bank-emitent elektron xabarnoma asosida tranzaksiyani avtorizatsiya qilib,
mablag‗larni elektron to‗lovlar tizimi orqali tegishli tashkilotlar hisobvarag‗iga
o‗tkazish uchun bank-ekvayerga yuboradi hamda mablag‗larni bank plastik
kartochkalari hisobvarag‗idan hisobdan chiqarish uchun elektron memorial
orderni dasturiy ravishda shakllantiradi;
mablag‗lar bank-ekvayer tomonidan bank-emitentdan olingan elektron
memorial order asosida tegishli tashkilotlarning hisobvarag‗iga o‗tkaziladi va
memorial order ro‗yxat ko‗rinishida chop etilib, bankning kunlik hujjatlar
yig‗majildiga tikiladi.
Protsessing markazi orqali hisob-kitoblar quyidagicha amalga oshiriladi:
-
amaliyot kuni davomida bank plastik kartochkalari bo‗yicha protsessing
markazi orqali amalga oshirilgan barcha operatsiyalar hisob-kitob ishtirokchilari
uchun ochilgan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi;
-
yakuniy summalar O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankning hisob-kitob
markazida ochilgan banklarning vakillik hisobvaraqlari orqali shartnomada
nazarda tutilgan muddatda o‗tkaziladi;
-
banklar tomonidan protsessing markazidan olingan ma‘lumotlar asosida
mijozning BPK hisobvarag‗iga mablag‗lar o‗tkaziladi yoki hisobdan chiqariladi.
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy Banki va tijorat banklari tomonidan
savdo, xizmat ko‗rsatish va naqd pul muomalasi bilan faoliyat ko‗rsatadigan
mijozlarni hisob-kitob terminallari, bankomatlar va plastik kartochkalar bilan
ta‘minlash, ularni yuqori darajada himoya qilish bo‗yicha belgilangan talablarga
rioya etilishini nazorat qilish, plastik kartochkalardan foydalanish orqali naqd
pulsiz
to‗lovlarni
amalga
oshirishda
soxtalashtirish
yoki
boshqa
qonunbuzilishlarga yo‗l qo‗ymaslik masalalariga alohida e‘tibor qaratilyapti.
Dostları ilə paylaş: