To‗lov talabnomasi bo‗yicha hisob-kitoblarning kamchiliklari quyidagilar:
1. Maqsulot sotuvchi korxonaga to‗lovning o‗z vaqtida o‗tkazilishi
kafolatlanmaydi.
2. To‗lov o‗tkazilishi bilan tovar jo‗natilishi vaqtining bir-biriga mos
kelmasligi.
3. To‗lov talabnomasi bo‗yicha hisob-kitoblarda hujjatlar aylanishi to‗lov
topshiriqiga nisbatan uzo.roq davom etadi.
Umuman, to‗lov talabnomasi bo‗yicha hisob-kitoblarning ishlatilishi ko‗p
hollarda - 2-kartotekadan o‗z vaqtida to‗lanmagan to‗lov talabnomalarning
ko‗payishiga sharoit yaratadi, chunki talabnoma bankka to‗lov uchun kelib tushgan
vaqtda to‗lovchining hisobvarag‗idan qar doim ham to‗lovni amalga oshirish
uchun etarli pul mablag‗lari bo‗lmaydi. Kartotekaga qo‗yilgan qar bir to‗lov
talabnomasi respublika qal. xo‗jaligi debetorlik va kreditorlik qarzlarining
oshganligidan dalolat beradi. SHu sababli, respublika banklari o‗z mijozlarining
kartotekadagi hujjatlari va ularni to‗lash bo‗yicha qanday ishlar olib
borilayotganini nazorat qilib turadilar.
Hisob-kitoblarning akkreditiv shakli
to‗lov oborotida juda kam ulushni tashkil
etadi. Hisob – kitoblarning akkreditiv shaklida mijozning (to‗lovchining)
topshirig‗iga ko‗ra mablag‗larni oluvchi foydasiga to‗lovni amalga oshirish uchun
mablag‗ ma‘lum muddatga deponentlanadi.
Akkreditiv-mijozning topshiriqiga ko‗ra shartnoma bo‗yicha uning
kontrogenti foydasiga berilayotgan bankining shartli pul majburiyatidir. Unga
ko‗ra akkreditiv ochgan bank maqsulot etkazib beruvchiga to‗lovni bajarishi yoki
boshqa banklar tomonidan akkreditivda ko‗zda tutilgan hujjatlar taqdim qilinganda
va akkreditivning boshqa shartlari bajarilganda ularga bu to‗lovlarni bajarish uchun
vakolat berishi mumkin.
Akkreditiv bilan hisob – kitoblarning ijobiy jihati shundaki, korxona
jo‗natgan tovar va ko‗rsatgan xizmatlari uchun to‗lov kafolatlanadi. SHu bilan
birga aytish lozimki, akkreditiv bilan hisob – kitoblarda mol sotib oluvchi
korxonaning mablag‗lari ma‘lum muddatga o‗z ixtiyoridan chiqib ketadi.
Akkreditiv bo‗yicha hisob-kitob operatsiyalarni quyidagi chizma orqali
ifodalash mumkin.
(8)
(11)
(3)
(6)
(4)
(2) (10)
(13)
(5)
(1)
Dostları ilə paylaş: