Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/133
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#211443
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   133
Kiberxavfsizlik asoslari (21.04.2021)

Hodisalarni qaydlash. 
Xatolik yuz berganida, tizim ma’muri yoki 
madadlash xodimi xatoning sababini aniqlashi, yo‘qolgan ma’lumotlarni 
qayta tiklashga urinishi va xatoning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymasligi 
lozim. Ilovalar, operatsion tizim va boshqa tizim xizmatlari muhim 
voqealarni, masalan, xotira hajmining kamligi yoki diskdan 
foydalanishga haddan tashqari ko‘p urinishlarni qayd etishi muhim 
hisoblanadi. Keyinchalik tizim ma’muri xato sababini aniqlashi va u 
sodir bo‘lgan kontekstni aniqlash uchun hodisalar jurnalidan (log fayl 
deb ataladi) foydalanishi mumkin.
Hodisalarni qaydlash quyidagilarni o‘z ichiga olishi shart: 
operatsion tizim hodisalari: 

tizimni ishga tushirish va o‘chirish; 

xizmatni boshlash va tugatish; 

tarmoq ulanishidagi o‘zgarishlar yoki muvaffaqiyatsizliklar; 

tizim xavfsizligini sozlash va boshqarish vositalarini 
o‘zgartirishga urinishlar. 
OT audit yozuvlari: 


176 

tizimga kirishdagi urinishlar (muvaffaqiyatli yoki 
muvaffaqiyatsiz); 

tizimga kirgandan so‘ng bajariladigan funksiyalar (masalan, 
muhim faylni o‘qish yoki yangilash, dasturni o‘rnatish); 

qayd yozuvini o‘zgartirish (masalan, yozuvni yaratish va yo‘q 
qilish, imtiyozlarni tayinlash); 

imtiyozli qayd yozuvidan muvaffaqiyatli / muvaffaqiyatsiz 
foydalanish. 
ilova qayd yozuvi to‘g‘risidagi ma’lumot: 

ilovani muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz autentifikatsiya 
qilishga urinishlar; 

hisob qaydnomasidagi o‘zgartirishlar (masalan, qayd yozuvini 
yaratish va yo‘q qilish, qayd yozuvi imtiyozlarini tayinlash); 

dastur imtiyozlaridan foydalanish. 
ilova amallari: 

dasturni ishga tushirish va o‘chirish; 

dastur xatolari; 

dastur konfigurasiyasidagi asosiy o‘zgarishlar. 
Har bir hodisa uchun qaydlangan tafsilotlar farqlanadi, ularni 
quyidagi parametrlar bo‘yicha qaydlash tavsiya qilinadi: 

vaqt belgisi; 

hodisa, holat va / yoki xatolik kodlari; 

servic / buyruq / ilova nomi; 

foydalanuvchi yoki tizim bilan bog‘liq voqea; 

amaldagi qurilma (masalan, IP va manba manzili, terminal 
sessiyasi identifikatori, web brauzer va h.). 
Audit jurnallarida barcha harakatlar qaydlangani bois, 
niyatibuzuqlar ularni tahrirlash orqali o‘z faoliyatini yashirishi mumkin. 
Shuning uchun, audit jurnalidan foydalanishlarni nazoratlash muhim 
vazifa hisoblanadi.
Windows OTda hodisa turlari. 
Windows OTda besh turdagi hodisa 
ro‘yxatga olinadi. Bularning barchasi uchun aniq belgilangan 
ma’lumotlar mavjud bo‘lib, biror bir hodisa haqidagi xabar faqat bitta 
turga tegishli bo‘ladi (6.2-jadval). 
 
 


177 
6.2-jadval 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin