E. G' G'oziev O'zbekiston respublikasi


 ) o 'q u v ch i bilan o ‘q ituvchi m u om alasi oqibatini oldin d an sezish



Yüklə 112 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/64
tarix07.01.2024
ölçüsü112 Kb.
#211287
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   64
G`oziyev E.G`. Ontogenez pisixologiyasi

3 ) o 'q u v ch i bilan o ‘q ituvchi m u om alasi oqibatini oldin d an sezish .
139


dardini davolash, o'qituvchi sifatida insonga bilim berish, ziyo tarqatish, 
kosmonavt bo‘lib fazoga parvoz qilib, koinot sirlarini ochish, shofyor b o ‘lib 
kishilar manzilini yaqin qilish, o ‘quvchi boMib, ko‘k yuzini quchish istaklarining 
tug‘yon urishi bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Shuni aytish kerakki, bolalam ing turli o ‘yinlarida yoki chizgan rasm larida 
biror elementning yoki chiziqning xayoliy obrazlari kengayib boradi, ayrim
alomatlar fantaziya tariqasida m a’lum syujetni keltirib chiqaradi. Shuning uchun 
kattalar bolalarga "quyonning rasmini chiz", "kubiklardan uy yasa", "cho‘plardan 
shakllar bunyod qil","ertaklar asosida rasmlar chizgin" deb ularni turli 
mashg‘ulotlarga jalb qilishlari lozim. Shuni ham ta ’kidlab o ‘tish kerakki, bolalar 
chizgan rasmlari yoki yasagan o ‘yinchoqlarini k o ‘pincha m avhum allaqanday 
jonivorlarga yoki predmetlarga qiyoslaydilar. K o‘pincha ular chizgan narsa 
o‘zlari qiyoslangan yoki "men falon narsani chizdim" deb isbotlashga harakat 
qilayotgan narsadan ancha yiroq boMishi mumkin. Lekin bola o‘z so ‘zida turib 
oladi. Shu daqiqalarda uning tajribasizligini nazarga olish bilan birga bolada 
fantaziya ham ishlayotganini unutmaslik kerak. Bunday hollarda kattalar 
kichkintoylarga e’tiborliroq bo‘lganlari, yordam berganlari, tushuntirishlari, 
lozim bo'lsa ko‘nglini ko‘targanlari m a’qul. By bolaning m ushohada etish, odam 
va atrof-muhitni o‘z qalb ko‘zi bilan ko'rishida zada qilib q o ‘ym aydi, aksincha 
ilhomlantiradi. Shuningdek, bu yoshda bolalar uzoq ellar to ‘g ‘risida, moviy 
dengiz, poyonsiz o ‘rmonlar haqida, u yerdagi ajoyibotlar to ‘g ‘risida ertaklar, 
yodgorliklar, urush qahramonlari, qahramon dengizchilar, qutb tadqiqodchilari
tabiatni o ‘zlashtirish yuzasidan hikoyalar eshitishni yaxshi k o ‘radilar. Ertak va 
hikoyalar eshitish jarayonida bolalar shirin xayol og‘ushiga toladilar, orzular 
quchog‘iga cho‘madilar, o ‘sha qahramonlar o ‘m ida o ‘zlarini qo*yib ko‘radilar. 
Goh sexrgar chol Ibn Xattob, goh Gulliver bo‘lgilari keladi, "uchar gilam lar"da 
sayohat qilishni xayol qiladilar. Bolalarga ertak aytayotganda eng m uhim i, kerakli 
o ‘rinlarda: "Mana, buni qara", "Falon narsaga qulok sol", "Bu joyni k o ‘zdan 
kechir", "Endi sen javob ber" deb ulami mustaqil fikr yuritishga o ‘rgatib borish 
zamr. Bolalar amalga oshirishi lozim bo'lgan kelajak ishlari, rejalari to ‘g ‘risida 
ham ijodiy xayol suradilar. Osm onga uzoq sayyoralarga xayolan parvoz qiladilar 
"bir zumda" har qanday manzilga olib boradigan texnika haqida o*ylaydilar. 
Bulaming barchasi bolalaming bilim doirasini kengaytiradi, texnik qobiliyatini 
o ‘stiradi, uning mantiqiy fikr yuritishini mustahkam laydi, aqlni peshlash 
mashqlari rolini bajaradi. Shuning uchun ota-onalar, o ‘qituvchilar bolalam ing 
xayoliy parvozlariga alohida e ’tibor berishlari lozim. Eng m uhim i, har bir 
o ‘qituvchi, ota-ona bolaning qobiliyatini nim alarga qiziqishini, fikrlashini yaxshi 
bilib olishlari zarur. Bolaning har bir narsa va hodisaga qiziquvchanlik bilan 
qarashi, uning mulohaza yuritishini, y a ’ni tafakkurini rivojlantiradi. Zero, 
olamdagi narsa va hodisalar to ‘g‘risida fikr yuritish ruhiy dunyom izning 
murakkab jarayonlaridan biri hisoblanadi. Tafakkur orqali bola tevarak-atrofdagi 
borliq 
o ‘rtasida 
mavjud 
muhim 
bog‘lanishlar 
ichki 
qonuniyatlar 
va 
m unosabatlam i ongida aks ettiradi. Fikr yuritish faqat so ‘z vositasi bilan vujudga
140


keladi. Bola narsalam ing tashqi ko‘rinishi bilan qiziqibgina qolmasdan, balki 
ulam ing ichki xossa va xususiyatlari bilan tanishishga ham oshiqadi, hamma 
narsani bilishga qiziqadi. Shu sababdan ularda "Bu nima?", "Nega bunaqa?", 
"Qaerdan kelgan?", "Nega kerak?", "Kim yasagan?", "Nima uchun yuradi?", 
"Qanday qilib uchadi?","Nega biz uchmaymiz?", "Odam nima uchun kuladi?" 
kabi savollar tug‘iladi. Bunday savollam ing vujudga kelishi bolaning olam va 
odam haqida fikr yuritish jarayonining tobora rivojlanib borayotganligidan dalolat 
beradi. Shu narsani unutmaslik kerakki, bolaning bergan savollariga o ‘qituvchilar 
ota-onalar va tarbiyachilar e’tiborsiz bo‘lmay, o‘z vaqtida va imkon qadar to* liq 
ham da asosli javob berishlari zarur. Beparvolik ham isha bolaga salbiy ta’sir 
qiladi. Agar bola mazkur savollarga o ‘rinli javob olmasa, kattalar ularga yetarli 
aham iyat bermasalar, u holda bolaning qiziquvchanligi, intiluvchanligi, faolligi 
asta-sekin so‘na boradi. Shuning uchun kattalar iloji boricha, uning talab va 
ehtiyoj ini qondirishi maqsadga muvofiqdir.
"Qanday paytda bolalar fikr yuritadilar?" degan savol tug‘ilishi tabiiy. 
Biron-bir narsaga tushuna olmagan taqdirda yoki narsa va hodisalar 
taajjublantirsa, hayratga solsa, u holda bolalar fikryurita boshlaydilar. K o‘pincha 
o‘qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar bola m e’yoridan ortiqroq savol bersa, 
dunyo ajoyibotlarini bilishga qiziqsa: "Ko‘p mahmadonalik qilma", "Ko‘p 
qaqajon bo‘lma", "Bunday gaplami senga kim o ‘rgatdi?", "Nega kerak bo‘lib 
qoldi?", deya urishib, tanbeh beradilar. Bu uning ruhiy dunyosiga ta’sir qilmay 
qolmaydi, albatta.
Shuningdek, olti yoshli bolada ixtiyoriy diqqat o ‘sib boradi. Shuning uchun 
o‘ziga yangi, notanish bo‘lgan 
bilimlar axborotlardan iborat bo‘Igan 
m ashg‘ulotlarga diqqat-e’tibor qilib o ‘tiradi. Kattalaming xatti-harakatlarini, ular 
bajarayotgan ishni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Uning o‘z maqsadi sari 
intilishi, mustaqilligi, jasoratliligi bolaning iroda kuchidan kechinmalar 
rivojlangan b o ‘ladi. Ayni paytda bolaning yaxshi yoki yomon xatti-harakatlaming 
sezishi, go‘zallikning idrok qilishi katta odamlamikidan sifat va maqsad jihatdan 
farq qiladi. Ayniqsa, uning aqliy hislari mazmunan sayoz, davomiylik jihatdan 
beqarordir.
Olti yoshlilarda irodaviy xislatlaming o ‘sib borishi bola shaxsi 
shakllanishi, tarkib topishi jarayonida unda ijtimoiy-axloqiy qoidaiari o ‘zlashtirib 
boriladi. A xloq qoidaiari va maqomlarining bola tomonidan o ‘zlashtirib borilishi 
natijasida unda xarakter xislatlari shakllana boshlaydi.
Olti yoshlilam ing tarbiyasi oddiy o ‘quv va mehnat ko ‘nikmalari, 
malakalari, ixtiyoriy diqqat idrok va tajriba, mantiqiy esda qolish fikr yuritish
so‘z boyligi, iroda sifatlari, yuksak insoniy xislatlar qamrab oladi. Boladagi 
m azkur ruhiy jarayonlar, shaxs sifatlari, maxsus tashkil qilingan o*yinlar, ta’limiy 
m ashg‘ulotlar asosidagina bir tekis rivojlanishi mumkin. Bu narsa o ‘qituvchilar, 
tarbiyachilar va ota-onalar olti yoshli bola ustidan qat’iy nazorat qilishni va o4z 
vaqtida unga yordam berib turishni taqozo etadi. Buning uchun barcha olti 
yoshlilam ing psixologik xususiyatlarini to ‘la o ‘rganishlari zamr.
141


Faol, muloqotga tez kirishuvchi, har narsani bilishga qiziquvchi bola 
maktab ta’limiga mustahkam poydevor bilan kirib boradi. Tajribalardan shu narsa 
m a’lumki, ko‘pincha tortinchoq tabiatli bola savol berishdan o ‘zini olib qochadi. 
Shuning uchun bunday xarakterli bolani o ‘qituvchi, tarbiyachi, ota-onalar ko‘proq 
har xil sohaga taalluqli m ashg'ulotlarga tortishlari, turli joylarga sayohatlarga olib 
chiqishi bola faolligini oshiradi. Natijada bunday toifadagi bola m ustaqil savol 
berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bolalaming turmush tajribalari kengayishi m a’qul qolipdagi narsa va 
hodisalaming ichki bogManishlari, goho taraqqiyot sabablarini tushunishga olib 
keladi, ulaming fikr yuritish doirasi o ‘sadi, tartibli bilim olishga to ‘g ‘ri 
tayyorlanadi.
142



Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin