― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   266
pul va banklar (2)

Federal Zaxira Tizimi 
Aktivlar 
Majburiyatlar 
Qimmatli qog‘ozlar 
Moliyaviy institutlarga berilgan 
qarzlar 
Muomaladagi valyuta 
Zaxiralar 
 
Majburiyatlar 
Balansdagi 2 ta majburiyat ya‘ni muomaladagi valyuta va zaxiralar Federal 
Zaxiraning monetar majburiyatlari hisoblanadi. Ular pul taklifining muhim qismi 
hisoblanadi chunki ularning birini o‘sishi yoki ikkalasining ham o‘sishi pul 
57
Federal Rezerv bakansi yoki undagi elementlar haqida ushbu kitobning ilova qismida yoki quyidagi web 
sahifadan topishingiz mumkin: 
www.peaisonglobaleditions.com/mishkin
  


taklifining o‘sishiga sabab bo‘ladi. Federal Zaxiraning Monetar majburiyatlari va 
hukumat xazina majburiyatlari monetar baza hisoblanadi. Bunda davlat xazina 
majburiyatlari umumiy bazaning 10%idan kam ulushga ega
58

1.
Muomaladagi valyuta. Ya‘ni Federal Zaxira tomonidan chiqarilgan va 
aholini qo‘lida bo‘lgan pullardir. Depozitariy institutlardagi pullar ham Federal 
Zaxiraning majburiyati hisoblanadi lekin balansning zaxira qismida joylashgan. 
2. Zaxiralar. Barcha banklar Federal Zaxiralar tizimi (Fed)da depozit sifatida 
o‘z hisob raqamlariga egadirlar. Zaxiralar Feddagi depozit hisobraqamlaridan 
hamda bank kassalaridagi naqd pullardan tashkil topadi. Zaxiralar banklar uchun 
aktiv, Federal Zaxira uchun passiv hisoblanadi, chunki banklar istalgan paytda 
zaxiralar uchun to‘lov talab qilishlari mumkin va Federal Zaxira o‘z majburiyatini 
qoplash uchun Federal Zaxira notalari to‘lab boradi. Keyinchalik ko‘rib o‘tishimiz 
mumkinki, zaxiralarning oshishi depozitlarning ko‘payishiga va buning natijasida 
pul taklifining oshishiga olib keladi. 
Umumiy zaxiralar 2 ta kategoriyaga ajratilishi mumkin: Federal Zaxira
 
tomonidan qat‘iy talab asosida saqlanishi kerak bo‘lgan zaxiralar (majburiy 
zaxira), banklar tomonidan ixtiyoriy tarzda saqlanishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha 
zaxiralar (ortiqcha zaxira). Masalan, Fedning talabi bo‘yicha depozitar 
tashkilotdagi depozitlarning har bir dollari uchun uning ma‘lum qismi (misol 
uchun, 10 sent) zaxira sifatida shakllantirilishi kerak. Ushbu qism (10%) majburiy 
zaxira nisbati deb ataladi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin