4
Ko‗rib turganimizdek, FRT – AQSHdagi ko‗proq darajada mustaqil bo‗lgan
davlat idoralaridan bittasi. Ayrim vaqtlarda Kongressda
uning mustaqillik
darajasini pasaytirish kerakmi, degan masala yuzasidan muhokamalar bo‗ladi. FRT
ning o‗zini tutishini oqlamaydigan davlat arboblari odatda uning faoliyatini nazorat
ostiga olishni taklif qiladi. Savollar yuzaga keladi: ―FRT mustaqil bo‗lishi
kerakmi? Ehtimol, prezident yoki Kongress boshqaruvi
ostidagi markaziy bank
mavjud bo‗lgani yaxshimikan?‖
Mustaqillik foydasiga dalillar
FRT mustaqilligining himoyasiga eng muhim bo‗lgan dalillardan biri –
agarda u siyosiy bosimga bo‗ysunadigan bo‗lsa, bu inflyasion monetar siyosatga
olib kelishi borasidagi dalil. Ko‗plab
analitiklarning fikricha, demokratik
jamiyatdagi siyosatchilar odatda uzoqni ko‗zlamaydilar,
chunki ularning asosiy
istagi - yaqin oradagi saylovlarda g‗olib chiqish. Ular uzoq muddatli tendensiyalar
borasida qayg‗urmaydilar, ular muammoning echimini qisqa muddatli davr
mobaynida ko‗radilar.
Yuqorida bayon etilgan dalillarning varianti –
AQSHdagi siyosiy jarayon
ishbilarmonlik faolligining siyosiy siklini yuzaga keltirishini tasdiqlash:
bevosita
saylovdan oldin ekspansion siyosat o‗tkazilib, uning asosiy maqsadi ishsizlik va
foiz stavkalarini pasaytirish.Saylovdan keyin ushbu siyosatning
salbiy natijalari
yuzaga keladi – bu yuqori Inflatsiya va yuqori foiz stavkalari, bu esa o‗z o‗rnida
qat‘iy monetar siyosatning zarurligiga olib keladi. Hukumat aholi ushbu ko‗ngilsiz
davrni keyingi saylovgacha esidan chiqarishiga umid qiladi. FRTning prezidentga
bo‗ysunishi
yana shunisi bilan havfliki, uning pul mablag‗lari G‗aznachilik
tomonidan g‗azna obligatsiyalarini sotib olish yo‗li bilan byudjetning kattagina
defitsitini moliyalash amalga oshirilishi mumkin. G‗aznachilikning FRTga bosimi
Inflatsiyaning keskin sakrashiga olib kelishi mumkin. Mustaqil bo‗lgan
FRT esa
G‗aznachilikning bosimiga qarshilik qila oladi.
Mustaqillik himoyasiga yana bitta dalil shundan iboratki,
monetar siyosatni
nazorat qilish siyosatchilar uchun nihoyatda mukammal vazifa bo‗lib, ular bir
nechta marta mukammal va muhim masalalarni
echa olmaslik qobiliyatini
namoyish qilgan edilar.
Dostları ilə paylaş: