3.8. Maktabgacha yosh davrida o‘yinning takomillashuvL
Psixologiyada qabul qilingandek, rolli o ‘yin faoliyati syujet va mazmundan 
tashkil topadi. O datda syujet deganda, o‘yin faoliyatida bolalar aks ettiradigan 
voqelikning doirasi tushuniladi. 0 ‘yin syujeti turli davrga, sinfiy xususiyatga, 
oilaviy turmush tarziga, geografik va ishlab chiqarish sharoitlariga bog‘liq holda 
yaratiladi. Bola m unosabatga kirishadigan voqelik doirasi qanchalik tor, 
cheklangan bo‘lsa, o ‘yinning syujeti shunchalik xira va bir xil ekanligini aks 
ettiradi.
0 ‘yinlam ing syujeti xilm a-xilligiga qaramay, ulam i maxsus guruhlarga 
biriktirish 
im koniyati 
mavjuddir. 
Masalan, 
у in k
psixolog Y e.A A rkin 
0
‘yinlam ing quyidagi tasnifmi tavsiya qiladi: 1) ishlab chiqarishga (texnikaga): 
sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, kasb-hunarga oid o'yinlar; 2) m aishiy-ro‘zg‘or 
va ijtimoiy-siyosiy: bog‘cha, maktab, kundalik turmushga oid o ‘yinlar; 3) harbiy: 
urush-urush о‘уш1ап; 4) dram alashtirilgan: kino, spektakl va boshqalarga oid 
o ‘yinlar. Biz shu tasn if haqida L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, D.B.Elkonin singari 
psixologlam ing tanqidiy mulohazalariga toMa qo‘shilamiz, chunki harbiy va 
dramalashtirilgan o ‘yinlam i ham ijtimoiy-siyosiy gum hga kiritish mumkin. 
Bizningcha, D.B.Elkoninning tasnifi m a’quldir. U maktabgacha yoshdagi 
bolalarga xos rolli o ‘yinIam ing syujetiga ko‘ra uchta guruhga ajratishni tavsiya 
qiladi: L) maishiy mavzu syujetiga oid o ‘yinlar; 2) ishlab chiqarish syujetiga 
taalluqli o ‘yinlar; 3) ijtimoiy-siyosiy syujetli o ‘yinlar. M uallif ayrim o ‘yin turlari 
m aktabgacha yoshdagi bolalarning barcha bo‘g ‘inlariga mosligini, syujetlar 
m aishiydan ishlab chiqarishga qarab va undan ijtimoiy-siyosiy voqealami aks 
ettirishga qarab rivojlanishini alohida uqtiradi. U ning fikricha, o ‘yin syujetidagi 
bunday izchillik bolaning bilim saviyasi, turmush tajribasi kengayishi uning katta 
yoshdagi odam lar turm ushiga chuqurroq kirib borishi bilan bog‘liqdir. 
Darhaqiqat, o ‘yin syujetining o ‘sishi turmushning tobora yangi qirralarini aks 
ettirish bilan cheklanib qolmay, muayyan syujetning o ‘ziga xos boshqa 
ko‘rinishlari bilan boyishi sababli ham am alga oshadi.
Bolalarga tarbiyaviy ta ’sir ko‘rsatish jarayonini to ‘g ‘ri tashkil qilish orqali 
o*yin syujetlarining koMamini rejali kengaytirish 
mumkin. 
Ontogenez 
psixologiyasi fanida qat’iy ifodalanganidek, bola bog‘chaga kelganda uning o ‘yin 
syujeti faqat oilaviy tujrmushdagi voqealami aks ettirsa, sayrlarga olib borish, 
tabiatni kuzatish natijasida o ‘yinning turlari ko‘payib boradi: bog‘cha, hayvonot 
bog‘i, oshxona, poezd, paroxod, sartarosh, sotuvchi kabi o ‘yinlar qo‘shiladi. 
Bolaning yoshi ulg‘aya borishi bilan o ‘yinning muddati ham uzayib boradi. 
M azkur jarayonni tadqiq qilgan A.P.Usovaning m a’lumotiga ko‘ra, 3 - 4 yoshli 
bolalarning o ‘yin faoliyati 10-15 daqiqa, 4 -5 yoshli bolalarning o‘yin faoliyati 
4 0 -5 0 daqiqa, katta m aktabgacha yoshidagilaming o ‘yin faoliyati bir necha 
soatgacha cho‘zilishi mumkin. Hatto, bir turdagi uyinlam ing syujetlari butun kun 
bo‘yi, qolaversa, undan ham ortiq vaqt davom etadi. Bu hoi bola o ‘yin faoliyati 
jarayonida hayot faoliyatning u yoki bu qirrasini muhim jihatini alohida ifodalab 
ijro etadi, deyishga hech qanday asos b o ia olmaydi. Chunki psixologiya fanida
105


hozirgacha to‘plangan ilmiy m a’lum otlar bunday m uam m olarga javob bera 
olmaydi.
D.B.EIkonin o ‘z tadqiqotida rolli o ‘yinning syujeti bilan bir qatorda uning 
mazmuni ham mavjud ekanligini yozadi. Uning fikricha, o‘yinda bola kattalar 
faoliyatining asosiy jihati (tomoni)ni aniqroq aks ettirishi o‘yinning m azm unini 
tashkil qiladi.
L.S.Slavina to*plagan m a’lum otlarga qaraganda, maishiy turm ushga 
aloqador bir xil syujetli 6 ‘yin, m aktabgacha yoshdagi bolalam ing yosh 
xususiyatiga qarab (kichik, o ‘rta, katta) turlicha y o ‘sinda am alga oshirilgan. 
Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar bir xil o ‘yinchoqlar bilan bir necha marta 
takroriy yoki ortiqcha harakat qiladilar. Ularning o*yin m azm unini o ‘yinchoq 
bilan bajarishi kattalam ing harakatlarini takrorlashdir. Agar ular “M ehm on- 
mehmon” o'ynayotgan bo‘lsalar, barcha harakatlami (m ehm onni kutib olish, 
dasturxon yozish, hol-ahvol so ‘rash va hokazolam i) buyum lar bilan izchil 
bajaradilar. Harakatlami so‘z bilan qisqartirish hollari bolalar faoliyatida kam
uchraydi. 0 ‘y inning mazmuni asosan o ‘yinchoqlar bilan bajariladigan 
harakatlarda o*z ifodasini topadi, rolni ijro etish ham korlikda emas, balki yonm a-
Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘yin faoliyati mutlaqo boshqacha 
o'tadi, chunonchi bir harakat ikkinchi harakat bilan uzluksiz bog‘lanib ketadi, 
b a’zi bir harakatlar esa so‘z yordamida qisqartiriladi (“keling, xush ko‘rdik” 
harakat bilan emas, balki so‘z orqali ifodalanadi) va umumlashtiriladi. Rolli o ‘yin
bolalam ing hamkorlikdagi faoliyati mahsuli tariqasida vujudga keladi. Bu yoshda 
rol tanlashda ishtirokchilar o ‘rtasidagi nizolar, tortishuvlar kam ayadi, rolga o ‘zini 
loyiq deb bilish o ‘zidagi mavjud buyumlardan kelib chiqmaydi (masalan, qalam
- o ‘qituvchi, qaychi — tikuvchi rolini olish uchun asos bo‘la olmaydi), balki 
o ‘yinning mazmunidan, hamkorlikdagi faoliyat nuqtai nazaridan kelib chiqadi. 
N atijada ular kichik maktabgacha yoshdagilarga o ‘xshab rolni almashtirish, bir 
buyum dan boshqasiga bir obrazdan ikkinchisiga o'tishdek beqaror harakatlar 
qilm aydilar.
0 ‘rta m aktabgacha yoshdagi bolalarda rolni taqsimlash yoki uni tanlash 
o ‘yin faoliyatiga kirishishdan ancha ilgari am alga oshiriladi, bunga shu guruh 
boshIig‘i bevosita rahbarlik qiladi. Shuning uchun kim qanday rolga m unosibligi
106


uzoq tortishuvlarga sabab b o ‘Iadi. Tortishuvlar va bahslar katta yoshli 
odam lam ing aralashuvi natijasida adolatli hal qilinadi. Bolalar o ‘rtasidagi va asar 
qahram onlarining bir-biriga munosabati o 'y in faoliyatida bosh masalaga 
aylanadi. Ular am alga oshiradigan xatti-harakatlar um um lashgan bo‘lsa ham, 
o*yinning m azmuni (ona va bola, pattachi va y o ‘lovchi, sotuvchi va xaridor, 
tarbiyachi va tarbiyalanuvchi kabi) shaxslararo m unosabatlam i aks ettirishga 
ko‘chadi.
K atta m aktabgacha yoshdagi bolalam ing o*yin faoliyati negizida va 
mazmunini ular o ‘z zim m asiga olgan rolning mohiyatidan kelib chiqib o'yinning 
barcha qoidalariga rioya qilish tashkil etadi. Tengqurlar orasidagi bahs va 
tortishuvlar o ‘yin qoidalari va talablari qanchalik to ‘g ‘ri bajarilayotgani haqida 
bo‘ladi.
0 ‘yin m azm unining rivojlanishi bolaning kattalar hayoti va faoliyatining 
mohiyatiga chuqurroq kirib borishida, atrofdagi voqealarga munosabati 
o‘zgarishida, shuningdek, o ‘yin mazmuni ham da syujeti ijtimoiy shart-sharoit va 
jam iyat a ’zolari turm ushining tobora to ‘g ‘ri aks ettirishida k o ‘rinadi. Shuning 
uchun bolalarda rolli o ‘yin qobiliyatining o ‘sishi o ‘z-o ‘zicha yuzaga kelmaydi, 
balki kattalam ing, tarbiyachilam ing ta’siri natijasi, atrof-m uhit bilan tanishish, 
sayrlar uyushtirish, shaxslararo munosabatlam ing m ohiyatini tushunish va 
hokazolar natijasida am alga oshadi.
A .P.U sovaning tadqiqotida ta ’kidlanishicha, rolli o ‘yin ishtirokchilarining 
safi yosh ulg‘ayishiga qarab, jinsiy tafovutlarga binoan kengayib boradi: a) uch 
yoshli bolalar 2 - 3 tadan guruhga birlashib 3 -5 daqiqa birga o ‘ynay oladilar; 2) 
4 - 5 yoshlilar guruhi 2 - 5 ishtirokchidan iborat bo‘lib, ulam ing hamkorlikdagi 
faoliyati 4 0 -5 0 daqiqa davom etadi, o‘yin davom ida qatnashchilar soni ortib ham 
boradi; 3) 6 - 7 yoshli bolalarda rolli o‘yinni guruh yoki jam oa bo‘lib birga o ‘ynash 
istagi vujudga keladi, natijada a w a l rollar taqsimlanadi, o ‘yinning qoidalari va 
shartlari tushuntiriladi (o‘yin davom ida bolalar bir-birlarining harakatini qattiq 
nazorat qiladilar).
Qator ilmiy tadqiqotlarda isbotlanishicha, o ‘yinda tarbiyaviy ta ’sir jam oasi 
to ‘g ‘ri uyushtirilsa, bolalar hayotida juda murakkab, nozik psixologik mexanizm
paydo b o ‘Iadi va shaxslararo munosabat boshqacharoq tus oladi. Bolalar 
jam oasidagi o ‘zaro munosabatlar, muloqotlar o'yinning m azm unini boyitadi,


syujetning ko‘lamini kengaytiradi, rollardagi g'oyalar barqarorlashib boradi. 
Guruh va jam oa bo‘lib o ‘ynash orqali bolalarda jam oa harakati qoidaiari, axloq 
normalari, o ‘zaro yordam ko‘nikmalari va boshqa um um insoniy qadriyat, 
m a'naviyat va ruhiyatning tarkibiy qismlari shakllanadi. Shuning uchun o ‘yin 
faoliyatida jam oa a ’zolarining qoidaga muvofiq harakat qilishlari alohida 
ahamiyat kasb etadi, o ‘yin davom ida rollarni bajaruvchilar o ‘zlarining aloqalari 
orqali bir-birlari bilan uzviy bog‘lanishlarini, o ‘yinni m uvaffaqiyat bilan 
yakunlash, oxiriga yetkazish uchun birgalikdagi harakat qanchalik zarurligini 
anglay boshlaydilar.
D.B.Elkonin va uning shogirdlari to‘plagan m a’lum otlarga, shaxsiy 
kuzatishlarim izga ko‘ra, bola biror rolni o ‘ynashni o*z zim m asiga olishining eng 
zarur sharti unda kattalar faoliyatining muhim xususiyat va belgilarini aniq 
ifodalash uquvining unda mavjud bo‘lishidir. O 'yin faoliyatida bola o ‘z xatti- 
harakatini real harakatlar mantiqiga moslashtiradi, o*yin talablariga to‘la 
bo‘ysundiradi. Binobarin, u mazkur jarayonda voqelikdan uzoqlashmaydi, 
aksincha, unga yanada yaqinlashadi, o ‘yindan tashqari holatda qurbi yetmaydigan 
mohiyat ichiga chuqur kirib boradi.
D.B.Elkonin harakatli o ‘yinning qoidaiari mazmuni o ‘zaro bogeliqligidan 
kelib chiqib ularni besh guruhga ajratadi: 1) harakatga taqlid qilish: taqlidiy- 
protsessual o ‘yinlar, 2) muayyan syujetni dramalashtirgan o'yinlar; 3) syujeti 
oddiy 
0
‘yinlar; 4) syujetsiz qoidali o ‘yinlar; 5) aniq m aqsadga qaratilgan 
mashqlardan iborat sport o ‘yinlari.
Bolani o ‘yinga undagan omil uning katta yoshdagi odam lam ing borliq 
to‘g‘risidagi va shaxslararo munosabati haqidagi ta sa w u ri va ulam i o ‘z shaxsiy 
faoliyatida sinab ko‘rish istagidir, shuningdek, ja m o a b o ‘lib o ‘ynayotgan 
tengqurlari bilan bevosita muloqotga kirishish ishtiyoqidir. 
O ntogenez 
psixologiyasi fanida to‘plangan m a’lumotlar tahliliga asoslanib, m azkur yosh 
davri bo‘yicha quyidagi xulosani chiqarish mumkin: 1) o ‘yin faoliyatida bola turli 
harakatlami to ‘laligicha namoyish etishga, ulam i bajarish usullarini ko‘rsatishga 
ishtiyoqmand bo‘ladi; 2) keyinchalik esa barcha xatti-harakatlam i um um lashtirib 
aks ettirishga urinadi.
Bola o‘sib borgan sayin narsalar va o ‘yinchoqlam iig nomini o'zgartirish, 
yangi nom bilan atash yengillashadi. Shuningdek, faqat yangi vaziyatda jism lar 
nomini o ‘zgartirish bilan kifoyalanib qolmay, ulam i yangi nom ga m uvofiq 
qo‘llash imkoniyati ham vujudga keladi. 0 ‘yin faoliyatida foydalaniladigan 
narsalarii yangicha nomlash qator muammoli vaziyatlam i vujudga keltiradi.
0*yin faoliyatida narsalar nomini o ‘zgartirish o ‘zining psixologik mohiyati 
bilan m urakkab holat hisoblanadi. Ayniqsa, so‘z bilan predm etning o ‘zaro 
munosabatida ularga uzviy bog‘liq harakatlar alohida aham iyat kasb etadi.
Yuqoridagi mulohazalar asosida aytish mumkinki, katta kishilar hayoti va 
faoliyatining o ‘m ini bosuvchi ashyolar ulaming harakatini umumlashgan holda 
ifodalashning raoddiy tayanchi hisoblanadi. Shunday ekan, o ‘yin faoliyatida bola 
harakatining rivojlanishi o‘yin m azmuniga ko‘proq bog‘liqdir. Chunki bolaning
108


xatti-harakati qanchalik ixcham va umumlashgan boMsa, u kattalam ing faoliyati 
mazmunini aks ettirishdan shunchalik yiroqlashadi. Binobarin, u odam lam ing 
narsalarga va bir-biriga munosabatini amalda bajarishga o ‘tadi va shuning uchun 
narsalar bilan harakat qilishda kattalam ing ijtimoiy m unosabatlarini to‘g ‘ri 
ifodalashga intiladi.
H ar qanday o ‘yinning va o ‘yin faoliyatining m arkazida bola katta 
kishilam ing faoliyati va o‘zaro munosabatini, muomalasini o ‘ziga xos tarzda aks 
ettirishi, takrorlashi imkoniyati turadi. Shunga ko‘ra, o ‘yin ijtimoiy ahamiyat kasb 
etib, bola insoniyat tomonidan asrlar davomida yaratilgan qimmatli bilimlar. 
amaliy ko'nikm alar, malakalar va odatlam i o ‘rganishiga imkon yaratadi, oqibatda 
uni shaxslararo muloqotning mohiyatiga olib kiradi.
3.9. B olaning psixik o ‘sishida o ‘yinning ah a m iy a ti
K o‘pchilik psixologlar hamda pedagoglar o‘yinning psixologik masalalari 
bilan bevosita shug‘ullanib, o ‘yinlam ing bolani psixik kamol toptirishdagi 
aham iyatiga alohida to ‘xtalib o ‘tganlar. M a’Iumki, o ‘yin bola uchun voqelikni 
aks ettirishdir. Bu voqelik bolani qurshab turgan voqelikdan ancha qiziqarlidir. 
0 ‘yinning qiziqarliligi uni anglab yetishning osonligidadir. Kattalar hayotida 
faoliyat, xizmat, yumush qanday ahamiyatga ega bo‘lsa, bola hayotida o ‘yin ham 
xuddi shunday ahamiyat kasb etishi mumkin.
Jahon psixologiyasi fanida to‘plangan boy m a’lumotlarga asoslanib, 
quyidagicha mulohaza yuritish mumkin. Masalan, eng sodda psixik jarayondan 
eng murakkab psixik jarayongacha hammasining eng muhim jihatlarini 
shakllantirishda o ‘yinlar katta rol o ‘ynaydi.
M aktabgacha yoshdagi bolalarda harakatning o'sishiga o ‘yinning ta’siri 
haqida gap borganida a w a lo shuni aytish kerakki, birinchidan, o ‘yinni tashkil 
qilishning o ‘ziyoq mazkur yoshdagi 
bolaning harakatini 
o'stirish va 
takom illashtirish uchun eng qulay shart-sharoit yaratadi. Ikkinchidan, o ‘yinning 
bola harakatiga ta’sir etishining sababi va xususiyati shuki, harakatning murakkab 
k o‘nikmalarini sub’ekt aynan o ‘yin paytida emas, balki bevosita m ashg'ulot 
orqali o ‘zlashtiradi. Uchinchidan, o ‘yinning keyinchalik takomillashuvi barcha 
jarayonlar uchun eng qulay shart-sharoitlami vujudga keltiradi. Shu boisdan o'yin
109


faoliyati xatti-harakatni amalga oshirish vositasidan bolaning faolligini 
ta ’minlovchi mustaqil maqsadga aylanadi. Negaki, u (o‘yin) sub’ekt (jonzot) 
ongining dastlabki ob’ekti darajasiga o ‘sib o ‘tadi. M aktabgacha yoshdagi bola 
muayyan xususiyatga ega bo‘lgan rolni tanlaydi, shu bilan birga u yoki bu 
personajga xos qat’iy yurish-turishni ongli ravishda ijro etishga intiladi. Shunday 
ekan, o ‘yin mazkur bola uchun eng zarur faoliyatga aylana boradi va yangi 
shakldagi harakatlami takomillashtirish, ulam i anglagan holda esga tushirish 
ehtimoli yaqqol voqelikka aylana boshlaydi. M azkur harakatlam i egallash bolada 
jism oniy mashqlami ongli ravishda bajarish imkoniyatini vujudga keltiradi 
(A.V-Zaporojes).
Bolaning o*yinlar shart-sharoitidan kelib chiquvchi ongli m aqsadi 
harakatlami bajarish kezida o‘z ifodasini topadi va uning o‘z oldiga qo‘ygan 
maqsadi esda olib qolish va esga tushirish jarayonlariga aylanadi.
Bolalar laboratoriya sharoitiga nisbatan o'yinlarda ko‘proq so ‘zIam i eslab 
qolish va esga tushirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu esa ixtiyoriy xotira 
xususiyatini 
chuqurroq 
ochishga 
yordam 
beradi. 
Tajribada 
y ig ‘ilgan 
ma’lumotlami tahlil qilish quyidagicha xulosa chiqarish imkonini berdi: a) 
o ‘yinda bola tomonidan m a’lum rol tanlash va uni ijro etish jarayoni bir talay 
axborotlami eslab qolishni talab qiladi b) shu boisdan personajning nutq boyligini 
egallash, xatti-harakatini takrorlashdan iborat ongli maqsad bolada oldinroq 
paydo bo‘ladi va oson amalga oshadi.
0 ‘yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, bolaning xulq- 
atvoriga ham ijobiy ta ’sir ko‘rsatadi. M aktabgacha yoshdagi bolalarda o ‘z xulqini 
boshqarish ko‘nikmalarini tarkib toptirishga bog'liq psixologik m uam m oni 
o ‘rgangan Z.V.Manuylenkoning fikricha, 
biror m aqsadga yo‘naltirilgan 
mashg‘ulotga nisbatan o'yinda xulq ko‘nikmalarini oldinroq va osonroq egallash 
mumkin. Ayniqsa, bu omil maktabgacha yoshdagi bolalarda yosh davrining 
xususiyati sifatida o ‘zining yorqin ifodasini topadi. Katta m aktabgacha yoshdagi 
bolalarda o‘z xulqini o ‘zi boshqarish ko‘nikmasi o*yin faoliyatida ham, boshqa 
sharoitlarda ham qariyb baravarlashadi. B a’zan ular ayrim vaziyatlarda, mas a lan, 
musobaqa paytida o‘yindagiga qaraganda yuqoriroq ko‘rsatkichga ham
erishishlari ham mumkin. Yuqoridagi jnulohazalar asosida umuman aytganda, 
o ‘yin va o ‘yin faoliyati bolada o‘z xulqini boshqarish k o ‘nikm alarini 
shakli an tirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolaning aqliy o ‘sishi to ‘g ‘risida fikr yuritilganda, oldingi bobda qayd 
qilinganidek, shuni ham aytish kerakki, narsalam i yangi nom bilan atashda yoki 
yangicha nomlash holatidan kelib chiqib, sub’ekt o ‘yin paytida faol harakat 
qilishga urinadi. Chunki u moddiy narsalarga asoslangan harakat rejasidan 
tasavvur qilinayotgan, fikr yuritilayotgan jism lar m ohiyatini aks ettiruvchi 
harakat rejasiga o ‘tadi. Bola jism lam ing m oddiy shaklidan birdaniga xayoliy 
k o ‘rinishiga o ‘tishida unga tayanch nuqtasi bo‘lishi kerak, vaholanki shunday 
tayanch nuqtasi vazifasini o ‘tuvchi narsalam ing aksariyatidan o ‘yinda bevosita 
oo’ekt sifatida foydalaniladi. 0 ‘yin faoliyatida mazkur jism lar qandaydir
110


alomatlam i aks ettiruvchi sifatida emas, balki ana shu tayanch narsalar to‘g ‘risida 
fikrlash uchun xizmat qiladi, shuningdek, tayanch nuqtasi harakatning yaqqol 
narsa bilan bogMiq jihatini aks ettiradi. Yuqorida aytilganidek, narsa bilan o ‘yin 
harakatlarining takomillashuvi harakat shakli, xususiyati, bosqichi kabilami 
qisqartirish va umumlashtirish hisobiga amalga oshiriladi. 0 ‘yin harakatlarining 
qisqarishi va umumlashuvi ulam ing aqliy ko‘rinishdagi mantiqan izchil, y ig ‘iq 
shaklga o ‘tishning asosini tashkil qiladi.
Psixolog J.Piaje o'yin d a jism larga yangi nom berish omiliga jiddiy e ’tibor 
bilan qarab, bu ish ramziy m a’noli tafakkur shakllanishining tayanchi, degan 
xulosaga keladi. Lekin bu xulosa vaziyatni aks ettirishning birdan-bir to ‘g‘ri y o ‘li 
ekanligini bildirmaydi. Shuning uchun narsaning nomini o ‘zgartirish bilan bolada 
tafakkur va aql-zakovat o ‘sishini kutish ham mantiqqa mutlaqo ziddir. Aslida 
narsalam i qayta nomlash emas, balki o‘yin harakatlarining xususiyatini 
o‘zgartirish bolaning aqliy o ‘sishiga sezilarli ta’sir o ‘tkaza oladi. Darhaqiqat, 
o ‘yin faoliyatida bolalarda harakatning yangi ko‘rinishi, ya’ni uning flkriy, aqliy 
jihati namoyon bo‘ladi va shuning uchun o‘yin harakatlarini shakllantirish 
jarayonida bolada fikrlash faoliyatining dastlabki ko'rinishi vujudga keladi. 
Bolaning aqliy kamol topishida yoki uning umumiy kamolotida o ‘yinning muhim 
ahamiyat kasb etishi xuddi mana shu dalil orqali o‘z ifodasini topadi.
Bola o ‘yin faoliyatida maktab ta ’limiga tayyorlanib boradi, shu boisdan, 
unda aqliy harakatlam ing yaqqol shakllari tarkib topa boshlaydi. Lekin o'yin 
faoliyatida bolaning aqliy o ‘sishini chuqurroq izohlab berish hali yetarli tajriba 
m a’lumotlari m avjud emas.
Rolli o ‘yin faqat alohida olingan psixik jarayon uchun ahamiyatli emas, 
balki bolada shaxsiy xususiyat va fazilatlami shakllantirishda ham zarurdir. 
Binobarin, katta yoshdagi odam lar rolini tanlab, uni bajarish bolaning his- 
tuyg‘usini qo‘zg ‘atuvchilar bilan uzviy bogMiq holda namoyon bo‘ladi. Chunki 
o ‘yin davom ida bolada har xil xohish va istaklar tug‘ila boradi, bular boshqa 
narsalam ing tashqi alomatlari, o ‘ziga rom etishi sababli hamda bolaning 
ixtiyoridan tashqari, tengdoshlarining ta ’siri ostida tug‘iladi.

Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin