O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi



Yüklə 3,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/39
tarix19.02.2020
ölçüsü3,12 Mb.
#30485
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39
mikrobiologiya fanidan oquv uslubiy majmua


Sibir yarasi  (kuydirgi) qo‘zg‘atuvchilari –  batsillatsea oilasiga kiradi. SHakli 
tayoqchasimon, ikki uchlari qirqilgan, zanjircha shaklida joylashadi; Markaziy spora va kapsula 
hosi qiladi, harakatsiz GPAda meduza boshiga o‘xshash ipsimon g‘adir-budir koloniya hosil 
qiladi. GPBda paxta parchasiga o‘xshash cho‘kma hosil qiladi. GPJni to‘ntarilgan archaga o‘xshab 
parchalaydi. 
Kuydirgi tayoqchasi sporalari tuproqda uzoq vaqt saqlanadi. Tabiiy sharoitda o‘txo‘r 
hayvonlar kasallanadi; ulardan go‘shti, terisi va boshqa mahsulotlari orqali, hamda kontaktda 
bo‘lganda yuqadi. Ko‘pincha chorvadorlar, zooveterenarlar, qassoblar kasallanadi. Kasallikning 
teri, o‘pka, ichak va septik formalari bo‘ladi.  
Tekshirish uchun kasallardan karbunkul suyuqligi, balg‘am, najas va qon olinadi. 
Tekshirish maxsus reglament asosida olib boriladi; ehtiyot choralari ko‘riladi. Tekshiruv 
materialidan surtma tayyorlab, Gram usulida bo‘yaladi. Surtmada zanjircha shaklida joylashgan 
tayoqchasimon bakteriyalar ko‘rinadi. 

78 
 
 Bakteriologik usulda material oziqli muhitlarga ekiladi, toza kulturasi ajratilib, 
identifikatsiya qilinadi. Biologik usuda material oq sichqonlarga yuborilib tekshiriladi. Allergik 
usulda teri ichiga «antraksin» yuboriladi, infiltrat va qizarish bo‘ladi. Teri va junda kuydirgi 
sporalarini aniqlash uchun Askoli pretsipitatsiya reaksiyasi qo‘yiladi (2 – mashg‘ulotga qarang).  
Davolash uchun antibiotiklar, sibir yarasiga qarshi gammaglobulin va boshqa dorilar 
ishlatiladi. Maxsus profilaktikasida tirik kuchsizlantirilgan STI vaksinasi ishlatiladi. O‘lgan 
hayvonlar kuydiriladi, kamida 2-3 metr chuqurlikda dizenfeksiyalovchi moddalar bilan ishlov 
berib ko‘miladi.  
Brutsellez qo‘zg‘atuvchilari. 
Brutsellez qo‘zg‘atuvchisini 1887 yilda D.Bryus Malta orollarida o‘lgan askarlar 
talog‘idan topgan. Brutsellalar kokkobakteriyalar shaklida, 0,5-1 mk kattalikda bo‘ladi, spora, 
kapsula hosil qilmaydi, harakatsiz, grammanfiy bakteriyalardir. Ularning bir necha turi bo‘lib, 
odamga asosan qo‘y-echkilar turi (Brucella melitensis – 85-90%) qoramol turi (Brucella abortus – 
5-7%) va cho‘chqa turi (Brucella suis – 3-5%) kasallik chaqiradi. 
Brutsellez qo‘zg‘atuvchilari jigar, qon zardobi qo‘shilgan muhitlarda, tovuq tuxumi 
embrionida sekin (15-20 kunda) o‘sadi. Qoramol turini ajratish uchun 10% li SO
2
  qo‘shilgan 
oziqli muhitlar ishlatiladi.  
Brutsellalar o‘zaro N
2
S hosil qilishi, bo‘yoq moddalarda o‘sishiga qarab va antigen 
tuzilishiga ko‘ra farq qiladi. M –  antigeni melitenzis turiga, A –  antigen abortus turiga xosdir. 
Brutsellalar endotoksin va aggressiv fermentlar ishlab chiqaradi. Kasallik manbai kasal qo‘y – 
echkilar, qoramollar va cho‘chqalar hisoblanadi. Ulardan axlati, siydigi, abort bo‘lgan material iva 
qin ajratmalari bilan ajraladi. SHuningdek, ularning sut va go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilganda, 
yaqin kontaktda bo‘lganda yuqadi. Brutsellez kasb kasalligidir: asosan chorvadorlar, sut 
sog‘uvchilar, zooveterenarlar, qassoblar, molboqarlar kasallanadi. Organizmga kirgan brutsellalar 
limfoid-makrofagal qon ishlab chiqaruvchi organlarda ko‘payib, harakat-tayanch va nerv 
sistemasini zararlaydi. 
Bakteriologik tekshirishda qon (gemokultura uchun), suyak iligi (mielokultura), siydik, sut 
olib ekiladi.  
Serologik tekshirish uchun qon zardobidagi agglyutininlarni Rayt va Xeddlson 
reaksiyalarini qo‘yib aniqlanadi. Brutsellin bilan Byurne teri allergik sinamasi o‘tkaziladi. 
Davolash uchun levomitsetin va boshqa antibiotiklar qo‘llaniladi, vaksinaterapiya yaxshi 
natija beradi.
13
  
Profilaktikasi. Kasal qo‘y-echkilar, qoramollar va cho‘chqalarni alohidalanadi, veterenariya 
nazorati ostiga olinadi; ularni alohida qushxonalarda so‘yiladi va termik obrabotka qilinadi. Sut 
mahsulotlariga ham termik ishlov beriladi, pishloqlar 1 oydan so‘ng ishlatiladi. Qoramol va qo‘y 
echkilar vaksinatsiya qilinadi. Odamlarni tirik, kuchsizlantirilgan VA
19
  shtammdan tayyorlangan 
vaksina bilan emlanadi. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
 
1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,. 
Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina”    nashriyoti. 1979. 
2. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003. 
3. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 
1980. 
4. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po 
mikrobiologii. M., 1981. 
5. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983. 
6. Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo 
«Meditsina». 1984. 
Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987 
 
                                                            
13
 
Microbiology : an introduction / Gerard J. Tortora, Berdell R. Funke, Christine L. Case. — Twelfth edition, 2016
 
 

79 
 
 
15.Patogen spiroxetalar. Zaxm, qo’zg’atuvchilari. Mikrobiologik xususiyatlari. 
Rikketsiozlar. Toshmali tif qo’zg’atuvchilari. 
 
Tayanch iboralar:  Spiroxeta. Vasserman reaksiyasi. 
 
 
Spiroxetalar xemogeterotraf hujayralar bo’lib,  o’zlariga tuzilishi va xarakatlari bilan tubdan 
boshqa bakteriyalardan farq qiladi. Xujayraning shakli spiralsimon bo’lib,  o’ta bukiluvchandir. 
Spiroxetalarning uzunligi 5-500 mkm bo’lib, tanasining diametri nixoyatda ingichkadir -0,6-0,1 
mkm. 
SHuning uchun xam spiroxetalar bakteriyalar ushlanib qoladigan bakterial filtrlardan o’tib 
ketadi. Spiroxetalarning tanasining diametri juda kichik bo’lganligidan oddiy mikroskoplarda 
ko’rish juda qiyin, shuning uchun fazoli kontrast mikroskopida yoki qorongilashtirilgan maydonda 
ko’rish mumkin. 
Spiroxetalarning tuzilishida 3 ta asosiy kompanentlari bor:  
SHrotoplazmatik silindr. 
O’qsimon fabrila. 
Tashqi  qobiq. 
Nukleoid–DNK. 
Proteplazmatik silindrning ustidan o’q ip fabrilla aylanib o’rab turadi. O’q ipning bir uchi 
xujayraning bazal membranasiga -  blefaro-plastlarga birikkan bo’lib, ikkinchi uchi esa erkin 
xolatda turadi. O’q ip fibrillani soni spiroxetalarning turiga bogliqdir. 
Spiroxetalar tashqi muxitda keng tarqalgan: suvlarda, odam va xayvon organizmining normal 
mikroflorasida va boshqa joylarda saprfit xolda uchrashi mumkin. Spiroxetalarning patogen turlari 
xam uchrab bularga zaxm, qaytalanma tif, leptospiroz qo’zg‘atuvchilari kiradi. Spiroxetalarning 
5ta avlodi tafavud qilinadi. 
Spiroxetalar oddiy ko’ndalang bo’linish yo’li bilan ko’payadi. Spora va kapsula xosil 
qilinmaydi. Spiroxetalar ba’zi ta’sirlar natijasija mutsinsimon qobiq bilan o’ralib sistalar x/q 
qiladi. Sista organizmda uzoq yashaydi. 
Zaxm qo’zg‘atuvchilari – Treponema pallidumni 1905 yilda nemis olimlari F.SHaudin va 
Goffmanlar ochishgan. Zaxm qo’zg‘atuvchilari oziqli muhitlarga qiyin o’sadi: asosan quyon 
zardobi va quyon miyasi, assit qo’shilgan muhitlarda anaerob sharoitda (Aristovskiy – Gelser oziq 
muhitida)  o’sadi; lekin bu usul zaxmning laboratoriya diagnostikasida ishlatilmaydi. Zaxm 
treponemalarini quyon moyagiga yuborib o’stirish mumkin. To’qima kulturalarida zaxm 
qo’zg‘atuvchilari  o’z patogenligi va virulentligini yo’qotadi. Tashqi muhit sharoitiga 
chidamsizdir: 45-48
0
S da 10 minutda o’ladi; suyuq oziq muhitlarda 25
0
Sda 3-6 kun, qonda +4
0
Sda 
1 kun saqlanadi. Ammo, sovuq sharoitda kiyim-kechak to’qimalarida 50 kungacha saqlanadi. 
 
15.1-rasm 
 
 Zaxm  qo’zg‘atuvchilarining bioximik va antigen xossalari sust rivojlangan. Uning 
tarkibida endotoksin moddalari, lipid va polisaxarid komplekslari bor. Ular ta’sirida kasal odamda 
nosteril immunitet hosil bo’ladi. Bu immunitet odamni zaxm bilan qayta og‘rishdan saqlamaydi. 
Zaxm kasalligi antroponoz (faqat odamga xos) kasallikdir. Kasallik manbai kasal odam 
hisobalanadi. Kasallik asosan bevosita jinsiy aloqa orqali yuqadi. Kam hollarda kasal ishlatgan 
buyumlar orqali yuqishi mumkin (maishiy yo’l bilan yuqishi hozir kamdan – kam uchraydi). 1905 
yilda I.I.Mechnikov maymunlarga yuqtirib, eksperimental zaxm chaqirgan. Erkak quyonlar 

80 
 
moyagiga bu mikrobni yuborib, eksperimental orxit chaqirish mumkin. Zaxm qo’zg‘atuvchilari 
kasal onadan homilaga yo’ldosh orqali ham yuqadi.  
Zaxmning yashirin davri 21-25 kun bo’lib, treponemalar kirgan joyda qattiq shankr paydo 
bo’ladi. Bunga birlamchi zaxm deyiladi. Bunda zaxm qo’zg‘atuvchilari chov sohasidagi limfa 
bezlariga  o’tib, 7-10 kundan so’ng limfoadenit chaqirishi mumkin. Bu davrda qattiq shankrdan 
(yaradan) qovuzloq bilan qitiqlab to’qima suyuqligi olinadi va treponemalarning harakati 
kuzatiladi; surtma tayyorlab Romanovskiy  –  Gimza usulida bo’yab ko’riladi. SHuni aytish 
kerakki, yara bir necha kundan so’ng bitib ketadi. Bu davrni birlamchi seronegativ davr deyiladi. 
Vasserman reaksiyasi manfiy bo’ladi (reaksiyaga keyinroq batafsil to’xtalamiz). 1 oydan so’ng 
(to’rtinchi  haftadan boshlab) Vasserman reaksiyasi musbat natija bera boshlaydi. Buni birlamchi 
seropozitiv zaxm deyiladi.  
Bemor agar yaxshilab davolanmasa, 6-7 haftadan so’ng treponemalar qonga o’tib butun 
organizmga tarqaladi va kasallikning  ikkinchi davri rivojlanadi.  Bunda shilliq pardalarda, terida 
har xil toshmalar (donacha, papula, pustulalar) hosil bo’ladi. Bu 3-4 yil davom etadi. Buni 
generalizatsiya davri ham deb ataladi. Agar bemor davolanmasa 3-davr gummoz davri rivojlanadi. 
Bunda terida, burun tog‘aylarida, suyaklarda va ichki a’zolarda gummalar, granulyomalar paydo 
bo’lib, ularning funksiyasini buzadi. Bu davrda kasallar qisman yuqumli bo’lishi mumkin (m: 
og‘izdagi yoki jinsiy a’zolardagi gummalar).  
YAxshi davolanmagan bemorlarda 8-15 yildan so’ng neyrosifilis (bosh miya zaxmi, orqa 
miya so’xtasi) rivojlanib, bemorda esipastlik, falajlanishlar kelib chiqadi.  
Bolalarda tug‘ma zaxm kasalligi erta tug‘ma zaxm va kech tug‘ma zaxm ko’rinishida 
bo’ladi. 
Laboratoriya diagnostikasi. Bakterioskopik usulda tekshirilganda asosan kasallikning 
birinchi davrida shankrdan suyuqlik olib, surtma tayyorlab, Romanovskiy – Gimza usulida bo’yab  
ko’riladi; treponemalar harakatini kuzatiladi. SHuningdek, toshmalardan gummalardan, 
kandiloma, yaralardan va orqa miyadan material olib, bakterioskopik usulda tekshirish mumkin. 
Asosiy usul –  serologik diagnostikasi hisoblanadi. Bular nospetsifik va spetsifik 
reaksiyalarga bo’linadi. Birinchisiga Vasserman reaksiyasi va uning modifikatsiyalari, hamda Kan 
va sitoxolat reaksiyalari kiradi. Spetsifik reaksiyalarga treponemalarni bemor qon zardobi 
immobilizatsiya reaksiyasi va vositali immunoflyuoressensiya reaksiyalari kiradi.  
Vasserman reaksiyasi KBR reaksiyasiga asoslangan bo’lib, maxsus antigen o’rniga xo’kiz 
yuragining lipoidli ekstrakti (nomaxsus kardiolipin antigeni) ishlatiladi. Reaksiyani qo’yish  
texnikasi 2- mashg‘ulotda berilgan. Kan va sitoxol reaksiyalari buyum oynachalarida qo’yiladigan 
flokulyasiya reaksiyasining modifikatsiyalari bo’lib,ular kasal qoni va kardiolipin –  letsitin  – 
xolesterin antigeni bilan qo’yiladi. Immobilizatsiya reaksiyasi esa quyon moyagidan olingan 
harakatchan treponemalar bilan kasal qon zardobini aralashtirib, ularning harakatini to’xtashiga 
asoslangan usuldir. Immunoflyuoressensiya usulida esa adsorbsiyalangan kasal zardobi bilan 
treponemalarning Rayter shtammi va flyuoressein bilan nishonlangan zardobni aralashtirib, 
lyuminessent mikroskopda ko’riladi. 
Davolashda penitsillin, bitsillin, ekstitsillin va boshqa ximioterapevtik preparatlari 
ishlatiladi. Bulardan tashqari simob, vismut m
ыshyak preparatlari va boshqa dorilar qo’llaniladi.
14
 
Profilaktikasi. Maxsus vaksinasi ishlab chiqilmagan bo’lib, boshqa venerik kasalliklarni 
profilaktikasiga o’xshab, fohishabozikka qarshi kurash, bemorlarni aniqlab, 100% gospitalizatsiya 
qilib, majburiy davolash, kasallik manbaini aniqlab uni sanatsiya qilish va h.k.   
                                                            
14
 
Microbiology : an introduction / Gerard J. Tortora, Berdell R. Funke, Christine L. Case. — Twelfth edition, 2016
 
 

81 
 
 
    
 
15.2-rasm 
 
  Xlamiydilar obligat xujayra ichidagi organizmlar bulib, xar xil xlamidioz kasalliklarning 
kuzatuvchisi xisoblanadi. Bularga troxoma va ornitoz kiradi. Traxomada kuzda yalliglanish 
protsessы ketadi, ornitozda esa pnevmaniya keltirib chikaradi. 
Xlamiydilar dumalok formada (0,30-0,45 mkm) 50-500 nm kattalikda buladi. 
Makrofagda va retikuloendotelial xujayralarda uchratishimiz mumkin. Xlamiydilar asosan 
xujaini kushlar xisoblanadi. Xlamiydilar uzida DNK va RNK tutadi va uzlaridan murom kislotasi
folievaya kislota, D-alaninlar ajratib chikaradi. Xlamiydilar fakat tirik xujayrada usadi, ularni 
tovuk embrionida , tukima kulturasida ustirish mumkin. Gr (-) buyaladi. 
 
Rivojlanishda 3 ta stadiya tafov. kil. 
1. 
mayda elementlar tanachalar xosil bulishi 0,2-0,4 mkn. Uzida nukleoid gepatit 
materialini va ribosomalar tutadi. 3 kavat kobik bilan uralgan. 
2. 
Birlamchi tanachalar xosil bulishi va ribosomalar elementlar uzida tutadi. Bulinish yuli 
bilan kupayadi. 
3..Oralik stadiya - birlamchi va elementlar tanachalar xosil bulishi stadiyasi urtasidagi stadiya 
bulib, bunda birlamchi va elementlar tanachalar tafavut kiladi. 
Birlamchi tanachalar vegetativ funksiyani bajaradi. 
Romanovskiy-Gimza  usulida buyab, lyuminessent va elektron mikroskoplarda urganish 
mumkin. 
Mikoplazmalar Mollicutes ( yumshok teri) sinfiga, Micoplasmaceae oilasi kiradi. Juda mayda 
100-200 nm polimorgf mikr-zmlardir. Bular uzlari mustakil kupayish xususiyatiga ega. Ularda 
xujayra devori bulmaydi. Fakt 3 kavatli sitoplazmatik mebranasi buladi va tashki tomondan 
kapsulaga uxshab urab turadi. Bularning genomi bakteriyalarning genomidan m: E. coli 
genomidan 4-  marotaba kichik, lekin mustakil kupayish xususiyatiga ega. Sitoplazmada 
kiritmalar, ribosomalar, DNK va RNK buladi. 
Mikoplazmalar birinchi marotaba yirik shoxli koramollarda plevropnevmoniya keltirib 
chikarganligi aniklangan. 
Morfologiyasi: Juda mayda kokksimon xujayralar bulib, membranali filtrdan utib ketadi, oddiy 
bulinishi yuli bilan kupayadi. 
Bakteriyalardan farki: 
xujayra devorining yukligi 
ular fakat izotonik eritmalarda va gipertonik muxitlarda usadi. Usish faktorlari -  purin, pirimidin, 
lipedli ozik muxitlarni talab kiladi. Xayvonlarda yukori nafas yullarining shillik   kavatida 
uchraydi. 
Parozitlari upkani yalliglaydi. Spora xosil kilmaydi, xarakatsiz, Gr  (-) bo’yaladi. Birinchi 
marotaba L.Paster aniklangan. Tuprokda, suvlarda uchrashni mumkin. Patogen va patogen 
bulmagan turlari mavjud. Fakultativ anaerob. Konli agarda gemoliz xosil kiladi. Gemolizin ajratib 
chikaradi. Mikoplazmalarning bu xususiyatini konli agar 
 
Foydalanilgan adabiyotlar 

82 
 
 
1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,. 
Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina”    nashriyoti. 1979. 
2. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003. 
3. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 
1980. 
4. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po 
mikrobiologii. M., 1981. 
5. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983. 
6. Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo 
«Meditsina». 1984. 
Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987 
 
 
 
16.Virusli kasalliklar. (Gripp, qizamiq) 
 
Tayanch iboralar:  D.I.Ivanovskiy. Gripp, paragripp, qizomiq, epid paratit. 
 
 
Viruslar podsholigiga umumiy xarakteristika. Viruslarni tabiatdagi hayotning alohida 
formasi ekanligi. toksonomiyasi, klassifikatsiyasi (oilasi, avlodi, turi va tiplari) va o’lchami, 
formasi, tuzulishi, simmetriya tiplari, ximiyaviy tarkibigni, ko’paytirish usullari. 
     Orto va paromiksoviruslarni, toksonomiyasi va klassifikatsiyasi va ularning umumiy 
xususiyatlari. Gripp, paragripp, qizomiq, epid paratit va RS –  viruslarning  o’lchami, formasi, 
tuzulishi, simmetriya tiplari, ximiyaviy tarkibi, ko’paytirish usullari va ularni bir-birlaridan 
faqlanishi, ximik va fizik faktorlarga rezistenligi. 
 
Gripp, paragripp, qizomiq, epid paratit va RS - viruslarining patogenezi, klinik ko’rinishi, 
immuniteti . Gripp, paragripp, qizomiq, epid paratit va RS–viruslarning virusologik diognostikasi, 
maxsus profelaktikasi va etiatrop terapiyasi. 
 
Viruslarni klassifikatsiyasi 
Nomlanishi (nomenklatura) -  ko’pchilik viruslarni nomlashda ular chaqirgan kasalliklar 
(gerpis virus) yoki virus birinchi ajratib olingan joy (koksani virusi) kamrok xollarda ajratib olgan 
olimlar nomi (Epistayn Barr virusi) qo’llaniladi., yoki ularni epidemiologik tavsili (arboviruslar) 
ishlatilishi mumkin. 
Toksonomiyasi (kriterii). 
Nulein kislotalarni gomologligi. 
Morfologiyasi, o’lchami va formasi. 
Tashki kobigini bor yo’kligi. 
Nukleokapsidni simmetriya tillari. 
Nuklein kislotalarni tiplari. 
Xozirgi kunda nuklein kislotalar turiga qarab klassifikatsiya qilish ko’p tarqalgan: 
1. DNK saqlovchi viruslar. 
2. RNK saqlovchi viruslar. 
Viruslarni o’lchami, morfologiyasi asosiy xususiyatlari. 
Viruslarni razmeri bir-birlarida juda katta farq qilib, xar-xil razmerlari uchraydi. 8-10nm 350-
400 nm gacha bo’lishi mumkin. Viruslari razmerlarini aniqlashda kuyidagi usullar ko’llaniladi: 
Xar-xil razmerli maxsus filtrlar yordamida, ultrafiltratsiya kilish usuli bilan 
Ultratsentrifuga qilishdan foydalanish (25000, 30000, 80000 oborotda). Bu usulda viruslar 
razmerlariga qarab cho’ka boshlashadi. (sedimentatsiya). 
Virionlarni suyuqliklarda diffuziya qilish yo’li orqali aniqlash. 
Elektron mikroskop orqali rasmga tushirish yo’li bilan. 

83 
 
5.   Turli gistoximik yo’llar orqali (bo’yash va niyli razmerini aniqlash). Odatda kasallik 
chaqiruvchi viruslarni eng kichigi enteroviruslardir. (17- 25nm), o’rtachasi grippp virusi (100-200 
nm), eng kattasi chinchechak virusi (250-300 nm). 
Viruslarni morfologiyasi, strukturasi. 
Viruslarni shakli jixatidan bir necha gruppalarga bo’linadi: 
SHarsimon-gripp, paragripp, yapon ensefalit viruslari va boshqa viruslar. 
Tayoqchasimon-tamaki bargini kasalligini chaqiruvchi virus, kartoshkada kasallik chaqiruvchi 
virus. 
Ipsimon - gripp virusi. 
O’qsimon - qutirish kasalligini virusi. 
Kubayidal formada - chinchechak virusi. 
Snermatazoid shaklidagi viruslar-bakteriofaglar va tuban o’simliklarda yashaydigan viruslar. 
Viruslarning katta-kichikligiga va turli shaklga ega bo’lishidan qat’iy nazar ularni tuzilishida 
ikkita asosiy komponent qatnashadi. Nuklein kislotasi va oqsil. Nuklein kislotasining tashqi 
tomonidan oqsil parda o’rab turadi, «kapsid» deb ataladi yoki nuklein kislotasi bilan birikib 
nukleokapsidni xosil qiladi. Ba’zi xollarda virus faqat nuklein kislotasi bilan oqsildan iborat 
bo’lib, «yolangoch» virus deb ataladi. (bularga tamaki bargi kasalligini virusi, adenoviruslar 
kiradi) Ikkinchi xil viruslar yopqich qavatli, ya’ni ustki tomondan yana bir oqsil qavat bo’lishi 
mumkin, buni superkapsidli yoki murakkab tuzilishli viruslar deb ataladi. 
Viruslarni ximiyaviy tarkibi. 
Viruslarni tuzilishiga qarab ularning ximiyaviy tarkibi xam o’zgaradi. Oddiy tuzilishga ega 
bao’lgan viruslarning tarkibiga nukleoproteidlar, nukleokapsid, nuklein kislotasi bilan (RNK - 
DNK) va uning o’rab turuvchi oqsillardan iboratdir. 
Murakkab tuzilishga ega bo’lgan viruslarni  ximiyaviy
 
tarkibi yuqorida ko’rsatilgandan 
tashqari superkapsid maxsulotlari oqsil, yog uglevodlar va fermentlardan iborat bo’ladi. Bularni 
asosiy kelib chiqishi xo’jaiyn xujayra membranasi tarkibiga o’xshaydi. 
Viruslarning nuklein kislotalari,  xamma tirik organizmlar  singari  2 tipdagi nuklein kislotalar 
bo’lib, DNK va RNK. Dan iboratdir. DNK ikki ipli molekulada bo’lib, RNK bir iplidir. 
Viruslarda esa boshqa xayvonlarning nuklein kislotalaridan farq qilib faqat RNK yoki DNK 
saqlashi mumkin. Ulardagi DNK va RNK bir ipli yoki ikki ipli dumaloq va lineyli bo’lishi 
mumkin. Virus oqsillari 50 dan 90% bo’ladi. 2 tipdagi oqsillar uchraydi. 
Struktura oqsillari. 
Strukturaga ta’luqli bo’lmagan oqsillar. 
Struktura oqsillariga. 1)kapsid oqsillari. 2)superkapsid oqsillari. superkapsid oqsillarini 
(glinoprotend). 
Strukturaga ta’luqli bo’lmagan oqsillarga RNK va DNK molekulalarini sintezida qatnashuvchi 
fermentlar. 
oqsil regulyatorlar. 
virus fermentlari kiradi. 
YOglar asosan murakkab tuzilishga ega bo’lgan viruslarda uchraydi 1,5-57% bo’lishi mumkin. 
Asosan superkapsid tarkibida uchraydi. 
RNK tashuvchi viruslarda yoglar 15-dan 35% quruq vaznini tashkil qiladi. Uglevodlar 
umumiy virusning quruq ogirligini 10-13% tashkil qiladi. Glikoprotoin, glikolipid  ko’rinishida 
uchraydi. Xujayin xujayrasi membranasi tarkibiga o’xshaydi. 
Ba’zi bir viruslarda fermentlar topilgan. Mana shu fermentlar yordamida viruslar xujayrani 
yuzasiga yopishishi va uning ichiga kirish mumkin. Bunday fermentlarga: gemagglyutinin, 
neyraminidaza, transkriptaza va boshqalar kiradi. 
Viruslarning fermentlari ikki gruppaga bo’linadi: Birinchi gruppasiga virion tarkibida 
uchraydigan fermentlar. Ikkinchi gruppasiga esa viruslarning xujayrada ko’payish jarayonida 
ishlab chiqariladi. 
Viruslar obligat hujayra ichi parazitlari bo’lib, ularni birinchi marta rus botanigi 
D.I.Ivanovskiy ochgan. Viruslarning o’lchamlari juda mayda, ular hatto chini filtrlardan ham 
o’tish xususiyatiga ega (millimikron yoki nanometr bilan o’lchanadi). Mayda viruslar 8-25 nm (m: 
poliomielit virusi), o’rtacha kattalikdagi viruslar 80-120 nm (m: gripp, quturish kasalligi virusi), 

84 
 
katta viruslar esa 250-300 nm (m: chin chechak virusi, chechak vaksinasi virusi) o’lchamga ega. 
Ularning hujayra ichidagi parazitik shakliga virus, hujayradan tashqaridagi shakliga esa virion 
deyiladi. Har qanday virionda nukleoid bo’lib, unda faqat 1 ta nuklein kislotasi (DNK yoki RNK) 
bo’ladi. Nuklein kislotasi spiral shaklda bo’lib, uni  oqsil parda (kapsid) yoki oqsilli lipid parda 
Yüklə 3,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin