Yaponiya banki Yaponiya Banki 1882 yilda tashkil topgan. Monetar siyosatni hukumat
tomonidan tayinlanadigan va parlament tomonidan tasdiqlanadigan, rais, uning
ikkita o‗rinbosari, hamda oltita tashqi a‘zolardan tashkil topgan, Siyosiy Kengash
olib boradi; ularning hammasi lavozimlarini besh yil davomida egallaydilar.
Ohirgi paytgacha, Yaponiya Banki rasman, u erdagi asosiy rol Moliya
vaziriga tegishli bo‗lgan, hukumatdan mustaqil holda faoliyat yuritar edi. Biroq,
1998 yilning aprel oyidan amal qilayotgan, Yaponiya Banki haqidagi yangi Qonun
55 yil davomida ilk marotaba uning vakolatlariga o‗zgartirish kiritdi. Avvalom bor,
yangi qonunga binoan, monetar siyosatning maqsadi – narh barqarorligini saqlab
qolish. Bundan tashqari, qonun Bankga instrumentlarni va maqsadni tanlashda
ko‗proq mustaqillikni ta‘minladi. Bundan oldin hukumat Siyosiy Kengashda ovoz
berish huquqiga ega bo‗lgan ikkita vakilga ega edi, Moliya vazirligi va Iqtisodiy
rejalashtirish bo‗yicha Agentlikdan bittadan. Endi esa hukumat ushbu ikkita
idoraning ikkita vakilini kengash majlislariga yuborishi mumkinligi bilan, ular
ovoz berish huquqiga ega emas, faqat monetar siyosat bo‗yicha qarorlarning
ijrosini keyinga qoldirishni so‗rashlari mumkin. Bundan tashqari, Moliya vazirligi
Bankning ko‗plab operatsiyalarini nazorat qilish imkoniyatini yo‗qotdi, hususan,
oliy rahbariyatni ishdan bo‗shatishni. Biroq, Moliya vazirligi Yaponiya Banki
byudjetining, monetar siyosatga aloqasi bo‗lmagan, bir qismini nazorat qilishda
davom etadi, bu holat Bank mustaqilligini bir oz darajada kamaytiradi.
Yevropa markaziy banki Maastrixt shartnomasi orqali ta‘sis etilgan, Yevropa markaziy banki (EMB)
va Yevropa markaziy banklar tizimi o‗z faoliyatini 1999 yilning yanvar oyida
boshladilar. Markaziy bank tuzilmasi AQSH FRT tuzilmasi bilan o‗hshash.
Alohida davlatlarning banklari, AQSH federal zahiraviy banklari singari, huddi
o‗sha pozitsiyalarni egallaydilar. Yevropa markaziy bankining ijroiya organi
tarkibiga prezident, vitse-prezident va sakkiz yillik muddatga saylanadigan to‗rtta
qolgan a‘zolar kiradi. Monetar siyosat bo‗yicha kengash ijroiya kengashining oltita
a‘zosi va barcha Yevropa davlatlari markaziy banklarining raislaridan tashkil
topgan; ularning hammasi kamida 5 yil ishlagan bo‗lishi kerak.
Yevropa markaziy banki – dunyodagi eng mustaqil markaziy bank – hattoki
Germaniya markaziy banki (Bundesbank) bilan solishtirganda, ko‗proq darajada
mustaqil.
Yevropa markaziy banki monetar siyosatni to‗liq boshqarib, maqsad va
instrumentlarni tanlashda mustaqillikka ega – ham Yevropa ittifoqidan, ham
boshqa milliy hukumatlardan. Bundan tashqari, EMB narhlarning barqarorligi
uchun javob beradi.