a) identifikatsiyalovchi ma‘lumotlar (kartochkaning tartib raqami, seriyasi va
boshqalar);
b) bank-emitentning (plastik kartochkalarii muomalaga chiqaruvchi bankning)
xos raqami;
v) schyotning tartib raqami va kartochka ushlovchining familiyasi, ismi,
sharifi (tashkilotning nomi);
g) kartochkaning amal qilish muddati.
Bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda amalga oshirilgan hisob-
kitoblar qog‗ozda (slip, elektron terminal kvitansiyasi) yoki elektron shaklda
(bankomat yoki terminalning elektron hujjati) yoki boshqa ma‘lumotnomalar bilan
tasdiqlanadi. Bunda mazkur ma‘lumotnomalar hisob-kitoblarni amalga oshirishda
ishtirok etuvchi tomonlarga etarli nusxalarda shakllantiriladi. Ma‘lumotnomalar
bank plastik kartochkalari orqali amalga oshirilgan operatsiyalar to‗g‗risidagi
barcha ma‘lumotlarni o‗z ichiga olishi kerak.
Ma‘lumotnomalarda bank plastik kartochkalari va bank plastik kartochkalari
saqlovchilarning bankdagi hisobvaraqlari rekvizitlari, shuningdek tashkilotlar,
naqd pul berish punktlari va bankomatlarning hisobvaraqlari rekvizitlari bo‗lishi
shart.
Elektron
ma‘lumotnomalar
bank-ekvayerga,
bank-emitentga
yoki
shartnomada nazarda tutilgan protsessing markaziga yuboriladi.
Bank plastik kartochkalari bo‗yicha banklar o‗rtasidagi hisob-kitoblar:
-
elektron to‗lovlar tizimi orqali umumiy asosda
amalga oshiriladi;
-
amaliyot kuni davomida o‗zaro majburiyatlarni yakuniy hisob-kitobi va
yakuniy hisob-kitoblar summasini banklarning vakillik hisobvaraqlari orqali
hisobga o‗tkazish asosida hisob-kitob ishtirokchilari tomonidan tashkil qilingan
protsessing markazi orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish.
Amalga oshirilgan operatsiyalar bo‗yicha umumiy hisob-kitoblar elektron
to‗lovlar tizimi orqali quyidagicha amalga oshiriladi:
a) bank-emitent tomonidan avtorizatsiya qilinmagan holda amalga oshirilgan
hisob-kitoblarda:
bank tomonidan xizmat ko‗rsatilayotgan tashkilotdan olingan elektron
hujjatlar asosida bank-ekvayer uning hisobvarag‗iga tegishli mablag‗larni
o‗tkazadi, bunda avtomatik ravishda debet elektron memorial order shakllanadi va
elektron to‗lovlar tizimi orqali bank-emitentga yuboriladi;
mijozning bank plastik kartochkasi hisobvarag‗idagi mablag‗lar bank-emitent
tomonidan debet elektron memorial order asosida
dasturiy ravishda hisobdan
chiqariladi. Debet elektron memorial order ro‗yxat ko‗rinishida chop etilib,
bankning kunlik hujjatlar yig‗majildiga tikib qo‗yiladi;
b) bank-emitent tomonidan avtorizatsiya qilingan holda amalga oshirilgan
hisob-kitoblarda:
bank tomonidan xizmat ko‗rsatilayotgan tashkilotdan olingan elektron
hujjatlar asosida bank-ekvayerda avtomatik ravishda elektron xabarnoma
shakllanadi hamda o‗tkazmalarni avtorizatsiya qilish va amalga oshirish uchun
elektron to‗lovlar tizimi orqali bank-emitentga yuboriladi;
bank-emitent elektron xabarnoma asosida tranzaksiyani
avtorizatsiya qilib,
mablag‗larni elektron to‗lovlar tizimi orqali tegishli tashkilotlar hisobvarag‗iga
o‗tkazish uchun bank-ekvayerga yuboradi hamda mablag‗larni bank plastik
kartochkalari hisobvarag‗idan hisobdan chiqarish uchun elektron memorial
orderni dasturiy ravishda shakllantiradi;
mablag‗lar bank-ekvayer tomonidan bank-emitentdan olingan elektron
memorial order asosida tegishli tashkilotlarning hisobvarag‗iga o‗tkaziladi va
memorial order ro‗yxat ko‗rinishida chop etilib, bankning kunlik hujjatlar
yig‗majildiga tikiladi.
Protsessing markazi orqali hisob-kitoblar quyidagicha amalga oshiriladi:
-
amaliyot kuni davomida bank plastik kartochkalari bo‗yicha protsessing
markazi orqali amalga oshirilgan barcha operatsiyalar
hisob-kitob ishtirokchilari
uchun ochilgan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi;
-
yakuniy summalar O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankning hisob-kitob
markazida ochilgan banklarning vakillik hisobvaraqlari orqali shartnomada
nazarda tutilgan muddatda o‗tkaziladi;
-
banklar tomonidan protsessing markazidan olingan ma‘lumotlar asosida
mijozning BPK hisobvarag‗iga mablag‗lar o‗tkaziladi yoki hisobdan chiqariladi.
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy Banki va tijorat banklari tomonidan
savdo, xizmat ko‗rsatish va naqd pul muomalasi bilan faoliyat ko‗rsatadigan
mijozlarni hisob-kitob terminallari, bankomatlar va plastik kartochkalar bilan
ta‘minlash, ularni yuqori darajada himoya qilish bo‗yicha
belgilangan talablarga
rioya etilishini nazorat qilish, plastik kartochkalardan foydalanish orqali naqd
pulsiz
to‗lovlarni
amalga
oshirishda
soxtalashtirish
yoki
boshqa
qonunbuzilishlarga yo‗l qo‗ymaslik masalalariga alohida e‘tibor qaratilyapti.
Dostları ilə paylaş: