“Haqiqiy g‘oyalar”
deb nom olgan pedagogik tizimning asosiy tayanch nuqtasi
haqiqiy
bilimlarni
o‘zlashtirishdan iborat bo‘lgan. Abu Ali ibn Sinoning “Donishnoma” va “Bilimlar
kitobi” nomli asarlarida ham mazkur muammo yechimiga alohida e’tibor qaratilgan. Ularda
ta’kidlanishicha haqiqiy bilimlarni o‘zlashtirishga ikkita to‘siq halaqit qiladi. Ular: so‘zlarning
aniq emasligi; fikrlarning tushunarli emasligi. Qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etishda logika
fani yutuqlari va ulardan iste’molda foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Musulmon mamlakatlarida yoshlarni o‘qitish va tarbiyalashda
ular tomondan arab tilida
yozilgan “Qur’oni Karim”ni va “Hadisi Sharif”ni yod olinishi bilim egallashning asosiy sharti
hisoblangan. Bulardan tashqari o‘sha paytda bir qator maktablarda fors tili ham o‘rgatilgan.
Yoshlar asosiy ta’limni maktablar – boshlang‘ich maktabdan olganlar va unda ilohiy va muqaddas
kitobni (“Qur’oni Karim”ni va “Hadisi Sharif”ni) o‘qish, yodlash va talqin qilish mashg‘ulotlari,
shuningdek, boshqa manbalar bo‘yicha ham o‘qish, yozish va hisoblash tafakkurini shakllantirish
faoliyatlari amalga oshirilgan.
Demak, dogmatik o‘qitishda yoshlarning
asosiy faoliyatlarini tinglash, o‘qish, yod olish,
eslab qolish va matnni so‘zma – so‘z takrorlashlar tashkil etgan.
Yoshlarning oliy ma’lumot olishi o‘sha davrlardagi nufuzli madrasalarda amalga oshirilgan.
Movarounnahrdagi eng yirik o‘quv maskanlari sirasiga Samarqand, Buxoro,
Urganch va
G‘ijduvondagi madrasalarni kiritish mumkin. Bu ma’rifiy markazlarining rivojlanishi XV – XVII
asrlarga to‘g‘ri keldi. Madrasalarda, o‘qitish fors tilida olib borilgan. Ularda ta’lim oluvchilar
majburiy tarzda arab tilini ham o‘rganganlar.
Madrasalar o‘quv
rejasiga grammatika, Qur’oni Karim, Hadisi Sharif, ritorika, logika,
metafizika, geologiya, adabiyot, ilmi hujum, huquqshunoslik, riyoziyot, handasa, jug‘rofiya va shu
kabi fanlar kirgan. O‘qitish asosan og‘zaki shaklda olib borilgan. Ulardagi o‘quv adabiyotlari asta
– sekin ancha ko‘p qirrali, turli – tuman bo‘lib boravergan.
Dogmatik o‘qitish o‘rniga asta – sekin o‘quv jarayonida ko‘rgazmalilikni
keng jalb etish
natijasida
Dostları ilə paylaş: