Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/133
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#211443
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   133
Kiberxavfsizlik asoslari (21.04.2021)

Zaxira nusxalash. 
Hozirgi kunda ma’lumotlarning yo‘qolishi 
tashkilotlar uchun asosiy xavfsizlik muammolaridan biri bo‘lib, buning 
natijasida tashkilot katta zarar ko‘rishi mumkin. Shuning uchun, 
tashkilotdan muhim ma’lumotlarni muntazam zaxira nusxalab borish 
talab etiladi. 
Ma’lumotlarni zaxira nusxalash
– muhim ma’lumotlarni nusxalash 
yoki saqlash jarayoni bo‘lib, ma’lumot yo‘qolgan vaqtda qayta tiklash 
imkoniyatini beradi. Ma’lumotlarni zaxira nusxalashdan asosiy maqsad 
quyidagilar: 

zarar yetkazilganidan so‘ng tizimni normal ish holatiga 
qaytarish; 

tizimda saqlanuvchi muhim ma’lumotlarni yo‘qolganidan so‘ng 
uni qayta tiklash. 


167 
Tashkilotlarda ma’lumotlar yo‘qolishi moliyaviy tomondan va 
mijozlarga aloqador holda ta’sir qilishi bilan xarakterlansa, shaxsiy 
kompyuterda esa shaxsiy fayllarni, rasmlarni va boshqa qimmatli 
ma’lumotlarni yo‘qolishiga sababchi bo‘ladi. 
Ma’lumotlarni yo‘qolishiga quyidagilar sababchi bo‘lishi mumkin: 
-
Inson xatosi: 
qasddan yoki tasodifan ma’lumotlarning o‘chirib 
yuborilishi, ma’lumotlarni saqlash vositasini to‘g‘ri joylashtirilmaganligi 
yoki ma’lumotlar bazasini xatolik bilan boshqarilganligi. 
-
G‘arazli hatti-harakatlar:
tashkilotdagi muhim ma’lumotlarning 
modifikatsiyalanishi yoki o‘g‘irlanishi. 
-
Tabiiy sabablar:
energiyaning o‘chishi, dasturiy ta’minotning 
tasodifiy o‘zgarishi yoki qurilmaning zararlanishi. 
-
Tabiy ofatlar:
zilzila, yong‘in va h. 
Tashkilotda yoki shaxsiy kompyuterda ma’lumotlarni zaxira 
nusxalash quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi: 
-
muhim ma’lumotlardan yo‘qolgan va zararlangan taqdirda ham 
foydalanish; 
-
tashkilotlarni o‘z faoliyatining to‘xtatilishidan himoyalash va 
ma’lumotlarni ixtiyoriy vaqtda tiklash; 
-
tashkilotdagi yo‘qolgan ma’lumotlarni tiklash. 
Ma’lumotlarni zaxira nusxalashning ideal strategiyasi ma’lumotni 
to‘g‘ri tanlashdan boshlab, to ma’lumotni kafolatli tiklash jarayonigacha 
bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Turli tashkilotlarda zaxira 
nusxalash farq qilsada, ma’lumotlarni zaxira nusxalashdan oldin 
quyidagi hususiyatlarga e’tibor qaratish muhim hisoblanadi: 
-
ma’lumotlarni zaxira nusxalash strategiyasi ixtiyoriy tashqi 
qurilmalardan ma’lumotlarni tiklash imkoniyatiga ega bo‘lishi shart. 
Ushbu qurilmalarga misol sifatida serverlar, host mashinalar, noutbuklar 
va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. 
-
agar tabiiy ofat natijasida ma’lumot yo‘qolsa, zaxira nusxalash 
strategiyasi faqat chekli sondagi insidentlarga qarshi himoya bilan 
cheklanmasligi zarur. Tabiiy ofat yuz bergan taqdirda ham strategiya 
o‘zida ma’lumotlarni tiklash usullarini mujassamlashtirishi shart; 
-
strategiya dastlabki bosqichlarda ma’lumotlarni qayta tiklash 
uchun muhim qadamlardan iborat bo‘lishi kerak; 
-
zaxira nusxalash narxining qimmat bo‘lmasligi tashkilot uchun 
moliyaviy madad hisoblanadi; 


168 
-
inson tomonidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatoliklarni tezlik 
bilan oldini olish uchun ma’lumotlarni zaxira nusxalash avtomatik 
tarzda amalga oshirilishi kerak.
Tashkilotlarda zaxira nusxalarni saqlovchilarni tanlash umumiy 
muammolardan biri hisoblanib, mos bo‘lmagan zaxira saqlovchi 
vositaning tanlanishi ma’lumotlarning sirqib chiqishiga olib kelishi 
mumkin. Zaxira nusxalar saqlanuvchi vositalarni tanlash saqlanuvchi 
ma’lumotlarning turiga bog‘liq va quyidagi omillarga asoslanadi: 
-
Narx: 
har bir tashkilot o‘zining byudjetiga mos zaxira nusxalash 
vositasiga ega bo‘lishi shart. Saqlanuvchi ma’lumotlar hajmidan katta 
hajmga ega vositalarga ega bo‘lish ortiqcha sarf xarajatni keltirib 
chiqaradi. 
-
Ishonchlilik:
tashkilotlar o‘z ma’lumotlarini buzilishsiz 
ishlaydigan zaxira saqlash vositalarida saqlanishiga erishishlari kerak.
-
Tezlik:
tashkilotlar zaxira nusxalash jarayonida inson 
aralashuvini imkoni boricha kam talab etadigan saqlash vositalarini 
tanlashlari kerak.
-
Foydalanuvchanlik:
ma’lumot yo‘qolganidan yoki 
zararlanganidan so‘ng zaxira nusxalash vositasidan foydalanishda 
muammolar bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, tashkilotlar zaxira 
nusxalash vositalarining doimo foydalanishga yaroqli bo‘lishiga e’tibor 
qaratishlari kerak. 
-
Qulaylik:
tashkilot foydalanish uchun qulay zaxira nusxalash 
vositasini tanlashi shart. Bu, o‘z navbatida, zaxira nusxalash jarayonida 
moslashuvchanlikni ta’minlashda muhim hisoblanadi. 
Hozirda ma’lumotlarni zaxira nusxalarini saqlashda quyidagi 
vositalardan foydalanilmoqda: 
Optik disklar (DVD, Blu-ray). 
DVD disklar 8.55 GBaytgacha 
ma’lumotlarni saqlash imkoniyatiga ega bo‘lib, ularda faqat o‘qish 
imkoniyati mavjud. Ushbu ma’lumot saqlagichlarining afzalligi 
narxining pastligi va foydalanishdagi qulayligi bilan asoslansa, katta 
hajmdagi ma’lumotlarni saqlay olmasligi uning kamchiligi hisoblanadi. 
Ko‘chma qattiq disklar/ USB xotiralar. 
Ko‘chma qattiq disklar 
DVD, Blu-ray disklarga qaraganda kichikroq hajmli zaxira 
ma’lumotlarini saqlash uchun yaxshi vosita hisoblanadi. Flesh disklar 
esa turli o‘lchamli bo‘lib, katta hajmdagi ma’lumotlarni ham saqlash 
imkoniyatiga ega. Qattiq disklardan foydalanishning yana bir varianti – 
RAID (Redundant Array of Independent Disks) hisoblanadi.


169 
Lentali disklar. 
Lentali disklar ma’lumotlarni zaxira saqlash uchun 
eng mos saqlagichlar bo‘lib, tashkilot sathida ma’lumotni zaxira 
nusxalashni amalga oshiradi. Ushbu saqlagichlardan ma’lumotlarni va 
dasturlarni saqlash uchun foydalaniladi. Ushbu zaxira saqlagichi olib 
yurish uchun qulay, foydalanuvchi ishtirokini talab etmaydi va to‘liq 
avtomatlashgan tarzda amalga oshiriladi. Uning asosiy kamchiligi oddiy 
foydalanuvchilar uchun qimmatligi va oddiy kompyuterlardan 
foydalanishi uchun qo‘shimcha apparat va dasturiy vositani talab qilishi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin