O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi



Yüklə 3,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/39
tarix19.02.2020
ölçüsü3,12 Mb.
#30485
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39
mikrobiologiya fanidan oquv uslubiy majmua


         Bakteriologik usulda tekshirilayotgan patologik material avvaliga Ulengut va Sumiosh 
bo‘yicha (15-20% HCl yoki H
2
SO

eritmasi) ishlov beriladi. 
         Lyuminessent mikroskopiya oddiy mikroskopiyaga qaraganda ancha sezgir. Preparat 
odatdagicha tayyorlanadi. Nikiforov aralashmasi bilan fiksatsiyalanadi va 1:1000 nisbatdagi 
auramin bilan bo‘yaladi. So‘ngra preparat xlorid kislota qo‘shilgan spirt bilan rangsizlantiradi va 
nordon fuksin bilan qo‘shimcha bo‘yaladi, bunday fuksin preparatlaridagi leykotsitlar, to‘qima 
elementlarining tovlanishini “o‘chiradi” va qora fon bilan tilla rang yashil ravshan nur sochib 
porlaydigan sil mikobakteriyalari surtmasida kontrast hosil qiladi. Preparat lyuminessent 
mikroskopda ko‘zdan kechiriladi. 
         Boyitish metodi, sil diagnostikasida mikroskopik metodning sezgirligini oshirishga 
erishiladi. SHu metodlarning biri shilimshiqni eritadigan turli moddalar (ishqor, antimorfin)ni 
materialga ta’sir ettirib, uni gemogen holga keltirishdan iborat. Bu –  ma’lum hajmdagi material 
sentrifugalangandan keyin cho‘kmadan olingan surtmalarda sil mikobakteriyalarini topishga 
imkon beradi. Sil mikobakteriyalari kulturalarini ajratib olishning tezkor metodlari Prays va 
SHkolnikova metodlari ishlab chiqilgan. Tekshiriladigan material buyum oynasiga tushirilib, 
sulfat kislota bilan ishlanadi, fiziologik eritma bilan yuviladi va sitrat qon qo‘shilgan oziq 
muhitiga quyiladi. 3-4 kundan keyin buyum oynasi olinib, Sil-Nilsen usulida bo‘yaladi. 
Mikroskopning kichik ob’ektivi bilan ko‘zdan kechiriladi. Mikobakteriyalar virulent 
shtammlarining mikrokoloniyalari xivchinlari, soch tutamlari ko‘rinishida bo‘ladi. 
         Sil kasalligida eng samarali usul, dengiz cho‘chqalarida biologik sinama o‘tkazish 
hisoblanadi. Buning uchun bemordan olingan patologik materialdan 1 ml dengiz cho‘chqalarining 
terisi ostiga yoki qorin bo‘shlig‘iga yuboriladi. 5-10 kundan keyin limfadenit, so‘ngra tarqalgan 
infeksion jarayon yuzaga keladi va hayvonlar o‘ladi. 
          Serologik usulda  antigen va antitelolarni aniqlovchi KBR, agglyutinatsiya, bevosita 
agglyutinatsiya reaksiyalari  qo‘yiladi. 
         Allergik usulda 
organizmning mikobakteriyalar bilan infeksiyalan-gan-
infeksiyalanmaganligini aniqlash uchun foydalaniladi. Pirke reaksiyasi (teri ustiga) va Mantu 
reaksiyasi (teri orasiga) tuberkulin bilan aniqlanadi va infeksiyalangan kishilarda 48 soatdan so‘ng 
infiltrat, qizarish paydo bo‘lsa, reaksiya musbat hisoblanadi. 
         Profilaktikasi.  Sil bilan og‘rigan bemorlarni  o‘z vaqtida aniqlab, dispanser hisobiga olish. 
Odamlarni aktiv ravishda immunlash ham katta ahamiyatga egadir. 
         Fransuz olimlari Kalmett va Geren tomonidan qoramolga xos tipdagi sil mikobakteriyalarini 
13 yil davomida  glitserinli kartoshkali ozuqa muxitida o‘stirib, olingan tirik vaksina BSJ da  
foydalaniladi (lotincha BCG-Bacilla Calmette-Guerin).  Bu vaksina chaqaloq chap elkasining 
tashqi yuzasidagi teri orasiga   yuboriladi. 7 va 15-16 yoshda revaksinatsiya qilinadi
10
.     
         Patogen aktinomitsetlar.  Aksinomitsetlar bir hujayrali mikroorganizmlar bo‘lib, 
Actinomycetales va Actinomyceteceae oilasiga kiradi.  
         Aktinomitsetlar septasiz mitseliylardan, ya’ni shoxlanuvchi, ingichka, uzunligi 100-600 
mkm, ya’ni 1,0-2,5 bo‘lgan ipchalardan  iborat. Ular gramm usuli bilan musbat, umuman anilin 
bo‘yoqlari bilan yaxshi bo‘yaladi. Aksinomitsetlar spora hosil qilib, ipchalari mayda 
bo‘lakchalarga ajralib, kurtaklanib va bo‘linib jinssiz ko‘payadi.          
         O‘sishi. Aktinomitsetlar – fakultativ anaerob, ularning o‘sishi uchun 35-37
0
S qulay harorat 
hisoblanadi. 24 soatdan so‘ng qattiq muhit yuzasida mayda koloniyalar, 7-14 kundan so‘ng esa, 
yirik polimorf, silliq yoki g‘adir-budir kulrang sarg‘ish, yumshoq, bir xil oq, duxobaga o‘xshash 
koloniyalar hosil qiladi. Koloniyalar oziq muhitning ichiga kirgan va tashqarisida ham bo‘lishi 
mumkin. Koloniyalar havorang, jigarrang, qizil, yashil va boshqa rangda bo‘ladi. 
         Toksin hosil qilishi to‘liq o‘rganilgan emas. 
         Antigan tuzilishi.  Aktinomitsetlar hujayra devoriga antigenlar turiga xos bo‘lib, bu 
antigenning spetsifikligiga ko‘ra barcha aktinomitsetlar 5 ta seroguruhga bo‘linadi. 
                                                            
10
 
Microbiology : an introduction / Gerard J. Tortora, Berdell R. Funke, Christine L. Case. — Twelfth edition, 2016
 
 

73 
 
         Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Aktinomitsetlar qo‘y, echki va qoramollarda, cho‘chqa, 
ot, it, quyon va boshqa hayvonlarda surunkali kasallik keltirib chiqaradi. 
         Kasallikning odamlardagi patogenezi. Kasallik manbai quyon, echki va qoramollar, 
yovvoyi hayvonlar, it, cho‘chqa, ot, quyon, shuningdek tuproq o‘simliklari va boshqalar 
hisoblanadi. Organizmga kirgan aktinomitsetlar, shu joydan teri ostidagi biriktiruvchi to‘qimalar, 
muskullar orasidagi bo‘shliqlar hamda qon va limfa orqali tarqaladi. 
         Immuniteti. Kasallikni boshidan kechirgan bemor organizmida kuchli, turg‘un, uzoq davom 
etadigan immunitet hosil bo‘lmaydi, shu sababli kishi qayta kasallanishi mumkin. 
         Laboratoriya tashhisi.  
Aktinomikozda yaradan chiqqan yiringdan surtma tayyorlanadi. 
Yiring qandli bulonga (rN 6,8) qonli, zardobli go‘sht peptonli agarlarga, Saburo muhitiga aerob va 
anaerob sharoitlarda ekiladi va sof kultura ajratib olinib, kultural, biokimyoviy xususiyatlari 
identifikatsiya qilinadi. 
KBRsi bemor zardobi bilan qo‘yiladi. 
Aktinomitsetlarning ekstraktlari bilan teri allergik sinama qo‘yiladi. 
         Davosi va profilaktikasi. Bu kasallikni maxsus davosida aktinolizatlar, 6-8 ta shtammlardan 
tayyorlangan polivalent aktinomitset vaksina qo‘llaniladi. Kasallikning oldini olish uchun shaxsiy 
gigienaga qat’iy rioya qilish, teri va shilliq qavatlarni turli jaroxatlardan asrash, tomoq, og‘iz 
bo‘shlig‘i, tishlarni kasallanishdan saqlash kerak. 
         CHuqur blastomikozlarning qo‘zg‘atuvchilari. Vyptococcus neoformaus odamlarda 
chuqur blastimikoz kasalligini chaqiradi. Odamda o‘pka, miya, miya pardasi, ichak, teri, teri osti 
klechatka, limfa bezlari suyak sistemasini shikastlaydi. 
         Profilaktikasi. Umumiy va shaxsiy gigienaga rioya qilish kerak.  
      
      Foydalanilgan adabiyotlar 
 
1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,. 
Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina”    nashriyoti. 1979. 
2. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003. 
3. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 
1980. 
4. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po 
mikrobiologii. M., 1981. 
5. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983. 
6. Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo 
«Meditsina». 1984. 
7. Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987. 
 
 
12.Sodda patogen jonivorlar. (Bezgak, leyshmanioz).Zamburug’lar keltirib chiqaradigan 
infeksiya. (dermatomikozlar, kandidozlar) 
 
Tayanch iboralar:  C.albicans. C.tropicalis, C.pseudotropicalis. KBR, PGAR. 
KANDIDOZ QO‘ZG‘ATUVCHISI 
         Kandidozga Candida urug‘iga mansub achitqisimon zamburug‘lar sabab bo‘ladi. Kasallik 
qo‘zg‘atuvchisi dastlab 1983 yili Langenbak tomonidan kashf etilgan. Kandidalar bir hujayrali 
organizm bo‘lib, kurtaklanib ko‘payadi. Ular konidiy, askosporlar hosil qilmaydi, haqiqiy 
mitseliylari yo‘q, soxta metsiliylari ketma-ket kurtaklanish natijasida paydo bo‘ladi. Bu 
zamburug‘lar maxsus urug‘ni tashkil etib, 80 dan ortiq turni o‘z ichiga oladi, shulardan  20 tasi 
odamlarda kasallik keltirib chiqaradi. Bularga C.albicans, C.tropicalis, C.pseudotropicalis, 
C.krusei, C.gullermondi, C.parapsilosis va boshqalar kiradi. Bulardan asosan C.albicans, 
C.tropicalis kandidozga sabab bo‘ladi. Bu turni 1853 yili SH.Roben birinchi bor aniqlagan. 

74 
 
         Candida urug‘iga mansub zamburug‘lar dumaloq tuxumsimon yoki uzunchoq hujayralar 
bo‘lib, asosan kurtaklanib ko‘payadi. C.albicans xlamidosporalar hosil qiladi. Ularning 
zanjirsimon uzunchoq hujayralardan iborat soxta mitseliylari bor. 
         Achitqisimon zamburug‘lar aerob bo‘lib, oddiy muhitlarda 20-30 
0
S haroratda o‘sib, silliq 
koloniyalar hosil qiladi, ammo Saburo muhitida yaxshi ko‘payadi. 
         Kandidoz zamburug‘larining antigen tuzilishi murakkab, hujayra devoridagi glikoproteidlar 
turlarning antigen mahsusligini belgilaydi. Ko‘p turlari 6 ta serologik guruhga, C.albicans esa A, 
V, S mseroguruhlarga bo‘lingan. Candida urug‘iga zamburug‘lar tashqi muhitda keng tarqalgan 
C.albicans esa odam ichagining normal mikroflorasi hisoblanadi. 
         Candida urug‘iga mansub zamburug‘lar tashqi muhitga chidamli, quritilgan holda yillab 
saqlanadi. Dezinfeksiyalovchi vositalar 2-5 % li fenol, formalin, xloramin, lizol eritmalari tezda 
o‘ldiradi. Bu zamburug‘lar odamlarning og‘iz bo‘shlig‘i, me’da-ichak, siydik-tanosil a’zolarining 
shilliq qavatlarida yashaydi. Bundan tashqari, ular xo‘l mevalarda, sabzavotlar, ovqat 
mahsulotlari, chiqindi suvlar, idish-tovoqlar va buyumlarda ham bo‘ladi. 
         Kandidoz endogen va ekzogen yo‘llar bilan paydo bo‘lishi mumkin. U asosan endogen yo‘l 
bilan nimjon bolalarda, tashqi muhitning (namlikning ko‘pligi, terining ishqalanib turishi va 
boshqalar) nohush omillari ta’sirida paydo bo‘ladi, kasallik yaxshi dezinfeksiya qilinmagan 
vannalar orqali ham yuqishi mumkin. 
         Kasallikning ekzogen yo‘l bilan rivojlanishida makroorganizm reaktivligining pastligi, 
qo‘zg‘atuvchining miqdori va boshqa ikkilamchi mikroorganizmlar borligi muhim rol o‘ynaydi. 
         Candida ning har xil turlari o‘tkir va surunkali kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bunda 
ko‘pincha shilliq qavatlar zararlanadi. Bulardan achitqi stomatiti (og‘iz oqarishi) ko‘p uchraydi, u 
aksariyat yosh bolalarning og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini shikastlaydi. Avval shilliq qavat 
qizaradi, so‘ngra til, tomoq, lunjda ko‘plab mayda donachalarga o‘xshash karashlar paydo bo‘ladi. 
Keyinchalik  ular qo‘shilib, yirik, yaltiroq, oq, kulrang pardalarga aylanadi. Bu pardalar giflar va 
achitqisimon zamburug‘lardan iborat bo‘ladi. Kandidozning bu turi  chaqaloqlarda va bolalarda 
uchraydi. Kandidoz chaqaloqlarning dumbasi, chov sohasida, yuqori nafas va ovqat yo‘llarida, 
siydik-tanosil a’zolarida, markaziy nerv sistemasi va boshqa joylarida bo‘lishi mumkin. Bolalarda 
uchraydigan kandidozning 78% ini og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatlarining kandidozi tashkil etadi. 
         Antibiotiklarni o‘z biligicha qo‘llash ham organizmdagi normal mikrofloraning simbiozini 
buzadi, natijada disbakterioz rivojlanadi. Bu ichakda ayrim mikroblarning ko‘payib ketishiga yoki 
saprofit holatdan shartli patogen va patogen holatga aylanishiga sabab bo‘ladi. 
         Achitqisimon zamburug‘lar qo‘l-oyoq panjalari, chov va qo‘ltiq osti hamda tirnoq atrofidagi 
terini, lab, og‘iz burchaklaridagi shilliq qavatlarni, til, taloq, qizilo‘ngach va qinlarni oq pardalar 
hosil qilib, shikastlaydi. Kandidoz me’da-ichak, nafas yo‘llari, siydik-tanosil a’zolarini, ayrim 
hollarda nerv sistemasini ham zararlashi mumkin. Kandidozda o‘t yo‘li va tishlarning ham 
shikastlangani qayd etilgan. Bundan tashqari, kandidoz qo‘zg‘atuvchilari septitsemiyaga olib 
kelishi, buning oqibatida buyrak, o‘pka to‘qimalari, jigar va boshqa a’zolar shikastlanishi 
mumkin. Diabet bilan og‘rigan kishilarda kandidoz juda og‘ir kechadi.
11
 
         Laboratoriya tashhisini qo‘yish uchun avval mikroskopik usuldan foydalaniladi. Patologik 
materialni mikroskop ostida tekshirganda grammusbat dumaloq hujayralar bilan birga 
tuxumsimon va ovalsimon zamburug‘lar ko‘rinadi. 
         Bakteriologik usulda tekshirish uchun og‘iz bo‘shlig‘i, qin, uretraning shilliq qavatlaridan, 
balg‘am, o‘t, siydik, abssess moddasi, najas, teri va tirnoqlardan material olinadi va Saburo 
muhitiga ekiladi. Muhit betida 20-30
0
S haroratda ko‘p miqdorda koloniyalar paydo bo‘ladi. 
Ulardan sof kultura ajratib olinadi va uning asosiy biologik xususiyatlarini aniqlab, turi va zoti 
belgilanadi. 
         YAna serologik usuldan ham foydalanib, KBR, PGAR, kandidoz zamburug‘larining ma’lum 
kuluralaridan tayyorlangan antigenlar bilan pretsipitatsiya reaksiyalari qo‘yiladi. 
                                                            
11
 
Microbiology : an introduction / Gerard J. Tortora, Berdell R. Funke, Christine L. Case. — Twelfth edition, 2016
 
 

75 
 
         So‘nggi yillarda immunoflyuoressent usuli ham keng qo‘llanilmoqda. Biologik usuldan 
foydalanish uchun oq sichqon yoki quyonlarning vena qon tomiriga C.albicans, C.tropicalis 
kulturalari yuboriladi. Teri allergik sinamasi nisbatan kam ishlatiladi. 
         Kandidozli  bemorlarni davolash uchun avval disbakteriozni aniqlab olish lozim. SHuning 
uchun turli antibiotiklar berilmay. Balki maxsus preparatlar (nistatin, levorin, amfoglyukamin, 
amfoteritsin-V) va sulfademizinlar buyuriladi. Bundan tashqari, bemordan Candida kulturasini 
ajratib olib, o‘ldirib tayyorlangan autovaksina ham qo‘llaniladi. 
         Oldini olish. Asosan umumiy profilaktika o‘tkziladi, ya’ni kasallik manbaini aniqlab 
yo‘qotiladi, bemorni alohidalab kasallik o‘choqlari dezinfeksiya qilinadi.   
 
 
      Foydalanilgan adabiyotlar 
 
1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,. 
Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina”    nashriyoti. 1979. 
2. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003. 
3. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 
1980. 
4. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po 
mikrobiologii. M., 1981. 
5. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983. 
6. Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo 
«Meditsina». 1984. 
7. Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987. 
 
 
13. Patogen anaeroblar. Qoqshol, gazli gangrena, botulizm qo’zg’atuvchilari va  ularning 
biologik xusu siyatlari. 
 
Qoqshol 
 
Tayanch iboralar:  B.tetani. Kitt-Tarotsi. qattiy anaerob. 
`Qoqshol  –o‘ta og‘ir infeksion kasallik bo‘lib, odam tana muskullarining kuchli tortishib 
qolishi va vaqti vaqti bilan tirishib qolishi  ,markaziy nerv sistemasining shikastlanishi natijasida 
bemorda kuchli tirishish xolati o‘limgacha olib kelishi kuzatiladi. 
19 asrda birinchi bulib qoqshol xirurgik kasallik ekanligi aniqlangan.Kasallikning klinik 
belgilarini Gippokrat tomomnidan aniq o‘rganilib tariflab berilgan.Galen,AbuAli Ibn Sino 
tomonidan  va1883  yili  rus  xirurgi  N.D.Monastыrskiy  qoqshol  bilan  kasallangan  bemorning 
yarasidan tayyoqcha shaklidagi bakteriyalarni topgan.1884 yili yosh olim  Nikoloequyon va 
dengiz cho‘chqachalarining terisi ostiga turpoq yuborganida ularda kasallik alomatlarini 
aniklagan.1887 yilda Kitazato uzg‘atuvchining sof kulturasini ajratib oladi va 1890yilda antitoksik 
zardobni quyonlardan eksprement yo‘li orqali oladi.1923-1926 yillarda fransuz olimi  Roman 
uzoq izlanishdan sung 39-40 oS da formalin ta’sirida anatoksin ajratib oldi va kasallikni oldini 
olishda ishlatilishini yo‘lga quydi.Qoqshol qo‘zg‘atuvchilari tuproqda xayvon va odam najasi 
tushgan o‘ta iflos yoki unimdor tuproqlarda ko‘p miqdorda topiladi.Tropik va subtropik klimat 
zonalarda quzg‘atuvchilar  qo‘pligi aniklangan. CHorvadorlik va dexqonchilik bilan 
shug‘illanuvchi mamlakatlarda ,asosan Uzbekiston, Qirg‘iziston ,  Todjikiston ,Ukraina va 
Armeniya davlatlarida, saqlanishi va ko‘payishi uchun kulay sharoit   tuproqning   temperaturasi 
va rN xisoblanadi. 
 
Etiologiyasi va morfologiyasi.Qo‘zg‘atuvchi anaerob bakteriya bo‘lib,xarakatchan,ingichka uzun 
tayoqcha 4-8 mkm.Kapsula xosil qilmaydi va sporasi subterminal joylashgan grammusbat 
bo‘yaladi.Aerob sharoitda  tashqi muxitda qo‘zg‘atuvchi baraban shaklida yoki tenis raketkasiga 

76 
 
o‘xshash shaklda uchraydi.Bu shakli orkali uzoq saklanishi va tirik qolishi uchun qulay sharoit 
xisoblanadi. 
O‘sishi.Qo‘zg‘atuvchi qattiy anaerob bulib,Kitt-Tarotsi muxitida kuyka xosil kilib usadi.Kandli va 
konli ozik muxitlarida R-shaklidagi kaloniya xosil kiladi.Fermentativ faoliyati  jelatinni 
suyultiradi va sutni ivita oladi.Odam tana xaroratida va etarli namlik bulganida,suniy oziq 
muxitlarida bakteriya sporasi vegetativ formaga  aylana oladi.Tayoqcha shaklidagi vegetativ 
formasi tashqi muxitga nisbatan chidamsiz.Tayoqcha tanasi xivchin bilan peretrix koplangan bulib 
xarakat qila oladi.Vegetativ shakli qulay sharoitda kuchli ekzotoksin ishlab chikaradi.Toksin uz 
xususiyatiga qarab uch fraksiyaga bo‘linadi: tetonospazmin-(neyrotoksin) asosiy patologik xolatni 
keltirib chiqaradi,tetonogemolizin-qon eritrotsitlarini gemoliz qilish xususiyati,  to‘qimalarni 
o‘ldirib nektoz xolatiga keltiruvchi va toksin fagotsitlarning faoliyatini susaytiruvchi 
fraksiyalardir.Toksin protoin oqsil turkumiga kiradi, issiqlik ta’sirida, quyosh nuri ishqorli 
muxitlarda tez inaktivatsiya, ya’ni parchalanib ketadi.Oshqozon ichak trakti fermenti toksini 
parchalab tashlaydi va ichaklarda so‘rilish xususiyatiga ega emas. 
Epidemiologiyasi.B.tetani tabiatda keng tarqalgan.Tuproqda,yovoi va uy xayvonlari(qo‘y,ot,sigir 
quyon,sichqon) va odam (5-40%) ichaklarida doimiy va zararsiz xolatda vegetativ shaklari 
yashaydi.Lekin uning ishlab chiqargan zaxari toksin ichaklarda surilish xususiyatiga ega emas. 
Qo‘zg‘atuvchi odam yoki xayvon organizmiga faqat jaroxat orqali kirganidao‘z xususiyatini 
kursata oladi.SHuni xisobga olib bu kasallikni fakat urish paytida kuzatiladi degan xulosaga 
kelishgan.Xozirgi tinchlik paytida kasallik 80-86% qishloq xo‘jaligida ishlovchilarda ,vaqtida 
meditsina yordamiberilmaganda kuzatiladi.Kasallik asosan baxor va kuz oylarida kup 
uchraydi.SHunday qilib kasallikning manbai sog‘lom odam yoki xayvon va asosan tuproq 
xisoblanadi.  
Patogenezi.Qoqsholning kirish darvozasi bo‘lib jaroxat xisoblanadi.Qoqshol bemor travma 
olganida ,ochiq  suyak sinishi,kuyish,sovukda qolishi(otmorojeniya),in’eksiyada,tug‘ish 
paytida,operatsiya muolajasida yukishi mumkin,yallig‘lanish orqali ya’ni yotoq yaralar, rak 
kasalliklarida,frunkulda, va oxirgisi kirish darvozasi aniklanmagan.Organizmda vegetativ shakli 
asta sekin o‘z toksinini ajrata boshlaydi va u qon o‘tib pereferik nerv tolalaridan  konga suriladi.      
Orqa va uzunchoq miyaning retikulyar formatsiya uzagiga boradi,Afferent va efferent 
impulslarning ta’siri oshishi natijasida tanada tirishish  kuzatiladi.Asosan uta axamiyatli markaz  
nafas markazi vagus yadrosi shikastlanadi.O‘limning asosiy sababi asfeksiya xolati bo‘lib,yurak 
sistemasi parlichi,sepsis va pnevmaniya kuzatiladi. Kasallikni vaqtida davolansa,kasallikdan sung 
immunitet ya’ni ximiya kolmaydi, sababi juda kam miqdordagi toksinlar doza bo‘lgani uchun. 
Klinikasi.Kasallikni borishiga qarab umumiy (generilizovannaya) va maxaliy kurinishga 
ega.YAshirin davri o‘rtacha 5-14 kun bo‘lib, kasllik o‘tkir, to‘satdan boshlanadi.Ba’zida 
prodromal davri qisqa ,umumiy xolsizlanish,jaroxatning sanchib  og‘rishi kuzatiladi.Birinchi 
belgilaridan biri trizm ,ya’ni chaynov muskullarinig kuchli qisqarishi kuzatiladi.Bemor og‘zini 
ocha olmaydi , sardonik kulgi bu yolg‘on kulgi deb xalk orasida aytiladigan xolat bilan trizm 
qo‘shilib ketadi.Disfagiya yutishning kiyinlashuvi bulib bemor yutira olmaydi.Bu 3 ta simptomlar 
kasallikning boshlang‘ich   ko‘rinishi xisoblanadi.Asta sekinlik bilan tirishish kurak va qorin 
muskulari tirishishi kuzatiladi, bu xolat bemor yurak to‘xtashi yoki nafas tuxtashiga olib kelishi 
kuzatiladi.Kasallik vaqtida davolansa ko‘pincha asorati pnevmaniya kuzatiladi.Kayta kasallanish 
kamdan kam kuzatiladi.
12
 
Laboratoriya diagnostikasi.Kasallikning klinik simptomlari diagnoz quyishga yordam 
beradi.Bakterioskapik,biologik va bakteriologik tekshirish yaxshi natija beradi.   
Profilaktikasida jaroxatga ishlov berilgandan sung, qoqsholga qarshi antitoksik zardob, anatoksin 
yuboriladi.Maxsus immunoglobulin yaxshi natija beradi.Antibiotiklardan foydalaniladi. Maxsus 
profilaktikasida bolalarga AKDS,ADS-m vaksinalari qilinadi. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar 
 
                                                            
12
 
Microbiology : an introduction / Gerard J. Tortora, Berdell R. Funke, Christine L. Case. — Twelfth edition, 2016
 
 

77 
 
1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,. 
Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina”    nashriyoti. 1979. 
2. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003. 
3. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 
1980. 
4. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po 
mikrobiologii. M., 1981. 
5. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983. 
6. Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo 
«Meditsina». 1984. 
Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987 
 
14. Patogen  zoonoz o’ta xafli bakteriyalar. Kuydirgi, vabo qo’zg’atuvchilari 
 
Tayanch iboralar:  O‘lat. Sibir yarasi (kuydirgi). Brutsellez 
 
O‘lat  (toun) qo‘zg‘atuvchisini A.Iersen 1894 yilda topgan. Uning shakli tuxumsimon 
bo‘lib, kattaligi 1-2 mk keladi, ikki uchlari yaxshi bo‘yaladi. Spora va xivchinlari yo‘q; qonli 
qo‘shilgan muhitlarda yaxshi o‘sadi va kapsula hosil qiladi. Koloniyasi to‘qilgan ro‘molchaga 
o‘xshash bo‘ladi (R - koloniyasi). GPBda parda va stalaktitga o‘xshash osilgan ipchalar shaklida 
o‘sadi. Kuchli ekzotoksin («sichqon zahari») va agressiv fermentlar ishlab chiqaradi.  
O‘zbekistonda chumaning tabiiy manbalari bor: cho‘lda yashovchi kemiruvchilar, 
kalamushlar, yumronqoziqlar, dala sichqonlari, qo‘sh oyoqlar, sug‘urlar va h.k. Burgalar 
kasallikni doimo tabiatda kemiruvchilar orasida tarkalishiga sabab bo‘ladi. Odam bu kasallikka 
juda ham moyildir. Tabiiy sharoitda tuyalar, mushuklar ham kasallanadi. Agar zararlangan 
burgalar  chaqsa, odamda teri-bubonli formasi kelib chiqadi; nafas yo‘llari orqali o‘pka formasi, 
og‘iz orqali ichak formasi, qonga tushganda septik formasi kelib chiqadi. 
Laboratoriya tekshirishida chumaga qarshi kostyum kiyib, maxsus instruksiya asosida 
quyidagi materiallar olinadi: yaradan, bubondan olingan suyuqlik, yiring, o‘pkadan balg‘am, 
ichakdan olingan material yoki najas, septik formasida qon olib tekshiriladi. Mikroskopik usulda 
surtma tayyorlab, Gram usulida yoki metil ko‘ki  bilan bo‘yaladi. Mikroskop ostida ikki qutblari 
yaxshi bo‘yalgan tuxumsimon shakldagi bakteriyalar ko‘rinadi.  
Mikrobiologik usulda olingan material oziqli muhitga ekilib, toza kulturasi ajratiladi, 
chuma bakteriofagi bilan lizis bo‘lishi aniqlanadi.  
Biologik usulda  –  dengiz cho‘chqasining yungi olingan terisiga tekshiruv materiali 
ishqalanadi. Ular 3-5 kun ichida kasallanib o‘ladi; ularning ichki a’zolaridan toza kulturasi 
ajratiladi. 
Davolashda streptomitsin va boshqa antibiotiklar ishlatiladi.  
Profilaktikasi – maxsus chumaga qarshi stansiyalar otryadlari kasallangan kemiruvchilarga 
qarshi ishlar olib boradi. Hozirgi vaqtda chuma qo‘zg‘atuvchisining tirik EV –  vaksinasi ishlab 
chiqilgan bo‘lib, u teri ostiga yuboriladi. 1 yilgacha immunitet qoladi. 
Yüklə 3,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin