― pul va banklar


 Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   266
pul va banklar (2)

4.4. Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari.
Iqtisodiyotda bo‗ladigan pul aylanishining 80-90 foizini naqdsiz pul aylanishi 
tashkil etadi. Naqdsiz pul aylanishi naqd pulsiz hisob-kitob shakllari asosida olib 
boriladi. Naqd pulsiz hisob kitoblarning keng ishlatilishiga ko‗p tarmog‗li bank 
tizimining rivojlanishi, davlat tomonidan makroiqtisodiy jarayonlarni o‗rganish va 
uni tartibga solish nu.tai-nazaridan davlatning qiziqishi, mulkchilik shakllarining 
ko‗payishi va turli mulkchilik munosabatlarining kengayib borishi asos bo‗ladi. 


Iqtisodiyotda naqd pulsiz xisob-kitoblar ma‘lum tizim asosida olib boriladi. 
Naqd pulsiz xisob-kitoblar tizimi o‗z ichiga hisob-kitoblarni tashkil qilish 
tamoyillari, shakllari, usullari hamda naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish 
oldida qo‗yilgan talablarni oladi. 
Naqd pulsiz hisob-kitoblar bir necha shakllarda olib boriladi va bu shakllar 
vaqt o‗tishi bilan o‗zgarib borishi mumkin. hozirgi kunda respublikada naqd pulsiz 
hisob-kitoblar O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan va halqaro 
amaliyotda qabul qilingan shakllarda tashkil etiladi. Hisob-kitob shakllari 
deyilganda huquqiy me‘yorlarda ko‗zda tutilgan, pul mablag‗larining maqsulot 
etkazib beruvchi yoki xizmat ko‗rsatuvchi korxona va tashkilotlarning 
hisobvarag‗iga yozish usuli, hisob-kitob hujjatining turi va hujjatlar aylanishi 
tartibi bilan farq qiluvchi hisob-kitob turlari tushuniladi.
Xalqaro bank amaliyotida naqd pulsiz hisob kitoblarning 4ta shaklidan 
foydalanadi.

To‘lov topshiriqnomalari 

Cheklar 

Hujjatlashtirilgan akkreditivlar 

Inkasso 
 
Iqtisodiy kontragentlar o‘rtasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga 
oshirishning asosiy shakllari quyidagilardan iborat: 
1) inkasso operatsiyalari vositasidagi hisob-kitoblar
2) akkreditivlar yordamidagi hisob-kitoblar
3) bo‘nak to‘lovlari shaklidagi hisob-kitoblar; 
4) ochilgan hisobvaraq bo‘yicha amalga oshiriladigan hisob-kitoblar; 
5) veksellar va cheklar shaklida amalga oshiriladigan hisob-kitoblar. 
O‗zbekiston Respublikasi banklari naqd pulsiz hisob-kitoblarni quyidagi 
shakllarda tashkil etadilar va amalga oshiradilar: 
1)
to‗lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar; 
2)
akkreditiv bo‗yicha hisob-kitoblar; 
3)
inkasso bo‗yicha hisob-kitoblar; 
4)
cheklar bilan hisob-kitoblar. 
Ko‗rsatilgan shakllar bo‗yicha naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda 
quyidagi pul-hisob-kitob xujjatlaridan foydalaniladi: 
1)
memorial order; 
2)
to‗lov topshiriqnomasi; 
3)
to‗lov talabnomasi; 
4)
inkasso topshiriqnomasi; 
5)
akkreditivga ariza; 
6)
tijorat bankning hisob-kitob cheki. 
Shuningdek, naqd pulsiz hisob-kitoblar plastik kartochkalar foydalangan 
holda, amalga oshirilishi mumkin. 
Banklar memorial orderlardan fuqarolarning, olib borayotgan tadbirkorlik 
faoliyati bilan bog‗liq bo‗lmagan holda, yozma topshiriqnomalari bo‗yicha naqd 
pulsiz pul mablag‗larini o‗tkazishni amalga oshirishda foydalanishlari mumkin. 


Tijorat banklari o‗z operatsion xarajatlarini naqd pulsiz tartibda amalga 
oshirayotganda memorial order tuziladi.
Bank ish kuni yakunlanib, balans hisoboti tuzilib O‗zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankiga jo‗natilganidan so‗ng, xato yozuvlar aniqlangan hollarda, ushbu 
xato yozuvlar kiritilgan hisobvaraqlarga ertasi bank ish kuni teskari buxgalteriya 
yozuvlari kiritish (storno berish) yo‗li bilan, tuzatish memorial orderlari asosida 
to‗g‗rilanishi lozim. Bunday hollarda hisobvaraqlardan summalar mijozlarning 
roziligisiz hisobdan chiqariladi. Bu haqda bank bilan mijoz o‗rtasida tuzilgan 
shartnomada ko‗rsatib o‗tilgan bo‗lishi shart.
To‗lov topshiriqnomasi - mijozning unga xizmat ko‗rsatuvchi bankka o‗z 
hisobvarag‗idan oluvchining hisobvarag‗iga ma‘lum bir summani o‗tkazish 
to‗g‗risidagi topshirig‗ini anglatadi.
To‗lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar bo‗yicha hujjatlar aylanishini 
quyidagi rasm orqali ko‗rish mumkin: 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin