OLTINCHI BOB ILK 0 ‘SPIRINLIK YOSHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Ilk o ‘spirinlik yoshi davriga 15-18 yoshlardagilar (akadem ik litsey, kasb-
hunar kolleji o ‘quvchi!ari) kiradilar. Bu davrda o‘quvchi jism onan b aq u w a t,
o ‘qishni tugatgach, mustaqil m ehnat qila oladigan, oliy m aktabda o ‘zini sinab
ko‘radigan imkoniyatga ega bo‘ladi, m a’naviy jihatdan yetuklikka erishadi. Ilk
o ‘spirin 16 yoshida m amlakat fuqarosi va 18 yoshida esa saylash ham da saylanish
huquqiga ega bo4ladi. Bulam ing barchasi ilk o ‘spiringa fuqaro sifatida ijtimoiy
jihatdan voyaga yetishi, hayotda o ‘z o ‘mini topishi, o ‘z taqdirini o ‘zi hal qilishi
va yetuk shaxs sifatida m a’naviy o ‘sishi uchun jam iki shart-sharoitlam i yaratadi.
Ilk o ‘spirinning shaxsi ijtimoiy hayotda, akadem ik litsey, kasb-hunar
kolleji jam oasida, tengqurlari bilan munosabatlarda egallagan m utlaqo yangicha
mavqei ta ’sirida, o ‘qish va turmush sharoitidagi o ‘zgarishlar ta ’sirida tarkib topa
boshlaydi.
Mazkur davm ing yana bir xususiyati - mehnat bilan ta ’lim faoliyatining
bir xil ahamiyat kasb etishidan iboratdir. M avjud shart-sharoitlar ta ’siri ostida ilk
o‘spirinning aqliy va axloqiy jihatdan o ‘sishida o ‘ziga xos o ‘zgarishlar, yangi
xislat va fazilatlar namoyon bo‘ladi. Akademik litsey, kasb-hunar kolleji
o ‘quvchilari ijtimoiy hayotdagi dolzarb vazifalami hal qilishda faol ishtirok eta
boshlaydilar. Ijtimoiy hayotda faol qatnashish, ta ’lim xarakterining o ‘zgarishi
yigit va qizlarda ilmiy dunyoqarash, barqaror e ’tiqodning shakllanishiga, yuksak
insoniy his-tuyg‘uning vujudga kelishiga, bilimni o ‘zlashtirishga ijodiy
yondashish kuchayishiga olib keladi, natijada mustaqil fikrlash shakllanadi.
Hayotda o ‘z o ‘m ini topishga intilish kasb-hunar egallash, ixtisoslikni
tanlash, istiqbol rejasini tuzish, kelajakka jiddiy m unosabatda b o ‘lishni keltirib
chiqaradi. Biroq bu davr kuch-g‘ayrat, shijoat, qahramonlik k o ‘rsatishga urinish,
jam oat, jam iyat va tabiat hodisalariga romantik munosabatda b o ‘lish bilan boshqa
yosh davrlaridan keskin farqlanadi.
Ayniqsa, turmush va o ‘qish faoliyatlarining yangicha shart-sharoitlari sin f
(kurs) jam oasidagi o ‘zgacha vaziyat, ilk o ‘spirinlam ing maxsus ta ’lim tizim ida
egallagan yuqori mavqei, jam oatchilik ishlarida tajriba orttirishlari ular oldiga
yuksak talab hamda m as’uliyatli vazifalar qo‘yadi. Bu davrda ilk o ‘spirin
yangicha ta ’lim muhitida tashkilotchilik, rahbarlik, tarbiyachilik, tashviqotchilik
vazifalarini o ‘tay boshlaydilar.
Ilk o ‘spirinning psixik rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuch jam oat
tashkilotlari, o ‘quv jam oasi, ta ’lim jarayoni q o ‘yadigan talablar darajasining
oshishi bilan u erishgan psixik kam olot o ‘rtasidagi ziddiyatdan iboratdir. Turli
qaram a-qarshiliklar, ziddiyatlar ilk o ‘spirinning axloqiy, aqliy, nafosat jihatdan
tez o ‘sishi orqali bartaraf qilinadi.
172