Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/133
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#211443
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   133
Kiberxavfsizlik asoslari (21.04.2021)

turkumlanishi 
 
Makroviruslar
axborotni ishlovchi zamonaviy tizimlarning 
makrodasturlarini va fayllarini, xususan Microsoft Word, Microsoft 
Excel va h. kabi ommaviy muharrirlarning fayl-hujjatlarini va elektron 
jadvallarini zaharlaydi. 
Tarmoq viruslari
o‘zini tarqatishda kompyuter tarmoqlari va 
elektron pochta protokollari va komandalaridan foydalanadi. Ba’zida 
tarmoq viruslarini “qurt” xilidagi dasturlar deb yuritishadi. Tarmoq 
viruslari Internet-qurtlarga (Internet bo‘yicha tarqaladi), IRC-qurtlarga 
(chatlar, InternetRelayChat) bo‘linadi. 
Kompyuter viruslarining ko‘pgina kombinasiyalangan xillari ham 
mavjud, masalan – tarmoqli makrovirus tahrirlanuvchi hujjatlarni 
zaxarlaydi, hamda o‘zining nusxalarini elektron pochta orqali tarqatadi. 
Boshqa bir misol sifatida fayl-yuklama viruslarini ko‘rsatish mumkinki, 
ular fayllarni hamda disklarning yuklanadigan sektorini zaharlaydi. 
Viruslarning hayot davri.
Har qanday dasturdagidek kompyuter 
viruslari hayot davrining ikkita asosiy bosqichini - saqlanish va 
bajarilish bosqichlarini ajratish mumkin. 


191 
Saqlanish bosqichi
virusning diskda u kiritilgan obyekt bilan 
birgalikda shundaygina saqlanish davriga to‘g‘ri keladi. Bu bosqichda 
virus virusga qarshi dastur ta’minotiga zaif bo‘ladi, chunki u faol emas 
va himoyalanish uchun operatsion tizimni nazorat qila olmaydi. 
Kompyuter viruslarining 
bajarilish davri
, odatda, beshta bosqichni 
o‘z ichiga oladi: 
1.
Virusni xotiraga yuklash. 
2.
Qurbonni qidirish. 
3.
Topilgan qurbonni zaharlash. 
4.
Destruktiv funksiyalarni bajarish. 
5.
Boshqarishni virus dastur-eltuvchisiga o‘tkazish. 
Virusni xotiraga yuklash.
Virusni xotiraga yuklash operatsion 
tizim yordamida virus kiritilgan bajariluvchi obyekt bilan bir vaqtda 
amalga oshiriladi. Masalan, agar foydalanuvchi virus bo‘lgan dasturiy 
faylni ishga tushirsa, ravshanki, virus kodi ushbu fayl qismi sifatida 
xotiraga yuklanadi. Oddiy holda, virusni yuklash jarayoni-diskdan 
operativ xotiraga nusxalash bo‘lib, so‘ngra boshqarish virus badani 
kodiga uzatiladi. Bu harakatlar operatsion tizim tomonidan bajariladi, 
virusning o‘zi passiv holatda bo‘ladi. Murakkabroq vazifalarda virus 
boshqarishni olganidan so‘ng o‘zining ishlashi uchun qo‘shimcha 
harakatlarni bajarishi mumkin. Bu bilan bog‘liq ikkita jihat ko‘riladi.
Birinchisi viruslarni aniqlash muolajasining maksimal 
murakkablashishi bilan bog‘liq. Saqlanish bosqichida ba’zi viruslar 
himoyalanishni ta’minlash maqsadida yetarlicha murakkab algoritmdan 
foydalanadi. Bunday murakkablashishga virus asosiy qismini shifrlashni 
kiritish mumkin. Ammo faqat shifrlashni ishlatish chala chora 
hisoblanadi, chunki yuklanish bosqichida rasshifrovkani ta’minlovchi 
virus qismi ochiq ko‘rinishda saqlanishi lozim. Bunday holatdan qutilish 
uchun viruslarni ishlab chiquvchilar rasshifrovka qiluvchi kodni 
“mutatsiyalash” mexanizmidan foydalanadi. Bu usulning mohiyati 
shundan iboratki, obyektga virus nusxasi kiritilishida uning rasshifrovka 
qilinishiga taalluqli qismi shunday modifikatsiyalanadiki, original bilan 
matnli farqlanish paydo bo‘ladi, ammo ish natijasi o‘zgarmaydi. 
Kodni mutatsiyalash mexanizmidan foydalanuvchi viruslar 
polimorf viruslar
nomini olgan. Polimorf viruslar (polymorphic)-qiyin 
aniqlanadigan viruslar bo‘lib, signaturalarga ega emas, ya’ni tarkibida 
birorta ham kodining doimiy qismi yo‘q. Polimorfizm faylli, yuklamali 
va makroviruslarda uchraydi. 


192 
Stels-algoritmlardan foydalanilganda viruslar o‘zlarini tizimda 
to‘la yoki qisman bekitishlari mumkin. stels-algoritmlaridan 
foydalanadigan viruslar – 
stels-viruslar
(Stealth) deb yuritiladi. Stels 
viruslar operatsion tizimning shikastlangan fayllarga murojaatini ushlab 
qolish yo‘li bilan o‘zini yashash makonidaligini yashiradi va operatsion 
tizimni axborotni shikastlanmagan qismiga yo‘naltiradi. 
Ikkinchi jihat 
rezident viruslar
deb ataluvchi viruslar bilan bog‘liq. 
Virus va u kiritilgan obyekt operatsion tizim uchun bir butun bo‘lganligi 
sababli, yuklanishdan so‘ng ular, tabiiy, yagona adres makonida 
joylashadi. Obyekt ishi tugaganidan so‘ng u operativ xotiradan 
bo‘shaladi. Bunda bir vaqtning o‘zida virus ham bo‘shalib saqlanishning 
passiv bosqichiga o‘tadi. Ammo ba’zi viruslar xili xotirada saqlanish va 
virus eltuvchi ishi tugashidan so‘ng faol qolish qobiliyatiga ega. Bunday 
viruslar rezident nomini olgan. Rezident viruslar, odatda, faqat 
operatsion tizimga ruxsat etilgan imtiyozli rejimlardan foydalanib 
yashash makonini zaharlaydi va ma’lum sharoitlarda zararkunandalik 
vazifasini bajaradi. Rezident viruslar xotirada joylashadi va kompyuter 
o‘chirilishigacha yoki operatsion tizim qayta yuklanishigacha faol holda 
bo‘ladi. 
Rezident bo‘lmagan viruslar
faqat faollashgan vaqtlarida xotiraga 
tushib zaharlash va zarakunandalik vazifalarini bajaradi. Keyin bu 
viruslar xotirani butunlay tark etib yashash makonida qoladi. 
Ta’kidlash lozimki, viruslarni rezident va rezident bo‘lmaganlarga 
ajratish faqat fayl viruslariga taalluqli. Yuklanuchi va makroviruslar 
rezident viruslarga tegishli. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin