PIKARNOVIRUSLAR OILASI (Picarnoviriadae)
Pikarnoviruslar oilasi katta guruh viruslardan tashkil topgan bo’lib, odam va hayvon
organizmini shikastlaydi.
Oilaning nomi – pico – mayda rha – RNK so’zidan olingan bo’lib, sodda tuzilishga ega
bo’lgan viruslardir.
Pikarnoviruslar mayda RNK tutuvchi viruslar bo’lib, diametri 24 – 30 nm ni tashkil etadi.
RNK kapsid bilan o’ralgan bo’lib, ikosaerd shakliga ega. Ularda tashqi qobig‘i, ya’ni superkapsidi
bo’lmaydi, lipid, karbonsuvlari yo’q, efir va dezoksixalat ta’siriga chidamli.
PIKARNOVIRUSLAR OILASI (PICARNOVIRIADAE) 4 TA AVLODNI O’Z ICHIGA OLADI
Enteroviruslar avlodi – Enteroviadae.
Kardioviruslar avlodi – Cardioviriadae.
Rinoviruslar avlodi – Rinoviriadae.
Aftoviruslar avlodi – Aphtoviriadae.
Enteroviruslar avlodiga poliviruslar, Koksaki, ESNO va gepatit A viruslari kiradi.
Kardioviruslar avlodiga odamlarda isitmali kasalliklar keltirib chiqaruvchi ensefalomiokaodit
95
virusi, Rinoviruslarga esa odam, sigir, otlarda yuqori nafas y o’llarida kasallik keltirib chiqaruvchi
viruslar kiradi. Avtoviruslar avlodiga esa hayvonlarda, ayrim vaqtda odamlarda kasallik keltirib
chiqaruvchi viruslar kiradi.
Odamlarda patogen b o’lib, poliomielit, Koksaki virusining A va B guruhi, ESNO,
entoviruslar va 68 – 72 serotiplarga mansub b o’lgan viruslar – gepatit A viruslarini o’z ichiga
oladi. Enteroviruslar avlodiga kiruvchi viruslarni 1969 yilda tiplar bilan belgilangan. Masalan:
poliomielit viruslar enteroviruslarning 1 – 3 tiplari deb belgilangan.
Barcha enteroviruslar bir biriga o’zining tuzilishi, kimyoviy tarkibi, fizikaviy va kimyoviy
omillarga chidamliligi va boshqa xususiyatlari ham o’xshaydi. Enteroviruslardan poliomielit virusi
t o’liq o’rganilgan.
POLIOMIELIT VIRUSI
Poliomielit virusi 1909 yilda K.Landshteyner va E.Popperlar poliomielit bilan kasallanib
o’lgan bolaning orqa miyasini ajratib oladilar va ula maymunlarga virusni yuqtirib, xaqiqiy
poliomielit kasalligini chiqardilar. 1994 – yili D.Endryus virusni hujayra t o’qimasida k o’payishini
isbotlaydi.
Virusni tuzilishi va kimyoviy tarkibi.
Virusning RNK si bir ipli. Quruq massasining 30% RNK, 70% oqsil tashkil qiladi. RNK
kapsid bilan qoplangan b o’lib, ikosaedral simmetriyaga ega. Kapsid o’z navbatida 60 ta
kapsomerlardan iborat. Virusda tashqi qobig‘ b o’lmaydi. SHuning uchun virus tarkibida lipid va
karbonsuvlar b o’lmaydi. Virusning kattaligi 17 – 30 nm.ga teng. Virus b o’lakchasining tashqi
k o’rinishi malina mevasiga o’xshaydi. Virus kapsidi 4 ta (VP
1
, VP
2
, VP
3
, VP
4
) oqsildan tashkil
topgan. Bu oqsillar har xil molekulyar massaga ega. R4 oqsilli virus RNK bilan birikkan holda
b o’ladi.
Antigen tuzilishi
Poliomielit virusi antigeniga k o’ra 3 ta serologik tiplarga b o’linadi (I, II, III). Kompliment
bog‘lovchi antigen 3 ta serotipi uchun umumiy hisoblanadi. Bu serotiplar bir – biridan antigen
tuzilishi va ayrim biologik hususiyatlari bilan farq qiladi. Epidemiya vaqtida asosan I tip (65 –
95%) uchraydi, II va III tiplar esa kamroq, ya’ni 3 – 35% bemorlardan ajratib olinadi.
Virusning o’stirilishi va reproduksiyasi.
Poliomielit virusi maymun va odam b o’laklarining birlamchi hujayra kulturasida va
undiriluvchi Hela hujayra kulturasida, hujayraga patogen ta’sir (XPT) etib k o’payadi. Poliomielit
viruslarining reproduksiya sikli 5 – 7 soat b o’ladi. Virus hujayraga vipropeksis y o’li bilan kiradi.
Reproduksiya jarayoni sitoplazmada sodir b o’ladi. Bitta h o’jayin hujayrada 150 ta varion sintez
qilinadi. Varion kapsiddan ozod b o’lganidan s o’ng, replikativ shakldagi RNK hosil b o’lib, u RNK
va varion RNK larining sintezi uchun matn b o’ladi. S o’ng yagona yirik polipeptid hosil b o’ladi.
Bu polipeptid proteolitik fermentlar yordamida bir necha b o’laklarga parchalanadi. SHu
b o’lakchalarning bir qismida kapsomerlar, ularda kapsid, ikkinchi qismidan ichki oqsillar uchinchi
qismida esa virion fermentlar (RNK – transkriptaza va proteaza) hosil b o’ladi. Keyin har bir moyil
hujayrada bir qancha virion paydo b o’lib, hujayrani lizis qilib tashqariga chiqadi.
CHidamliligi.
Poliovirus 0 temperaturada suvda va najasda yuqish aktivligi 1 oygacha saqlanadi. Virus
steril suvda uy haroratida 100 kungacha, sutda 90 kungacha, ochiq suv havzalarida bir necha oy
saqlanadi. 50
0
S temperaturada 30 daqiqadan s o’ng aktivligini y o’qotadi, - 20
0
S temperaturada esa
yillab yuqish aktivligini y o’qotmaydi. Poliovirus 0,5 – 1% fenol eritmasi chidamlik, xlorli oxak,
xloramin, formalin eritmalari va vodorod angidridi ta’sirida o’z faolligini y o’qotadi.
Odamlarda kasallikning patogenezi
Kasallikni manbai b o’lib, bemor odam yoki virus tashuvchilar hisoblanadi. Kasallik havo
tomchi, fekal, oral y o’llari bilan yuqadi. Virus og‘iz b o’shlig‘i, burun halqumlarining shilliq qavati
epitelial hujayralarida reproduksiyalanadi. Birlamchi virus reproduksiyasi ingichka ichakni shilliq
qavati va Peyer blyashkalarida ham r o’y beradi. Virus limfa sistemasidan qonga o’tib, MNS – ga
boradi va periferik nerv aksonlariga pastki harakat neyronlarining tolalari b o’ylab tarqaladi. Virus
96
bosh miya va orqa miyani shikastlaydi. Orqa miyani oldingi shoxlaridagi hujayralar juda ham
virusga sezgir bo’ladi, shuning uchun ushbu hujayralarning shikastlanishi falajlikka olib keladi.
Klinik belgilari paydo b o’lganiga qadar bemorning burun, halqumi va najasidan virusni
ajratib olish mumkin. Kasallik 4 – xil klinik shaklda kechadi.
Klinik simptomlari rivojlanmagan shakli. Kasallikning engil falajsiz shakli.Aseptik meningit
shakli. Falajlik shakli.Kasallikning yashirin davri 7 – 14 kun, ayrim hollarda 3 – 35 kun blishi
mumkin. Poliomielit virusining 3 ta serotipi axoli orasida tarqalgan. Poliomielit bilan asosan 4
oylikdan 5 oygacha b o’lgan bolalar kasallanadi va kattalar ham kasallanishi mumkin. Kasallik
k o’proq kuz oylarida uchraydi. Kasallikning og‘ir kechishi, bemor organizmining holatiga va
uning irsiyatiga bog‘liq.
IMMUNITETI: Poliomielitdan s o’ng turg‘un, uzoq muddatli immunitet hosil b o’ladi.
Virusning boshqa tipi yuqishi natijasida qayta kasallanishi mumkin. Virusning neytrallovchi
antitelalar va sekretor immunoglobulin A hosil b o’ladi. Onadan o’tgan immunitet bolada 3 – 6
haftagacha saqlanishi mumkin. Immunitet gumoral tipda xos b o’ladi.
LABORATORIYA DIAGNOSTIKASI: Tekshirish uchun bemordan najas, burun
halqumidan suyuqlik olinadi. Murdadan esa, bosh va orqa miya, muskullar ichak devori va boshqa
a’zolar olinadi.
Poliomielit virusi Koksaki va ESNO viruslaridan farqli o’laroq, orqa miya suyuqligida
kam uchraydi. Bakteriya mikroflorasini o’ldirish maqsadida tekshiriluv materiallarda antibiotiklar
q o’shib, ulardan suspenziya tayyorlanadi. Ularni maymun, odam embrioni buyraklarining hujayra
kulturasiga va odam amnioni hujayra kulturalariga yuklatiladi. Bu hujayra kulturalarida virus
reproduksiyalanadi (XPT etadi) va tipga xos zardoblar yordamida hujayra kulturasidan
neytralizatsiya reaksiyasini q o’yib, viruslar idintifikatsiya qilinadi.
Poliomielit kasalligida bemor qonida komplement bog‘lovchi va viruslarni neytrallovchi
antitelalar paydo b o’ladi. Ularning titri kasallikning dinamikasida ortib boradi. SHu sababli
bemordan juft zardoblar olinib KBR va neytrallash reaksiyalarini quyib, diagnoz q o’yiladi.
PROFILAKTIKASI: Poliomielit maxsus profilaktikasi 1954 yil Amerikada boshlangan
b o’lib, Amerikalik virusolog Dj. Solk formalin yordamida 1, 2, 3 tiplaridan undirilgan vaksina
tayyorlanadi. Bu vaksina organizmda yuqori immunogenlik hususiyatiga ega b o’lib, antitelalarni
hosil qiladi. Ammo bu vaksina ichak shilliq qavat hujayralaridagi virusning k o’payishiga
t o’sqinlik qila olmaydi. Bu vaksina muskul orasiga yuboriladi.
A.Sebinning virusning kuchsizlantirilgan shtammidan tayyorlangan tirik vaksinasi
yuqorilardagidan tashqari yana sekretor me’da ichak sistemasi, ayniqsa ingichka ichakning shilliq
qavatlarida k o’payib gumoral va sekretor A antitelalarni hosil qiladi. SHu bilan ichakda virulentlik
polivirusni k o’payishiga t o’sqinlik qiladi.
Ushbu vaksinani ishlab chiqarish texnologiyasi sobiq sovet virusologlari A.A.Smorodinsev
va M.B.CHumakovlar tomonidan y o’lga q o’yilgan b o’lib, bu vaksina 85 – 95% emlangan
bolalarda immunitet hosil qiladi. Vaksina draje va suyuq holda chiqariladi va og‘iz orqali
yuboriladi.
Maxsus passiv profilaktika 7 yoshgacha bemor bilan muloqotda b o’lgan bolalarga hamda
o’smirlarga immunoglobulin, ota – onalarning qonini quyish, sog‘lom odamlarning zardoblarini
quyish bilan amalga oshiriladi. Polimielitga qarshi bolalarni yoppasiga emlash kasallikni
epidemiya shaklida tarqalishini y o’q qiladi. Ushbu qoidaga amal qilib barcha bolalarni o’z vaqtida
yoppasiga emlansa bu kasallikni yo’q qilish mumkin
17
.
DAVOLASH: Bemorlarga immunoglobulin yuboriladi. Simptomlariga k o’ra davolanadi.
Muskullarning tortishib qolishiga qarshi dorilar beriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,.
Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashriyoti. 1979.
2. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003.
17
Microbiology : an introduction / Gerard J. Tortora, Berdell R. Funke, Christine L. Case. — Twelfth edition, 2016
97
3. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina»
1980.
4. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po
mikrobiologii. M., 1981.
5. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983.
6. Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo
«Meditsina». 1984.
2.LABORATORIYA MASHG‘ULOTLAR UCHUN MATERIALLARI
Labaratoriya mashg’uloti 2
Mavzu: Mikroorganizmlar morfologiyasi, strukturasi, bakteriyalarning kimyoviy
tarkibi.Murakkab bo’yash usullari va axamiyati
Bakteriyalar — bir hujayrali mikroorganizmlardir. Ular turli shaklda bo’lib, murakkab
tuzilishga ega, bu esa ular faoliyatining turli-tumanligini belgilaydi. Bakteriyalarni asosan to’rt
shakli tafovut qilinadi: sharsimon, tayoqchasimon, burama shaklli va ipsimon
Sharsimon bakteriyalar — k o k k l a r (yunoncha coccus- don, mag’iz degan so’zdan
olingan). bo’linish sathi va har bir hujayraning surtmada joylashishiga ko’ra kokklar bir-biridan
farq qiladi.
1. Aohida-alohida joylashgan kokklarni mikrokokklar deb ataladi, saprofit kasallik keltirib
chiqarmaydi ( rasm-9).
1
2
3
4
5
6
7
8
Расм 9. Шарсимон бактерия-
ларнинг асосий формалари: 1 –
микрококклар; 2,3,4 – дипло-
кокклар; 5 – тетракокклар; 6 –
c
арцинлар; 7– cтафилококклар;
8-
стрептококклар
;
2.1-rasm
2. Diplokokklar – surtmada juft- juft bo’lib joylashgan kokklar. Diplokoklar orasida odamda
uchrovchi har xil kasalliklarning qo’zg’atuvchilari (pnevmokokklar, gonogokklar,
meningokokklar) bor.
3. Streptokokklar – bo’lingandan keyin bir-biridan ajralib ketmasdan, zanjirsimon
joylashgan kokklar. Bularning vakillarining ko’pchiligi odam uchun patogen hisoblanadi.
4. Stafilokokk (uzum shingiliga o’xshab joylashgan). Bo’linishi muayyan tartib bilan
bormaydigan bo’lsa, u vaqtda kokklar birgalikda qolaveradi va uzum shingiliga o’xshash
to’plamlar hosil qiladi.Odam uchun patogen turlari mavjud.
5 Tetrakokklar (to’rtta-to’rtta bo’lib joylashgan kokklar) bir-biriga tik ikki tekislikda
bo’linganda to’rta kokkdan iborat bo’lib joylashadi. Odam uchun patogen emas.
6.Sarsinalar (8 yoki 16 ta kokklardai tashkil topgan to’plamlar) bir-biriga tik uchta tekislikda
bo’linganda kubchalar ko’rinishini eslatadigan kokkdan iborat bo’lib joylashadi. Odam uchun
patogen emas.
98
Bakteriyalarni morfologiyasini o’ganish. Buning uchun bakteriyalar kulturalaridan tirik
preparatlar, yopishtirilgan surtmalar tayyorlanib, anilin bo’yoqlari bilan bo’yaladi va mikroskopda
ko’riladi.
Metodik ko’rsatmalar
Mikroskop yordamida tekshirish uchun preparatlar tayyorlash.
Tekshirish uchun materialning olinishi. Preparat tayyorlash uchun probirka, kolba yoki
Petri kosachasidan bakteriologik qovuzloq yoki steril pipetka orqali tekshiriladigan material
olinadi. Ayrim hollarda bu maqsadda preparovka ignalari ham ishlatiladi. Bakterial kulturali
probirka chap qo’lga, bakteriologik qovuzloq esa, o’ng qo’lga olinadi. Qovuzloq gorelka
alangasida qizargunga qadar qizdiriladi. Paxtali probka probirkadan o’ng qo’lning IV, V
barmoqlari bilan kaftga siqib burab, chiqarib olinadi va probirka og’zining chetlari alangada biroz
qizdiriladi. Qovuzloq asta-sekin probirka ichiga kiritiladi, ichki devoriga tekkizib sovitiladi, so’ng
asta harakat qilib material olinadi. Shundan keyin yana probirka chetlari qizdiriladi va probka
bilan berkitiladi. Preparat tayyorlangandan so’ng, qovuzloq albatta gorelka alangasida qizdirilishi
(sterillash) lozim. Suyuq materialni probirka yoki kolbadan pipetka orqali olish mumkin, bunda
pipetka o’ng qo’lda ushlanadi va pipetka teshigi II barmoq bilan berkitib turiladi.
Surtma tayyorlab ko’rish etaplari
1. Surtma tayyorlash.
2. Quritish
3. Fiksasiya (qotirish) qilish
4. Bo’yash
5. Mikroskopda ko’rish.
Ish tartibi. Surtma tayyorlash uchun buyum oynasi yog’sizlantiriladi ( spirtovka
alangasida), mikrob kulturasi qovuzloq bilan olinib ( mikrob kulturasi agarda o’sgan bo’lsa steril
fiziologik eritma bilan) buyum oynasiga surtma tayyorlanadi. Surtma yupqa 10 so’mli tangaday
bo’lishi kerak. Material aynan shunday taqsimlangandagina yakka-yakka joylashgan bakterial
hujayralarni ko’rish mumkin. Agar tekshirilayotgan material suyuq muhitda bo’lsa, u holda uni
qovuzloq bilan to’g’ridan-to’g’ri buyum oynasiga tomiziladi va surtma tayyorlanadi
Quritish- surtmalar havoda yoki iliq havo oqimida gorelka alangasi ustida quritiladi.
Fiksasiya qilish- surtmani qotirish uchun buyum oynasi (surtmani yuqoriga qaratgan holda)
3 marta asta-sekin (3 sekund davomida) gorelka alangasidan o’tkaziladi. Ayrim hollarda qon
surtmasi, a’zo va to’qimalar surtma tamg’alari, mikroorganizm kulturalaridan tayyorlangan
surtmalar 5—20 min metil yoki etil spirti, Nikiforov aralashmasi, sulemali spirt yoki boshqa
fiksasiya qiladigan suyuqliklarga solinadi va fiksasiya qilinadi. Mikroorganizmlar fiksasiya
qilinayotganda oyna yuzasiga qattiq birikkan holda o’ladi va keyingi ishlovlarda yuvilib ketmaydi.
Fiksasiyadan maqsad- mikroorganizmlar fiksasiya qilinayotganda oyna yuzasiga qattiq
birikkan holda o’ldiriladi, zararsizlanadi va keyingi ishlovlarda yuvilib ketmaydi va o’lgan
bakteriyalar yaxshi bo’yaladi. Fiksasiyada ro’y beruvchi xatoliklar. Agar buyum oynasini
yuqorida ko’rsatilgandan ko’proq qizdirilsa, hujayralarning tuzilishi keskin o’zgarib ketadi.
Surtmani bo’yashda 2 xil oddiy va murakkab usullardan foydalaniladi. Oddiy usulda faqat
bitta bo’yoq qo’llaniladi, murakkab bo’yashda esa bir necha bo’yoqlar qo’llanilishi mumkin.
Oddiy usul. Fiksasiyalangan surtma birgina bo’yoq bilan bo’yaladi, masalan, fuksinning
suvli aritmasi (1—2 min) yoki metilen ko’kining eritmasi bilan (3—5 min) bo’yaladi, so’ng suv
bilan yuviladi, quritiladi va mikroskop ostida immersion sistemada ko’riladi.
Labaratoriya mashg’uloti 3
Mavzu: Mikroorganizmlar fiziologiyasi: ozik muxitlari, ularning klassifikasiyasi.nafas olishi,
o’sishi va ko’payishi. Aerob va anaerob bakteriyalarni sof kulturasi.
Sterilizasiya, dezinfeksiya, aseptika va antiseptika.Antibiotiklar, ularning klassifikasiyasi.
Mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezgirligini aniklash usullari.
Bakteriyalar fiziologiyasini o’rganish bakteriyalarning oziq-ovqatga extiyojini, plastik va
energetik metabolizmda qatnashuvchi fermentlarini aniqlash, qattik, suyuq, va yarim suyuq oziqli
muhitlarda o’sishi va ko’payishini tekshirishdan iborat. Turli mikroorganizmlar metabolizmidagi
99
umumiy qonuniyatlar energitik va konstruktiv metobalizmda turga xos belgilar, o’zgarish usullari
va yo’llaridagi jiddiy farqlar bilan birga kechadi. Mikroorganizmlarni bir-biridan ajratish va
identifikasiya qilish shularga asoslangan bo’lib, yuqumli kasalliklar mikrobiologik diagnostikasida
muhim bosqichlardan hisoblanadi.
Bakteriyalar metabolizmini o’rganish faqat amaliy ahamiyatga ega bo’lib qolmay, balki
biokimyoviy va irsiy axborotga javobgar gen tiplarining mexanizmlarini va ularni amalga
oshirish yo’llarini, oqsil sintezidagi boshqaruv sistemasini va mikrob hujayrasida sodir bo’ladigan
boshqa jarayonlarni bilish uchun juda keng istiqbollar ochib berdi.
Mashg’ulot rejasi:
1. Oziqli muhitlarni tayyorlash usuli.
2. Oziqli muhitlar va ularni tayyorlash uchun kerakli ingredientlar.
3. Oziqli muhitlarga aerob sharoitda birlamchi patologik materiallarni ekish usullari .
Namoyish qilish.
1. Oziqli muhitlarni tayyorlash uchun ishlatiladigan ingredientlar.
2. Oziqli muhitlarni tayyorlash etaplarini o’quv laboratoriyasida ko’rish.
3. Asosiy, differensial-diagnostik, elektiv, sun’ii oziqli muhitlar ularni tayyorlash
etaplari.
4. Kukun yoki pastadan oziqli muhit tayyorlash.
5. Oziqli muhitlarga qo’yiladigan talablar bilan tanishish.
6. Oziqli bulonning rN ni aniqlash.
Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq
1. Petri kosachasiga go’shtli peptonli plastinkali agar tayyorlash.
2. Tayyorlangan go’shtli peptonli plastinkali agarga havodan (sedimintasion) cho’ktirish
usuli bilan ekish
3. Bakteriya sof kulturasini ajratib olish maqsadida bemor yiringini sut qo’shilgan tuzli agar
(SQTA) ga ekish.
4. Bemor najasidan Endo muhitiga ekish.
Oziqli muhitlar
Mikrobiologik amaliyotda bakteriya yoki boshqa mikroorganizmlarni laboratoriya va ishlab
chiqarish sharoitida ko’paytirish uchun qo’llaniladigan, turli tarkibli murakkab yoki oddiy
birikmalardan tashkil topgan muhitga oziqli muhit deb ataladi.
Oziqli muhitlarga qo’yiladigan talablar:
1.Tarkibi (asosiy xususiyalaridan biri) – ma’lum mikroorganizmlar-ning ko’payishi uchun
barcha kerakli moddalar tutishi (azot va uglerodni universal manbasi oqsil gidrolizati, peptid va
peptonlar, vitamin va mikroelementlarning manbasi o’simlik, xayvon oqsillari) kerak;
2. Oziq moddalarni bakteriyalar oson o’zlashtirishlari zarur;
3. Qulay namlik, yopishqoqlik va har bir bakteriyalarga hos rN ga ega bo’lishi;
4. Izotonik holatda tiniq bo’lishi kerak;
5. Har bir muhit albatta sterillangan bo’lishi kerak.
Tarkibi bo’yicha oqsilli, oqsilsiz va mineral oziqli muhitlar ishlatiladi.
Oziqli muhitlar kelib chiqishiga qarab bo’linadi- t a b i i y va
s u n ‘ i y. Tabiiy muhitlar xayvonlar mahsuloti (qon, zardob, o’t sapro, mol gushti, tuxum va
bosh.) va o’simliklardan ( meva va sabzavotlar) olinadi. Sun’iy muhitlar esa yuqoridagi
moddalardan olingan mahsulotlardan (pepton, aminopeptid, achitqi uglevodlar va jo’xori
ekstraktlari) tayyorlanadi.
Oziqli muhitda o’stiruvchi omillarning borligi katta ahamiyatga ega. Ular metabolik
jarayonlarda katalizator vazifasini bajaradi, asosan V gruppa vitaminlari, nikotin kislota va
boshqalar shular qatoriga kiradi.
Yu m sh o q – q a t t i q l i g i g a (konsistensiyasiga) ko’ra oziqli muhitlar qattiq, suyuq va
yarim suyuq bo’ladi. Qattiq muhitlar suyuq muhitga 1,5—2% arap, yarim suyuq muhitga 0,3—
0,7% agar qo’shish natijasida tayyorlanadi. Agar — maxsus dengiz o’simligini qayta ishlash
natijasida hosil bo’lgan mahsulot bo’lib u qotirilsa, muhitni qattiq holatga keltiradi. Agar 80—
86°S da eriydi, 40°S da qotadi. Ayrim hollarda qattiq oziqli muhitlarni olish uchun (10—15%)
100
jelatin ishlatiladi. Tabiiy muhitlar, ivitilgan qon zardobi, tuxum oksili o’z-o’zidan qattiq holatda
bo’ladi.
Bakteriologiya amaliyotida ko’pincha quruq oziqli muhitlardan foydalaniladi. Ular sanoat
ko’lamida oziq-ovqat uchun ishlatilmaydigan mahsulotlarning arzon gidrolizatlaridan (baliq
chiqindilari, go’sht-suyak uni, -texnik kazein) va oziqli agardan tayyorlanadi. Quruq muhitlarni
uzoq vaqt saqlash mumkin, ularni transportda yuborish ham qulay, negaki tarkibi standart,
o’zgarmagan holda saqlanadi.
Oziqli muhitlar qo’llanilishi va nima maqsadda ishlatilishiga ko’ra saqlab turuvchi,
(konserviruyuщie) ko’paytiruvchi (obogasheniya) asosiy, elektiv, maxsus va differensial-
diagnostik turlarga bo’linadi.
Saqlab turovchi muhitlar. Patogen bakteryalarni saqlanishini taminlaydi va saprofitlarni
ko’payishini to’xtatishi mumkin. Amaliyotda gliserin aralashmasi (Tiga muhiti), gipertonik
eritma, gliserinli konservant va dezoksixolat natriy va bosh. qo’laniladi. Bu muhitlar asosan
bakteriyalarni ma’lum mutdatda saqlash va laboratoriyaga yetkazib borishda ishlatiladi.
Ko’paytirovchi muhitlar. Ma’lum guruh bakteriyalarni ko’paytirib olishda qo’llaniladi va
birlamchi ekishda ishlatiladi. Masalan bularga (Myuller, Kitta –Tarossi, tioglikolli muhitlar va
selenitli bulon) kiradi.
Asosiy muhitlar. Bu muhitlar ko’pgina bakteriyalarni o’stirish uchun qo’llaniladi. Bular
baliq mahsulotlarining triptik gidrolizatlari, gusht bulonlari yoki kazeinlar bo’lib, ulardan suyuq
muhit — oziqli bulon va qattiq oziqli agar tayyorlanadi. Bunday muhitlar boshqa murakkab
muhitlarni tayyorlash uchun asos bo’ladi. Ko’rsatilgan muhitlar qandli, qonli, zardobli va boshqa
patogen bakteriyalarni oziqli muhitga talabini qondira oladigan aralash muhitlar tayyorlashda
ishlatiladi. Ayrim hollarda muhitning asosi sifatida ma’lum mineral tuzlardan tayyorlangan sun’iy
muhitlar ishlatilib, ularga aminokislotalar, vitaminlar, glyukoza, pepton, jo’xori yoki achitqi
ekstrakti va boshda oziqli moddalar qo’shiladi.
Dostları ilə paylaş: |