Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent


Viruslar va zarar keltiruvchi dasturlarni tarqatish kanallari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/133
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#211443
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   133
Kiberxavfsizlik asoslari (21.04.2021)

Viruslar va zarar keltiruvchi dasturlarni tarqatish kanallari.
Kompyuterlar va korporativ tarmoqlarni himoyalovchi samarador 
tizimni yaratish uchun qayerdan xavf tug‘ilishini aniq tasavvur etish 
lozim. Viruslar tarqalishning juda xilma-xil kanallarini topadi. Buning 
ustiga eski usullarga yangisi qo‘shiladi. 
Tarqatishning klassik (mumtoz) usullari.
Fayl viruslari dastur 
fayllari bilan birgalikda disketlar va dasturlar almashishda, tarmoq 
kataloglaridan, Web- yoki FTP – serverlardan dasturlar yuklanishida 
tarqatiladi. Yuklama viruslar kompyuterga foydalanuvchi zaharlangan 
disketani diskovodda qoldirib, so‘ngra operatsion tizimni qayta 
yuklashida tushib qoladi. Yuklama virus kompyuterga viruslarning 
boshqa xili orqali kiritilishi mumkin. Makrokomanda viruslari Microsoft 


195 
Word, Excel, Access fayllari kabi ofis hujjatlarining zaxarlangan fayllari 
almashinishida tarqaladi. 
Agar zaharlangan kompyuter lokal tarmoqqa ulangan bo‘lsa virus 
osongina fayl-server disklariga tushib qolishi, u yerdan kataloglar orqali 
tarmoqning barcha kompyuterlariga o‘tishi mumkin. Shu tariqa virus 
epidemiyasi boshlanadi. Virus tarmoqda shu virus tushib qolgan 
kompyuter foydalanuvchisi xuquqlari kabi xuquqqa ega ekanligini tizim 
ma’muri unutmasligi lozim. Shuning uchun u foydalanuvchi 
foydalanadigan barcha kataloglarga tushib qolishi mumkin. Agar virus 
tarmoq ma’muri ishchi stansiyasiga tushib qolsa oqibati juda og‘ir 
bo‘lishi mumkin. 
Elektron pochta. 
Hozirda Internet global tarmog‘i viruslarning 
asosiy manbai hisoblanadi. Viruslar bilan zaharlanishlarning aksariyati 
MicroSoftWord formatida xatlar almashishda sodir bo‘ladi. Elektron 
pochta makroviruslarni tarqatish kanali vazifasini o‘taydi, chunki 
axborot bilan bir qatorda ko‘pincha ofis hujjatlari jo‘natiladi. 
Viruslar bilan zaharlash bilmasdan va yomon niyatda amalga 
oshirilishi mumkin. Masalan, makrovirus bilan zaharlangan muharrirdan 
foydalanuvchi o‘zi shubha qilmagan holda, adresatlarga zaharlangan 
xatlarni jo‘natishi mumkin. Ikkinchi tarafdan niyatibuzuq atayin elektron 
pochta orqali harqanday xavfli dasturiy kodni jo‘natishi mumkin. 
Troyan Web-saytlar.
Foydalanuvchilar virusni yoki troyan dasturni 
Internet saytlarining oddiy kuzatishda, troyan Web-saytni ko‘rganida 
olishi mumkin. Foydalanuvchi brauzerlaridagi xatoliklar ko‘pincha 
troyan Web-saytlari faol komponentlarining foydalanuvchi 
kompyuterlariga zarar keltiruvchi dasturlarni kiritishiga sabab bo‘ladi. 
Troyan saytni ko‘rishga taklifni foydalanuvchi oddiy elektron xat orqali 
olishi mumkin. 
Lokal tarmoqlar. 
Lokal tarmoqlar ham tezlikda zaharlanish 
vositasi hisoblanadi. Agar himoyaning zaruriy choralari ko‘rilmasa, 
zaharlangan ishchi stansiya lokal tarmoqqa kirishda serverdagi bir yoki 
bir necha xizmatchi fayllarni zaharlaydi. Bunday fayllar sifatida 
Login.com xizmatchi faylni, firmada qo‘llaniluvchi Excel-jadvallar va 
standart hujjat-shablonlarni ko‘rsatish mumkin. Foydalanuvchilar bu 
tarmoqqa kirishida serverdan zaharlangan fayllarni ishga tushiradi, 
natijada virus foydalanuvchi kompyuteridan foydalana oladi. 
Zarar keltiruvchi dasturlarni tarqatishning boshqa kanallari. 
Viruslarni tarqatish kanallaridan biri dasturiy ta’minotning qaroqchi 
nusxalari hisoblanadi. Disketlar va CD-disklardagi noqununiy 


196 
nusxalarda ko‘pincha turli-tuman viruslar bilan zaharlangan fayllar 
bo‘ladi. Viruslarni tarqatish manbalariga elektron anjumanlar va FTP va 
BBS fayl-serverlar ham taalluqli. 
O‘quv yurtlarida va Internet-markazlarida o‘rnatilgan va 
umumfoydalanish rejimida ishlovchi kompyuterlar ham osongina 
viruslarni tarqatish manbaiga aylanishi mumkin. Agar bunday 
kompyuterlardan biri navbatdagi foydalanuvchi disketidan zaharlangan 
bo‘lsa, shu kompyuterda ishlovchi boshqa foydalanuvchilar disketlari 
ham zaharlanadi. 
Kompyuter texnologiyasining rivojlanishi bilan kompyuter 
viruslari ham, o‘zining yangi yashash makoniga moslashgan holda, 
takomillashadi. Har qanday onda yangi, oldin ma’lum bo‘lmagan yoki 
ma’lum bo‘lgan, ammo yangi kompyuter asbob-uskunasiga 
mo‘ljallangan kompyuter viruslari, troyan dasturlari va qurtlar paydo 
bo‘lishi mumkin. Yangi viruslar ma’lum bo‘lmagan yoki oldin mavjud 
bo‘lmagan tarqatish kanallaridan hamda kompyuter tizimlarga tatbiq 
etishning yangi texnologiyalaridan foydalanishi mumkin. Virusdan 
zaharlanish xavfini yo‘qotish uchun korporativ tarmoqning tizim 
ma’muri, nafaqat virusga qarshi usullardan foydalanishi, balki 
kompyuter viruslari dunyosini doimo kuzatib borishi shart. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin