― pul va banklar


 Plastik kartochkalar orqali amalga oshiriladigan hisob-kitoblar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   266
pul va banklar (2)

4.6. Plastik kartochkalar orqali amalga oshiriladigan hisob-kitoblar
Mamlakatimizda bozor munosabatlarining taboro takomillashib borishi tijorat 
banklari tomonidan ko‗rsatilayotgan bank xizmatlarining turlarini ko‗paytirmoqda. 
Xuddi shunday bank xizmatlaridan biri bu plastik kartochkalar bilan amalga 
oshiriladigan hisob – kitoblar hisoblanadi. Bank plastik kartochkalar hozirgi kunda 
jahonning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida keng qo‗llanilib, 
aholining ishonchiga sazovor bo‗lgan qulay, samarali va ishonchli to‗lov vositasi 
hisoblanadi.
Plastik kartalar asosida hisob-kitoblar tizimining rivojlanishi nafaqat aholi, 
balki butun bir mamlakatning milliy iftixori bo‗lgan milliy valyutaning 
qadrsizlanishining oldini oladi, mamlakat pul-kredit tizimi bir tekisda rivoj 
topishining ishonchli vositasi bo‗lib xizmat qiladi. Hozirgi kunda 
mamlakatimizdagi barcha tijorat banklarining plastik kartochkalari bo‗lib, ular 
orqali naqd pullarni bankomatlardan olish va savdo shaxobchalarida foydalanish 
mumkin. Plastik kartochkalar asosan aholi o‗rtasida qo‗llanilib, naqd pulga bo‗lgan 
talabni kamaytirish, olib yurishdagi qulayligi, vaqtincha foydalanmasdan turgan 
mablag‗larni daromad keltirish kabi ijobiy jihatlari mavjud.
Plastik kartochka - harid qilingan tovar va ko‗rsatilgan xizmatlar uchun naqd 
pulsiz hisob-kitoblarning zamonaviy, ishonchli va qulay to‗lov vositasidir. Plastik 
kartochkalarning eng muhim xususiyati shundan iboratki, ular o‗zaro hisob-kitoblarni 
amalga oshirishda ma‘lum axborotlar to‗plamini o‗zida saqlashi mumkin. Plastik 
kartochkalardan foydalanganda, kartochka egasining xotirasida bank hisobvarag‗ning 
joriy holati, barcha qilingan haridlar va ko‗rsatilgan xizmatlar amalga oshirilgan 
to‗lovlar to‗g‗risidagi ko‗pgina ma‘lumotlarni ushlab turish zarurati bo‗lmaydi. Plastik 
kartochkaga ega bo‗lgan holda, maxsus uskuna yordamida pul mablag‗larining holati 
va ularni harakatlanishi to‗g‗risidagi barcha ma‘lumotlarga bir necha soniya ichida ega 
bo‗lish mumkin.

Plastik kartochkalarga ―O‗zbekiston Respublikasida naqd pulsiz 


hisob-kitoblar to‗g‗risida‖ 2465 sonli Nizomda plastik kartochkalarga quyidagicha 
izox berilgan: ―Bank plastik kartochkalari — bank tomonidan emissiya qilingan, 
personalizatsiyalangan, to‗lov vositasi sifatida ishlatiladigan va o‗z saqlovchisiga bank 
hisobvarag‗idagi mablag‗lari doirasida operatsiyalarni, jumladan, hisobvaraq orqali 
naqd pulsiz hisob-kitoblarni (to‗lovlarni) amalga oshirish, undan naqd pul mablag‗larini 
va bank kreditini olish imkonini beruvchi bank plastik kartasi. Bank plastik 
kartochkalaridan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan naqd 
pulsiz hisob-kitoblarda, shuningdek naqd pul beradigan shoxobchalar va 


bankomatlardan naqd pul mablag‗larini olishda foydalaniladi.‖
52
Haqiqatda plastik 
kartochka harid qilingan tovar va ko‗rsatilgan xizmatlar uchun naqd pulsiz hisob-
kitoblarning zamonaviy, ishonchli va qulay to‗lov vositasidir. 
Kartochkalar unga ma‘lumot yozish, ya‘ni kiritish usullariga ko‗ra 
embossirlangan (ma‘lumotlar kuchli bosim bilan yoziladi), grafikli yozish, shtrix 
kod bilan ifodalash, magnit lentaga yozish va chipli turlarga bo‗lish mumkin.
Kartochkalarning o‗zi qanday maqsadga foydalanishga ko‗ra bir necha turga 
bo‗linadi: 
-
Identifikatsiya kartalari. Ular kartochka egalarini identiftkatsiyalash, ya‘ni 
biror binoga kirishga yoki biror uskunada belgilangan operatsiyalarni amalga 
oshirishga ruxsat beradi. 
-
Klub yoki diskont kartalari. Ushbu karochkaga ega bo‗lgan shaxslar uning 
emitentlari bo‗lgan klub yoki savdo tarmog‗ining xizmatidan foydalanishda, 
tovarlarni xarid qilishda ma‘lum imtiyozlarga ega bo‗ladilar.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin