― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə209/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   266
pul va banklar (2)

Moliyaviy inqiroz nima? 
Moliyaviy inqirozma‘lum bir moliyaviy instrumentning qiymati kutilmaganda 
keskin pasayishi, shuningdek, pulning etishmasligi holatini ifodalashda 
qo‗llaniladigan tushunchadir. Bundan tashqari, mazkur tushuncha moliya bozorida, 
xususan, fond bozorida moliyaviy aktivlar bahosining noxolis shakllanishi 
natijasida yuzaga kelgan «sovun ko‗piklari»ning «yorilishi» holatini ifodalashda 
ham qo‗llaniladi. 
Moliyaviy inqiroz bu davlat moliya mexanizmining tizimli buzilishi bo‗lib, 
bunda inflyasiya ko‗rsatkichining sezilarli darajada o‗sishi, qimmatli qog‗ozlar 
bahosining beqarorligi, byudjet daromadlarining uning xarajatlariga nisbatan 
keskin nomuvofiqligi, milliy pul birligi almashuv kursining beqarorligi va 
pasayishi, iqtisodiy sub‘ektlar o‗rtasida to‗lovsizlik muammosining kuchayishi, 
kapitalning mamlakatdan tez sur‘atlarda chiqib ketishi, muomaladagi pul 
massasining pul muomalasi qonuni talablariga mos kelmasligi kabilar kuzatiladi. 
Moliyaviy inqiroz fond bozori hajmining 20 % dan ortiq kamayishi
banklararo qredit bozorida foiz stavkalarining ikki marta oshishi, milliy valyuta 
kursining 10 % dan ortiq pasayishi holatidir. 
XX asrda iqtisodiy sikllarni aniq dalillar bilan davrlarga ajratishga bo‗lgan 
ilmiy jamoatchilikning qiziqishi ortdi. Iqtisodchi olim Y. SHumpeter Ikkinchi 
jahon urushidan avval iqtisodiy sikllarga bag‗ishlangan ikki tomli tadqiqotlarini 
chop etdi. U ilmiy izlanishlarida kapitalistik iqtisodiyotdagi uzoq muddatli 
tebranishlarni innovatsiyalar bilan bog‗lashga muvaffaq bo‗ldi. Y.SHumpeter uzun 
sikllarnm iqtisodiy muvozanatning buzilishi va keyinchalik qayta tiklanishi 
jarayoni sifatida e‘tirof etdi. Y.SHumpeter har bir sikl rivojlanishiningto‗rt fazasini 
ajratib ko‗rsatadi: yuksalish (gurkirab yashnash), retsessiya, depressiya va 
jonlanish. 
Uning fikricha, yuksalish fazasi tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan yangi 
tovarlar va texnikalar ishlab chiqarishning joriy etilishi, yangi bozorlar va xom 
ashyo manbalarining ochilishi, xo‗jalik yuritishning yangi usul lari joriy etilishi va 
natijada yuqori daromad olish kabilar bilan belgilanadi. Samarali va progressiv 
innovatsiyalarning joriy qilinishi o‗zaro aloqador tarmoqlarni qamrab oladi va bu 
jarayonga ko‗p sonli tadbirkorlar jalb etiladi. Oqibatda iqtisodiyot muvozanat 
holatidan chiqadi va iqtisodiy o‗sish sur‘atlari tezlashadi. Retsessiya esa 
iqtisodiyotning muvozanat holatiga qaytishiga sabab bo‗ladi. Y. SHumpeter fazalar 
almashinishi sababini tadbirkorlar tomonidan olinadigan yuqori foydaning 


60 
innovatsiyalar ishlab chiqarishni qanchalik to‗liq qamrab olishiga qarab 
tarqalishida (tadbirkorlar o‗rtasida bo‗linishida) ko‗radi. Depressiya fazasining 
yuzaga kelishi esa iqtisodiyotningo‗sish sur‘atlarini orqaga ketishiga nisbatan 
reaksiyasi va shartsharoitlarningyanada yomonlashuvi kutilishi bilan izohlanadi. 
Jonlanish fazasi innovatsiyalarning jamlanishi natijasida iqtisodiyotning qaytadan 
muvozanat holatiga qaytishiga zamin yaratadi. 
Y. SHumpeterdan tashqari rus iqtisodchi olimi N.D. Kondratev ham qariyb 
yarim asrlik davrga ega bo‗lgan uzun sikllar gipotezasi bilan iqtisodiy sikllarni 
davrlarga ajratishda muhim o‗rin egallaydi. 
N.D. Kondratev jahon hamjamiyati ishlab chiqarish kuchlarining yangi, 
rivojlanishning yanada yuqoriroq darajasiga o‗tishini ko‗zda tutib, mazkur 
sikllarning amal qilish mexanizmini ham asoslashga muvaffaq bo‗ldi. Uning ilmiy 
izlanishida sikl ikki: ko‗tarilish va pasayish fazalariga ajratiladi. Bu sikllar asosida 
yotuvchi kapitalning jamlanishi, markazlashuvi, bo‗linishi va qadrsizlanishi 
mexanizmi bozor iqtisodiyoti rivojlanishining muhim omili hisoblanib, siklning 
pasayish to‗lqinidan ko‗tarilish to‗lqiniga o‗tishi va o‗z navbatida, yangi siklning 
ko‗tarilish fazasiga o‗tishini ta‘minlashga xizmat qiladi. 
N.D. Kondratev fikricha, asosiy moddiy boyliklar (sanoat inshootlari, 
infratuzilmaviy qurilmalar), ishlab chiqarishning amaldagi texnik usullariga xizmat 
qiluvchi malakali ishchi kuchi natura va pul ko‗rinishida yirik resurslarni taqozo 
etadi. Ishleb chiqarishning amaldagi texnologik usullariga investitsiyalarning 
qisqarishidan so‗ng jamlanishi ma‘lum vaqtni talab etadi va buni yangilash siklik 
xarakter kasb etadi. 
Uzun sikllar ichki endogen mexanizmining asosiy elementlari bo‗lib, 
Kondratev fikricha, quyidagilar hisoblanadi: 
1.
Kapitalistik iqtisodiyotning harakati bir necha muvozanat darajalari 
doirasida namoyon bo‗ladi. Asosiy kapital boyliklarning (ishlab chiqarish 
infratuzilmasi va malakali ishchi kuchi) muvozanati xo‗jalik va ijtimoiy hayotning 
barcha omillari bilan birgalikda ishlab chiqarishning mazkur texnik usulini 
belgilab beradi. Bunda muvozanatning buzilishi kapital boyliklarning yangi 
zaxiralarini tashkil etish zaruratini yuzaga keltiradi; 
2.
asosiy kapital boyliklarning yangilanishi esa bir tekis kechmaydi, 
bunda hal qiluvchi rolni ilmiy texnik g‗oyalar va innovatsiyalar o‗ynaydi; 
«Inqiroz» tushunchasi biznes sikli konsepsiyasining komponenti 
bo‗lib, dastavval ortiqcha ishlab chiqarish va kapitalning ortiqcha 
jamlanishi bilan tavsiflangan. Keyingi davrlarda sanoat ishlab 
chiqarishdagi pasayish mavjud mablag‗laridan mahrum bo‗lgan ishsizlar 
soni-ningortishibilan birgakechdi. Ayni paytda qishloqxo‗ja-ligidan 
iqtisodiy faol aholining intensiv chiqib keti-shi kuzatildi, biroq bu 
aholining ma‘lum qismi shahar-larda qandaydir ish bilan band bo‗lishi 
mumkin edi. Bundan tashqari, sanoat ishlab chiqarishning pasayishi xom 
ashyo va issiqlik resurslariga nisbatan talab va bahoning tushishi bilan 
namoyon bo‗ldi (oddiy akselera-sion bog‗liqlik). 


61 
3.
uzun siklning davomiyligi jamiyat kapital boyliklari asosiy 
elemetlaridan biri hisoblangan ishlab chiqarish infratuzilmaviy qurilmalarining 
o‗rtacha hayotiy davri bilan belgilanadi; 
4.
barcha ijtimoiy jarayonlar urushlar, inqiloblar, aholi migratsiyasi 
iqtisodiy mexanizmning qayta shakllanishi natijasidir; 
5.
asosiy kapital boyliklarning almashinuvi va uzoq muddatga cho‗zilgan 
iqtisodiy pasayishdan chiqish natura va pul ko‗rmnishidagi resurslarning 
jamlanishini taqozo etadi. Etarli darajada jamlanmaga erishilgach esa, asosiy 
kapital boyliklarni radikal yangilash imkoniyati yuzaga keladi va bu o‗z navbatida, 
iqtisodiyotni yangi ko‗tarilish fazasiga olib chiqadi. 
Bundan tashqari, N.D. Kondratev o‗z tadqiqotida bu sikllilik kapitalistik 
ishlab chiqarish uslubi mavjud bo‗lar ekan, doimo amal qilishini ko‗rsatib berdi. 
N.D. Kondratev izlanishlari davomida to‗liq ikki sikl va faqatgina ko‗tarilish 
to‗lqiniga ega uchinchi yarim siklni aniqlashga muvaffaq bo‗lgan. Kondratev 
sikliiing umumiy ko‗rinishini quyidagicha ifodalash mumkin: 
I. Ko‗tarilish to‗lqini: 1780-yillarning oxiri va 1790- yillarning boshlaridan 
1810-1817 yillargacha bo‗lgan Davr. 
Pasayish to‗lqini: 1810-1817 yillardan 1844-1851 yillargacha. 
II. Ko‗tarilish to‗lqini: 1844-1851 yillardan 1870-1875 yillargacha. 
Pasayish to‗lqini: 1870-1875 yillardan 1890-1896 yillargacha. 
III. Ko‗tarilish to‗lqini: 1890-1896 yillardan 1914-1920 yillargacha. 
N.D. Kondratev uchinchi siklining 2-yarmi amal qilishi esa, oldinda iqtisodiy 
pasayish bo‗lishini ko‗zda tutardi. Vaxolanki, 1929-33 yillarda yuz bergan buyuk 
depressiya uning qarashlarini tasdiqlagan edi. Biroq keyingi davrlarda uning 
qarashlari o‗z tasdig‗ini topishtopmasligi keskin bahslarga sabab bo‗ldi. 
Mazkur masalani tadqiq qiluvchilarning sikl bo‗linishi va davrlari bo‗yicha 
qarashlarini ikki guruhga bo‗lish mumkin. Birinchi guruh tadqiqotchilar fikricha, 
uchinchi siklning pasayish fazasi Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan 
yakunlangan (ular tadqiqotlarida ko‗proq real iqtisodiyot indikatorlari ishlab 
chiqarish ko‗rsatkichlari, bandlik dinamikasi, investitsion faollik kabilarga 
tayanishgan), To‗rtinchi siklning ko‗tarilish fazasi esa, urushdan boshlanib, 1960 -
yillarning o‗rtalarigacha davom etadi. 1968-1971 yillardagi dol lar inqirozi va 
Bretton Vuds valyuta tizimi tanazzuli to‗rtinchi siklning pasayish fazasi 
boshlang‗ich nuqtasi bo‗lib, bu fazaga 1970 -yillardagi neft inqirozlari va 
stagflyasiya to‗g‗ri keladi. AQSHdagi «Reyganomika» va Buyuk Britaniyadagi 
Margeret Tetcher siyosati beshinchi siklning ko‗tarilish fazasiga zamin hozirlaydi 
va bu faza 1980 -yillarning yarmi va to‗liq 1990- yillarni qamrab oladi. Odatda, 
ko‗tarilish to‗lqinining so‗nggida real sektordagi kapital qo‗yilmalar foyda 
me‘yorining pasayishi, moliyaviy spekulyasiyaning dastlab fond bozori (1990 -
yillarning ikkinchi yarmi), so‗ngra ko‗chmas mulk sohalarini (2000 -yillarning 
boshlari) qamrab olishi kuzatiladi. SHuningdek, birinchi guruh tadqiqotchilari sikl 
davrining qisqarib borishini ham ta‘kidlaydilar. SHunday qilib, sikl davri N.D. 
Kondratev to‗xtagan nuqtadan quyidagicha davom etadi: 
Uchinchi siklning pasayish fazasi: 1914-1920 yillardan 1936-1940 
yillargacha. 
IV. Ko‗tarilish fazasi: 1936-1940 yillardan 1966-1971 -yillargacha. 


62 
Pasayish fazasi: 1966-1971 yillardan 1980-1985 yillargacha. 
V. Ko‗tarilish fazasi: 1980-1985 yillardan 2000-2007 yillargacha. 
Pasayish fazasi: 2000-2007 -lardan 2015-2025 yillargacha (bashorat). 
VI. Ko‗tarilish fazasi: 2015-2025-yillardan 2035-2045-yillargacha (bashorat). 
Ikkinchi guruh tadqiqotchilarning ta‘kidlashicha, uchinchi siklning pasayish 
fazasi butun Ikkinchi jahoi urushi va urushdan so‗nggi tiklanish davrini (1949 -
y.gacha) qamrab oladi (ularning metodologiyasida moliyaviy indikatorlar fond 
bozori dinamikasi, obligatsiyalar daromadliligi dinamikasi kabilarga asosiy e‘tibor 
qaratiladi). Kondratev siklining qolgan qismi esa, ularning fikricha, quyidagicha 
ko‗rinish oladi: 
Uchinchi siklning pasayish to‗lqini: 1920 -yillar oxiridan 1949- yilgacha. 
IV. Ko‗tarilish fazasi: 1949- yildan 2000- yillarning boshlarigacha. 
Umuman olganda, ikkala guruh tadqiqot natijalari ham 2000- yillarda chuqur 
depressiya bo‗lishini ko‗zda tutadi. 
Fikrimizcha, 
Kondratev 
siklining 
keyingi 
davrlari 
hozirgi 
jahon 
moliyaviyiqtisodiy inqirozi chuqurlashuvi jarayonlari yakuni va iqtisodiy tiklanish 
hamda barqarorlikdan so‗ng keskin bahsmunozaralar ob‘ektiga aylanib boraveradi. 
Tahlillar shuni ko‗rsatmokdaki, iqtisodiy sikllarning takrorlanish davrida 
qisqarish tendensiyasi kuzatilmoqda. Zero, jahon iqtisodiyotida ilk klassik inqiroz 
1823- yilda ro‗y bergan bo‗lsa, shundan buyon inqirozlar taxminan 1520- yil oraliq 
bilan muntazam takrorlanib turdi. 
Bu o‗rinda yana bir muhim masala uzun sikllar borasidagi konsepsiyalardir. 
Bu borada bir qator tasniflar uchraydi. SHulardan batafsilrog‗i Goldshteynga 
taalluqli bo‗lib, u quyidagi ko‗rinishga ega: 
investitsiya konsepsiyasi (Kondratev, Forrester, Sterman): uzun sikllar davriy 
qayta jamlanish va so‗ngra uzoq muddat foydalanishdagi kapital boyliklarning 
qadrsizlanishi bilan belgilanadi; 
innovatsion konsepsiya (SHumpeter, Mensh, Friman): uzun sikllarning 
shakllanishida etakchi rolni 
1997-2008 yillarda jahon iqtisodiyoti moliya bozorlaridagi aktivlar 
bahosining asossiz o‗sishi, «spekulyativ ko‗piklar»ga bir necha bor duch kelgan 
bo‗lsada, xozirgi paytda ham ularni bartaraf etishning ilmiyamaliy usullari ishlab 
chiqilgan emas. Bundan tashqari, monetar organlarning aktivlar bahosining bunday 
asossiz o‗sishiga yo‗l qo‗ymaslik bo‗yicha strategiyalari masalasi nazariy jihatdan 
ham o‗z echimini topmagan. Iqtisodiy adabiyotlarda mazkur muammoga nisbatan 
ikki xil yondashuv mavjud. 
Birinchi yondashuvga muvofiq, monetar organlar moliyaviy aktivlar 
bahosining maqsadli mo‗ljallarini (target) belgilamasliklari va fond bozoridagi 
faollikni kamaytirish uchun foiz siyosatidan foydalanmasliklari zarur. Fikrimizcha, 
spekulyativ ko‗piklarga qarshi choralar ko‗rish so‗zsiz makroiqtisodiy 
barqarorlikni ta‘minlashda katta ahamiyat kasb etadi, biroq bu maqsadda foiz 
siyosatidan foydalanish pul massasini kamaytirish hisobiga yuz beradigan salbiy 
oqibatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin. SHu sababli, spekulyativ ko‗piklarga 
qarshi kurashishda fond bozorini tartibga soluvchi organlarning faolroq bo‗lishi 
maqsadga muvofiq sanaladi. 


63 
Ma‘lumki, fond bozoridagi spekulyativ ko‗piklar bank sektoriga nisbatan 
sezilarli darajada salbiy ta‘sirni yuzaga keltiradi. CHunki garov ta‘minoti sifatida 
olingan qimmatli qog‗ozlar bahosining pasayishi inqirozning yanada 
chuqurlashuviga sabab bo‗ladi. Qarzdorning bank oldidagi majburiyatlarini bajara 
olmasligi natijasida, mazkur qimmatli qog‗ozlarni fond bozorida sotish zarurati 
tug‗ilsa, bu, o‗z navbatida, qimmatli qog‗ozlar taklifining ko‗payishi va shuning 
asosida ular bahosining yanada pasayishiga olib keladi. Pirovard natijada, 
banklarning balansida yirik miqdordagi zararlar va uning orqasidan likvidlilik 
muammolari avj oladi. 
Fikrimizcha, banklar tomonidan aktivlarni sekyuritizatsiyalashda muomalaga 
chiqariladigan moliyaviy instrumentlar, hosilaviy moliya instrumentlarining garov 
sifatida qabul qilinishiga nisbatan muayyan cheklovlarni o‗rnatish zarur. Masalan, 
aksiya va obligatsiyalarni garov ta‘minoti sifatida qabul qilishga nisba tan zaxira 
talablari belgilanishi mumkin. CHunki fond bozoridagi spekulyativ ko‗piklarning 
bank tizimi barqarorligiga salbiy ta‘sir qilishi tizimli risklarning kuchayishiga 
zamin yaratadi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin