o’rab turadi. Kapsid bir necha oqsil molekulalaridan – kapsomerlardan tashkil topgandir. Kapsid
va virus genomasi kompleksini nukleokapsid deyiladi.
Viruslarning kapsomerlari 2 xil simmetriyada: spiralsimon yoki kubsimon (ikosaedr)
shaklida bo’ladi. Virusning qobig‘iga peplos deyiladi. Unda ikki qavatli lipid va virusga xos
oqsillari bo’ladi. Lipidlar glikova fosfolipidlarning aralashmasidan iborat bo’lib, ko’pincha u
xo’jayin hujayralarining membranasidan hosil bo’ladi. Peplosning virusspetsifik oqsillari asosan
glikoproteinlar hisoblanadi.
Ko’pgina viruslarning oqsil qavatida maxsus retseptorlari bo’lib ular eritrotsitlarni
agglyutinatsiyalash (gemagglyutinatsiya) xossasiga ega (m: gripp virusi). SHuningdek, maxsus
fermentlari neyrominidaza, proteaza, qaytar transkriptaza va h.k.lar bo’ladi.
Viruslarning tayoqchasimon, aylanasimon (sferik), itbaliq (spermatozoidga o’xshash),
hamda kubsimon yoki ikosaedr, ipsimon shakllari bo’ladi.
Qaysi organizmlarni zararlashiga ko’ra o’simlik, hayvon, odam yoki bakteriyalar
(bakteriofag) viruslariga bo’linadi.
Asosiy klassifikatsiyasida qo’zg‘atadigan kasalliklari, topilgan joyi, o’lchami, shakli,
nuklein kislotasining xarakteristikasi va boshqa ma’lumotlar inobatga olinadi. Eng qulay
klassifikatsiyasi – nuklein kislotasi tipiga qarab DNK – saqlovchi va RNK – saqlovchi viruslarga
bo’linadi. DNK – saqlovchi viruslar 7 xil, RNK – saqlovchi viruslar – 12 xil bo’ladi.
Viruslarni asosan elektron mikroskoplarda tekshiriladi. Ba’zi virusli kasalliklarda hujayra
ichi kiritmalari hosil bo’ladi. Masalan, chin chechak kasalligida pustuladagi yiringda Pashen
tanachalari bo’ladi. Agar chin chechak bilan og‘riyotgan odam pustulasi yiringidan olib, quyon
ko’zining shoh pardasiga yuqtirilsa, Guvarnieri tanachasi hosil bo’ladi. Quturish kasalligida kasal
hayvon yoki odamning miyasidagi ammon shohlari miyachasi nerv hujayralarida Babesh – Negri
tanachalari hosil bo’ladi. Bu kiritmalar, ayrim olimlarning fikricha viruslarning to’plami
hisoblanadi. Ularning shakli ovalsimon yoki sharsimon, 1-10 mk kattalikda bo’lib, nerv
hujayralarining ichida joylashadi. Bu kiritmalarni Romanovskiy – Gimza, Mannu usullarida
bo’yab, oddiy yorug‘lik mikroskopida ko’rish mumkin.
Viruslarni laboratoriya sharoitida steril bokslarda to’qima kulturalarda, tovuq tuxumining
9-12 kunlik embrionida (materialni uning xorion, allantois, amnion bo’shliqlariga yuborib) yoki
biologik usulda sezgir laboratoriya hayvonlariga yuqtirib ko’paytiriladi. Bu usullar virusli
kasalliklarga diagnoz qo’yishda muhim ahamiyatga ega. Viruslar to’qimalarda o’sganda
hujayralar ichiga kirib ko’payadi, hujayralarni buzadi, kiritmalar hosil qiladi. Bunga sitopatik
ta’sir deyiladi.
Virus bilan zararlangan to’qima yoki hujayralar eritrotsitlarni o’ziga adsorbsiyalab oladi.
Buni gemadsorbsiya reaksiyasi deyiladi. Tovuq tuxumi embrioniga gripp virusini (bemordan
olingan materialni) yuqtirib, gemagglyutinatsiya reaksiyasi yordamida uni aniqlanadi, virus tipini
esa gemagglyutinatsiyani tormozlanish reaksiyasi bilan aniqlanadi.
Virusli kasalliklar paytida bemor qonida hosil bo’lgan antitelolarni esa serologik
reaksiyalardan passiv gemagglyutinatsiya, vositali gemagglyutinatsiya, komplementni bog‘lash
reaksiyalari yordamida va boshqa serologik reaksiyalarni qo’yib kasallikka diagnoz qo’yiladi.
Gripp. Gripp kasalligini qo’zg‘atuvchi viruslar RNK – saqlovchi ortamiksoviruslarga
kiradi. Gripp virusini 1933 yilda Smit, Endryus va Leydloular ochishgan. Unga gripp virusining A
turi deb nom berilgan. Keyinchalik 1940 va 1949 yillarda V va S turlari topildi. Gripp viruslari
ichidan epidemiologik jihatdan xavflisi A viruslari bo’lib, ular tez o’zgaruvchanlik xususiyatga
ega (ularning A
0
, A
1
, A
2
kenja turlari mavjud).
Gripp viruslarining shakli aylanasimon bo’lib, o’rtacha o’lchami 80-120 mmk (nm) keladi.
Virus genomasida bir ipli segmentlarga bo’lingan RNK molekulasi kapsid bilan qoplangan
bo’ladi.
85
Lipid qobig‘ida yuzaki glikoproteinlar b o’lib, unda gemagglyutinin (N) va neyraminidaza (N)
moddalari bor. Ana shu oqsil moddalarning o’zaro o’rnining almashinishidan, ya’ni
o’zgaruvchanligidan turli xil gripp viruslarining variantlari hosil b o’ladi.
Jahon sog‘liqni saqlash komitetining ekspertlari ta’kidlashicha gripp viirusining A turida
12 xil gemagglyutinin va 9 xil neyraminidazasi borligini aniqlagan. Demak, gripp viruslarining
o’zgaruvchanligi ularning gemagglyutinin va neyrominidazasiga bog‘liq b o’lib, ular grippning
yangi-yangi epidemiyalarining kelib chiqishiga sabab b o’ladi.
Kasallikning manbai kasal odam b o’lib, y o’talganda, aksa urganda yoki yaqin kontaktda
b o’lganda virus yuqori nafas y o’llarining epiteliyalariga tushib k o’payib, ularni buzadi va qonga
o’tadi. Inkubatsion davri 1-3 kun b o’lib, kasallik darmonsizlik, peshonaning og‘rishi, isitmalash,
mushaklarda og‘riqni paydo b o’lishi bilan kechadi; keyinchalik quruq y o’tal, terlash r o’y beradi.
Og‘ir kechganda gemorragik sindrom, pnevmoniya va boshqa asoratlar beradi. Kasallikka bolalar
va keksa odamlar tez beriluvchan b o’ladi.
Laboratoriya diagnozida virusni ajratish uchun burundan yoki burun-halqumdan tekshiruv
materiali (chayindi suvi, balg‘am yoki burun shilliq ajratmasi) olinib, tovuq embrioniga yoki
buyrak t o’qima kulturalariga yuqtiriladi. Virusning qaysi turga mansubligini KBR bilan, virus
gemagglyutininining kenja turini (N
1
, N
2
, N
3
, va h.k.) gemagglyutinatsiyani tormozlanish
reaksiyasi yordamida, neyraminidazani esa ferment aktivligini ingibitsiya qilish reaksiyasi
vositasida aniqlanadi.
Serologik tekshirishlar grippga qarshi antitelolarnii aniqlashga va neytrallashga
qaratilgandir. Bunda kasaldan juft zardoblar (kasallikning o’tkir fazasida va 1-2 haftadan s o’ng)
olinib tekshiriladi. Kasallikning rekonvalessensiya davrida zardobdagi antitelolarning titri 4
baravar oshsa gripp kasaligi borligidan dalolat beradi.
Gemagglyutininlarga qarshi antitelolar titrini bilish uchun kasal qon zardobini bir necha
marta ketma-ket suyultirib, unga virus va tovuq eritrotsitlaridan q o’shib, gemagglyutinatsiyani
t o’xtatishga qarab aniqlanadi.
Hozirgi vaqtda grippni oldini olishning va davolashning samarali usullari ishlab chiqilgan.
Birinchidan, grippning aktiv va passiv immunoprofilaktikasi, ya’ni passiv immunizatsiyasi uchun,
gripp vaksinasi bilan emlangan donorlardan olingan grippga qarshi immunoglobulin ishlatiladi.
Aktiv immunizatsiyasi uchun grippga qarshi o’ldirilgan (anaktivatsiyalangan) va tirik
kuchsizlantirilgan vaksinalari ishlab chiqilgan (virionli, sub’edinitsali, dezintegratsiyalangan
vaksina preparatlari bor). Bu vaksinalar gripp epidemiyalaridan oldin yosh bolalarga va nafas
sistemasi, hamda yurak qon tomirlar kasalliklari b o’lgan qariyalarga qilinadi. Bundan tashqari
remontadin, oksalin malhami, interferon, antigrippin, limonli choy, vitamin S, askorutin kabi
preparatlar ishlatiladi. Bemorlar alohidalanib, ishlatgan buyumlari dezinfeksiyalanadi, maska
taqiladi, isriq tutatiladi va h.k.
Paramiksoviruslar RNK tutuvchi viruslar ichida kata ulchamga zga bulgan viruslar
xisoblanadi. Bu oilaga kiruvchi viruslardan epidemik parotit virusi tovuk embrionida juda yaxshi
reproduksiyalanadi. Paramiksoviruslar gemadsorbsiyalovchi viruslar bulib, eritrotsitlarni
adsorbsiyalash xususiyatiga ega. SHuning uchun laboratoriya diagnostikasida gemadsorbsiya
reaksiyasi kullaniladi.
Epidemik parotit virusi kulok oldi bezida reproduksiyalanadi va yalliglanish jarayonini keltirib
chikaradi. Kasallikdan sungi asorati meningit, ugil bolalarda bepushtlikdir. Kizamik virusida
asosan toshmalar toshadi, ogiz bushligining lunj kismi shillik kavatida Koplika-Filatova doglarini
xosil kiladi.
Qizamiq. Qizamiqni Morbillivirus avlodiga kiruvchi RNK – saqlovchi qizamiq viruslari
chaqiradi. Qizamiq virusi 50-150 nm kattalikda b o’lib, uning tarkibida 3 xil oqsil antigenlari –
gemagglyutinin (N), peptid F va nukleokapsidli oqsil (NP) bor. Kasallik manbai – kasal odamdan
virus havo tomchi y o’li bilan yuqib, nafas y o’llariga va limfa bezlariga kirib k o’payadi va qonga
o’tadi. Inkubatsion davri 8-13 kun. Undan s o’ng prodromal davri boshlanadi. Bunda nafas
y o’llarining yallig‘lanishiga o’xshash belgilar, kon’yunktivit, bosh og‘rishi, temperaturani
k o’tarilishi kuzatiladi, og‘iz shilimshiq pardasida Belskiy – Filatov – Koplik dog‘lari paydo
b o’ladi. S o’ngra, peshona va quloqning orqa tomonida papulyoz toshmalar paydo b o’ladi; keyin
86
butun tana va qo’l-oyoqlarga tarqaladi. Ba’zan pnevmoniya, ensefalit, otit kabi asoratlar qoldiradi.
YOsh chaqaloqlarda va qizamiqqa qarshi immunoglobulin olganlarda engil kechadi.
Laboratoriya diagnozi uchun bemordan qon olib, maymun buyragi yoki odam embrioni
birlamchi t o’qima va hujayralariga yuqtirib, virusni ajratish mumkin.
15
Kasallikdan tuzalish davrida neytrallovchi, komplement bog‘lovchi va gemaagglyutinatsiyalovchi
antitelolar titrining oshishi kuzatiladi. Kasallikdan s o’ng bir umrga etadigan immunitet qoladi.
Maxsus davosi y o’q. Bemorlar alohidalanadi. Kontaktda b o’lgan bolalarga qizamiqqa qarshi
immunoglobulin yuboriladi. Homilador ayollar kasallardan alohida b o’lishi kerak (homiladorlarga
yuqqanda bola tashlash yoki homilaning turli xil anomaliyalar bilan tug‘ilishi kuzatiladi).
Hozirgi vaqtda bolalarni emlash uchun tirik, kuchsizlantirilgan qizamiq virusining L-16
shtammidan tayyorlangan vaksina va qizamiqqa qarshi immunoglobulin ishlatiladi. Vaksinadan
keyingi immunitet 10-15 yilgacha saqlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,.
Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashriyoti. 1979.
2. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003.
3. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina»
1980.
4. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po
mikrobiologii. M., 1981.
5. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983.
6. Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo
«Meditsina». 1984.
Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987
17. Gepata va rabdoviruslar. (gepatit,qutirish kasalliklari)
Tayanch iboralar: Dezinfeksiya. Botkin S.P. Gippokrat. IFA va RIA usullarida ani.
GEPATIT VIRUSLARI.
Gepatit kasalligi juda qadimdan ma’lum b o’lib, u Gippokrat asarlarida ham qayd qilingan.
Adabiyotlarda u turli nomlar bilan atalib kelingan. Sariq kasalligi, parenximatoz gepatit. Epidemik
gepatit. 1891 yildan boshlab uzoq vaqtgacha Botkin kasalligi va h.k. Botkin S.P. uzoq vaqt bu
kasallikni tekshirib, uning yuqumli ekanligini isbotlaydi. Lekin uzoq vaqtgacha bu kasallikning
q o’zg‘atuvchisi aniqlanmadi. Keyinchalik bu kasallikni q o’zg‘atuvchilari viruslar ekanligi va ular
bir-biridan farq qilishlari aniqlandi. Hozirgi kunda gepatit kasalligini bir necha viruslar keltirib
chiqarishi aniqlandi, ya’ni ularning 7 xili ma’lum – A. V. S. D. E. U. F.
Gepatit A virusi (epidemik gepatit).
VIRUS A INFEKSION GEPATITNING Q O’ZG‘ATUVCHISI B O’LIB HISOBLANADI. U
PIKARNOVIRUSLAR OILASIGA, ENTEROVIRUSLAR AVLODIGA MANSUB B O’LIB,
ENTEROVIRUSLARNING 72-A TIPI VIRUSI HISOBLANADI. GEPATIT A VIRUSINING
1873-YILDA BEYSTON BEMORNING NAJASIDAN TOPDI. USHBU VIRUS BARCHA
GEPATITLARNING 70%NI CHAQIRADI.
Morfologiyasi.
Virus ikosoedr, ya’ni sharsimon shaklda b o’lib, hajmi 27-32 nm. Ga teng. SHuning uchun
ham Pikarno viruslarga kiradi. “Piko” – juda mayda “cha”-RNK tutuvchi degan ma’noni bildiradi.
Struktura tuzilishi.
15
Microbiology : an introduction / Gerard J. Tortora, Berdell R. Funke, Christine L. Case. — Twelfth edition, 2016
87
Virusni markazida 1 iplik musbat RNK joylashgan. U kubsimon simmetriyaga ega b o’lib,
tashqi tomonidan nukleokapsit bilan o’ralgan. Nukleokapsit esa 32 ta kapsamerlardan tashkil
topgan b o’lib, tarkibida lipid va uglevodlar b o’lmaydi.
Ko’payishi.
Boshqa viruslardan farqi tuxum embrionida t o’qima kulturasida k o’paymaydi. Virus faqat
Janubiy Amerikada yashaydigan marmazet va shimpanze maymunlari (har biri 6000$ dan kam
turmaydi). Organizm va (jigar t o’qimalarida) k o’payadi. Virus jigar t o’qimalarida k o’payibgina
qolmay, balki u erda uzoq vaqtgacha saqlanadi.
Antigenligi.
Virusning kapsitida 4 xil oqsil bor – VP-1, VP-2, VP-3, VP-4. virusga xos kapsit oqsili bilan
bog‘liq antigeni ma’lum. Virusning 2 ta serologik tipi mavjud b o’lib, ular qayta immunitet hosil
qilmaydi.
CHidamliligi.
Gepatit A virusi boshqa enteroviruslarga nisbatan tashqi muhit ta’siriga chidamli
hisoblanadi. Virus 60
0
S qizdirilganda 1 soatda qaynatilganda (100
0
) 30-40 sekundda o’z
aktivligini y o’qotadi. Dezinfeksiyalovchi moddalarda ham bir necha minutdan s o’ng ta’sir qiladi.
Ammo past haroratga chidamli. –20
0
da bir necha yilgacha kasal chaqirish qobiliyatini
y o’qotmaydi. Bemor odam va virus tashib yuruvchilarning najas va siydigida uzoq vaqt saqlanadi.
Hayvonlar uchun patogenligi.
Tabiiy sharoitda gepatit A bilan faqat odamlar kasallanadi. Ammo Afrika o’rmonlarida
yashovchi marmanzet va shimpanze maymunlari ushbu virusga nihoyatda moyil. Laboratoriya
hayvonlari kasallanmaydi.
Kasallikning odamlardagi patogenezi.
Kasallikning manbai asosan kasal odam va sog‘lom virus tashib yuruvchilar, ayniqsa, gepatit
A ning sariqsiz formasi bilan og‘rigan bemorlar atrofidagilar uchun juda xavfli hisoblanadi.
Kasallik mavsumiy xarakterga ega b o’lib, asosan kuz va qish oylarida k o’proq tarqaladi.
K o’pincha 5-15 yoshdagi bolalar k o’proq kasallanadi. Kasallik fekal-aral y o’l bilan (alimentar
y o’l) zararlangan ovqat mahsulotlari sut, suv va h.k. y o’l orqali oshqozon-ichak traktiga tushadi,
ya’ni yuqadi. Virus asosan ingichka ichakning devoridagi shilliq qavatining epiteliy
hujayralarning ichiga kirib joylashadi va ko’payadi. Kasallikning yashirish davri 15-30 kun
o’rtacha 20-24 kun davom etadi. Bu davrda q o’zg‘atuvchi ichak shilliq qavatida k o’paygandan
s o’ng limfa sistemasiga va qonga tushadi s o’ng butun organizmga tarqaladi. Virus jigarning
gepatotsid hujayralariga joylashib, uning sitoplazmasida k o’payadi. Kasallikning prodramal davri
5-7 kun davom etedi. Bu davrda ishtaxa y o’qolishi, k o’ngil aynishi, qayd qilish, o’ng qovurg‘a
ostida og‘riq paydo b o’lishi kabi belgilar paydo b o’ladi. kasallikning avj olgan davridan jigar
funksiyasining uzilishi natijasida k o’zning shox qavatini va badanni sarg‘ayishi, jigar sohasida
og‘riqni kuchayishi va og‘irlik sezilishi, jigarning shishib, kattalashishi, siydikning t o’q rangga
kirishi (pivo rangini eslatadi), najasning esa rangsizlanishi kuzatiladi. YOsh bolalarda k o’pincha
kasallikning sariqsiz formasi uchraydi. Kasallik bemorning sog‘ayishi bilan tugaydi.
Immuniteti.
Kasallikdan s o’ng kuchli va uzoq muddatli immunitet qoladi.
Laboratoriya diagnostikasi.
Laboratoriya tashhisida bemorning qoni va najasidan namuna tekshiriladi. Bunda IFA va
RIA usullari yordamida patologik materialdan virus antigeni va antitelolari borligi aniqlanadi.
Serologik usulda esa virusga qarshi immunoglobulinlar, ya’ni, JgY va JgM antigenlari aniqlanadi.
Bundan tashqari bioximik analizlar uchun ham keng foydalaniladi. Bunda bemorning qon
zardobidagi billirubin fermentlar (aldoza, aminotrasferazalar AlAT, AsAT) timol probirkalardagi
k o’rsatkichlar aniqlanadi.
Profilaktikasi.
Hozirgi vaqtda gepatit A ga qarshi gen injeneriyasi asosida olingan A vaksin vaksinasi
q o’llaniladi va u yaxshi natija bermoqda. Vaksina 2 marta yuboriladi: hozir va 9-12 oydan s o’ng.
Gepatit V virusi (HBV).
88
Ushbu virus adenoviruslar oilasiga kiradi. bu virusni birinchi marta antigen sifatida 1963
yilda avstraliyada bemorning qon zardobidan serologik usulda aniqlangan. shuning uchun ham
avstraliya antigeni deb nom olgan. virus zarrachasi (virion) birinchi bor 170 yili d.deyn tomonidan
kasal odamning najasidan elektron mikroskop orqali topilgan va u keyin deyn zarrachasi deb
atalgan.
Morfologiyasi.
Deyn zarrachasi spetsifik shakllarda b o’lib, 42-45 nm. Hajmga ega. Virionning mag‘zi, ya’ni
nukleokapsidi ikosoedr tip simmetriyasiga ega b o’lib, 180 ta kapsomerlardan tashkil topgan.
Virion tashqi tomonidan lipoproteindan iborat kapsit bilan o’ralgan. Virusning kimyoviy tarkibi
DNK, oqsil, lipid, uglevodlar, DNK polimeraza va proteinkinaza fermentlaridan iborat.
Antigenlari.
Virus (Deyn zarrachasi) qovug‘ida yuza joylashgan erkin holdagi HbS antigeni o’zak
qismida joylashgan. HbS antigeni va HbE, Hbx antigenlari mavjud. HbS nukleoproteit tabiatlik,
HbE esa HbS kabi o’zak antigeni b o’lib hisoblanadi. HbS – protein aktivlik xossasiga ega. Hbx
yaxshi o’rganilmagan. Ammo uni gepototsit hujayralarini rak hujayrasiga aylantirishda ishtirok
etadi degan taxmin bor. Ushbu antigenlarga qarshi organizmda HbS, HbS, HbE antigenlari hosil
b o’ladi.
Ko’payishi.
Gepatit V virusi faqat gepatotsit hujayralarining yadrosida replikatsiyalanadi. Bunda avval
DNK polimeraza yadrosida DNK molekulasidagi nuqsonli zanjir tiklanadi. S o’ngra har ikkila ip
replikatsiyalarga uchraydi. Bunda virus DNKsidan RNK molekulasi trankripsiya qilinadi, s o’ngra
RNK tashqarisida qayta trankripsmya yordamida virus DNKsining sintezi boshlanadi. Bu holat
zararlangan gepatotsit hujayralarining qayta transkriptaza fermentlar yordamida r o’y beradi.
CHidamliligi.
Virus tashqi muhit ta’sirlariga chidamli, 60
0
da qizdirilganda, bir necha soatda qaynatilganda
20-30 minutda aktivligini y o’qotadi. –20
0
da o’z aktivligini y o’qotmaydi. Dezinfeksiyalovchi
moddalarga ham chidamli.
Hayvonlar uchun chidamliligi.
SHinpanze maymunlarining 25-30% da HbS antigenlari chaqirgan. Demak, ular shu guruh
maymunlari orasida keng tarqalgan.
Kasallikning odamlardagi patogenezi.
Gepatit V kasalligida asosiy manba – kasal odam va virus tashib yuruvchilar hisoblanadi.
Kasallik asosan parenteral y o’l bilan yuqadi. Jumladan, shprits orqali stomatologiyada tish
tozalagich parmalari orqali, xirurgik-ginekologik asboblar orqali virus organizmning barcha
suyuqliklarida sirkulyasiya qilgani uchun jinsiy o’pishishda s o’lak orqali onadan ona qornidagi
embrion bolaga va xatto ona suti orqali o’tishi ham aniqlangan. Kasallik bir yoshgacha b o’lgan
bolalar o’rtasida k o’proq uchraydi. Kasallik tibbiy xodimlarga infeksion muolajalar qilish vaqtida
qon va zardob orqali ham yuqadi. Bunda qon yozgi zardobning 0,001 ml miqdori ham kasallikni
yuqtiradi. Kasallikning yashirin davri 1 dan 6 oygacha davom etishi mumkin. Parenteral y o’l bilan
yuqqani uchun virus darxol limfa va qonga tushadi. Kasallik gematogen va limfagen fazada
boshlanadi. S o’ngra gepatotsit hujayralariga yopishadi. Qon va limfaga tushgan virus jigarga
o’tkir diffuziyalik gepatitni chaqiradi va bunda jigarning parenximatoz va retikulo-endotelial
elementlarini jaroxatlaydi. Jigar funksiyalari buziladi, ya’ni dezintoksion modda almashinuvi va
boshqa funksiyalari izdan chiqadi. Qon zardobida fermentlar miqdori oshib ketadi – aldaza,
transferaza va boshqalar. Amma NVV gepatotsit hujayralariga sitotik ta’sir k o’rsatmaydi.
SHuning uchun ham patologik jarayon virusning gepatotsit hujayralariga kirishdan emas, balki
immunotsitlarni hujayraning tashqi membranasida virus antigenlarini aniqlashdan boshlanadi.
Kasallik o’tkir surunkali o’rtacha o’tkir persintensiyalanuvchi k o’rinishlarda o’tishi mumkin.
Kasallikning o’tkir shaklida T-xelperlarning faolligi kamayadi. Surunkali shaklida T-supressorlar
jarayonida k o’proq ishtirok etadi. T-xelperlarning sustlashishi antigenini topib olish jarayonini
ham kamaytiradi. Natijada antitelo hosil b o’lishi sustlashadi. NVV faqat gepatotsitlargagina ta’sir
qilib qolmasdan, balki makrofaglarga ham ta’sir k o’rsatadi va ba’zan o’zining DNK genomini
makrofag genomiga birikishi ham mumkin. Makrofag membranasidagi virus antigenlari esa
89
gumoral immunitetni faollashtiradi. Natijada NVs, Hbc, Hbe antitelolar sintez qilinadi.
Makrofaglarni viruslar bilan zararlanishida T-xelperlardagidek antigenlarni topishda nuqsonlar
vujudga keladi. Bu holat immun tanqislik rivojlanib gepatit V persintezatsiyasiga sabab b o’ladi.
gepatit V da kasallik k o’pincha og‘ir kechadi. Jigarning o’tkir distrofiyasi 10-15 % holatlarda
surunkali formaga o’tadi. Jigardan birlamchi o’sma kasalligining rivojlanishiga olib keladi. SHu
sababdan ham ushbu kasallikda o’lim foizi yuqori b o’ladi. lekin ayrim hollarda kasallik belgisiz
holda kechishi mumkin. Bemor tuzalgandan s o’ng qoni va Hbs antitelolari uzoq vaqtgacha
saqlanib qolishi mumkin.
Immuniteti.
Kuchli va uzoq rivojlanadigan immunitet hosil b o’ladi.
Laboratoriya diagnostikasi.
Bemorlarning qonida NVs, Hbc, Hbe antitelolari paydo b o’ladi. NVs antigeni k o’proq
kasallikning surunkali va simptomsiz formalariga xos Hbe va Hbs esa kasal tuzalgandan s o’ng
ham 7-9 oylargacha saqlanib qolishi mumkin. SHu sababli, ularning diagnostik ahamiyati katta.
Demak, tashhis q o’yishda asosan serologik usullardan foydalaniladi. Bunda kasallikning qon
zardobidagi antigen va antitelolar immunoferment analizi (IFA), radioimmun analizi (RIA) orqali
aniqlanadi. Bundan tashqari bioximik usullardan ham foydalaniladi, ya’ni jigar rolining buzilishi
qondagi billirubin, aldoza, transaminaza, tarnsferaza va boshqa fermentlarni aniqlash b o’yicha
tekshiriladi.
Davosi.
Maxsus davosi y o’q. Asosan jigar funksiyasini tiklash uchun oqsil, uglevod, vitaminlarga
boy ovqatlar beriladi. Interferon glyukosteroid juda yaxshi foyda beradi. Kasallik davomida
parhez saqlash tavsiya qilinadi.
Profilaktikasi.
Umumiy profilaktikasida aseptika, antiseptika qoidalariga rioya qilish katta ahamiyatga ega.
Maxsus profilaktikasi uchun gen injeneriyasi asosida olingan vaksina kalendar plani b o’yicha
ishlatiladi. YA’ni vaksina chaqaloqtug‘ilgandan s o’ng 1 kunda 2 oyligida va 9-10 oyligida
qilinadi. Vaksina muskul orasiga yuboriladi. Vaksinadan s o’nggi immunitet 5-8 yildan k o’proq
saqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |