O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi


Infeksion jaroyonning yuzaga kelishi va rivojlanishida makroorganizm. Tashqi muxit va



Yüklə 3,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/39
tarix19.02.2020
ölçüsü3,12 Mb.
#30485
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39
mikrobiologiya fanidan oquv uslubiy majmua


Infeksion jaroyonning yuzaga kelishi va rivojlanishida makroorganizm. Tashqi muxit va 
ijtimoiy sharoitlarning axamiyati. 
             Yuqumli  kasalliklarning paydo bo'lishi odam organizmning reaktivligi, patogen 
qo'zg'atuvchi uchun kerakli moddalar, immunitet xolati, mikrobning patogenligi va virulentligi, 
tashqi muxit ta'siri va ijtimoiy omillar bilan bog'liq. Bu omillarning munosabatiga qarab infeksion 
jarayon qo'zg'atuvchisi yoki xo'jayini o'limi yoki xo'jayin bilan parazit o'rtasida moslashuv yuzaga 
kelishi  mumkin.  Organizmning yuqumli mikrobga ta'sirchanligiga asab,endokrin, immun, va 
boshqa tizimlar xolati, jinsi, yoshi ma'lum bir fiziologik xolatlar ta'sir ko'rsatadi. Ko'p hollarda 
organizm ximoyasining susayishiga och qolish, sovqotish, isib ketish, nurlanish, alkogolizm va 
boshqalar sabab bo'ladi. O'z navbatida to'g’ri ovqatlanish, kerakli vitaminlarni vaqtida olish, 
sarishtalik qoidalariga rioya qilish, yashash va ishlashni to'gri yo'lga qo'yish, o'z vaqtida dam 
olish.organizmni chiniqtirish va sport bilan shug'ullanish yuqumli kasalliklarning oldini oladi. 
Uzoq vaqt och qolish yoki to'g'ri, to'la-to'kis ovqatlanmaslik natijasida sil. ichburug', furunkulyoz 
kabi kasalliklar rivojlanadi. Infeksion xolatlarning rivojlanishida  gipovitaminozlarning (ayniqsa 
A.B.C guruh) ahamiyati katta. Tana xaroratining pasayishi organizmdagi patogen va shartli-
patogen mikroblarning ko'payib xar-xil kasalliklar keltirib chiqarishiga sabab bo'ladi. 
Yuqumli kasallik qo'zg'atuvchilaring organizmga tushishi va kasallikning  
rivojlanish davri. 
         Infeksiya manbaiga qarab antroponoz, antropozoonoz, zoonoz va sopronoz infeksiyalar 
tafovut qilinadi. Antroponoz infeksiyalar (qorin tifi, ichburug', vabo, qizamiq, zaxm so'zak va 
boshqalar) faqat odamlarga yuqadi, Antropozoonoz infeksiyalar (toun, kuydirgi, brutselyoz, 
quturish va x.k.) odam va xayvonlarga yuqadi. Bunda kasal va bakteriya tashuvchi odam xamda 
xayvonlar infeksiya manbai bo'lib xizmat qiladi. Zoonoz infeksiyalar (tovuq, va itlar o'lati)da faqat 
xayvonlar oziqlanadi. Sopronoz infeksiyalarda tashqi muxit kasallik qo'zg'atuvchi manba  (suv, 
xavo tuproq va boshqalar) xisoblanadi. Patogen mikroorganizmlarning organizmga kiradigan a'zo 
va to'qimalari infeksiyalarning kirish darvozalari deb ataladi. 
        Yuqumli kasallik davri. 
        Yashirin (inkubatsion) davr, patogen mikrob organizmga tushganidan boshlab to kasallikning 
dastlabki belgilari paydo bo'lgungacha o'tadigan vaqt. Yashirin davrning muddati odam 
organizmning umumiy rezistentlik va immunitet darajasi, tashqi muxit va ijtimoiy omillar ta'siri, 
patogen mikrobning tushgan miqdori va virulentligiga bog'liq. Agar organizm tushgan mikrobni 
ximoya omillar yordamida yengsa, unda kasallik rivojlanmasligi ham mumkin. 
        Prodromal davr. Bu davrda patogen mikrob o'ziga moyil a'zo yoki to'qimada ko'paya boshlab, 

141 
 
agressiv ferment va toksinlar ishlab chiqaradi. Prodromal davr bir necha soatdan bir necha 
kungacha davom etadi.  Bu davrda kasallikga xos umumiy belgilar: tana xaroratining ko'tarilishi, 
bosh og'rig'i, darmonsizlik.lanj bo'lish, ishtaxa yo'qolishi va boshqalar paydo bo'ladi. 
          Kasallikning avj olish davrida bemorda kasallikning asosiy belgilari namoyon bo'ladi.  Bu 
davrda kasalik qo'zg'atuvchisi yanada ko'payib,organizmda gemotagen, limfogen va neyrogen 
yo'llar bilan tarqaladi. Bu davr turli kasalliklarda turlicha davom etadi va patogen mikrob tutuvchi 
bemor atrofdagilar uchun xavfli xisoblanadi. Shu bilan birga.immun tizim omillari kasallik 
qo'zg'atuvchisi  bilan kurasha boshlaydi. Agar bu kurashda  patogen  mikroorganizm g'olib kelsa 
bemor nobud bo'lishi mumkin. Aksincha, organizmning ximoya omillari yengib chiqsa, keyingi 
tuzalish davri (rekonvalesensiya) boshlanadi, bunda organizmning zararlangan a'zo to'qima va 
xujayralari asta-sekin tiklanib, fiziologik xolat barqarorlashadi. 
Infeksiya shakllari va ularning tavsifi. 
               Infeksiya va infeksion jarayon shakllari xar xil bo'lib, bu kasallik qo'zg'atuvchisining 
tabiati, uning makroorganizmdagi ta'sir joyi, tarqalish yo'llari va boshqa sharoitlarga bog'liq. 
             Ekzogen infeksiya -  patogen makroorganizmning odam organizmiga tashqaridan oziq-
ovqat maxsulotlari, suv, xavo,va tuproq kasal odam, mikorb tashuvchi va rekonvalesentlarning 
chiqindilari orqali tushishi. Masalan, vabo, botulizm, ichburug', salmonellyoz va boshqalar. 
            Endogen infeksiya -  ma'lum bir sharoitda  odamning normal mikroflorasiga kiruvchi 
shartli  -patogen mikroorganizmlarning kasallik qo'zg'atishi.Bunday holat ko'pincha har xil 
sabablarga ko'ra, masalan organizmning ximoya omillari susayganda,uzoq vaqt antibiotiklar 
qo'llanilganda yuz beradi.Disbakterioz.appendisit,xolisistit kabi kasalliklar shular jumlasiga kiradi. 
            Autoinfeksiya  -  endogen infeksiyaning bir turi bo'lib odam mikroflorasi bir biotopdan 
ikkinchisiga ma'lum bir sabablar bilan tushganida yuzaga keladi. Makro -  va mikroorganizm 
o'rtasidagi muvozanatning buzilishi infeksiya o'chog'i faollashib  patogen mikrobni 
 
gematogen,limfogen, va neyrogen yo'l bilan organizmda tarqalishiga olip keladi. Bakteriyalar 
qonga tushsa,bakteremiya, bakteriya toksinlari tushsa, toksinemiya,viruslar tushsa , virussemiya 
xolati yuzaga keladi. Agar patogen mikroorganizmlar qondagi ximoya omillarini yengsa, unda 
ko'payib, sepsis yoki septisemiya xolatini vujudga keltiradi. Kasallik qo'zg'atuvchi infeksiya 
turlarining xili bo'yicha kam farq qiladi: monoinfeksiya-  bir tur  mikroorganizm qo'zg'atadigan 
kasalliklar (masalan, gripp, so'zak, zaxm, vabo va boshqalar ): aralash (mikst) infeksiya - bir necha 
tur patogen mikroorganizmlar yuzaga keltiradigan kasalliklar .Yuqumli kasallikning qaytalanishi 
bo'yicha quyidagi turlari mavjud : reinfeksiya -  bemor kasallikdan tuzalgandan keyin qisqa vaqt 
ichida xuddi shu tur infeksiya qo'zg'atuvchisining organizmga qayta tushib kasallik paydo qilishi. 
Residiv  -  kasallik qo'zg'atuvchisining organizmda saqlanb qolib,  ma'lum vaqtdan so'ng kasallik 
belgilarining qaytalanishi, Masalan, osteomielit.qorin tifi, sil va boshqalar. Superinfeksiya - bemor 
tuzalmasdan,  xuddi shu tur patogen mikroorganizmning uning organizmiga tushishi. Masalan, 
zaxm kasalligida. Kasallik kechish muddatiga ko'ra ham farq qilinadi : o'tkir infeksiya va 
surunkali infeksiya. 
Kimyoterapevtik moddalarning asosiy guruhlari va ularning mikroblarga qarshi ta’sir mexanizmi.   
 Tibbiyot amaliyotida yuqumli kasalliklarni davolash va oldini olish uchun patogen 
mikroorganizmlarni nobud qila olish xususiyatiga ega bo’lgan kimyoviy moddalar keng 
qo’llaniladi. Bu moddalar kasallikni davolash maqsadida qo’llanilsa, kimyoterapiya, profilaktika 
maqsadida qo’llanilsa, kimyoprofilaktika deb ataladi.  
 1885 yil P. Erlix kimyoterapiyaga asos solib, mikrob hujayrasi ma’lum bir kimyoviy moddalar 
bilan o’zidagi maxsus reseptorlari yordamida o’zaro ta’sirlashadi degan xulosaga keldi. 
Kimyoterapevtik moddalarning ba’zi bir umumiy belgilari: 
a) odam organizmiga toksik ta’sirining yo’qligi. Moddalarning zararsizligi kimyoterapevtik 
ko’rsatkich (KK) yordamida aniqlanadi. 
b)kimyoterapevtik moddalarning mikroorganizmlarga kuchli tanlab ta’sir etishi, antimikrob ta’sir 
doirasi bilan aniqlanadi. 
c) kimyoterapevtik moddalar bakteriostatik yoki bakterisid ta’sirga ega. Bakteriostatik ta’sir 
deganda bakteriyalarning o’sishi va ko’payishini to’xtatish, bakterisid ta’sirda esa bakteriyalarning 
nobud bo’lishi tushuniladi. 

142 
 
d) kimyoterapevtik moddalar har doim mikroorganzmlarning doriga chidamli shakllarini keltirib  
chiqarish xususiyatiga ega,  ba’zi bir dorilarga chidamli mikroorganizmlar tez hosil bo’lsa 
boshqalariga sekinlik bilan vujudga keladi. 
e) virusli infeksiyalar kimyoterapiyasi. Virusli infeksiyalarga antibiotiklar samarali ta’sir 
ko’rsatmaydi. Bu vuruslarda xususiy metabolizmning yo’qligi bilan bog’liq. Pirimidinga o’xshash 
idoksuridin (5-yod-dezoksiuridin) gerpetik va adenovirusli keratit, kon’yugktivit va uchuqni 
davolashda qo’llaniladi. Gripp, qizamiq, qizilcha, vezikulyar stomatit viruslarning boshlang’ich 
davrida susaytiruvchi ta’sir ko’rsatadigan dorilarga amantadin hosilalari kiradi. Bulardan 
remantadin gripp A virusiga juda samarali ta’sir ko’rsatadi; 
f)chechak viruslari reproduksiyasini to’xtatadigan tiosemikarbazon hosilalari juda yaxshi naf 
beradi. 
Kimyoviy moddalar organotroplik va parazitotroplik xususiyatiga ega bo’lishi kerak: 
a) mishyak dorilar (salvarsan, asorsol,nevarsenol) sifilis, sibir yazvasi, qaytalama tifni davolashda 
ishlatiladi. 
b) xinin, akrixin, plazmosid, bigumal sodda jonivorlar ko’rsatuvchi malyariya kasalligini 
davolashda; 
c) sulfanilamidlar –  oq streptosid, etazol, ftalazol, norsulfazol, sulfademizin. Sulfanilamidlarni 
ta’sir qilish mexanizmi hujayrada almashinuv proseslarini buzilishi o’z ichiga oladi.shu sababli 
organizmda mikrobni ko’payishi to’xtaydi. Shundan keyin organizmni himoya kuchlari ta’sirida 
mikroblar halok bo’ladi. 
d) tuberkulyozni davolash uchun PASK –poraaminosalisil kislota, tibon, tubazid. 
2. Antibiotiklar: umumiy ma’lumotlar 
Antibiotiklar—ba’zi mikroorganizmlar (aktinomisetlar, zamburug’lar, bakteriyalar) hayvon 
to’qimalari va ayrim yuksak o’simliklar hayot faoliyati natijasida xosil bo’ladigan va turli xil 
mikroblarning o’sishi hamda  rivojlanishini to’xtatadigan organik moddalar. Bu terminni Amerika 
olimi  Z. Vaksman mikroblarda hosil bo’lib, boshqa mikroblarga qarshi ta’sir etadigan moddalarga 
nisbatan taklif etgan.  
Antibiotiklar kasallantiruvchi (patogen) mikroblardagi moddalar almashinuvini buzib, ularni 
o’ldiradi yoki o’sishini to’xtatadi. Ular turli mikroblarga turlicha ta’sir ko’rsatadi. Masalan, bir 
antibiotik ma’lum bir mikrobga kuchli  boshqasiga kuchsiz yoki umuman ta’sir qilmaydi. 
Antibiotiklar faqatgina mikroblarga ta’sir qilmay balki odam, hayvon va o’simlik organizmidagi 
to’qima va hujayralarini emiradi. Shuning uchun tibbiyot  amaliyotida uning faqat zararli 
mikroblarni o’ldiradigan, ammo odam, hayvon va o’simlik organizmini yemirmaydigan 
turlarigina ishlatiladi. Birinchi antibiotic modda(tirotrisin)ni 1939 yilda Dyubo tuproqda 
yashovchi Basillus brevis nomli bekteriyadan oldi. 
Kimyoviy tarkibi bo’yicha antibiotiklar quyidagi guruxlarga bo’linadi: 
 1.Betalaktamli antibiotiklar yoki betalaktamidlar-betalaktam xalqali azot tutuvchi geterotsiklik 
birikmalar.  Bularga quyidagilar kiradi: penitsillin guruhi-tabiiy benzilpenitsillin va yarim suniy 
penitsillin va tefalosporin. 
2. Tetratsiklin va uning yarim suniy xosilalari; oksitetratsiklin, xlortetratsiklin, morfosiklin, 
metatsiklin, dioksitsiklin, vibromitsin. Bular har xil radikallar tutuvchi to’rta benzol xalqadan 
tashkil topgan.         
3. Aminoglikozidlar-streptomitsin guruhi va dezoksistreptamin tutuvchi aminoglikozid  
antibiotiklar. 
4.Makrolidlar-makrotsiklik lokton xalqa tutuvchi birikmalar (eritromitsin,olendomitsin). 
5.Levomitsetin(tabiiy turi xloramfenikol) suniy modda bo’lib, tarkibiga nitrofenil,dixloratsetamin 
propandiol kiradi. 
6. Rifamisinlar. Bu guruhga tabiiy antibiotik-rifamisin va uning  yarim suniy hosilasi-rifampisin 
kiradi. Bular murakkab kimyoviy tuzilishga ega, makrosiklik halqasi bor. 
7. Poliyenli antibiotiklar-nistatin, levorin, amfoterisin B. bular bir qancha tutash qo’sh bog’larga 
ega. 
Antibiotiklar bakteriyalarga ko’rsatadigan ta’siriga qarab 3 guruhga bo’linadi: 
1. Bakteriostatik ta’sir-bakteriyaning o’sishi va ko’payishi faoliyatini to’xtatib qo’yadi. Buning 
natijasida bakteriya o’z zahrini ishlab chiqarolmaydi.(tuberkulyoz, zaxm) 

143 
 
2.Bekteritsid ta’sir qiluvchi antibiotiklar-bakteriyaning hujayra devori yoki nukleidning 
parchalanishini keltirib chiqaruvchi antibiotiklar hisoblanadi. 
3.Bakteriolitil ta’sir qiluvchi antibiotiklar-hamma turdagi bakteriyalarni eritib yo’q qilishga 
qaratilgan ta’sir. 
O’z ta’siriga qarab esa 2 guruhga bo’linadi: 
1.Tor doiradagi  antibiotiklar faqatgina bir turdagi yoki grammanfiy yoki grammusbatlarga ta’sir 
etuvchilar. 
2.Keng doiradagi antibiotiklar bir necha grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga,masalan, 
rikketsiya, xlamidiy, mikoplazma va boshqalarga antimikrob ta’sir ko’rsata oladi. 
Antibiotiklarning antimikrob ta’siri turlicha bo’lib u shartli TB bilan belgilanadi. TB-
antibiotiklarning minimal dozasi olinib, bakteriyaning maksimal o’limini keltirib chiqarishi  
tushuniladi. Har bir antibiotik uchun bu ko’rsatkich har xil. Antibiotic buyurilganda bemor yoshi, 
og’irligi aniqlanib, buni natijasida 1kg-TB olinadi. 
 Muhim antibiotiklar va ularning mikrobga qarshi mexanizmi.   
 I. Bakteriyaning hujayra devoir komponentlari sintezini to’suvchi antibiotiklar: 
1. Penitsillinlar—tibbiyot amaliyotida ilk bor qo’llanilgan, uni Penicillium turkumiga kiruvchi 
zamburug’lar ishlab chiqaradi. Tibbiyotda tabiiy va yarim sun’iy  penitsillinlardan foydalaniladi.  
a) tabiiy penitsilinlarga: benzilpenitsillin, bitsillin va  fenoksimetilpenitsillin kiradi. Tabiiy 
penitsillinlar tor ta’sir doirali antibiotiklar bo’lib, bekterial B-laktamaza me’daning kislotali muhiti 
ta’sirga sezuvchandir.  
b) yarim sun’iy penitsillinlarga biologik va kimyoviy yo’llari bilan olinadigan har xil  moddalar 
kiradi. 
v) murakkab penitsillinlar tarkibiga penitsillin halqasi bilan birga klavulan kislotasi va  sublaktam 
moddalar ham kiradi. Penitsilinlar odam hujayralariga ta’sir ko’rsatmaydi, chunki uning tarkibida 
peptidoglikan moddasi yo’q. 
2. Sefalosporinlar molekulasi 6-aminopenitsillin kislotasi 6-APKva B-laktam halqadan tashkil 
topgan. Sefalosporinning antibacterial ta’sir mexenizmi penitsillinga o’xshash.  
3. Boshqa B-laktam antibiotiklar. Bu guruhga monobaktamlar, karbapenemlar kiradi. Ular 
bakteriyalarning hulayra devoir sinteziga ta’sir ko’rsatadi. 
4. Batsitratsinlar peptid antibiotiklari bo’lib, asosan, Bacillus subtilis va B.Licheniformis spora 
hosil qilishdan oldin ajratib chiqaradi. Tibbiyot  amaliyotida batsitratsin A qo’llaniladi. 
Antimikrob ta’sirga ega. 
5. Vankomitsin- glikopeptiddan tashkil topgan, Streptomyces ning har xil turlari ishlab chiqaradi. 
Hujayra devoridagi peptidoglikan sintezini to’xtatib qo’yadi, ko’pgina grammusbat bakteriyalarga 
antimikrob ta’sir ko’rsatadi. 
6. Sikloserin-  bu moddani ham Streptomyces ning har xil turlari ajratib chiqaradi. Ba’zi 
grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga bakteriostatik ta’sir ko’rsatadi. 
II. Mikroorganizmlarning sitoplazmatik membranasi funksiyasini buzuvchi preparatlar. Bu 
guruhga: 
1. Polimiksinlar, bu antibiotiklarni Bacillus polymyxa va boshqa ba’zi bir bakteriyalar hosil qiladi. 
Bu guruhga polimiksin M, polimiksin B kirib bir-biridan farmokologik xususiyatlari bo’yicha farq 
qiladi. 
2. Polienli antibiotiklar-nistatin, levirin, amfoteritsin B aktinomitsetlarning Streptomyces turi 
ishlab chiqaradi. 
3. Gramitsidlar polipeptidlar bo’lib Bacillus brevis ishlab chiqaradi. Grammusbat kokklar va 
batsillalarga nisbatan bakteriostatik ta’sirga ega.  
III. Bakteriya hujayrasi ribosomasida oqsil sintezini to’suvchi antibiotiklar. Bu guruhga 
aminoglikozid, tetratsiklin, levomitsitin, makrolid, azalid, linkozalid  guruhlari kiradi. 
1. Aminoglikozidlarning 50 dan ortiq turi aniqlangan. Bu moddalar 3 avlodga bo’linadi: 1-avlodga 
streptomitsin, kanamitsin, monomitsin, neomitsin;  2-avlodga gentamitsin;  3-avlodga sizomitsin, 
tobramitsin, amikatsin, netilmitsin, didezoksikanamitsin B kiradi. 
Bu antibiotiklarning ijobiy ta’siri bilan birga nohush, ya’ni neyro- va nefrotoksik ta’siri ham bor. 
Masalan, streptomitsin eshitish a’zolariga nohush ta’sir ko’rsatadi. 

144 
 
2.Tetratsiklin guruhiga mansub antibiotiklar kang ta’sir doirasiga ega bo’lib bakteriostatik ta’sir 
etadi. Uning salbiy ta’siri esa disbakteriozga olib keladi. 
3.Levomitsetinni aktinomitsetning Streptomyces venezueae turi ajratib chiqaradi. U grammanfiy 
anaerob va grammusbat bakteriyalarga, rikketsiyalarga, spiroxetalarga, xlamidiyalarga va boshqa 
mikroorganizmlarga bekteriostatik ta’sir etadi. 
4.Makrolidlar tabiiy va yarim suniy guruhlarga bo’linadi. Asosan penitsillin va tetratsiklinga 
chidamli  bakteriyalar guruhlariga, rikketsiyalar, xlamidiyalarga bakteriostatik ta’sir ko’rsatadi. 
5.Azalidlar-bu guruhga azitromitsin kirib, keng ta’sir doiraga ega. Fagotsitlar o’rab olgan 
bakteriyalarga ta’sir ko’rsatadi. 
6.Linkozamidlar guruhiga linkomitsin kiradi, uni aktinomitsetlarning ba’zi bir turlari ishlab 
chiqaradi. Patogen kokklar, bo’g’ma va kuydirgi bekteriyalari, ba’zi bir anaerob jarohat 
infeksiyalariga bakteriostatik ta’sir ko’rsatadi. 
IV. RNK-polimerazani to’suvchi antibiotiklar. Bu guruhga rifamitsinlar kiradi, uni Streptomyces 
mediterranei ishlab chiqaradi. Rifamitsinlar yarim suniy o’xshashi rifampitsin bo’lib, keng 
antibekterial ta’sir doirasiga ega. 
V.DNK replikatsiyasini to’sib qo’yuvchi antibiotiklar. Bu guruhga novobiotsin, mitomitsin C6, 
porfiromitsin va boshqa antibiotiklar kirib, bularni aktinomitsetlarning ba’zi turlari ajratib 
chiqaradi.  Novobiotsin DNK polimerazaga ta’sir qilib, DNK sintezini buzadi. Bundan tashqari, 
RNK vabakteriya hujayra devorining sintezini ham to’sib qo’yadi. 
 Mikroorganizmlarning kimyoviy preparatlarga chidamliligi va uni bartaraf qilish yo’llari. 
Tibbiyot amaliyotida antibiotiklar qo’llanila boshlangandan so’ng antibiotikka chidamli 
bakteriyalar ham hosil bo’la boshladi. Keyingi vaqtda dorilarga chidamli bakteriyalar soni oshib 
bormoqda.  Antibiotiklarga chidamlilik faqat bakteriyalarda emas, balki boshqa mikroorganizmlar 
rikktsiyalar, xlamidiyalar, mikoplazmalar, achitqisimonda ham kuzatiladi. 
Antibiotiklar va boshqa kimyoterapevtik moddalarga mikroorganizmlarning rezistentlik 
mexanizmi. Bu mexanizm, asosan, quyidagilarga bog’liq: a) faol antibiotiklarning nofaol shaklga 
fermentativ, inaktivatsiya va modifikatsiya yo’li bilan o’tishi;  b) ma’lum bir kimyoterapevtik 
modda uchun hujayra devori o’tkazuvchanligining yo’qolishi;  c) bakteriya hujayrasidagi maxsus 
transport tizimining buzilishi;  d) mikroorganizmlarga hayotiy zarur metabolitlar hosil bo’lishini, 
dori bilan to’silgan asosiy yo’l o’rniga alternative yo’lga o’tishi. 
Rezistentlik mexanizmi birlamchi va hayot davomida orttirilgan bo’lishi mumkin. Birlamchi 
mexanizm shu dori ta’siri uchun “nishon” ning yo’qligi bilan bog’liq. Hayot davomida orttirilgan 
rezistentlik mexanizmi modifikatsiya, mutatsiya, rekombinatsiya natijasida “nishon”ning 
o’zgarishiga bog’liq. 
Beta-laktam antibiotiklarga nisbatan rezistentlikgining biokimyoviy mexanizmi har xil. Bular 
beta-laktamazalar sintezi, penitsillin bog’lovchi oqsillar va “nishon”larning o’zgarishiga bog’liq 
bo’ladi. Umuman olganda rezistentlik kelib chiqishi antibiotikning kimyoviy tuzilishiga va 
bakteriyalarning xususiyatlariga bog’liq. 
Bakteriyalarning antibiotikka rezistentligi kelib chiqishiga ko’pgina omillar, masalan, ba’zi bir 
yuqumli kasalliklarning oldini olish yoki davolash maqsadida belgolangan miqdordan kamroq 
dozada va vaqtda nazoratsiz holda qo’llanilishi yoki qo’llanishdan oldin mikroorganizmlarning 
antibiotiklarga sezuvchanligi aniqlanmasligi sabab bo’ladi.  
Kimyoviy moddalarga chidamli bakteriyalarga qarshi kurashish  uchun antibakterial ta’sir 
mexanizmi farq qiladigan yangidan-yangi kimyoterapevtik dorilarni ishlab chiqarish, shuningdek, 
bakteriya fermentlariga chidamli bo’lgan faol guruh tutuvchi antibiotiklarni yoki bakteriya 
fermentlari faolligini susaytiruvchi omillarni kashf etish kabi choralar ko’riladi. Ajratib olingan 
bakteriya shtammlarining antibiotikka sezuvchanligini iloji boricha aniqlash lozim. Tashqi 
muhitning dorilarga chidamli bakteriyalar bilan ifloslanishini har doim epidemiologik 
tekshirishdan o’tkazish muhim ahamiyatga ega. Masalan, xozir kasalxona ichi infeksiyalariga 
kiruvchi, ko’pgina antibiotiklarga chidamli patogen mikroorganizmlar butun dunyo 
mamlakatlarida katta muammoga aylanib bormoqda. 
     Mikroorganizmlarning antagonizm xususiyati.  
Antagonizm—mikroorganizmlarning bir turining(bakteriya, zamburug’, antinomisetlar) boshqa 
bir turning o’sishi va ko’payishini ozuqa uchun kurash maqsadida to’xtatib qo’yadi. 

145 
 
Antogonizm namoyon bo’lishi: metabolizmning achchiq mahsulotlarni ajratishi PH kamayishi, 
protiolitik valigolitik fermentlar ajratish, mikotoksin, fitonsid, antibiotiklarni ajratish. Antagonistik 
xususiyatga ega bo’lgan mikroorganizmlarga mog’or zamburig’I, tuproq aktinomisetlar ,achigan 
sut bakteriyalari misol bo’la oladi. 
Amaliy qism: 
Amaliy ish 4 qismdan iborat: 
a)Labaratoriya ishining nomi 
b)Ishning maqsadi va ahamiyati 
c)Labaratoriya ishini amalga oshirish tehnikasi 
d)Labaratoriya ishini daftarga qayd qilish 
 
LABORATORIYA IShI  1 
 
A. Bakteriyalarni antibiotiklarga sezgirligini antibiotiklar  shimdirilgan  standart dikslar usuli bilan 
aniqlash. 
B. Antibiotiklarni aktivligini aniqlash. 
C. Bu usulda yuzasi tekis bo’lgan stol ustiga qo’yilgan  Petri kosachalariga ozuqa muhiti agardan 
solinadi(  33-rasm). Har bir kosachaga qo’yilgan ozuqa muhiti bir xil miqdorda bo’lishi kerak. 
Qotgandan keyingi muhitning balandligi 4mm ni tashkil etishi kerak. So’ng kosachalar qopqog’i 
yopilib, 15 minut saqlanadi bu vaqt ichida ozuqa muhiti qotadi. Antibiotik eritmasiga botirilgan 
filtrlovchi qog’ozni disk shaklida kesiladi va qisqich bilan ozuqa agarining yuzasiga yopishtiriladi. 
Kosacha va disklar orasida 15mm ochq joy qoldiriladi. Kosachalar to’ntarilgan holatda 37 C 
haroratli termostatga 18 soatga qo’yiladi.qog’oz diskdagi ozuqa muhitiga ta’sir ko’rsatib 
mikroorganizmlarning o’sishiga yo’l bermaydi. Agar disk atrofida mikroorganizmlar o’sib 
chiqmagan bo’lsa yoki o’sish darajasi sekinlashgan bo’lsa, sinab ko’rilayotgan antibiotik 
mikrofloraga kuchli ta’sir ko’rsatgan bo’ladi. Zona diametri 1mm aniqlikkacha o’lchanadi.  
Mikroorganizmning antibiotiklarga sezuvchanligi 3 darajada baholanadi: 
          1-sezuvchan(o’smagan zona diametri 20 mm)     
          2-o’rta sezuvchan(11-20 mm)      
          3-chidamli(10 mm dan kam)       
 
LABORATORIYA IShI 2 
 
A. Turli darajada suyultirish usuli bilan antibiotiklarning aktivligini aniqlash. 
B. Antibiotiklarni aktivligini aniqlash. 
C. Bu usulda suyuq muhitda titrlash uchun bir nechta probirkalar olinib, ozuqa muhiti qo’yib 
chiqiladi(34-rasm). Preparat necha marta suyultirilgan bo’lsa, shuncha probirka olinadi. 1-
probirkaga muayyan miqdordagi antibiotik eritmasini solib, aralashtiriladi va birinchi probirkadan 
bir miqdor aralashmani olib ikkinchi probirkaga solinadi. Yana aralashtirib, xuddi avvalgiday 
ikkinchisiga, uchinchisiga solib aralashtiriladi. Tarkibida antibiotik mavjud bo’lgan oxirgi 
probirkadan ham huddi o’shancha miqdor aralashma to’kib tashlanadi va shu tariqa barcha 
probirkalardagi suyuqlik miqdori bir xil qoladi. Probirkalardan bittasi control vazifasini bajargani 
uchun unga antibiotik solinmaydi. Ichida turli darajada suyultirilgan antibiotik bo’lgan 
probirkalarga test-kultura tortmasidan solinadi. Kontrol probirkaga ham test-kultura ekmasi 
solinadi. probirkalar yaxshilab chayqatiladi va 37 C haroratli termostatda 18-20 soat saqlanadi. 
Suyultirilayotgan antibiotik ko’paytmasi odatda 2 ga teng bo’ladi, buning uchun probirkalarga, 
masalan, 1 ml dan bulyon quyib chiqiladi  1-probirkaga 1ml antibiotik eritmasi solinadi va 1ml 
miqdordagi aralashma probirkadan probirkaga olib solinaveradi. Shunda preparat aktivligini 
bildiradigan aniqlik belgisi 50% ni tashkil etadi. Antibiotik yanada suyultirib aniqlik darajasini 
yanada oshirish mumkin.   
Bundan tashqari suyultirish usuli qattiq ozuqa muhitida ham olib boriladi. Buning uchun avval 
ko’p darajali suyultirilgan antibiotik eritmasi tayyorlanadi, probirkaga suyuq agardan 4ml solinadi 
va 45-50 C gacha sovutiladi va antibiotic eritmasidan 1ml miqdorda har bir probirkaga qo’shiladi. 

146 
 
Probirkalar agar qotguncha saqlanadi va ilmoq yordamida qattiq ozuqa muhitining ustiga test-
kultura ekiladi. 
Preparatlarning bakterisid ta’sirini aniqlash maqsadida mikroorganizmlar o’sishi kuzatilmagan 
probirkalarning barchasidan namuna olib GPA ga qayta ekiladi. Mikrob hujayralari tarkibiga 
singib  ketib hatto yangi ozuqa muhitida ham ularning o’sishiga qarshilik ko’rsatadigan chidamli 
antimikrob moddalar uchun tegishli neytralizatorlar qo’llaniladi.          
A. 
Laboratoriya ishining natijalari daftarga yozib qo’yiladi. 
 
 
Yüklə 3,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin