Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent


Destruktiv funksiyalarni bajarish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/133
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#211443
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   133
Kiberxavfsizlik asoslari (21.04.2021)

Destruktiv funksiyalarni bajarish.
Destruktiv imkoniyatlari 
bo‘yicha beziyon, xavfsiz, xavfli va juda xavfli viruslar farqlanadi. 
Beziyon viruslar
- o‘z-o‘zidan tarqalish mexanizmi amalga 
oshiriluvchi viruslar. Ular tizimga zarar keltirmaydi, faqat diskdagi 
bo‘sh xotirani sarflaydi xolos. 
Xavfsiz viruslar
– tizimda mavjudligi turli taassurot (ovoz, video) 
bilan bog‘liq viruslar, bo‘sh xotirani kamaytirsada, dastur va 
ma’lumotlarga ziyon yetkazmaydi. 
Xavfli viruslar
– kompyuter ishlashida jiddiy nuqsonlarga sabab 
bo‘luvchi viruslar. Natijada dastur va ma’lumotlar buzilishi mumkin. 
Juda xavfli viruslar
– dastur va ma’lumotlarni buzilishiga hamda 
kompyuter ishlashiga zarur axborotni o‘chirilishiga bevosita olib 
keluvchi, muolajalari oldindan ishlash algoritmlariga joylangan viruslar. 
Boshqarishni virus dastur – eltuvchisiga o‘tkazish.
Ta’kidlash 
lozimki, viruslar buzuvchilar va buzmaydiganlarga bo‘linadi. 
Buzuvchi viruslar
dasturlar zaharlanganida ularning ishga 
layoqatligini saqlash xususida qayg‘urmaydilar, shu sababli ularga 
ushbu bosqichning ma’nosi yo‘q. 


194 
Buzmaydigan viruslar
uchun ushbu bosqich xotirada dasturni 
korrekt ishlanishi shart bo‘lgan ko‘rinishda tiklash va boshqarishni virus 
dastur-eltuvchisiga o‘tqazish bilan bog‘liq. 
Zarar keltiruvchi dasturlarning boshqa xillari.
Viruslardan 
tashqari zarar keltiruvchi dasturlarning quyidagi xillari mavjud: 

troyan dasturlari; 

mantiqiy bombalar; 

masofadagi kompyuterlarni yashirincha ma’murlovchi xaker 
utilitalari; 

Internetdan va boshqa konfidensial axborotdan foydalanish 
parollarini o‘g‘rilovchi dasturlar. 
Ular orasida aniq chegara yo‘q: troyan dasturlari tarkibida viruslar 
bo‘lishi, viruslarga mantiqiy bombalar joylashtirilishi mumkin va h. 
Troyan dasturlar
o‘zlari ko‘paymaydi va tarqatilmaydi. 
Tashqaridan troyan dasturlar mutlaqo beozor ko‘rinadi, hatto foydali 
funksiyalarni tavsiya etadi. ammo foydalanuvchi bunday dasturni 
kompyuteriga yuklab, ishga tushirsa, dastur bildirmay zarar keltiruvchi 
funksiyalarni bajarishi mumkin. Ko‘pincha troyan dasturlar viruslarni 
dastlabki tarqatishda, Internet orqali masofadagi kompyuterdan 
foydalanishda, ma’lumotlarni o‘g‘rilashda yoki ularni yo‘q qilishda 
ishlatiladi. 
Mantiqiy bomba
– ma’lum sharoitlarda zarar keltiruvchi 
harakatlarni bajaruvchi dastur yoki uning alohida modullari. Mantiqiy 
bomba, masalan, ma’lum sana kelganida yoki ma’lumotlar bazasida 
yozuv paydo bo‘lganida yoki yo‘q bo‘lganida va h. ishga tushishi 
mumkin. Bunday bomba viruslarga, troyan dasturlarga va oddiy 
dasturlarga joylashtirilishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin