― pul va banklar


Depozitdan valyutaga o‘tish (almashinish)



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   266
pul va banklar (2)

Depozitdan valyutaga o‘tish (almashinish) 
Federal zaxira tizimi ochiq bozor operatsiyalarini amalga oshirmasa
depozitning valyutaga almashinishi bank tizimida zaxira miqdori darajasiga ta‘sir 
ko‘rsatadi. Shunday bo‘lsada bu kabi almashish pul bazasiga ta‘sir o‘tkazmaydi, 
chunki buning sababi FZT zaxiralarga qaraganda pul bazasiga ko‘proq e‘tibor 
qaratadi hamda nazoratni amalga oshiradi.
Masalan, faraz qilaylik rodjestvo bayrami arafasida aholi sovg‘alar sotib 
olishni nazarda tutib ko‘proq valyutaga ehtiyoj sezsin hamda naqd shaklda 100 
million dolarlik pulni schyotidan yechib olsin. Nobank aholining T hisobvarag‘i 
quyidagi natijaga ega bo‘ladi:
Nobank aholi 
Aktiv
Passiv 
Chekli depozitlar -100 million 
dollar 
Valyuta +100 million 
dollar
 
Bank tizimi 100 million dollarlik depozitlaridan ayriladi va 100 million 
dollarlik zaxiralarga ega bo‘ladi.
Federal Zaxira Tizimi 
Aktivlar 
Majburiyatlar 
Qimmatli qog‘ozlar
-$100 m 
Muomaladagi pullar
-$100 m 


Bank tizimi 
Aktiv
Passiv 
Zaxiralar -100 million dollar 
Chekli depozitlar +100 million 
dollar 
FZT nuqtayi nazaridan olib qaralganda, aholining harakat natijasi shuni 
anglatadiki, 100 million dollarlik qo‘shimcha valyuta aholi qo‘lida aylanayotgan 
bir vaqtda bank tizimida zaxiralar miqdori 100 million dollargacha tushib ketadi. 
FZT ning T hisobi quyidagi ko‘rinishga keladi:
Federal Zaxira Tizimi 
Aktiv
Passiv
Muomaladagi 
valyuta 
miqdori
+100 million dollar
Zaxira miqdori 
-100 million dollar 
FZTning pul majburiyatlariga oid sof ta‘siri yuvilib ketadi; pul bazasiga 
aholining naqd pulga bo‘lgan talabining oshishi orqali ta‘sir ko‘rsatilmaydi. Ammo 
bundan farqli o‘laroq, zaxiralar bunga ta‘sir etadi. Zaxira miqdorining bir oz 
miqdorlarda o‘zgarib turishi depozitdan valyutaga o‘tish yoki aksincha hollarda 
vujudga keladi. Shunga o‘xshash holatlar pul bazasi uchun tatbiq etilmaydi, chunki 
u muqarrar o‘zgaruvchi sifatida olinadi.
Moliyaviy institutlarga qarzlar.
Mazkur bobda pul bazasidagi o‘zgarishlar ochiq bozor operatsiyalarining 
natijasi sifatida sodir bo‘lishi ko‘rib o‘tildi. Shuni ham aytib o‘tish zarurki, FZT 
moliyaviy institutlarga qarz berganda ham pul bazasiga ta‘sir ko‘rsatiladi. FZT 100 
million dollarlik qarzni milliy bankka taqdim etganda bank qarzning tushumlaridan 
kelgan 100 million dollarlik zaxiralarni kreditlaydi. Bank tizimi va FZTning 
balansida o‘zgarishlar quyidagicha bo‘ladi: 
 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin