dastlabki
bosqich
hisoblanadi. Muammoni
hal
etishning
keyingi
bosqichida
ta’lim oluvchilar berilayotgan savol bo‘yicha mavjud
muammoni aniqlaydilar, tahlil qiladilar, javob topish uchun ularning yetarli emasligini aniqlaydilar
va yetishmayotgan axborotni topishga intiladilar.
Uchinchi
bosqich
muammoni
yechish uchun
zarur bo‘lgan bilimlarni turli usullar bilan egallashga qaratilgan faoliyat bo‘lib, u ta’lim oluvchida
mustaqil fikr shakllanishi orqali aniqlanadi. Shundan keyin muammoni hal etish,
olingan
natijalarni tekshirish, dastlabki
gipoteza bilan solishtirish, egallangan bilimlar,
malakalarni
tizimlashtirish va umumlashtirish jarayonlari amalga oshiriladi.
Muammoli topshiriqlar savollar, o‘quv
masalalari, amaliy vaziyatlardan iborat bo‘lishi
mumkin. Muammoli savolda javoblar izlash turli variantlarda bo‘lishi mumkin.
Muammoli masala esa uni yechish yo‘llarini mustaqil izlashga intilishni yuzaga keltiruvchi
o‘quv – o‘rganish topshirig‘idir. Muammoli masala asosini mavjud bilimlar o‘rtasidagi qarama –
qarshiliklar tashkil etadi.
O‘qish jarayonida muammoli vaziyat sub’ekt (ta’lim oluvchi) o‘zi uchun qiyin bo‘lgan
masalani yechishga qiziqishi, ammo unga ma’lumotlar yetishmasligi va uning o‘zi
ularni izlab
topishi zarurligini ko‘zda tutiladi.
Muammoli o‘qitishning afzalliklari:
shaxsiy ijodiy faoliyatni tashkil etish asosida
bilimlarni
mustahkam egallash, o‘qishga qiziqishni uyg‘otish, ijodiy va mustaqil fikrlashni
rivojlantirish, o‘qitishning mustahkam va amaliy natijalariga erishish.
Kamchiliklari
ta’lim
oluvchilarning idrok etish faoliyatlarini boshqarishning qiyinligi, muammoni qo‘yish va hal etish
uchun ko‘p vaqt sarflanishi, muammoli vaziyatni yaratish va mustaqil hal qilish imkoniyatini har
bir ta’lim oluvchiga taqdim etishning qiyinchiligi bilan belgilanadi.
Dasturiy ta’lim (Dasturlashtirilgan ta’lim)
harakat (operatsiya) lar ketma – ketligi tizimini
ifodalovchi, ularni bajarish oldindan rejalashtirilgan natijaga olib keluvchi “dastur”
terminidan
kelib chiqadi.
Dastur
– bajariladigan ish yoki biror faoliyat rejasi bo‘lib, uning yordamida ta’lim
oluvchilarga ta’lim – tarbiya berishda o‘quv rejasi va dasturlarini og‘ishmay amalga oshirilishida
zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga keng imkoniyatlar yaratadi.