― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   266
pul va banklar (2)

 
-
Bank kartalari.
 
Bularga biz yuqorida ko‗rib o‗tgan to‗lov vositalari bo‗lgan, 
banklar tomonidan emissiya qilinadigan plastik kartochkalar kiradi. Biz ushbu 
magistrlik dissertatsiyasida aynan bank kartalari haqida so‗z yuritamiz.
 
Bank plastik kartochkasi - bu personallashtirilgan to‗lov vositasi bo‗lib, u 
foydalanuvchiga tovar va xizmatlarga naqd pulsiz haq to‗lash, bankomat va bank 
bo‗limlaridan naqd pul olish imkoniyatini beradi. 
Hisob-kitoblarni amalga oshirish imokniyatiga ko‗ra plastik kartalar debet va 
kredit kartalarga bo‗linadi: 
-
Kredit kartochkalar. Bunda foydalanuvchilar tovar va xizmatlarni kreditga 
olishda va kassa qarzini olishda kredit liniyasidan foydalanishadi. YA‘ni tovar 
xarid qilayotganda mijozning hisobraqamidagi pul mablag‗i etmasa, bank unga 
ma‘lum limit doirasida kredit beradi. Kredit ma‘lum muddat mobaynida 
so‗ndirilishi kerak. Kreditni mijoz karta hisobvarag‗i ochish chog‗ida qo‗ygan 
sug‗urta depozitidan yoki kartochka egasi naqd pul qo‗ygan yoki pul o‗tkazgan 
hisobvaraqdan pul o‗tkazib so‗ndirishi mumkin. 
-
Debetli kartochkalar. Bunda foydalanuvchilar bankomatlardan naqd pul 
olish va elektron terminaldan foydalangan holda hisob-kitob qilish orqali 
tovarlarga va xizmatlarga haq to‗lashi mumkin. Bunda foydalanuvchining 
bankdagi hisobvarag‗idan mablag‗ hisobdan chiqariladi. Debet kartalar bo‗yicha 
agar foydalanuvchining hisobvarag‗ida mablag‗ mavjud bo‗lmasa, bu plastik 
kartochkalar bo‗yicha muomalalar amalga oshirilmaydi. Kredit kartochkalardan 
debet kartalarning afzalligi bir to‗lov bo‗yicha cheklanishlarning yo‗qligi 
hisoblanadi. 
Foydalanish harakteriga ko‗ra kartochkalar shaxsiy, oilaviy va korporativ 
turlarga bo‗linadi. Ularning har biriga izoh beramiz: 
-
Shaxsiy kartochka - bu bankning alohida mijoziga beriladi. Bunday 
kartochkalar «standart» yoki «Oltin» bo‗lishi mumkin. Bu kartochkalar yuqori 
52
―Ўзбекистон Республикасида нақд пулсиз ҳисоб-китоблар тўғрисида‖ ги 2465-сонли Низом.
2013 йил 3 июнь. 


kreditga layoqatli mijozlarga beriladi. Bunda foydalanuvchilar ko‗p imtiyozlarga 
ega bo‗ladi. 
-
Oilaviy kartochka - bu kartochkalar hisobvaraq bo‗yicha javobgarlikni o‗z 
zimmasiga olgan oilaning bir a‘zosiga beriladi. 
-
Korporativ kartochka – tashkilot va korxonalarga beriladi. Korporativ bank 
kartalaridan foydalangan holda naqd pulsiz shaklda to‗lash uchun sarf qilinayotgan 
pul mablag‗lari korporativ bank kartasining saqlovchisiga hisobdorlik sharti bilan 
beriladigan, qat‘iy tarzda belgilangan maqsadlarga ishlatiladigan mablag‗lar bo‗lib 
hisoblanadi. 
Bundan tashqari, magnit va smart kartochkalar farqlanadi. Magnitli 
kartochkaga uning egasi to‗g‗risidagi ma‘lumotlar va tovar yoki xizmatga haq 
to‗lash uchun zarur miqdordagi pulni hisobdan chiqarish uchun qaysi bankka 
murojaat qilish to‗g‗risidagi axborot yoziladi. Bunday kartochkada kartochka 
schyotidagi pul miqdori to‗g‗risidagi axborot bo‗lmaydi. Smart-kartochkada mijoz, 
emitent-bank to‗g‗risidagi shifrlangan ma‘lumot, pul o‗tkazish va hisobdan 
chiqarishga oid shaxsiy kod, uningdek o‗tkazilgan pul mblag‗lari to‗g‗risidagi 
axborot saqlanadi. Soxta mikroprotsessor kartochkasini amalda yasab bo‗lmaydi. 
CHipda saqlanayotgan axborotdan har qanday ruxsatsiz foydalanish chipning 
blokirovka qilinishiga va buzilishiga olib keladi. So‗nggi vaqtda to‗lov vositasi 
sifatida aynan smart-kartalardan foydalanish anchagina ko‗paygani kuzatilmoqda. 
Kartochkalarni yana ularga identifikatsiya axborotini egasining ismi, 
kartochka raqami, uning amal qilish muddati va shu kabilarni kiritish usuli 
bo‗yicha farqlash mumkin. U embosserlash usuli bilan kiritilishi mumkin: maxsus 
apparat (embosser) ma‘lumotlarni bo‗rtma xarflar bilan bosib yozadi. Bunday 
kartochka embosserlangan kartochka deyiladi. Ba‘zan identifikatsiyalovchi axborot 
kuydirib yoziladi va odatda, bunday kartochka faqat elektron foydalanishga 
mo‗ljallangan bo‗ladi. 
Mikroprotsessorli plastik kartochkalarning eng muhim xususiyati shundan 
iboratki, 
ular turli 
xildagi o‗zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda 
foydalanadigan ma‘lum axborotlar to‗plamini o‗zida saqlashi mumkin.
Shunday qilib, har bir turdagi kartochkaning o‗ziga xos xususiyati bo‗lib, ular 
paydo bo‗lgandan boshlab to hozirgi kungacha mukammalashib bormoqda. 
Bugungi kunda dunyoning 200 dan ortiq mamlakati o‗z to‗lov tizimida plastik 
kartochkalardan foydalanishi to‗lov kartalari bank tizimidagi texnologik 
revolyusiyaning eng muhim elementlaridan ekanini ko‗rsatadi. Aynan plastik 
kartochkalar ko‗p hollarda elektron bank tizimining hal qiluvchi elementi sifatida 
chiqmoqda. 
Jahon bank tizimi amaliyotida plastik kartochkalar foydaning asosiy manbaasi 
hisoblanadi. Ayrim ma‘lumotlarga ko‗ra, AQSHda jami bank kreditlarining 6 
foizigina kredit kartalar orqali beriladi. SHu bilan bir qatorda bu banklar 
foydalarining 10 foizini aynan kredit kartalarga xizmat qilishdan oladilar. 
To‗lov kartasining o‗zi bu plastik bo‗lagi, xolos. Uning amal qilishi uchun 
ma‘lumotlarning tez, ishonchli, va xafvsiz almashinishini ta‘minlaydigan turli 
axborot texnologiyalari kompleksi zarur. SHuningdek ushbu texnologiyalarni 
boshqarib va nazorat qilib turuvchi sub‘ektlar, ular faoliyatini tartibga soluvchi 


qonuniy-huquqiy asoslar kerak bo‗ladi. Bularning barchasi plastik kartochkalar 
orqali amalga oshiriladigan hisob-kitoblar tizimini tashkil etadi. To‗lovlarni 
qanday algoritmda amalga oshirilishi esa hisob-kitoblar mexanizmini belgilaydi. 
Plastik kartochkalarning turlari, amal qilish segmenti (lokal yoki xalqaro), 
mijozlarning xususiyatlari va boshqa omillarga qarab hisob-kitoblar mexanizmi 
turlicha bo‗lishi mumukin. Buni har bir to‗lov tizimi mustaqil belgilaydi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin