8
Majburiyatlari bo‘yicha tijorat banki o‘z mablag‘lari va mol-mulki bilan
javob beradi. Tijorat banki o‘tkazadigan operatsiyalarning riskini o‘z zimmasiga
oladi.
Uchinchi tamoyil asosida tijorat bank
va mijoz munosabatlari yotadi, ya‘ni
bank ssuda berayotgan bozor mezonlaridan daromad, risk va likvidlik darajalaridan
kelib chiqqan holda beradi.
Tijorat bank faoliyatini olib borishning to‘rtinchi tamoyili
bank faoliyatining
tijoratlashuvi
bo‘lib, bunda banklarning tijorat ob‘ekti vaqtincha bo‘sh turgan pul
mablag‘lari hisoblanadi. Bu pul mablag‘lari bankka tegishli bo‘lmagan bo‘lsada,
faoliyati davomida bank ularni o‘z nomidan joylashtiradi.
Bank tijorati kam investitsiya qilib ko‘proq daromad olish tamoyiliga
asoslangani uchun, uning majburiyatlarining passivlaridagi ulushi kam bo‘lishi
kerak.
Tijorat banki kredit berish va investitsiyalarni moliyalashtirish jarayonida
iloji
boricha ko‘p daromad olishni mo‘ljallaydi.
Undan tashqari bank faoliyatining xavfsizligi ham bank tijoratining asosidan
biri hisoblanadi. Bank har doim risk bilan bog‘liq faoliyat ko‘rsatadi. Bank
faoliyatida risk darajasi qancha kam bo‘lsa va xavfsizligi yuqori bo‘lsa, bankning
daromadi ham shuncha ko‘p bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar faoliyatining
yana
bir muhim tamoyili shundaki, bank iqtisodiy
tashkilot sifatida o‘zining kapitali,
daromadi bilan risk
qilishi mumkin, lekin u mijozning daromadi yoki
kapitali bilan risk qilishi mumkin emas. O‘isqacha qilib
aytganda, bank faoliyati
Dostları ilə paylaş: