― pul va banklar


Valyuta inqirozi davom etadi



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə228/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   266
pul va banklar (2)

Valyuta inqirozi davom etadi. 
Moliyaviy sektorda banklarning balansini yomonlashuvi va katta miqdorda 
qisqa muddatli tashqi qarzlarning hosil bo‗lganligi hamda Koreya milliy 
valyutasiga spekulyativ hujumning mavjudligi boisiqtisodiyotda kapital oqimining 
kutilmaganda to‗xtab qolishi xavfidan qochib qutulishning iloji yo‗q edi. 1997 -yil 
iyul oyida Tailand batining qulashi bilan1997 -yil erta avgust oyida mamlakatda 
qirq ikkita moliyaviy kompaniyalarning yopilganligi to‗g‗risida e‘lon qilindi. 
Natijada bozor ishtirokchilariningo‗xshash muammolar boshqa SHarqiy Osiyo 
davlatlarida mavjudligi borasida shubhaga borishlari natijasidamuammo boshqa 
hududlarga ham keng yoyildi. Tezda spekulyantlar Janubiy Koreya iqtisodiyoti 
ham og‗ir ahvolda ekanligini aniqlashdi. Janubiy Koreya markaziy banki foiz 
stavkalarni ko‗tarish orqali o‗z valyutasini ortiq himoya qila olmasligi ma‘lum 
bo‗ldi. CHunki foiz stavkalarning ko‗tarilishi orqali milliy valyutaning himoya 
qilinishi allaqachon kuchsizlangan banklarni cho‗ktirib yuborishi aniq edi. 
Spekulyantlar Koreya milliy valyutasi vonni chiqarib yuborishi spekulyativ 
hujumni keltirib chiqardi.
So„nggi bosqich: valyuta inqirozi to„liq masshtabli moliyaviy inqirozni 
keltirib chiqardi. 
 
Chunki nomoliyaviy va moliyaviy firmalarda katta miqdorda xorijiy 
valyutada qarzlar mavjud bo‗lib,Koreya vonining salkam 50%gacha 
qadrsizlanishi xorijiy valyutada ifodalangan qarzlarning milliy valyutadagi 
qiymatini ikki barobaroshirishi natijasida sof qiymatning qattiq emirilishi yuzaga 
keldi. Sof qiymatning yo‗qolishi Koreya moliyaviy bozorlarida mahalliy va xorijiy 
qarz beruvchilar uchuntanlovning yomonlashuvi va psixologik risk muammosini 
yanada murakkablashtirdi.
Firmalarning pul oqimi va balansni yomonlashuvi bank inqirozini yanada 
og‗irlashtirdi. 
Banklar 
tomonidan 
mahalliy 
firmalarga 
ajratilgan 
dollardaifodalangan qarzlar so‗ndirilmaganligi hamda xorijiy valyutadagi 
qarzlarningko‗proq vonda to‗lanishi oqibatida banklarning balansi yanada 
yomonlashdi.SHuningdek, moliyaviy institutlar tomonidan tashqi qarzlarining 
qisqa muddatga jalb qilinishiqo‗llabquvvatlanganligilikvidlik muammosini 
chuqurlashtirdi. Chunki, banklar ushbu qarzlarni tezda qaytarishlari shart edi. 
Xukumat bank tizimida yuzaga kelgan vahimani to‗xtatish maqsadida banklardagi 


86 
barcha omonatlarni kafolatlash borasida qadam tashladi. Ammo kapital hajmining 
kamayishi bevosita banklar tomonidan kreditlash faoliyatini qisqartirilishi 
shartligini anglatar edi. (8-rasm) 
15.8-rasm 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
15.9-rasm 
 
Kreditlash hajmining qisqarishi qo‗shimcha ravishda iqtisodiy pasayishni 
keltirib chiqardi. Natijada bu holat kredit bozorlarida tanlovning yomonlashuvi va 
psixologik 
risk 
muammosinikuchaytirdi. 
Kredit 
bozorlarida 
assimetrik 
ma‘lumotlar muammosining oshishibilan bir qatorda yuqori foiz stavkalarining 


87 
investitsion qarorlarga bevosita ta‘sir ko‗rsatishi keyinchalikinvestitsion 
xarajatlarni pasaytirdi, pirovardida, yalpi talab tushishiga qo‗shimcha faktor 
sifatida xizmat qildi. (9-rasm) 
Janubiy Koreya moliyaviy inqirozi yuqori darajada inson resurslari 
xarajatini ham keltirib chiqardi. Kambag‗allarning darajasi 6 milliondan 10 
milliongacha, o‗z joniga qasd qilish va ajrashishlar surati salkam 50%gacha, 
narkotik moddalarga ro‗ju qo‗yish 35%gacha va jinoyatchilik surati 15%gacha 
o‗sdi.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin