1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,.
Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashriyoti. 1979.
2. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003.
3. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina»
1980.
4. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po
mikrobiologii. M., 1981.
5. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983.
6. Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo
«Meditsina». 1984.
7. Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987.
11. mavzu:Xavo - tomchi orqali yuquvchi infeksiya. (Korinebakterii, , mikobakterii)
Reja:
1. Patogen korinobakteriyaning toksinomik o‘rni.
2. Patogen mikobakteriyalar ekologiyasi va umumiy xarakteristikasi.
3. Difteriya va sil kasallik qo‘zg‘atuvchilari, biologik xususiyatlari.
4. Qo‘zg‘atuvchilarning yuqish yo‘llari.
5. Kasalliklarini laboratori diagnostikasi va profilaktikasi.
6. Sil qo‘zg‘atuvchilari, ularning biologik xususiyatlari va yuqish yo‘llari.
9
Microbiology : an introduction / Gerard J. Tortora, Berdell R. Funke, Christine L. Case. — Twelfth edition, 2016
67
7. Sil kasalliklarining mikrobilogik diagnostikasi va tuberkulin-ning xarakteristikasi.
8. Sil kasalliklarining maxsus davosi va profilaktikasi.
Tayanch iboralar: Difteriya. Gravis. Mitis. Sil-Nilsen usuli.
Corynebacterium urug‘i gram musbat tayoqchasimon bakteriyalardan tashkil topgan bo‘lib,
ular spora hosil qilmaydi, xarakatsiz. Tayoqchasining chetida metoxromatik kriptalar joylashgan.
(Babej-Ernst yoki valyutin donachalari). Korinobakteriyalar sitoplazmasida valyutindan tashqari
lipid va kraxmal kiritmalari ham bor.
Korinobakteriyalar urug‘ining 20 ga yaqin patogen, shartli-patogen, nopatogen turlari
mavjud.
Difteriya qo‘zg‘atuvchisi – Corynebacterium diphtheriae ni 1883-84 yillarda Klebs va
Leffler kashf etgan. E.Ru va A. Iersen esa bakteriya ekzotoksinini ajratib olishga muvaffaq
bo‘lganlar. Fransuz olimi G.Ramon ekzotoksin kuchini formalin ta’sirida kamaytirib,
kuchsizlantirilgan toksin, ya’ni anatoksin olishga muvaffaq bo‘ldi va uni kasallikning oldini olish
uchun amaliyotga tatbiq qildi (1923 y.).
Cor. diphtheriae coryna lotincha so‘z bo‘lib, to‘g‘nog‘ichsimon, diphteniae esa parda, qobiq
degan ma’noni anglatadi.
Cor. Diphtheriae – to‘g‘ri yoki bir oz bukilgan gram musbat tayoqcha bo‘lib, uzunligi 1-8
mkm, eni 0,3-0,8 mkm. Bu bakteriyalarning xarakterili belgisi polimorfizm (tipik tayoqchalaridan
tashqari uzun, kalta, tarmoqlanadigan, noksimon formalarining bo‘lishi), metaxromatik granula
(valyutin donalari birmuncha to‘qroq bo‘yalganligi uchun tanasining bir tekis bo‘yalmasligi) va
tayoqchalarning surtmada kerilgan panja barmoqlari, to‘qmoq to‘dalari ko‘rinishida bir-biriga
nisbatan burchak ostida joylashuvidir. Gram musbat. Neysser usuli bo‘yicha bo‘yalganida
valyutin donalari yaxshi ko‘rinadi: bakteriyalar tanasi sariq rangga, valyutin donalari esa to‘q ko‘k
rangga bo‘yaladi.
Difteriya bakteriyasi aerob yoki fakultativ anaerob nafas oladi, ular 37
0
S (chegarasi 15-
40
o
S) haroratda, rN 7,2-7,6 bo‘lganda oqsillar (ivitilgan zardobli) agarli muhitlarda va qandli
bulonlarda yaxshi o‘sadi. Ru va Leffler muhitlaridagi koloniyalari qavariq yaltiroqdir, ularning
o‘sishi shagren teriga o‘xshab ketadi. Marten bulonida parda ko‘rinishida o‘sishi xarakterlidir.
Kultural, bioximiyaviy va boshqa xossalariga qarab difteriya tayoqchalarining 3 - biovari
tafovut qilinadi: gravis, mitis, intermedius. Gravis tipi telluritli muhitlarda yassi, dumaloq,
chetlari tishsimon, kulrang qora rangli koloniyalar hosil qiladi. Mitis tipining koloniyalari
birmuncha mayda, qavariq, yaltiroq, silliq, qora rangda bo‘ladi. Intermedius tipi oraliq holatni
egallaydi. S va R tip koloniya hosil qiladi.
11.1-rasm
Difteriya glyukoza, maltoza, levulyozani kislota hosil qilib parchalaydi. Nitratni nitritlarga
qaytaradi, kaliy telluritni sulfid telluritga aylantiradi. SHu sababli telluritli agarda qora yoki
kulrang koloniyalar hosil bo‘ladi.
68
Difteriya bakteriyalari kuchli ekzotoksin hosil qiladi, bu toksin organizmga yuborilganda
yurak muskuli, buyrak usti bezlari va pereferik nerv sistemasini tanlab shikastlaydi. Toksin kuchi
dengiz cho‘chqalarida aniqlanadi va hayvonni 3-4 kun mobaynida o‘ldiradigan eng kam dozasi
(D/t) bilan o‘lchanadi. Difteriya toksini kam chidamli, 60
o
S da quyosh nuri va har xil ximiyaviy
moddalar ta’sirida oson parchalanib ketadi. 0,3-0,4% farmalin ta’sirida va 40
0
S da bir oy
mobaynida zaharsiz birikma – anatoksinga aylanadi. Anatoksin immunogen xossalarni saqlab
qoladi, shunga ko‘ra undan odamlarni immunlash uchun foydalaniladi.
Difteriya tayoqchalari gialuronidaza, neyrominidaza, fibrinolizin fermentlarini ham hosil
qiladi, bular bakteriyalarning toksigenligini yanada oshirib, to‘qimalar orasida tarqalishini
ta’minlaydi.
Difteriya tayoqchalarini antigen tuzilishi murakkab, u joylashgan bakteriya hujayra devori
ko‘p qavatli, shuning uchun qalinroq va boshqa gram musbat bakteriya hujayra devoridan farq
qiladi. Hujayra devorining yuza qavati temperaturaga chidamsiz, tipga xos oqsil antigan
joylashgan. Bu antigen bo‘yicha difteriya korinobakteriya 58 ta serologik variantlarga bo‘linadi,
korinobakteriyalarda 19 xil fagotiplar bo‘lib, ular yordamida infeksiyaning manbai aniqlanadi,
hamda kulturalarni identifikatsiya qilishda foydalaniladi.
Difteriya bakteriyalari past temperaturaga ancha chidamli, ular turli buyumlarda 15
kungacha, sut va suvda 6-20 kungacha, kuz va bahorda esa buyumlarda 5,5 oygacha, bemordan
olingan materialda ham uzoq saqlanadi. YUqori temperaturalar ta’siriga sezgir: qaynatilganda
o‘sha zahoti, 60
o
S da 10 minut davomida o‘ladi, dezinfeksiyalovchi moddalar ta’sirida tez halok
bo‘ladi. Hayvonlar tabiiy sharoitda difteriya bilan kasallanmaydi.
Patogenezi. Difteriya mikroblarining kirish darvozasi burun-xalqum, ba’zan ko‘z, jinsiy
organlar shilliq pardalari, teri va jaroxatlardir. Infeksiya manbai bemor yoki bakteriya tashib
yuruvchi odam hisoblanadi.
Kasallik kuz-qishda ko‘proq uchraydi. Difteriya korinobakteriyalari kirgan joyida mahalliy
yallig‘lanish rivojlanib parda hosil bo‘ladi.
Kasallik patogenezida gistotoksin muhim ahamiyatga ega, chunki u bemorlardagi oqsil
sintezini to‘xtatadi, transferaza fermentining faoliyatini kamaytiradi.
Difteriya tayoqchasining toksini qonga so‘rilib, organizmning umuman qattiq zaxarlanishiga
sabab bo‘ladi va yurak muskuli, buyrak usti bezlari, nerv hujayralarini tanlab shikastlantiradi.
Bo‘g‘ilib qolish yoki yurakning falajlanishidan odam o‘lib ketishi mumkin.
Difteriya bilan kasallangandan so‘ng antitoksik immunitet paydo bo‘ladi.
Laboratoriya tashxisi. Difteriya pardasi burun va xalqumdan olingan surtma tekshirish uchun
material bo‘lib xizmat qiladi. Material ikkita steril paxta tampon bilan olinadi. Tamponning biri
ekish uchun ishlatilsa, ikkinchisida surtma tayyorlash uchun foydalaniladi. Surtmalar gram,
neysser usulida bo‘yalib, mikroskopda tekshiriladi. Surtmalar differensial diagnostik muhitlardan
biri quyilgan kosachaga ekib ko‘riladi. 37
o
S da termostatda 24-48 soat o‘stiriladi. SHubxali
koloniyalardan surtmalar tayyorlanib, metilen ko‘ki bilan bo‘yaladi. Sof kulturani ajratib olish
uchun alohida yotgan shubxali koloniyalarning bir qismi zardobli (Ru muhitiga) ekib ko‘riladi.
Difteriya tayoqchasining toksin ishlab chiqarish-chiqarmasligi hozirgi vaqtda (agarda) diffuz
pretsipitatsiyalash metodi bilan aniqlanadi. Buning uchun Petri kosachasidagi tarkibida 15-20 % ot
zardobi, 0,3% maltoza va 0,03% sistin qo‘yilgan oziqli agar satxiga, 5000 AE ml tutuvchi
bo‘g‘maga qarshi antitoksinli zardob shimdirilgan 1,5x6 sm kattalikdagi filtr lentasi quyiladi.
Kosachalar 37
o
S da 30 minut davomida termostatda quritilgandan so‘ng tekshiriluvchi kulturalar
quyilgan qog‘oz parchasi chekkasidan 0,6-0,8 sm masofada perpendikulyar ekiladi. Kontrol
sifatida oldindan toksigenlik xususiyati ma’lum bo‘lgan kultura ekiladi. Ekmalar 37
o
S da kelasi
kungacha termostatda saqlanadi.
Toksigenlik xususiyatiga ega bo‘lgan kulturalar o‘sganda, toksin bilan antitoksin uchrashgan
erda qattiq oziqli muhitda oq chiziqlar – “mo‘ylovchalar” ko‘rinishida pretsipitat hosil bo‘ladi.
Difteriya korinobakteriyasini toksigen va notoksigen shtammlari dengiz cho‘chqachalari
terisi ostiga yoki teri orasiga yuborib, ularning toksigenlik xususiyatlari aniqlanadi.
Profilaktikasi va davosi. Difteriya tarqalishini oldini olish uchun kasallikni barvaqt aniqlash,
bemorlarni kasalxonaga yotqizish, dezinfeksiya qilish, bolalar o‘rtasida va bolalar muassasalarida
ishlovchi kishilar orasida, difteriya mikroblarini tashib yurgan odamlarni aniqlash zarur.
69
Spetsifik profilaktikasi difteriyaga qarshi aktiv immunitet paydo qilish uchun difteriya
anatoksinini yuborish yo‘li bilan amalga oshiriladi. AKDS adsorbsiya qilingan ko‘kyo‘tal,
difteriya, qoqshol vaksinasi va ADS-M-adsorbsiya qilingan difteriya, qoqshol anatoksini bilan
emlanadi.
Bemorga klinik belgilariga ko‘ra tashxis qo‘yilgandan so‘ng o‘rtacha og‘irlikdagi difteriya
5000-15000 XB yoki uning og‘ir shakllarida 30000-50000 XB antitoksin zardobi yuboriladi.
Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi
Ko‘kyo‘tal bolalarda uchraydigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, o‘ziga xos kuchli bo‘g‘ilib
yo‘tallish bilan kechadi. ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi 1906 yili j.borde va o.jangular tomonidan
bemordan ajratib olingan. 1937 yili ko‘kyo‘talning engil shakli bilan og‘rigan boladan b. pertussis
ga o‘xshash mikroorganizmni eldring va kendriklar ajratib olib, unga b. parapertussis, b.
bronchiseptica deb nom berdilar.
Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi kokkobakteriyalar mayda, kalta, tayoqcha shaklida bo‘lib, ikki
uchi bir oz bukilgan, uzunligi 0,5-1,2 mkm, eni 0,2-0,4 mkm. virulent turlarida kapsulasi bor,
xarakatsiz. Gram manfiy.
Ko‘kyo‘tal mikrobi qat’iy aerob, oddiy oziq muhitlarida o‘smaydi, chunki bunda yog‘
kislotalari to‘planib, bakteriyalarning ko‘payishini to‘xtatadi. Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisini qon
aralashtirilgan kartoshka-glitserinli 25% muhitlarda (Borde-Jangu ozig‘i) ko‘paytiriladi. Hozir
yarim sintetik kazein-ko‘mirli qonsiz agarda (KKA muhit) keng foydalaniladi, chunki bu muhit
arzon va oson tayyorlanadi. Oziq muhitida ko‘kyo‘tal mikrobi 24-72 soatdan so‘ng mayda,
bo‘rtgan, simob tomchilariga o‘xshash yaltiroq, qora rangli koloniyalar hosil qiladi. Ko‘kyo‘tal
mikroblari mayda, diametri 1-2 mm yaltiroq, chetlari tekis bo‘rtgan S-shaklidagi koloniyalar (I-II
f) hosil qilib, o‘ziga xos, ya’ni gomologik immun zardoblar bilan agglyutinatsiya reaksiyasini
beradi.
Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisining eski kulturasi, aksincha yirik, diamtri 3-4 mm bo‘lgan,
chetlari notekis, yassi R-1 shakldagi koloniyalar (III-IV f) hosil qiladi.
Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi biokimyoviy xususiyati bo‘yicha faol emas, qand, oqsil va
mochevinalarni parchalamaydi, nitratlarni qaytarmaydi, katalaza hosil qiladi.
Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi temperaturaga chidamsiz ekzotoksin ishlab chiqaradi.
Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi gialuronidaza, letsitinaza, gemagglyutinlarni hosil qiladi va quyon,
qo‘y, buzoq va odam qonidagi zardobni ivitadi.
Bordotella urug‘iga mansub bakteriyalar O-antigen va turli maxsus agglyutininlarga ega
B.pertussis turiga agglyutinogen-1; parapertussis ga 14, B. Bonchisepticis-12 agglyutininlar xos.
Ko‘kyo‘tal va parako‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi fizik va kimyoviy omillar, tashqi muhitga
chidamsiz, quyosh nuri va dezinfeksion moddalar ta’sirida tezda o‘ladi. Ko‘kyo‘tal bilan tabiiy
sharoitda hayvonlar kasallanmaydi.
Ko‘kyo‘tal bilan odatda bolalar og‘riydi. Kasallik tipik simptomlar va siklik tarzda o‘tishi
bilan ta’riflanadi. Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchilari yuqori nafas yo‘llari orqali organizmga kirib,
traxeya va bronxlar shilliq pardasining kataral yallig‘lanishiga sabab bo‘ladi.
Kasallikning kataral davri 2 xafta chamasi davom etadi va nafas bo‘g‘ilib qoladigan darajada
tutib turadigan yo‘tal bilan davom etuvchi konsulsiv (talvasali) davriga o‘tadi, bunda goho har xil
tashqi ta’sirotlar (tovush, bemorni ko‘zdan kechirish, in’eksiya qilish) tufayli yo‘tal tutib
qolaveradi. Konsulsiv davri 4-6 xafta davom etadi va yo‘tal xurujlari qolib ketganidan keyin
sog‘ayishi bilan tugallanadi. Bemorlar, shuningdek sog‘lom bakteriya tashuvchilar infeksiya
manbai bo‘lishi mumkin. Kasallikning kataral davrini boshidan kechirayotgan bemorlar kasallik
yuqtiruvchi manba sifatida ayniqsa xavflidir. Kasallikning asosiy o‘tish yo‘li havo-tomchi yo‘lidir.
Ko‘kyo‘tal bakteriyalari tashqi muhitda kam chidamli bo‘lgani uchun buyumlar infeksiya
yuqishida rol o‘ynamaydi. Kasallikdan so‘ng mustaxkam va uzoq davom etadigan immunitet
qoladi.
Laboratoriya diagnostikasi uchun bakteriologik usul qo‘llaniladi. SHu maqsadda bemordan
balg‘am yoki xalqum va burundan shilliq modda olinib Borde-Jangu, sut-qonli yoki gidrolizat-
70
kazeinli, kazein-ko‘mirli muhitlarga ekiladi. Begona mikrofloralar o‘sishini to‘xtatish uchun oziq
muhitlarga penitsillin qo‘shiladi, 3-5 kundan so‘ng oziq muhitlarda koloniyalar o‘sib chiqadi,
so‘ngra ulardan sof kulturaajratib olinib, uning morfologiyasi, o‘sishi, biokimyoviy, antigenlik va
biologik xususiyatlari o‘rganiladi. Teri-allergik sinamasi ham qo‘llaniladi. Ko‘kyo‘tal mikrobni
tezda aniqlash uchun tezkor immunoflyuoressent usuldan foydalaniladi.
Kasallikning oldini olish uchun umumiy profilaktika choralari ko‘riladi. Hozirgi vaqtda
adsorbsiya qilingan ko‘kyo‘tal-bo‘g‘ma qoqshol vaksinalar (AKDS) bilan bolalar emlanadi. Bu
vaksina tarkibida 40 mlrd. o‘ldirilgan ko‘kyo‘tal mikroblari bo‘ladi. AKDS vaksina bilan bolani 2,
3, 4, 16 oyligida emlanadi.
SIL QO‘ZG‘ATUVCHISI
Mikobakteriyalar oilasiga sil qo‘zg‘atuvchisi – Mycobacterium tuberculosis va moxov
qo‘zg‘atuvchisi – Micobacterium liprae kiradi. Mikroorganizmlar hujayra pardasida yog‘-
mumsimon moddalar ko‘p bo‘lganligi uchun ular kislota, spirt va ishqorlarga chidamli bo‘lishi
bilan ajralib turadi, ularni bo‘yash uchun konsentrlargan bo‘yoqlar va qizdirish usulidan
foydalaniladi (Sel-Nilsen metodi). Bo‘yalgan mikobakteriyalar qiyinchilik bilan rangsizlanadi.
Ularning ko‘pchiligi – tuproqda, ba’zi oziq-ovqat mahsulotlarida yashovchi saprofitlardir.
Sil qo‘zg‘atuvchisini Mycobacterium tuberculosis 1882 yili R. Kox kashf etgan.
Morfologiyasi va biologik xossalari.
Mycobacterium lar shu tipik vakillari bo‘lib, kislotalar ta’siriga hammadan ko‘ra ko‘proq
chidaydi. Balg‘am yoki organlardan tayyorlangan surtmalarda mikobakteriyalar kattaligi 1,5-4x4
mkm keladigan kichkina, ingichka tayoqcha shaklida ko‘rinadi, gram musbat. Sun’iy oziq
muhitlarida tarmoqlanadigan formalar hosil qilishi mumkin. Sil mikobakteriyalari ko‘p darajada
polimorf bo‘ladi: tayoqchasimon, donador, ipsimon, kokksimon, filtrlanadigan va L- formalari
uchraydi.
Patogen mikobakteriyalarning 4 ta tipi tafovut qilinadi.
Mycobacterium tuberculosis (odamlarga xos tipi).
Mycobacterium bovis (xo‘kizlarga xos tipi).
Mycobacterium avium (parrandalarga xos tipi).
Mycobacterium tuberculosis mirium (dala sichqonlarga xos tipi).
Sil mikobakteriyalarining hamma tipi morfologik jihatidan bir-biriga o‘xshash bo‘lib, bir
xildagi oziq muhitlarda o‘sadi.
Sil mikobakteriyalari glitserin qo‘shilgan kartoshkali va tuxumli muhitlarda (Pavlovskiy,
Petrov, Petranyani va Dorse muhitlarida) shuningdek, sintetik muhitlarda (Soton) o‘stiriladi.
Mikobakteriyalar 8-10 kunda unib chiqadi, 3-4 xaftadan keyin zich oziq muhitlarida och sariq tusli
g‘ubor va suyuq muhitlarda bujmaygan zich sarg‘ish parda paydo bo‘ladi. rN 7,0-7,4 da optimal
o‘sish temperaturasi 37
o
S.
Kox sil mikobakteriyalaridan “tuberkulin” degan zaharli modda olgan, uning patologik ta’siri
faqat infeksiya yuqqan organizmda yuzaga chiqadi. Tuberkulin allergen xossalariga ega va undan
hozir odam yoki hayvonlarga mikobakteriyalar yuqqanligi allergik reaksiyalar qo‘yilib aniqlanadi.
1890 yilda R.Kox tuberkulin preparatini kashf etdi, uni Koxning “eski tuberkulini” (Alt
tuberculin Koch) ham deyiladi. Bu preparatni sil mikobakteriyasining 2-2,5 oylik eski glitserinli
suyuq muhitdagi kulturasini filtrlab, uning dastlabki hajmini 1/10 gacha quritib olingan. Bu
preparatning kamchiligi hujayralardan ajratib olingan faol fraksiyalar bilan bir qatorda kultura
suyuqligidagi ballast pepton, glitserinlarning mavjudligidir.
1937 yili F.Zaybert quritib tozalangan va 30% ga yaqin polisaxaridlardan tarkib topgan “
tozalangan proteinli derivat” (RRD) deb ataluvchi yangi tuberkulinni taklif etdi. Bu preparat teri-
allergik sinamalarni quyishda qo‘llaniladi. Sil bakteriyalari yuqqan odamlarga bilak terisiga va teri
orasiga bu preparat yuborilsa, o‘sha erda mahalliy o‘ziga xos reaksiya, ya’ni qizarish va infiltrat
hosil bo‘lishi kuzatiladi (Pirke va Mantu reaksiyalari).
Mikobakteriyalarda oqsil, polisaxarid birikmalari hamda lipid komponentlari antigenlik
xususiyatiga ega. Tuberkulin proteidlari, polisaxaridlar, fosfatidlar kabi omillarga ham qarshi
antitelolar hosil bo‘ladi. Polisaxarid, fosfatid, antitelolarining spetsifikligi KBR, Bilvosita GAR,
71
geldagi pretsipitatsiya reaksiyalari yordamida aniqlanadi. Bu reaksiyalar yordamida M.
Tuberculosis, M. Bovis, M. Leprae larning antigenlik xususiyatlari aniqlanadi.
Mikobakteriyalar bioximiyaviy xususiyatlari juda faol bo‘lib, ular oqsillarni parchalaydigan
proteolitik fermentlar ishlab chiqaradi. Katalaza faolligiga ega bo‘lib, bu xususiyati 65
o
S da 30
daqiqa davomida yo‘qoladi. Ular glitserin, spirt, bir qancha uglevodlarni, letsitin, fosfatidlar,
mochevinalarni, zaytun va kanakunjut moylarini ham parchalaydi.
Sil mikobakteriyalari odam yoki hayvon organizmidan tashqarida yashash qobiliyatini uzoq
saqlab qoladi. Qurigan balg‘amda ular 10 oygacha yashaydi. 70
o
S temperaturaga 20 daqiqa
davomida, qaynatishga esa 5 daqiqa bardosh beradi. 5% li karbol kislota eritmasi hamda 1:1000
nasbatdagi sulema eritmasida bir kecha-kunduzdan keyin, 2% li lizol eritmasida esa 1 soatdan
so‘ng o‘ladi. Dezinfeksiyalovchi moddalardan xlorli oxak va xloraminga hammadan ko‘ra
ko‘proq sezgirdir. Sil tayoqchalari oqar suvlarda 1 yilgacha, sariyog‘da 8 oy, tuproqda 6 oygacha,
kitob varaqlarida 3 oydan ortiq saqlanadi. Sil mikobakteriyalari bir qancha antibiotiklar
(streptomitsin, kanamitsin, rifampitsin), kimyoviy terapevtik preparatlar, paraminosalitsilat kislota
(PASK), tubazid, ftivazid, izoniazid va boshqalar ta’siriga chidamsiz.
Patogenezi, klinikasi. Odamlar, asosan mikobakteriyalarning 3 turi M. tuberculosis, M.
africanis (hayvonlardan)b M. bovis bilan kasallanadilar. 92% dan ortiq hollarda M. tuberculosis,
3-5% da M. bovis, 3% M. africanis kasallik qo‘zg‘atadi.
Sil kasalligi asosan havo-tomchi, havo-chang yo‘llari orqali yuqadi, ba’zan sil
mikobakteriyalari tushgan ovqat mahsulotlaridan og‘iz orqali hamda teri va shilliq qavatlar orqali
yuqishi, xomilaga esa yo‘ldosh orqali o‘tishi mumkin.
Kasallik aerogen yo‘l bilan yuqqanda uning birlamchi o‘chog‘i ko‘pincha o‘pkada yuzaga
keladi. Alimentar yo‘l bilan yuqqanda esa ichakdagi mezenterial limfa tugunlarida paydo bo‘ladi.
Organizmning qarshiligi zaif, turmush va maishiy sharoitlari og‘ir bo‘lganda, kasallik
qo‘zg‘atuvchilari birlamchi joylashgan eridan butun organizmga tarqalib, generalizatsiyalangan
infeksiyani yuzaga keltirishi mumkin. Aksariyat hollarda birlamchi o‘choq yallig‘lanish
jarayonining mavjudligi bilan xarakterlanadi. So‘ngra limfa yo‘llari shikastlanadi, limfangit va
regionar limfadenitlarning rivojlanishi kuzatiladi. Birlamchi sil kompleksi deb ataluvchi jarayon
yuzaga keladi. Bu xol ijobiy kechganida yallig‘lanish jarayoni to‘liq yo‘qolib, shikastlangan joy
qobiq bilan o‘ralib kalsiy tuziga aylanadi va chandiq hosil bo‘ladi. Agar organizmning
rezistentligi susaysa, birlamchi sil surunkali kechib, kasallik avj olishi mumkin.
Ikkilamchi sil, birlamchi sil kasalligi bilan og‘riganlarda endogen yo‘l bilan yoki kasallik
qayta yuqishi oqibatida yuzaga keladi.
Sil kasalligi turli klinik shakllarda (o‘pka, sil meningiti, ichak sili, teri-tanosil va siydik
yo‘llari a’zolari sili, suyak va bo‘g‘im sili) kuzatiladi.
Immuniteti. Odamlarning ko‘pchiligi sil infeksiyasiga etarli darajada chidamli bo‘ladi va
ularga bolalikda kasallik yuqib o‘tishi odatda ohaklanib qoladigan birlamchi sil o‘choqlari hosil
bo‘lishiga olib keladi. Sil bilan kasallanish irsiyatga ham bog‘liq ekanligi aniqlangan. Sil
kasalligida hujayraviy immunitet omillari muhim ahamiyatga ega. Immunitet nosteril bo‘lib,
sun’iy immunitetni yuzaga keltirish uchun odamlar BSJ vaksinasi bilan emlanadi. Orttirilgan
immunitet sil mikobakteriyalari antigenlari ta’sirida T-limfotsitlarni faollashishi natijasida yuzaga
keladi.
Mikrobiologik diagnostikasi.
Tekshirish uchun olinadigan materiallar sil kasalligining klinik shakliga asoslanib turlicha:
balg‘am, siydik, yiring, orqa miya suyuqligi, operatsiya vaqtida turli a’zolardan olingan ajratmalar
bo‘ladi. Asosan bakterioskopik, bakteriologik, serologik, biologik va allergik usullarda
foydalaniladi.
Bakterioskopik usulda olingan materialdan bir xil qalinlikda bir necha surtmalar tayyorlanib,
havoda quritiladi va alangada fiksatsiya qilinadi. SHundan keyin Sil-Nilsen usulida bo‘yaladi.
Sil-Nilsen usulida bo‘yalgan surtmalarda sil mikobakteriyalari havorang ko‘rish maydonida
qizil bo‘lib ko‘rinadi, chunki ular tarkibida yog‘ kislotalari bor. Preparat qizdirilganda bu
kislotalar asosiy fuksin bilan ajralmas birikma hosil qiladi, natijada preparat qizil rangga, ular
atrofidagi boshqa elementlar bilan mikroorganizmlar esa ko‘k rangga bo‘yaladi. Mikobakteriyalar
72
to‘g‘ri ezilgan, uzun va kalta bo‘lishi mumkin. Ular alohida-alohida va turli kattalikda to‘da-to‘da
holida uchraydi. Ba’zan ular bir xilda bo‘lmagan bir qator qizil donachalar shaklida ko‘rinadi.
Dostları ilə paylaş: |