shuningdek pul muomalasi mavjud bo‘lgan barcha ijtimoiy formatsiyalarda o‘z
kuchiga ega.
Pul muomalasi qonuni muomaladagi tovarlar massasi, ularning narxi va pul
muomalasi tezligi orasidagi iqtisodiy aloqadorlikni aks ettiradi
.
Shunday qilib, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga ishlab chiqarish
rivoji va shart-sharoitlariga bog‘lik bo‘lgan turli xil omillar ta‘sir ko‘rsatadi.
Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga ta‘sir ko‘rsatuvchi asosiy omil - bu
tovarlar va xizmatlar baxosi xisoblanadi. Pul miqdori tovarlar va xizmatlar
bahosiga tug‘ri proportsional, ya‘ni tovarlar va xizmatlar baxosining oshishi
muomalaga ko‘p pul chiqarishni talab qiladi. Pul miqdoriga ta‘sir qiluvchi ikkinchi
omil - bu pulning aylanish tezligi xisoblanadi. Bu omil pul miqdoriga teskari ta‘sir
ko‘rsatadi. Odatda pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo‘lgan pul
mikdori shuncha kam talab qilinadi va aksincha.
Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini boshqarishda shu muxim
omillarga aloxida e‘tibor berilishi zarur.
Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini kamaytirish uchun quyidagi
choralarni amalga oshirish muximdir. Bular: iste‘mol kreditni rivojlantirish;
kreditga qanchalik ko‘p tovar sotilsa, shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak
bo‘ladi;
- naqd pulsiz xisob - kitoblarning rivojlanishi;
- pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar.
Xar bir jamiyat pul muomalasi qonuni talablarini xisobga olgan xolda ish
yuritishi zarur. Chunki pul muomalasi qonunining buzilishi pul barqarorligiga
putur etkazadi. Bu xolda muomalaga chiqarilgan pul miqdori muomaladagi
tovarlar baxosidan oshib ketishi, ya‘ni inflyatsiya bo‘lishiga, yoki pul
ocharchiligiga (etishmovchiligiga) olib kelishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, pul muomalasini ushlab turish shart-sharoitlari va
qonuniyatlari ikki omilning o‘zaro ta‘siri bilan, ya‘ni:
Xo‘jalikning pulga bo‘lgan ehtiyoji va amalda pullarning muomalaga borib
tushishi bilan belgilanadi. Amaliyotda ko‘proq uchraydigan hol bu oborotda
xo‘jalikka kerak bo‘lganidan ko‘proq pulning bo‘lishidir. Bu albatta, pulning
qadrsizlanishiga - pul biriligining xarid qobiliyatining tushushiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: