Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent


 Ma’lumotlarni qayta tiklash va hodisalarni qaydlash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/133
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#211443
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   133
Kiberxavfsizlik asoslari (21.04.2021)

 
6.3. Ma’lumotlarni qayta tiklash va hodisalarni qaydlash 
 
Ma’lumotlarni qayta tiklash.
Ma’lumotlarning yo‘qolishi har 
qanday tashkilot uchun jiddiy muammo hisoblanadi. Shu sababli, 
ma’lumotlarni qayta tiklash usullaridan foydalanish talab etiladi. Ushbu 
jarayon ma’lumotlarning qanday yo‘qolganiga, ma’lumotlarni qayta 
tiklash dasturiy vositasiga va ma’lumotlarni tiklash manziliga bog‘liq.
Ma’lumotlarni eltish vositalarida, USB xotirada, qattiq diskda, 
DVD va boshqa saqlagichlarda ma’lumotlarni qayta tiklash mumkin. 
Qayta tiklash jarayonining muvaffaqqiyatli amalga oshirilishi 
foydalanuvchining malakasiga bog‘liq. Ma’lumotlarni qayta tiklash 
jarayonida bilim va to‘g‘ri tanlangan vosita muhim hisoblanadi. 
Ma’lumotlarni qayta tiklash har doim ham muvaffaqiyatli 
bo‘lmasligi mumkin. Agar saqlagichda xatolik mavjud bo‘lsa yoki unga 
ko‘p zarar yetgan bo‘lsa, ma’lumotlarni tiklashning imkoni bo‘lmasligi 
mumkin. Ma’lumotlarning qayta tiklanishi ehtimoli ularning yo‘qolishi 
sababiga bog‘liq. Ma’lumotlarni yo‘qolishiga sabab bo‘luvchi hollar 
quyidagilar: 
Faylni o‘chirish: 
agar fayl o‘chirilsa, ushbu soha qaytadan 
yozilgunga qadar saqlagichda mavjud bo‘ladi. Ma’lumotlar saqlangan 
sohadagi kichik xotiraga ma’lumotlar yozilishi butun ma’lumotlarni 
tiklanmasligiga sababchi bo‘lishi mumkin. Windows OTda NTFS fayl 
tizimida ma’lumotlarni o‘chirish algoritmi mavjud va ma’lumotlarni 
tiklash ham ushbu algoritm asosida amalga oshiriladi. 
Faylning zararlanishi: 
agar OT zararlansa, ma’lumotlarni diskning 
qismlar jadvali yordamida tiklash mumkin. Agar diskning qismlar 


175 
jadvali ham zararlangan bo‘lsa, qayta tiklashning maxsus vositalaridan 
foydalanishga to‘g‘ri keladi. 
Qattiq diskning fizik zararlanishi: 
qattiq diskka fizik ta’sir bo‘lishi, 
faylni zararlanishiga qaraganda, katta yo‘qotishlarga sabab bo‘lishi 
mumkin. Bu esa ma’lumotlarni qayta tiklashning maxsus sathidan 
foydalanishni talab etadi. Zararlangan fizik diskdan ma’lumotlarni 
tiklash vaqtida, tiklash jarayonining muhiti turli ifloslanishlardan holi 
bo‘lishi zarur. Ya’ni, bu jarayon toza xonada amalga oshirilishi shart. 
Chang bo‘lgan sohalarda ma’lumotlarning qayta tiklanishi qiyin bo‘ladi.
Ma’lumotlarni qayta tiklashda quyidagilarni esda saqlash zarur: 
-
ma’lumotlar yo‘qolgan qattiq diskga qayta tiklangan 
ma’lumotlarni yozmaslik; 
-
turli zaxira nusxalarni amalga oshirish va ularni turli manzillarda 
saqlash; 
-
ma’lumotlarni qayta tiklash har doim ham 100% samara 
bermasligi. 
Amalda saqlagichlardagi yo‘qolgan ma’lumotlarni tiklashda 
maxsus dasturiy vositalardan foydalaniladi. Ularga 
Recovery My Files, 
EASEUS Data Recovery Wizard, 
Advanced Disk Recovery, Handy 
Recovery, R-Studio, Data Recovery Pro, Recuva, Total Recall, Pandora 
Recovery kabilarni misol sifatida keltirish mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin