Bakteriologik usulda tekshirilayotgan patologik material avvaliga Ulengut va Sumiosh
bo‘yicha (15-20% HCl yoki H
2
SO
4
eritmasi) ishlov beriladi.
Lyuminessent mikroskopiya oddiy mikroskopiyaga qaraganda ancha sezgir. Preparat
odatdagicha tayyorlanadi. Nikiforov aralashmasi bilan fiksatsiyalanadi va 1:1000 nisbatdagi
auramin bilan bo‘yaladi. So‘ngra preparat xlorid kislota qo‘shilgan spirt bilan rangsizlantiradi va
nordon fuksin bilan qo‘shimcha bo‘yaladi, bunday fuksin preparatlaridagi leykotsitlar, to‘qima
elementlarining tovlanishini “o‘chiradi” va qora fon bilan tilla rang yashil ravshan nur sochib
porlaydigan sil mikobakteriyalari surtmasida kontrast hosil qiladi. Preparat lyuminessent
mikroskopda ko‘zdan kechiriladi.
Boyitish metodi, sil diagnostikasida mikroskopik metodning sezgirligini oshirishga
erishiladi. SHu metodlarning biri shilimshiqni eritadigan turli moddalar (ishqor, antimorfin)ni
materialga ta’sir ettirib, uni gemogen holga keltirishdan iborat. Bu – ma’lum hajmdagi material
sentrifugalangandan keyin cho‘kmadan olingan surtmalarda sil mikobakteriyalarini topishga
imkon beradi. Sil mikobakteriyalari kulturalarini ajratib olishning tezkor metodlari Prays va
SHkolnikova metodlari ishlab chiqilgan. Tekshiriladigan material buyum oynasiga tushirilib,
sulfat kislota bilan ishlanadi, fiziologik eritma bilan yuviladi va sitrat qon qo‘shilgan oziq
muhitiga quyiladi. 3-4 kundan keyin buyum oynasi olinib, Sil-Nilsen usulida bo‘yaladi.
Mikroskopning kichik ob’ektivi bilan ko‘zdan kechiriladi. Mikobakteriyalar virulent
shtammlarining mikrokoloniyalari xivchinlari, soch tutamlari ko‘rinishida bo‘ladi.
Sil kasalligida eng samarali usul, dengiz cho‘chqalarida biologik sinama o‘tkazish
hisoblanadi. Buning uchun bemordan olingan patologik materialdan 1 ml dengiz cho‘chqalarining
terisi ostiga yoki qorin bo‘shlig‘iga yuboriladi. 5-10 kundan keyin limfadenit, so‘ngra tarqalgan
infeksion jarayon yuzaga keladi va hayvonlar o‘ladi.
Serologik usulda antigen va antitelolarni aniqlovchi KBR, agglyutinatsiya, bevosita
agglyutinatsiya reaksiyalari qo‘yiladi.
Allergik usulda
organizmning mikobakteriyalar bilan infeksiyalan-gan-
infeksiyalanmaganligini aniqlash uchun foydalaniladi. Pirke reaksiyasi (teri ustiga) va Mantu
reaksiyasi (teri orasiga) tuberkulin bilan aniqlanadi va infeksiyalangan kishilarda 48 soatdan so‘ng
infiltrat, qizarish paydo bo‘lsa, reaksiya musbat hisoblanadi.
Profilaktikasi. Sil bilan og‘rigan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlab, dispanser hisobiga olish.
Odamlarni aktiv ravishda immunlash ham katta ahamiyatga egadir.
Fransuz olimlari Kalmett va Geren tomonidan qoramolga xos tipdagi sil mikobakteriyalarini
13 yil davomida glitserinli kartoshkali ozuqa muxitida o‘stirib, olingan tirik vaksina BSJ da
foydalaniladi (lotincha BCG-Bacilla Calmette-Guerin). Bu vaksina chaqaloq chap elkasining
tashqi yuzasidagi teri orasiga yuboriladi. 7 va 15-16 yoshda revaksinatsiya qilinadi
10
.
Patogen aktinomitsetlar. Aksinomitsetlar bir hujayrali mikroorganizmlar bo‘lib,
Actinomycetales va Actinomyceteceae oilasiga kiradi.
Aktinomitsetlar septasiz mitseliylardan, ya’ni shoxlanuvchi, ingichka, uzunligi 100-600
mkm, ya’ni 1,0-2,5 bo‘lgan ipchalardan iborat. Ular gramm usuli bilan musbat, umuman anilin
bo‘yoqlari bilan yaxshi bo‘yaladi. Aksinomitsetlar spora hosil qilib, ipchalari mayda
bo‘lakchalarga ajralib, kurtaklanib va bo‘linib jinssiz ko‘payadi.
O‘sishi. Aktinomitsetlar – fakultativ anaerob, ularning o‘sishi uchun 35-37
0
S qulay harorat
hisoblanadi. 24 soatdan so‘ng qattiq muhit yuzasida mayda koloniyalar, 7-14 kundan so‘ng esa,
yirik polimorf, silliq yoki g‘adir-budir kulrang sarg‘ish, yumshoq, bir xil oq, duxobaga o‘xshash
koloniyalar hosil qiladi. Koloniyalar oziq muhitning ichiga kirgan va tashqarisida ham bo‘lishi
mumkin. Koloniyalar havorang, jigarrang, qizil, yashil va boshqa rangda bo‘ladi.
Toksin hosil qilishi to‘liq o‘rganilgan emas.
Antigan tuzilishi. Aktinomitsetlar hujayra devoriga antigenlar turiga xos bo‘lib, bu
antigenning spetsifikligiga ko‘ra barcha aktinomitsetlar 5 ta seroguruhga bo‘linadi.
10
Microbiology : an introduction / Gerard J. Tortora, Berdell R. Funke, Christine L. Case. — Twelfth edition, 2016
73
Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Aktinomitsetlar qo‘y, echki va qoramollarda, cho‘chqa,
ot, it, quyon va boshqa hayvonlarda surunkali kasallik keltirib chiqaradi.
Kasallikning odamlardagi patogenezi. Kasallik manbai quyon, echki va qoramollar,
yovvoyi hayvonlar, it, cho‘chqa, ot, quyon, shuningdek tuproq o‘simliklari va boshqalar
hisoblanadi. Organizmga kirgan aktinomitsetlar, shu joydan teri ostidagi biriktiruvchi to‘qimalar,
muskullar orasidagi bo‘shliqlar hamda qon va limfa orqali tarqaladi.
Immuniteti. Kasallikni boshidan kechirgan bemor organizmida kuchli, turg‘un, uzoq davom
etadigan immunitet hosil bo‘lmaydi, shu sababli kishi qayta kasallanishi mumkin.
Laboratoriya tashhisi.
Aktinomikozda yaradan chiqqan yiringdan surtma tayyorlanadi.
Yiring qandli bulonga (rN 6,8) qonli, zardobli go‘sht peptonli agarlarga, Saburo muhitiga aerob va
anaerob sharoitlarda ekiladi va sof kultura ajratib olinib, kultural, biokimyoviy xususiyatlari
identifikatsiya qilinadi.
KBRsi bemor zardobi bilan qo‘yiladi.
Aktinomitsetlarning ekstraktlari bilan teri allergik sinama qo‘yiladi.
Davosi va profilaktikasi. Bu kasallikni maxsus davosida aktinolizatlar, 6-8 ta shtammlardan
tayyorlangan polivalent aktinomitset vaksina qo‘llaniladi. Kasallikning oldini olish uchun shaxsiy
gigienaga qat’iy rioya qilish, teri va shilliq qavatlarni turli jaroxatlardan asrash, tomoq, og‘iz
bo‘shlig‘i, tishlarni kasallanishdan saqlash kerak.
CHuqur blastomikozlarning qo‘zg‘atuvchilari. Vyptococcus neoformaus odamlarda
chuqur blastimikoz kasalligini chaqiradi. Odamda o‘pka, miya, miya pardasi, ichak, teri, teri osti
klechatka, limfa bezlari suyak sistemasini shikastlaydi.
Profilaktikasi. Umumiy va shaxsiy gigienaga rioya qilish kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,.
Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashriyoti. 1979.
2. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003.
3. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina»
1980.
4. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po
mikrobiologii. M., 1981.
5. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983.
6. Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo
«Meditsina». 1984.
7. Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987.
12.Sodda patogen jonivorlar. (Bezgak, leyshmanioz).Zamburug’lar keltirib chiqaradigan
infeksiya. (dermatomikozlar, kandidozlar)
Tayanch iboralar: C.albicans. C.tropicalis, C.pseudotropicalis. KBR, PGAR.
KANDIDOZ QO‘ZG‘ATUVCHISI
Kandidozga Candida urug‘iga mansub achitqisimon zamburug‘lar sabab bo‘ladi. Kasallik
qo‘zg‘atuvchisi dastlab 1983 yili Langenbak tomonidan kashf etilgan. Kandidalar bir hujayrali
organizm bo‘lib, kurtaklanib ko‘payadi. Ular konidiy, askosporlar hosil qilmaydi, haqiqiy
mitseliylari yo‘q, soxta metsiliylari ketma-ket kurtaklanish natijasida paydo bo‘ladi. Bu
zamburug‘lar maxsus urug‘ni tashkil etib, 80 dan ortiq turni o‘z ichiga oladi, shulardan 20 tasi
odamlarda kasallik keltirib chiqaradi. Bularga C.albicans, C.tropicalis, C.pseudotropicalis,
C.krusei, C.gullermondi, C.parapsilosis va boshqalar kiradi. Bulardan asosan C.albicans,
C.tropicalis kandidozga sabab bo‘ladi. Bu turni 1853 yili SH.Roben birinchi bor aniqlagan.
74
Candida urug‘iga mansub zamburug‘lar dumaloq tuxumsimon yoki uzunchoq hujayralar
bo‘lib, asosan kurtaklanib ko‘payadi. C.albicans xlamidosporalar hosil qiladi. Ularning
zanjirsimon uzunchoq hujayralardan iborat soxta mitseliylari bor.
Achitqisimon zamburug‘lar aerob bo‘lib, oddiy muhitlarda 20-30
0
S haroratda o‘sib, silliq
koloniyalar hosil qiladi, ammo Saburo muhitida yaxshi ko‘payadi.
Kandidoz zamburug‘larining antigen tuzilishi murakkab, hujayra devoridagi glikoproteidlar
turlarning antigen mahsusligini belgilaydi. Ko‘p turlari 6 ta serologik guruhga, C.albicans esa A,
V, S mseroguruhlarga bo‘lingan. Candida urug‘iga zamburug‘lar tashqi muhitda keng tarqalgan
C.albicans esa odam ichagining normal mikroflorasi hisoblanadi.
Candida urug‘iga mansub zamburug‘lar tashqi muhitga chidamli, quritilgan holda yillab
saqlanadi. Dezinfeksiyalovchi vositalar 2-5 % li fenol, formalin, xloramin, lizol eritmalari tezda
o‘ldiradi. Bu zamburug‘lar odamlarning og‘iz bo‘shlig‘i, me’da-ichak, siydik-tanosil a’zolarining
shilliq qavatlarida yashaydi. Bundan tashqari, ular xo‘l mevalarda, sabzavotlar, ovqat
mahsulotlari, chiqindi suvlar, idish-tovoqlar va buyumlarda ham bo‘ladi.
Kandidoz endogen va ekzogen yo‘llar bilan paydo bo‘lishi mumkin. U asosan endogen yo‘l
bilan nimjon bolalarda, tashqi muhitning (namlikning ko‘pligi, terining ishqalanib turishi va
boshqalar) nohush omillari ta’sirida paydo bo‘ladi, kasallik yaxshi dezinfeksiya qilinmagan
vannalar orqali ham yuqishi mumkin.
Kasallikning ekzogen yo‘l bilan rivojlanishida makroorganizm reaktivligining pastligi,
qo‘zg‘atuvchining miqdori va boshqa ikkilamchi mikroorganizmlar borligi muhim rol o‘ynaydi.
Candida ning har xil turlari o‘tkir va surunkali kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bunda
ko‘pincha shilliq qavatlar zararlanadi. Bulardan achitqi stomatiti (og‘iz oqarishi) ko‘p uchraydi, u
aksariyat yosh bolalarning og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini shikastlaydi. Avval shilliq qavat
qizaradi, so‘ngra til, tomoq, lunjda ko‘plab mayda donachalarga o‘xshash karashlar paydo bo‘ladi.
Keyinchalik ular qo‘shilib, yirik, yaltiroq, oq, kulrang pardalarga aylanadi. Bu pardalar giflar va
achitqisimon zamburug‘lardan iborat bo‘ladi. Kandidozning bu turi chaqaloqlarda va bolalarda
uchraydi. Kandidoz chaqaloqlarning dumbasi, chov sohasida, yuqori nafas va ovqat yo‘llarida,
siydik-tanosil a’zolarida, markaziy nerv sistemasi va boshqa joylarida bo‘lishi mumkin. Bolalarda
uchraydigan kandidozning 78% ini og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatlarining kandidozi tashkil etadi.
Antibiotiklarni o‘z biligicha qo‘llash ham organizmdagi normal mikrofloraning simbiozini
buzadi, natijada disbakterioz rivojlanadi. Bu ichakda ayrim mikroblarning ko‘payib ketishiga yoki
saprofit holatdan shartli patogen va patogen holatga aylanishiga sabab bo‘ladi.
Achitqisimon zamburug‘lar qo‘l-oyoq panjalari, chov va qo‘ltiq osti hamda tirnoq atrofidagi
terini, lab, og‘iz burchaklaridagi shilliq qavatlarni, til, taloq, qizilo‘ngach va qinlarni oq pardalar
hosil qilib, shikastlaydi. Kandidoz me’da-ichak, nafas yo‘llari, siydik-tanosil a’zolarini, ayrim
hollarda nerv sistemasini ham zararlashi mumkin. Kandidozda o‘t yo‘li va tishlarning ham
shikastlangani qayd etilgan. Bundan tashqari, kandidoz qo‘zg‘atuvchilari septitsemiyaga olib
kelishi, buning oqibatida buyrak, o‘pka to‘qimalari, jigar va boshqa a’zolar shikastlanishi
mumkin. Diabet bilan og‘rigan kishilarda kandidoz juda og‘ir kechadi.
11
Laboratoriya tashhisini qo‘yish uchun avval mikroskopik usuldan foydalaniladi. Patologik
materialni mikroskop ostida tekshirganda grammusbat dumaloq hujayralar bilan birga
tuxumsimon va ovalsimon zamburug‘lar ko‘rinadi.
Bakteriologik usulda tekshirish uchun og‘iz bo‘shlig‘i, qin, uretraning shilliq qavatlaridan,
balg‘am, o‘t, siydik, abssess moddasi, najas, teri va tirnoqlardan material olinadi va Saburo
muhitiga ekiladi. Muhit betida 20-30
0
S haroratda ko‘p miqdorda koloniyalar paydo bo‘ladi.
Ulardan sof kultura ajratib olinadi va uning asosiy biologik xususiyatlarini aniqlab, turi va zoti
belgilanadi.
YAna serologik usuldan ham foydalanib, KBR, PGAR, kandidoz zamburug‘larining ma’lum
kuluralaridan tayyorlangan antigenlar bilan pretsipitatsiya reaksiyalari qo‘yiladi.
11
Microbiology : an introduction / Gerard J. Tortora, Berdell R. Funke, Christine L. Case. — Twelfth edition, 2016
75
So‘nggi yillarda immunoflyuoressent usuli ham keng qo‘llanilmoqda. Biologik usuldan
foydalanish uchun oq sichqon yoki quyonlarning vena qon tomiriga C.albicans, C.tropicalis
kulturalari yuboriladi. Teri allergik sinamasi nisbatan kam ishlatiladi.
Kandidozli bemorlarni davolash uchun avval disbakteriozni aniqlab olish lozim. SHuning
uchun turli antibiotiklar berilmay. Balki maxsus preparatlar (nistatin, levorin, amfoglyukamin,
amfoteritsin-V) va sulfademizinlar buyuriladi. Bundan tashqari, bemordan Candida kulturasini
ajratib olib, o‘ldirib tayyorlangan autovaksina ham qo‘llaniladi.
Oldini olish. Asosan umumiy profilaktika o‘tkziladi, ya’ni kasallik manbaini aniqlab
yo‘qotiladi, bemorni alohidalab kasallik o‘choqlari dezinfeksiya qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,.
Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashriyoti. 1979.
2. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003.
3. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina»
1980.
4. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po
mikrobiologii. M., 1981.
5. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983.
6. Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo
«Meditsina». 1984.
7. Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987.
13. Patogen anaeroblar. Qoqshol, gazli gangrena, botulizm qo’zg’atuvchilari va ularning
biologik xusu siyatlari.
Qoqshol
Tayanch iboralar: B.tetani. Kitt-Tarotsi. qattiy anaerob.
`Qoqshol –o‘ta og‘ir infeksion kasallik bo‘lib, odam tana muskullarining kuchli tortishib
qolishi va vaqti vaqti bilan tirishib qolishi ,markaziy nerv sistemasining shikastlanishi natijasida
bemorda kuchli tirishish xolati o‘limgacha olib kelishi kuzatiladi.
19 asrda birinchi bulib qoqshol xirurgik kasallik ekanligi aniqlangan.Kasallikning klinik
belgilarini Gippokrat tomomnidan aniq o‘rganilib tariflab berilgan.Galen,AbuAli Ibn Sino
tomonidan va1883 yili rus xirurgi N.D.Monastыrskiy qoqshol bilan kasallangan bemorning
yarasidan tayyoqcha shaklidagi bakteriyalarni topgan.1884 yili yosh olim Nikoloequyon va
dengiz cho‘chqachalarining terisi ostiga turpoq yuborganida ularda kasallik alomatlarini
aniklagan.1887 yilda Kitazato uzg‘atuvchining sof kulturasini ajratib oladi va 1890yilda antitoksik
zardobni quyonlardan eksprement yo‘li orqali oladi.1923-1926 yillarda fransuz olimi Roman
uzoq izlanishdan sung 39-40 oS da formalin ta’sirida anatoksin ajratib oldi va kasallikni oldini
olishda ishlatilishini yo‘lga quydi.Qoqshol qo‘zg‘atuvchilari tuproqda xayvon va odam najasi
tushgan o‘ta iflos yoki unimdor tuproqlarda ko‘p miqdorda topiladi.Tropik va subtropik klimat
zonalarda quzg‘atuvchilar qo‘pligi aniklangan. CHorvadorlik va dexqonchilik bilan
shug‘illanuvchi mamlakatlarda ,asosan Uzbekiston, Qirg‘iziston , Todjikiston ,Ukraina va
Armeniya davlatlarida, saqlanishi va ko‘payishi uchun kulay sharoit tuproqning temperaturasi
va rN xisoblanadi.
Etiologiyasi va morfologiyasi.Qo‘zg‘atuvchi anaerob bakteriya bo‘lib,xarakatchan,ingichka uzun
tayoqcha 4-8 mkm.Kapsula xosil qilmaydi va sporasi subterminal joylashgan grammusbat
bo‘yaladi.Aerob sharoitda tashqi muxitda qo‘zg‘atuvchi baraban shaklida yoki tenis raketkasiga
76
o‘xshash shaklda uchraydi.Bu shakli orkali uzoq saklanishi va tirik qolishi uchun qulay sharoit
xisoblanadi.
O‘sishi.Qo‘zg‘atuvchi qattiy anaerob bulib,Kitt-Tarotsi muxitida kuyka xosil kilib usadi.Kandli va
konli ozik muxitlarida R-shaklidagi kaloniya xosil kiladi.Fermentativ faoliyati jelatinni
suyultiradi va sutni ivita oladi.Odam tana xaroratida va etarli namlik bulganida,suniy oziq
muxitlarida bakteriya sporasi vegetativ formaga aylana oladi.Tayoqcha shaklidagi vegetativ
formasi tashqi muxitga nisbatan chidamsiz.Tayoqcha tanasi xivchin bilan peretrix koplangan bulib
xarakat qila oladi.Vegetativ shakli qulay sharoitda kuchli ekzotoksin ishlab chikaradi.Toksin uz
xususiyatiga qarab uch fraksiyaga bo‘linadi: tetonospazmin-(neyrotoksin) asosiy patologik xolatni
keltirib chiqaradi,tetonogemolizin-qon eritrotsitlarini gemoliz qilish xususiyati, to‘qimalarni
o‘ldirib nektoz xolatiga keltiruvchi va toksin fagotsitlarning faoliyatini susaytiruvchi
fraksiyalardir.Toksin protoin oqsil turkumiga kiradi, issiqlik ta’sirida, quyosh nuri ishqorli
muxitlarda tez inaktivatsiya, ya’ni parchalanib ketadi.Oshqozon ichak trakti fermenti toksini
parchalab tashlaydi va ichaklarda so‘rilish xususiyatiga ega emas.
Epidemiologiyasi.B.tetani tabiatda keng tarqalgan.Tuproqda,yovoi va uy xayvonlari(qo‘y,ot,sigir
quyon,sichqon) va odam (5-40%) ichaklarida doimiy va zararsiz xolatda vegetativ shaklari
yashaydi.Lekin uning ishlab chiqargan zaxari toksin ichaklarda surilish xususiyatiga ega emas.
Qo‘zg‘atuvchi odam yoki xayvon organizmiga faqat jaroxat orqali kirganidao‘z xususiyatini
kursata oladi.SHuni xisobga olib bu kasallikni fakat urish paytida kuzatiladi degan xulosaga
kelishgan.Xozirgi tinchlik paytida kasallik 80-86% qishloq xo‘jaligida ishlovchilarda ,vaqtida
meditsina yordamiberilmaganda kuzatiladi.Kasallik asosan baxor va kuz oylarida kup
uchraydi.SHunday qilib kasallikning manbai sog‘lom odam yoki xayvon va asosan tuproq
xisoblanadi.
Patogenezi.Qoqsholning kirish darvozasi bo‘lib jaroxat xisoblanadi.Qoqshol bemor travma
olganida ,ochiq suyak sinishi,kuyish,sovukda qolishi(otmorojeniya),in’eksiyada,tug‘ish
paytida,operatsiya muolajasida yukishi mumkin,yallig‘lanish orqali ya’ni yotoq yaralar, rak
kasalliklarida,frunkulda, va oxirgisi kirish darvozasi aniklanmagan.Organizmda vegetativ shakli
asta sekin o‘z toksinini ajrata boshlaydi va u qon o‘tib pereferik nerv tolalaridan konga suriladi.
Orqa va uzunchoq miyaning retikulyar formatsiya uzagiga boradi,Afferent va efferent
impulslarning ta’siri oshishi natijasida tanada tirishish kuzatiladi.Asosan uta axamiyatli markaz
nafas markazi vagus yadrosi shikastlanadi.O‘limning asosiy sababi asfeksiya xolati bo‘lib,yurak
sistemasi parlichi,sepsis va pnevmaniya kuzatiladi. Kasallikni vaqtida davolansa,kasallikdan sung
immunitet ya’ni ximiya kolmaydi, sababi juda kam miqdordagi toksinlar doza bo‘lgani uchun.
Klinikasi.Kasallikni borishiga qarab umumiy (generilizovannaya) va maxaliy kurinishga
ega.YAshirin davri o‘rtacha 5-14 kun bo‘lib, kasllik o‘tkir, to‘satdan boshlanadi.Ba’zida
prodromal davri qisqa ,umumiy xolsizlanish,jaroxatning sanchib og‘rishi kuzatiladi.Birinchi
belgilaridan biri trizm ,ya’ni chaynov muskullarinig kuchli qisqarishi kuzatiladi.Bemor og‘zini
ocha olmaydi , sardonik kulgi bu yolg‘on kulgi deb xalk orasida aytiladigan xolat bilan trizm
qo‘shilib ketadi.Disfagiya yutishning kiyinlashuvi bulib bemor yutira olmaydi.Bu 3 ta simptomlar
kasallikning boshlang‘ich ko‘rinishi xisoblanadi.Asta sekinlik bilan tirishish kurak va qorin
muskulari tirishishi kuzatiladi, bu xolat bemor yurak to‘xtashi yoki nafas tuxtashiga olib kelishi
kuzatiladi.Kasallik vaqtida davolansa ko‘pincha asorati pnevmaniya kuzatiladi.Kayta kasallanish
kamdan kam kuzatiladi.
12
Laboratoriya diagnostikasi.Kasallikning klinik simptomlari diagnoz quyishga yordam
beradi.Bakterioskapik,biologik va bakteriologik tekshirish yaxshi natija beradi.
Profilaktikasida jaroxatga ishlov berilgandan sung, qoqsholga qarshi antitoksik zardob, anatoksin
yuboriladi.Maxsus immunoglobulin yaxshi natija beradi.Antibiotiklardan foydalaniladi. Maxsus
profilaktikasida bolalarga AKDS,ADS-m vaksinalari qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
12
Microbiology : an introduction / Gerard J. Tortora, Berdell R. Funke, Christine L. Case. — Twelfth edition, 2016
77
1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,.
Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashriyoti. 1979.
2. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003.
3. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina»
1980.
4. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po
mikrobiologii. M., 1981.
5. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983.
6. Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo
«Meditsina». 1984.
Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987
14. Patogen zoonoz o’ta xafli bakteriyalar. Kuydirgi, vabo qo’zg’atuvchilari
Tayanch iboralar: O‘lat. Sibir yarasi (kuydirgi). Brutsellez
O‘lat (toun) qo‘zg‘atuvchisini A.Iersen 1894 yilda topgan. Uning shakli tuxumsimon
bo‘lib, kattaligi 1-2 mk keladi, ikki uchlari yaxshi bo‘yaladi. Spora va xivchinlari yo‘q; qonli
qo‘shilgan muhitlarda yaxshi o‘sadi va kapsula hosil qiladi. Koloniyasi to‘qilgan ro‘molchaga
o‘xshash bo‘ladi (R - koloniyasi). GPBda parda va stalaktitga o‘xshash osilgan ipchalar shaklida
o‘sadi. Kuchli ekzotoksin («sichqon zahari») va agressiv fermentlar ishlab chiqaradi.
O‘zbekistonda chumaning tabiiy manbalari bor: cho‘lda yashovchi kemiruvchilar,
kalamushlar, yumronqoziqlar, dala sichqonlari, qo‘sh oyoqlar, sug‘urlar va h.k. Burgalar
kasallikni doimo tabiatda kemiruvchilar orasida tarkalishiga sabab bo‘ladi. Odam bu kasallikka
juda ham moyildir. Tabiiy sharoitda tuyalar, mushuklar ham kasallanadi. Agar zararlangan
burgalar chaqsa, odamda teri-bubonli formasi kelib chiqadi; nafas yo‘llari orqali o‘pka formasi,
og‘iz orqali ichak formasi, qonga tushganda septik formasi kelib chiqadi.
Laboratoriya tekshirishida chumaga qarshi kostyum kiyib, maxsus instruksiya asosida
quyidagi materiallar olinadi: yaradan, bubondan olingan suyuqlik, yiring, o‘pkadan balg‘am,
ichakdan olingan material yoki najas, septik formasida qon olib tekshiriladi. Mikroskopik usulda
surtma tayyorlab, Gram usulida yoki metil ko‘ki bilan bo‘yaladi. Mikroskop ostida ikki qutblari
yaxshi bo‘yalgan tuxumsimon shakldagi bakteriyalar ko‘rinadi.
Mikrobiologik usulda olingan material oziqli muhitga ekilib, toza kulturasi ajratiladi,
chuma bakteriofagi bilan lizis bo‘lishi aniqlanadi.
Biologik usulda – dengiz cho‘chqasining yungi olingan terisiga tekshiruv materiali
ishqalanadi. Ular 3-5 kun ichida kasallanib o‘ladi; ularning ichki a’zolaridan toza kulturasi
ajratiladi.
Davolashda streptomitsin va boshqa antibiotiklar ishlatiladi.
Profilaktikasi – maxsus chumaga qarshi stansiyalar otryadlari kasallangan kemiruvchilarga
qarshi ishlar olib boradi. Hozirgi vaqtda chuma qo‘zg‘atuvchisining tirik EV – vaksinasi ishlab
chiqilgan bo‘lib, u teri ostiga yuboriladi. 1 yilgacha immunitet qoladi.
Dostları ilə paylaş: |