Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat. t.me/e_kutubxona mungli faryod yangradi. Ammo bu faryod egasiga hech kim jur’at
etib qaray olmadi. YOlg‘iz Amir Temur o‘rnidan turib, qatl maydonini
tark etayotgan asirlar osha cholga uzoq tikildi. «Zulm!» — deb
o‘yladi yana u. SHu o‘y ongida yalt etgan zahotiyoq, shart orqasiga
o‘girildi. O‘shandan buyon cholni uchratmagan edi…
IV
So‘nib borayotgan gulxan cho‘g‘larini qo‘lidagi shox bilan titayotgan
cholga ko‘z tashlab, bir lahzagina to‘xtab qolgan sohibqiron qadamini
tezlashtirdi. Ortidan cholning qo‘shig‘i etib kelardi:
Voy, o‘g‘lima, voy o‘g‘lim,
Yigitlarning nobudi.
Qo‘ldan qo‘lga o‘tmadi
O‘g‘ilginam tobuti…
“CHol esdan og‘gan!” — deb o‘yladi Amir Temur, ammo oldida
durbosh ko‘tarib borayotgan qurchi “Voh” — deya yuztuban
yiqilganini ko‘rdi-yu, o‘sha zahoti cholni unutdi. Qal’a tomondan
uchib kelgan to‘qmor uchi qurchining ko‘ksini techib, kuragidan
chiqib turardi. Jahongirning xavfsizligi uchun javobgar qurchilaru
ichkilar tezda uni turalar bilan to‘sib olishdi.
Tuni bilan davom etgan jang tong yorishgach, battar avj oldi. Kechasi
qo‘zg‘algan shamol va bir-ikki tomchilab o‘tgan yomg‘ir tinib, osmon
shundayam yarqirar ediki, bamisoli artilgan shishadek beg‘ubor edi.
Osmonda bir hovuch bulut ham ko‘rinmasdi. YOz quyoshi odamlarga,
chechaklarga, dala-yu dashtlarga, yuksak tog‘larga o‘z nurini
shunday mehr bilan sochardiki, bo‘layotgan voqealar o‘ngda emas,
tushda ko‘rinayotgandek tuyulardi. Ammo har ikki tarafning
jangchilari buni sezishmas, ularning ko‘zi bir-birlaridan uzilmas,
qo‘llaridagi qilichu zulinlar tovushi, ko‘zlaridagi g‘azab, dillaridagi
qahr g‘ubori ham osmonni, ham quyoshni to‘sib olgan edi. Toliqqan
Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat.