Iqtisodiyotda faoliyat yuritadigan, faqat hukumatning ehtiyojlari bilan bog‘liq
bo‘lgan va iqtisodiyotning ehtiyojlaridan mustaqil pul mablag‘lari miqdoridagi
o‘zgarishlar siyosiy omillar hisoblanadi.
Texnik omillar pul aylanishi tuzilishi va hajmiga faqat bilvosita ta‘sir
ko‘rsatadi, lekin shunga qaramasdan, ularni hisobga olish zarur. Bunday omillarga
u yoki boshqa hisob-kitobni o‘tkazish uchun talab etiladigan vaqtni kamaytirish
yoki hisob-kitobning o‘zini amalga oshirishga imkon beradigan hisob-kitoblarning
texnik vositalari kiradi. Masalan, bank plastik kartalariga xizmat ko‘rsatuvchi
texnik vositalarning keng ommalashganligi aholi o‘rtasida ushbu to‘lov
vositasining ommalashuviga va, binobarin, naqd pulsiz pul mablag‘larining
qo‘llanilishining oshishiga olib keladi. Naqd pulsiz pul mablag‘lari qo‘llanilishi
chastotasining ko‘payishi pul muomalasining umumiy tarkibida naqd pullarning
kamayishiga va davlatning pul aylanishini tartibga solish asosiy uslublarining
o‘zgarishiga olib keladi.
Pul muomalasi – bu pullarning mamlakatning ichki iqtisodiy aylanishi, tashqi
iqtisodiy aloqalar tizimidagi, tovarlar va xizmatlarning sotilishiga, shuningdek, uy
xo‘jaligidagi tovarsiz to‘lovlarga xizmat ko‘rsatadigan naqd pullik va naqd pulsiz
shakllardagi harakatidir. Tovar ishlab chiqarish pul muomalasining ob‘ektiv negizi
bo‘lib, undagi tovar olami tovarlarning ikki turiga: tovarlarning o‘ziga va tovar-
pullarga bo‘linadi. Naqd pullik va naqd pulsiz shakllardagi pullar yordamida
tovarlar, shuningdek, ssuda va fiktiv kapitallarning muomalasi jarayoni amalga
oshiriladi.
Siyosiy iqtisod matematik maktabining yirik vakili, Xalqaro iqtisodiy jamiyat
asoschilaridan biri va uning birinchi prezidenti (1931-1933)
Dostları ilə paylaş: