1. Ta’lim turlari (illyustrativ, muammoli, dasturlashtirilgan ta’lim) va shakllarining tavsifi



Yüklə 34,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix07.01.2024
ölçüsü34,7 Kb.
#212250
1   2   3   4
Talim shakli

yordamchi
savollarga
javob topish metodi
hisoblanadi. Bu metod fanda 
suqrotcha suhbat metodi
nomini olgan. Bu 
metodning mazmun – mohiyati quyidagicha bo‘ladi, ya’ni bunda eng avval o‘qituvchi o‘z 
o‘quvchisida qiziqish yo‘nalishini va bilishga intilishini o‘yg‘otadigan savollardan foydalanilgan
keyin esa mulohaza yuritish asosida o‘quvchini voqea – hodisalarning mohiyatini idrok etishga 
undagan. Demak, suqrotcha suhbat metodida qiziqishdan bilishga, bilishdan idrok etishga qarab 
induktiv metod asosidagi faoliyat dinamikasi shakllantirilgan. Mazkur jarayonda o‘qituvchining 
mulohazasi ko‘pincha ritorik savollarni muhokama qilish bilan to‘ldirib turilgan. Suqrotcha 
suhbatlar bir yoki bir necha o‘quvchilar ishtirokida tashkil etiladi.
Dogmatik o‘qitish
– bu jamoa asosida idrok etish faoliyatining ilk turi bo‘lib, u o‘rta asrlarda 
keng tarqalgan. O‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropada ularning ilk ko‘rinishlari iste’molda bo‘lib, unda 
lotin tili, Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa arab tili yetakchi o‘rin tutgan. Bu borada 
musulmon 
pedagogik konsepsiyasi
sezilarli darajadagi ma’naviyatlilik va intellektuallik xususiyatlariga 
hamda mazmun – mohiyatga ega bo‘lgan. Ularning g‘oyalari bo‘yicha o‘z faoliyatlarida 
bilimlardan faol va ijodiy foydalana oladigan odamgina komillikka erishish mumkin, degan 
hukumiy fikr shakllangan.


“Haqiqiy g‘oyalar”
deb nom olgan pedagogik tizimning asosiy tayanch nuqtasi 
haqiqiy 
bilimlarni
o‘zlashtirishdan iborat bo‘lgan. Abu Ali ibn Sinoning “Donishnoma” va “Bilimlar 
kitobi” nomli asarlarida ham mazkur muammo yechimiga alohida e’tibor qaratilgan. Ularda 
ta’kidlanishicha haqiqiy bilimlarni o‘zlashtirishga ikkita to‘siq halaqit qiladi. Ular: so‘zlarning 
aniq emasligi; fikrlarning tushunarli emasligi. Qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etishda logika 
fani yutuqlari va ulardan iste’molda foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Musulmon mamlakatlarida yoshlarni o‘qitish va tarbiyalashda ular tomondan arab tilida 
yozilgan “Qur’oni Karim”ni va “Hadisi Sharif”ni yod olinishi bilim egallashning asosiy sharti 
hisoblangan. Bulardan tashqari o‘sha paytda bir qator maktablarda fors tili ham o‘rgatilgan. 
Yoshlar asosiy ta’limni maktablar – boshlang‘ich maktabdan olganlar va unda ilohiy va muqaddas 
kitobni (“Qur’oni Karim”ni va “Hadisi Sharif”ni) o‘qish, yodlash va talqin qilish mashg‘ulotlari, 
shuningdek, boshqa manbalar bo‘yicha ham o‘qish, yozish va hisoblash tafakkurini shakllantirish 
faoliyatlari amalga oshirilgan.
Demak, dogmatik o‘qitishda yoshlarning asosiy faoliyatlarini tinglash, o‘qish, yod olish, 
eslab qolish va matnni so‘zma – so‘z takrorlashlar tashkil etgan.
Yoshlarning oliy ma’lumot olishi o‘sha davrlardagi nufuzli madrasalarda amalga oshirilgan. 
Movarounnahrdagi eng yirik o‘quv maskanlari sirasiga Samarqand, Buxoro, Urganch va 
G‘ijduvondagi madrasalarni kiritish mumkin. Bu ma’rifiy markazlarining rivojlanishi XV – XVII 
asrlarga to‘g‘ri keldi. Madrasalarda, o‘qitish fors tilida olib borilgan. Ularda ta’lim oluvchilar 
majburiy tarzda arab tilini ham o‘rganganlar.
Madrasalar o‘quv rejasiga grammatika, Qur’oni Karim, Hadisi Sharif, ritorika, logika, 
metafizika, geologiya, adabiyot, ilmi hujum, huquqshunoslik, riyoziyot, handasa, jug‘rofiya va shu 
kabi fanlar kirgan. O‘qitish asosan og‘zaki shaklda olib borilgan. Ulardagi o‘quv adabiyotlari asta 
– sekin ancha ko‘p qirrali, turli – tuman bo‘lib boravergan.
Dogmatik o‘qitish o‘rniga asta – sekin o‘quv jarayonida ko‘rgazmalilikni keng jalb etish 
natijasida 

Yüklə 34,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin