6.1. Ilk o‘spirinlik yoshida shaxsning kamol topishi
Ilk
o'spirinlik
yoshidagi
o ‘zgarishlar
maktab,
oila,
shaxslararo
munosabatlardagi mavqeni yanada mustahkam lashning muhim omili hisoblanadi.
Lekin yetakchi omil yangicha ta ’lim muassasa o ‘quvchisi faoliyatining
xususiyati, mohiyati va m azmunidagi tub burilishdir.
Ilk o ‘spirinlarda a w a lo o ‘zini anglashdagi siljish yaqqol k o ‘zga tashlanadi.
Bu hoi shunchaki o ‘sishni bildirm aydi, balki o‘z shaxsiyatining m a’naviy-
psixologik fazilatlarini, faol ijtimoiy turmush tarzining maqsad va vazifalarini
anglashni, oqilona baholashni aks ettiradi. Ilk o ‘spirinda o ‘zining ruhiy dunyosini,
shaxsiy fazilatlarini, aql-zakovatini, qobiliyati hamda imkoniyatini aniqlashga
intilish kuchayadi. 0 ‘z xulq-atvorini jilovlash, his-tuyg‘ulari ham da ichki
kechinm alarini tushunish ishtiyoqi vujudga kela boshlaydi.
Ilk o ‘spirindagi o ‘zini anglash turmush, o ‘qish, mehnat va sport faoliyatlari
taqozosi bilan namoyon bo‘ladi. Yangicha ta ’lim muassasidagi odatlaniimagan
vaziyatning shaxslararo m unosabat va muloqot ko'lam ining kengayishi o ‘zining
aqliy, axloqiy, irodaviy his-tuyg‘ularining xususiyatlarini oqilona baholash,
qo‘yilayotgan
talablarga javob
tariqasida yondashish
o ‘zini
anglashni
jadallashtiradi.
Bunday ta ’lim tizimidagj o ‘quvchilam ing o'zini anglashga aloqador
xususiyatlari mavjud. Ular a w a l, o'zlarining kuchli va zaif jihatlarini, yutuq va
kam chiliklarini, munosib va nom unosib qiliqlarini aniqroq baholash imkoniyatiga
ega bo‘ladilar. Agar o ‘sm irda atrofdagi kishilam ing oqilona baholashlari orqali
aniq baholash yuzaga kelsa, ilk o ‘spirmda bu holat boshqacharoq tarzda kechadi,
unda o‘z shaxsiy faziiatini, xulq-atvorini, aqliy va jism oniy mehnat faoliyatini
tahlil qilish, qiyosiy baholash mayli kuchayadi. Ilk o ‘spirin o ‘smirga qaraganda
o ‘z m a’naviyati va ruhiyatining xususiyatlarini to*laroq ta saw u r eta olsa ham,
ulam i oqilona baholashda kamchiliklarga y o ‘l qo ‘yadi. N atijada u o ‘z
xususiyatlariga ortiqcha baho berib, manmanlik, takabburlik, kibrlanish illatiga
duchor bo‘ladi, sin f (kurs) va pedagoglar jam oalarining a ’zolariga g ‘ayritabiiy
m unosabatda bo‘la boshlaydi. Shuningdek, ayrim ilk o ‘spirinlar o ‘z xatti-
harakatlari, aqliy imkoniyatlari va qiziqishlariga past baho beradilar va o ‘zlarini
kam tarona tutishga intiladilar.
Akadem ik litsey, kasb-hunar kolleji o ‘quvchisining o'sm irlik yoshi
davridagi boladan boshqacha, yana bir xususiyati — murakkab shaxslararo
m unosabatlarda aks etuvchi, burch?. vijdon hissi, o ‘z qadr-qimmatini e ’zozlash,
sezish va fahmlashga moyillikdir. Masalan, o‘spiriii yigit va qiz sezgirlik deganda
nozik, nafis holatlam ing farqiga borish, zaniratni tez anglash, xoh'sona yordam
uyushtirishni, shaxsning nafsoniyatiga tegmasdan amalga oshirishni tushunadi.
Ilk o ‘spirin o ‘zining ezgu niyatini baholashga jam oada 6‘z o ‘m ini belgilash nuqtai
nazardan
. yondashadi,
chunonchi
“0 ‘zim
tanlagan
m utaxassislikka
yaroqlim anm i?” “Jonajon respublikamga, ota-onamga munosib farzand bo4 la
olam anm i?” “Jam iyatning taraqqiyotiga o ‘z ulushimni qo‘sha olam anm i?” degan
savollarga javob qidiradi.
173
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o ‘quvchida o'zining fazilati to‘g‘risida
yaqqol tasaw ur hosil qilish uchun o‘qituvchiga unga juda ustalik, bilimdonlik,
ziyraklik bilan yordam berishi lozim. U o‘zining do‘stona, iliq munosabati bilan
sinf jamoasi a’zolari e’tiborida ishonch, obro‘ qozonishi uchun har bir
mulohazasida pedagogik-psixologik nazokatga rioya qilsa yigit va qizlarda ham
o*z kuchiga, imkoniyatiga, qobiliyatiga, fahm-farosatiga ishonch hissini paydo
qiladi. Ularda ustozga chuqur hurmat, minnatdorchilik tuyg‘ulari uyg‘onadi.
Ilk o'spirin o‘quvchida o‘zini anglash ncgizida o ‘zini o ‘zi tarbiyalash istagi
tug‘iladi va bu ishning vositalarini topish, ulami kundalik turmushga tatbiq qilish
ehtiyoj i
vujudga
keladi.
Lekin
o ‘zlarining
o‘zini
o'zi
tarbiyalashi
psixologiyasidagi mavjud nuqsonlarga barham berish, ijobiy xislatlami
shakllantirish bilan kifoyalanib qolmay, ulami kattalarga xos ko‘p qirrali
umumlashgan idealga mos ravishda tarkib toptirishiga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Ilk o‘spirinlik davrida o‘quvchilar o‘zIarida eng qimmatli fazilatlami,
o‘quv va malakalami ongli, rejali, tartibli, izchil va muntazam tarkib toptirishga
ehtiyoj sezadilar. Ma’lumki, mazkur toifadagi ta’lim muassasi o'quvchilari
ma’naviy-psixologik qiyofaga ega boMish uchun oqilona o'lcham, mezon,
vazifalarini bajaruvchi barkamol, mukammal timsol, namuna, yuksak orzu
tasvirini qidiradilar.
Ilk o‘spirinIarda ideallar bir necha ko‘rinishda namoyon bo‘lishi va aks
etishi mumkin. Masalan, ular taniqli kishilaming qiyofalari, badiiy asar qahramon
timsolida o'zlarida yuksak fazilatlami (sifatlami) gavdalantirishni orzu qiladilar.
Biroq yigitlar bilan qizlar o‘rtasida ideal obrazini tanlashda katta farq bo‘ladi.
Masalan, qizlar ko‘pincha mehnatkash ayolning, jozibali, nazokatli, iboli, iffatli
jamoat arbobining, badiiy asar qahramonining xususiyatlari mujassamlangan
qiyofalami ideal darajasiga ko‘taradilar. Ammo ayrim o'quvchilar tarixiy
shaxslaming masalan, baquwat yo‘lto‘sar, oq ofitser, quv josus va boshqalaming
salbiy sifatlariga taqlid qilishga ham moyil bo‘ladiIar.
Ilk o‘spirin o‘quvchilaming o‘zini o‘zi tarbiyalashi o‘quv yurtidagi
jamoatchilik tashkilotlarining, pedagoglar jamoasining tarbiyaviy ta’siri doirasida
amalga oshishi shart. Zeroki, o ‘zini o‘zi takomillashtirish jamoada munosib o‘rin
egallash, ijtimoiy burchni anglash va foydali mehnatga qiziqishga xizmat qilishi
kerak.
Kuzatishlar va hayot tajribalarming ko‘rsatishi ba’zi hollarda ilk o'spirinlar
o‘zlarini qo‘rqmas, jasur qilib ko‘rsatishga, noo‘rin xatti-harakatlarga moyil
bo‘ladilar, qaltis yoMIar bilan o‘z irodalarini tarbiyalashga intiladilar, goho
hayotlarini xavf ostida qoldirishgacha borib yetadilar. Shuning uchun ularga
sun’iy usullar va vositalar yordamida qiyinchiliklami bartaraf qilish mumkin
emasligini tushuntirish kerak. Shuningdek, ulami oqilona, maqsadga muvofiq
samarali usullardan foydalanish yo‘llari bilan tanishtirish, haqiqiy chiniqish
malakalari bilan qurollantirish yaxshi natija beradi.
Akademik litsey, kasb-hunar kolleji o‘quvchilari m a’naviy xislatlarga,
axloq normalarining mohiyatiga jiddiy munosabatda bo‘ladilar. Ular axloqiy
174
iurkumlar, birliklaming mazmunini, chuqur anglay boshlaydilar, har qaysi
axloqiy tushunchaning nozikligi va ko‘p ma’noligini bilishga harakat qiladilar.
Masalan, burch, vijdon, g‘urur, qadr-qimmat, faxrlanish, mas’uliyat, or-nomus
kabi tushunchalami chuqur tahlil qila oladilar. Lekin ulaming hammalarini bu
axloqiy tushunchalami yaxshi anglaydilar, deb bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra, to*g‘ri
axloqiy qarashlar, tasavvurlar tarkib topishi uchun adolatli turmush tarzining o‘zi
yetarli, deyish mumkin emas. Va pedagog xotirjamlikka yo‘l qo‘ymasligi,
sog‘lom muhit yaratish, barqaror shaxsni tarkib toptirish uchun doimo izlanishi
zarur. Shuningdek, maktabda, kollejda tarbiya ishlari izchil olib borilmasa, yigit
va qizlarda chinakam, barqaror e’tiqodlar shakllanmaydi. Ilk o‘spirinlarda axloqiy
tushunchalami oqilona shakllantirish lozim, ularga nojo‘ya xulq-atvor, chet el
filmlarining mazmuni ma’naviyatga va ruhiyatga salbiy ta’sir etishini tushuntirish
zarur. Ijtimoiy hayotda uchraydigan yaramas yurish-turishlarga, illatlarga zarba
berish, ulaming ta’siridan yigit va qizlami asrash pedagoglar jamoasining muhim
vazifasi hisoblanadi.
Ilk o*spirinlarda balog‘atta yetish tuyg‘usi takomillashib borib, o*zining
o‘mini belgilash va ma’naviy dunyosini ifodalash tuyg‘usiga aylanadi. Bu hoi
uning o‘zini alohida shaxs ekanligini, o‘ziga xos xislatini tan olinishiga intilishida
aks etadi. Bunga esa moddalarga mayl qo‘yish, murakkab tasviriy san’atga,
musiqaga, kasb-hunarga, tabiatga qiziqishni namoyish qilish yaqqol dalildir.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ilk o‘spirin yoshidagi qizlar katta
yoshdagi kishilaming ta’siriga osonroq beriladi. Ilk o‘spirin yigitlar esa
kattalardan ko‘ra tengdoshlari ta’siriga ko‘proq beriladilar. Shuning uchun
maxsus o‘quv yurti o‘quvchisi shaxsining tarkib topishiga maktab muhiti xususan
sinf jamoasi, rasmiy va norasmiy tengqurlar guruhi kuchli ta’sir etadi. Sinf, kurs
jamoasi umumiy maqsadni belgilashga, jamoa a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar
o‘matishga, shaxsiy va jamoatchilik munosabatlar rivojlanishiga imkoniyatlar
yaratadi. Sinf va maktab jamoalari ta’sirida matonatlilik, jasurlik, sabr-toqatlilik,
к am tar I ik, intizomlik, halollik, hamdardlik kabi fazilatlar takomillashadi va
xudbinlik, loqaydlik, munofiqlik, laganbardorlik, dangasalik, qo‘rqoqlik, g‘ayrlik
singari illatlaming barham topishi tezlashadi. Jamoa a ’zolari o‘rtasidagi ahillik,
birlik, yagona maqsadga intilish, iliq psixologik muhit mavjud salbiy xatti-
harakatlami yo‘qotish uchun xizmat qiladi.
Kollej o ‘quvchilari shaxsining shakllanishi jarayonida jamoat tashkilotlari
alohida ahamiyat kasb etadi. Ulaming yuksak talablar qo‘yishi natijasida ilk
o‘spirinlarda faollik, tashabbuskorlik, mustaqillik, qat’iyatlilik, mas’uliyatlilik,
tanqidiylik
singari
fazilatlar barqarorlashadi.
Mazkur tashkilotl^
ilk
o‘spirinlardagi g‘oyaviy-siyosiy, vatanparvarlik, jamoachilik, insonparvarlik,
o‘zaro yordam, hamkorlik tuyg‘ularini mukammal bosqichga ko‘taradi. Ana
shulami kuzatib tadqiq etgan psixolog L.I.Umanskiy tashkilotchilik qobiliyati
o‘zaro uzviy bog‘liq quyidagilardan iboratligini ta’kidlaydi: I) tashkilotchilik
tuyg‘usi (psixologik topqirlik, kashfiyotchilik, nazokat, amaliy aql-idrokda o‘z
ifodasini topadi); 2) tengdoshlariga emotsional-irodaviy ta’sir ko‘rsatish
imkoniyati (muammolar yechimiga jalb qilish, ulaming kuch-g‘ayratini
biriktirish); 3) tashkilotchilik faoliyatiga moyillik (emotsional his-tuyg‘u, ijobiy
munosabat, faollik ko‘rsatish, qat’iy qiziqish va hokazolar); L.I.Umanskiyning
fikricha, ilk o‘spirin namunali tashkilotchi bo‘lishi uchun unda quyidagi xislatlar
bo‘lishi kerak: a) axloqiy xislatlar - jamoatchilik, samimiylik, tashabbuskorlik,
faollik, mehnatsevarlik; b) irodaviy xislatlar - matonat, qat’iyat, mustaqillik,
tashabbuskorlik,
batartiblik, intizomlilik; v) emotsional xislatlar -
xushchaqchaqlik, tetiklik, hazilkashlik va yangilikni his etish, o‘z kuchiga
ishonch, optimizm va boshqalar.
Ilk o‘spirinlaming yana bir muhim xislati ularda yuksak darajadagi do'stlik,
o‘rtoqlik, ulfatchilik, muhabbatning vujudga kelishidir. Shu his-tuyg‘ular yigit va
qizlaming ma’naviyati va psixologiyasida qanday tus olishiga qarab, tarbiyaviy
chora va tadbirlami amalga oshirish yaxshi natija beradi. Sinfdagi hamkorlik
faoliyatida o‘zaro yordam hamjihatlilik, intilish va manfaatlar birligiga
asoslangan o‘rtoqlik munosabatlari yuzaga keladi. O'rtoqlik munosabatlarining
yuksak cho'qqisi do‘stlik hissida namoyon bo‘ladi. Do‘stlik hissi o ‘rtog‘iga
mehribonlikda u bilan uchrashish va suhbatlashish, o ‘z fikr va hissiyotlari bilan
o‘rtoqlashishda ko‘rinadi. Haqiqiy do‘stlik hissi o‘zaro talabchanlik bilan bog‘liq
bo‘lib, xatolami birgalikda tuzatishda ifodasini topadi.
Yigit bilan qiz o ‘rtasida muhabbat tuyg‘usi vujudga kela boshlaydi.
Muhabbatning quvonchli lahzalari, iztirobli kechinmalari ikkala yoshning
ruhiyatini egallaydi va tobora chuqurlashib boradi, ular uchun dastlabki hayot
sinovi vazifasi bo‘ladi. Mazkur his-tuyg‘u o'spirinlaming o ‘zaro yaqinligi,
hayotga qarashlari, qiziqishlari, didlari va ezgu niyatlarining umumiyligi hamda
butun umrga ahillik, ittifoqlik umidini bag‘ishlagan shodlik bilan xarakterlanadi.
Ilk o'spirin o‘quvchilarda tabiat, san’at, adabiyot, madaniyat, ijtimoiy
hayot go‘zalliklarini payqash, idrok qilish, sevish, ulardan ta’sirlanish, ma’naviy
ozuqa olish xislatlari paydo boMadi. Ulaming psixologiyasida may in sado,
yoqimli nido, qalbni to‘lqinlantiruvchi musiqa, nozik his-tuyg‘u, ezgulik hislari,
mayllari kuchayadi. Ayniqsa, estetik hislar ulaming ma’naviyatidagi qo‘po!,
noxush, xunuk va yoqimsiz qiliqlaming yo‘qolishiga yordam beradi. Lekin
bundan ilk
0
‘spirinlar jo ‘shqin, keskin, shavq va zavqli damlardan butunlay voz
kechadilar, degan ma’no kelib chiqmaydi. Shunga qaramay, ilk o‘spirin yigit va
qizlar orasida estetik tuyg‘usi to‘la shakllanmagan, noto‘g‘ri tasaw urga ega
bo‘lgan shaxslar ham uchraydi. Ularda estetik his-tuyg*u o‘ziga xos qarashlar va
nuqtai nazaming o*sishida ilm-fan va texnikaning rivoji, tafakkuming
takomillashuvi, taqlidchanlik muhim rol o‘ynaydi. Buning uchun muayyan reja
asosida turli muzeylar ko‘rgazma va konsert zallariga, kino, teatr, radio va
telestudiyaga sayohatlar uyushtirish maqsadga muvofiqdir.
Mazkur o‘quvchilaming o‘quv mashg‘uloti o‘z xususiyati va mazmuni
bilan boshqa yosh davridagi o‘quvchilaming ta’lim jarayonidan tubdan farq
qiladi. 0 ‘quv rejasi va dasturining murakkablashuvi, yangi faniar va fakultativ
kurslaming kiritilishi o‘zlashtirishni nazariy tafakkur
yordamida amalga
176
oshirishni taqozo etadi. Ana shu sababli ulaming munosabati ham o‘zgaradi,
ularda fanlarga turlicha munosabatlar shakllana boshlaydi.
0 ‘quvchilaming fanlarga munosabatlari asosan qaysi fanning inson
dunyoqarashidagi roliga
faoliyatidagi va ijtimoiy ahamiyatiga amaliy
xususiyatiga o‘zlashtirish imkoniyatiga va uni o‘qitish metodikasiga bog‘liq
bo‘ladi.
Ushbu yoshda bilishga qiziqish amaliy xususiyat kasb eta boshlaydi.
Masalan, bu qiziqish ijtimoiy-siyosiy masalalarga, texnikaga, tabiatga, osmon
jismlariga, jamiyatshunoslikka, huquqiy muamolarga, sport va hokazolarga
yo‘nalgan bo‘ladi. Ulaming to'garaklarda faol qatnashishi qobiliyat va aqliy
imkoniyatlariga qarab amalga oshadi.
Ilk o*spirinlarda sezgirlik, kuzatuvchanlik, takomillashib boradi, mantiqiy
xotira, eslab qolishning yo‘l va vositalari esa ta’lim jarayonida yetakchi rol o ‘ynay
boshlaydi. Ular topshiriqlami bajarishda uning ma’nosi hamda mohiyatini to‘Ia
anglab ish tutadilar, eslab qolish, esda qolish, esga tushirish jarayonlaming
samarali usullaridan unumli foydalanadilar. Bu jarayonlar muvaffaqiyatli amalga
oshishini ta’minlovchi diqqatning sifati va miqdori o‘zgaradi. Diqqatni ko‘chirish
va taqsimlash sezilarli rivojlanadi, boshqalaming nuqtai nazariga e’tibor berish,
ulaming nutqini tinglash, yozib olish, mulohaza yuritish mahorati oshadi va aqliy
qobiliyati takomillashadi.
Ilk o ‘spirinlaming tafakkuri tobora faol, mustaqil va ijodiy xususiyatlarga
ega bo‘lib boradi. Lekin ulaming fikr yuritishida birmuncha ob’ektiv va sub’ektiv
kamchiliklar uchraydi.
Dostları ilə paylaş: |