Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/133
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#211443
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   133
Kiberxavfsizlik asoslari (21.04.2021)

Zaxiralash turlari. 
Mos zaxiralash turi tarmoqqa ortiqcha yuklama 
qo‘shmaydi hamda narx, vaqt va resursni kam talab qiladi. Amalda 
uchta turdagi zaxiralash turlari mavjud: 
to‘liq, differensial
va 
o‘sib 
boruvchi

To‘liq zaxiralash: 
ushbu usul normal zaxiralash deb ham atalib, 
jadvalga ko‘ra avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Bunda, barcha fayllar 
nusxalanadi va zichlangan tarzda saqlanadi. Ushbu usul nusxalangan 
ma’lumotlar uchun samarali himoyani ta’minlaydi. 
O‘sib boruvchi zaxiralash: 
ushbu usulga ko‘ra zaxiralanuvchi 
ma’lumotlarga nisbatan o‘zgarish yuz berganida zaxiralash amalga 
oshiriladi. Oxirgi zaxira nusxalash sifatida ixtiyoriy zaxiralash usulidan 
foydalanish mumkin. Shuning uchun, o‘sib boruvchi zaxiralashni 
amalga oshirishdan oldin, tizim to‘liq zaxiralashni amalga oshirishi 
shart. 
Faraz qilaylik, zaxira nusxalash jadvaliga ko‘ra to‘liq zaxiralash 
yakshanba kuniga, ortib boruvchi zaxiralash esa seshanbadan 
shanbagacha amalga oshirilishi belgilangan bo‘lsin. Yakshanba kuni 
to‘liq zaxiralash amalga oshirilganidan so‘ng, dushanba kunidagi 
o‘zgarishlar seshanba kuni o‘sib boruvchi usul asosida amalga 
oshiriladi. Ushbu jarayoni shanbagacha davom ettiriladi (6.1-rasm “a”). 
Yakshanba Dushanba Seshanba Chorshanba
Differen-
sial 2
Differen-
sial 3
Yakshanba Dushanba Seshanba Chorshanba
200 
Mb
500 
Mb
a) O‘sib boruvchi zaxiralash
b) Differensial zaxiralash
O‘sib 
bouvchi 3
300 
Mb
O‘sib 
bouvchi 2
100 
Mb
To‘liq 
zaxiralash
10Gb
O‘sib 
bouvchi 1
100 
Mb
To‘liq 
zaxiralash
10Gb
Differen-
sial 1
100 
Mb
6.1-rasm. Zaxiralash turlari 
 
Differensial zaxiralash:
ushbu zaxiralash usuli to‘liq va o‘sib 
boruvchi usullarning mujassamlashgan ko‘rinishi bo‘lib, oxirgi 


174 
zaxiralangan nusxadan boshlab bo‘lgan o‘zgarishlarni zaxira nusxalash 
amalga oshiriladi. 
Masalan, yuqoridagi misolni qaraylik. To‘liq zaxiralash yakshanba 
kuni, differensial nusxalash esa shanbagacha amalga oshirilishi jadvalda 
keltirilgan bo‘lsin. Yakshanba kuni to‘liq zaxira nusxalash amalga 
oshirilganidan so‘ng, dushanba kuni differensial zaxiralash kun o‘tishi 
bilan amalga oshiriladi. Bu holat o‘sib boruvchi zaxiralashga o‘xshab 
ketadi. Biroq, seshanbada, zaxira nusxalash yakshanba va dushanbadagi 
o‘zgarishlar uchun amalga oshiriladi. Shundan so‘ng, chorshanbada 
zaxiralash yakshanba, dushanba va seshanba kunlari uchun amalga 
oshiriladi (6.1-rasm “b”).

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin