LABORATORIYA IShI 3
A. Antibiotiklarning kuchini agarda diffuziyalash usuli bo’yicha aniqlash.
B. Antibiotiklarni aktivligini aniqlash.
C. Bu usulda Petri kosachalariga 15 ml dan to’yinmagan agar solinadi va stol ustiga qator terib
qo’yiladi(35-rasm). Agar qotgandan so’ng termostatda quritiladi, so’ngra har bir kosachaga test-
kultura aralashtirilgan ozuqa agaridan 5 ml qo’shiladi. Ekmani agarga qo’shishdan avval 45-50 C
gacha sovutiladi. Agarning ikkinchi qatlami ham qotgandan keyin har bir kosacha betiga silindr
kiygaziladi. Silindrlardan 3 tasiga 0,1 ml dan sinalayotgan antibiotik eritmasi, qolgan 3 tasiga esa
standart eritma quyiladi. Shundan keyin kosachalar 37 C li termostatda 16-18 soatgacha saqlanadi.
Belgilangan vaqt o’tgach, kosacha ustidagi silindrlar olib tashlanadi va test-kultura o’sishi
sekinlashgan zonalar o’lchanadi. O’sish sekinlashgan zonalarga qarab antibiotiklarning kuchini
yoki aktivligini aniqlanadi. Zonalar diametri 1mm aniqlikkacha o’lchanadi. O’smagan zona
diametric 20mm bo’lsa sezuvchan, agar 11-20gacha bo’lsa o’rta sezuvchan, 10mm dan kam
bo’lsa chidamli bo’ladi.
D. Laboratoriya ishinining natijalari daftarga yozib qo’yiladi.
LABORATORIYA IShI 4
A. Mikroorganizmlarning antibitiklarga sezuvchanligini aniqlashning tezkor usuli.
B. Antibiotiklarni aktivligini tez aniqlash.
C. Petri kosachasiga 15ml ozuqa agari solinadi. Agar qotgandan so’ng unga huddi o’sha agarning
test-kultura bilan aralashmasidan 1ml va 2,6-dixlorfenolindofenolning 0,2% li suvli eritmasi dan
1ml qo’shiladi. So’ngra ko’kish tusli qattiq agar ustiga antibiotik shimdirilgan disklar
yopishtiriladi, kosachalar 37 C issiqlikdagi termostatga qo’yiladi. Oradan 2-3 soat o’tgach,
mikroorganizmlarning o’sib chiqmagan ko’kish zonalarining diametriga qarab tajriba natijalari
qayd qilinadi. Antibiotiklarga rezistent mikroorganizmlarni rangsizlantiradi yoki tusini o’zgartirib,
sariq rangga bo’yaydi. Bunday bo’yoq stafilokokklarning o’sishini sekinlashtiradi yoki ularning
o’sishiga butunlay yo’l qo’ymaydi, shu bois mikroorganizmlarning bu turi bilan ish olib borganda
qog’oz disk yopishtirilgan kosachalar termostatda saqlangandan keyin uning ustiga 2-3ml
miqdoridagi indikator eritmasidan quyish kerak. Indikator qoldiqlari 5-7 minutdan keyin to’kib
tashlanadi va tajriba natijalari tahlil qilinadi.
D. Laboratoriya ishining natajalari daftarga yozib qo’yiladi.
9. Kutiladigan natijalar:
O’qituvchi Talaba
1. Mavzu bo’yicha maqsadni 1. Mavzu bo’yicha to’la ma’lumot
tushuntirish. olish
2.Talabalarda qiziqish uyg’otish 2. Talabalar bilimini shakllantirish
b) Yangi texnologik usullarni qo’llash 3. Talabalar qiziqish bilan qabul
qilishi.
10. Kelgusi rejalar:
1. O’qituvchi internetdan yangi 1. Talaba ushbu materiallarni o’z-
material olish uchun foydalanishi, lashtirishi, konspekt yozish,
mukammallashtirishi. mustaqil ishlashi.
2. Yangilash va joriy etish, yondashuv. 2. Adabiyotlar bilan ishlashi
3. Kasbiy tayyorgarlikni 3. Yangi texnologiyaga yondashuvi.
147
insonparvarlashtirish.
Nazorat savollari.
1.Kimyoterapevtik preparatlarning etiotropligi va organotropligi. Kimyoterapevtik ideks
nimaligini aytib bering.
2. Kimyoterapevtik preparatlarning asosiy turlari va ularning mikroorganizmlarga ta’sir etish
mexanizmlari.
3.Antibiotiklar rejasini aytib bering.
4.Mikroorganizmlarning dori vositalariga nisbatan tabiiy va o’zlashtirma chidamliligi.
5.Mikroorganizmlarning dori vositalariga rezistentligini bartaraf etish yo’llari.
6.Kimyoterpevtik moddalarni aktivligini aniqlash usullari.
7.Antagonizm. Antibiotiklarga talab.
Laboratoriya mashg’uloti 8
Mavzu: Immunitet, immunitet turlar. Organizmning immun xolatiga baxo berish usullari
Darsning maqsadi: Immunitet, antigen, antitela haqida tushuncha olish.
2. Dars vazifasi: Immunitet, antigenlar, gaptenlar, mikrob hujayrasining antigen strukturasi,
antitelalar, immunitet turlari, fagotsitoz jarayoni va boshqalar bilan tanishish.
1.
Immunitet deb nimaga aytiladi?
2.
Immunitet lotin tilidan olingan bo’Iib qanday ma’noni anglatadi?
3.
[mmunitetni nechta tun bor?
4.
Immunitetning qanday faktorlari mavjud?
5.
Fagotsitoz jarayonim tushuntirib bering?
I. IMMUNITET HAQIDA TUShUNChA. Immunitet lotincha so’z bo’lib, immunitas- ozod
bo’lish yoki qutqazish ma’nosini bildiradi.Bu murakkab fiziologik moslashish kompleksidir. Shu
moslashish kompleksi organizmga tashqaridan genetik informatsiyani tashuvchi tirik organism
yoki moddalarni kirishga to’sqinlik qilib yo’l bermaydi. Organizm faqat yuqumli kasal
qo’zg’atuvchilarga va ular ishlab chiqargan zaharli moddalargagina qarshi turmasdan, u begona
to’qimalarga ham qarshi turadi. Organizmning begona to’qimalarga bunday qarshi turish
qobiliyati transplatatsion deb nom olgan. Immunitetni o’rganadigan fan immunologiya deyiladi.
Immunitet paydo bo’lishi juda murakkab hodisadir. U butun organizmning ishtiroki bilan vujudga
keladi, ammo immunitetni paydo bo’lishida asosiy rolni markaziy nerv sistemasi o’ynaydi.
Bulling ta’sirida retikula - endothelial sistemaning fagotsitar funksiyasi zo’rayadi va organizmga
kirgan mikrobning yoki uning zaharini zararsizlash uchun immune modda (antitela) paydo
bo’ladi. Organizmning anatomic va fiziologik hususiyatlari uni turli pathogen mikroblardan
qo’riqlab turishda, ya’ni immunitetli bo’lishida katta ahamiyatga ega. Yetarli ovqatlanmaslik, A
va S vitaminlarning yetishmasligi, organizmning qizib ketishi yoki sovub qolishi, o’ta
charchashlar immunitet vujudga kelishida katta ta’sir ko’rsatadi.
II. IMMUNITETNING TURLARI. Immunitetning paydo bo’lishiga qarab uni bir necha
turlarga bo’lish mumkin. Bular: infektsion immunitet va infektsion bo’imagan, ya’ni
transplatatsion immunitet. Infektsion immunitet spetsifik va spetsifik bo’lmaganlarga bo’linadi.
Spetsifik bo’lmagan immunitet tabiiy yoki tug’ma va organizmni himoya qiiish anatoma -
fiziologik faktorli bo’ladi. Tabiiy yoki tug’ma immunitet o’z navbatida ikkiga: absolyut yoki
mutloq va nisbiyga bo’linadi. Ular ham aktiv va passivga bo’linadi. Aktiv immunitet steril va
steril bo’lmaganga bo’linadi.1898 yilda N. N. Chistovech va J. Barde degan olimlar immunitet
faqat mikroorganizmlarga va uiarning zaharlariga emas, balki to’qimalarning hujayralariga ham
hosil bo’lishini aniqladilar. Bu spetsifik emas, ya’ni transplantatsion immunitetni o’rganishga
sabo’ldi. Organ va to’qimalarni boshqa organizralarga ko’chirish paytida katta rol o’ynaydi.
Spetsifxk bo’lmagan immunitet boshqa organizmdan olingan va to’qimalarga' qarshi turishga
qobiliyatlidir.
Bu hodisaning aksinchasi - immuniologik tolerantlikdir. Inymmiologik tolerantlik, ya’ni
immunologik chidamlilik to’g’risida F. Bernet degan olim aytib o’tgan. Lekin 1953 yili
olimlardan P. Medavar va M. Gasheklar embrional rovojlanish paytida antigen ta’sir etilgan
organizm, tug’ilib katt bo’lganda shu antigenga - organ va to’qimalarga qarshi turish qobiliyatiga
148
ega emasligini isbotladilar. Ya’ni bunday organizmlarda immuniologik tolerantlik hosil bo’ladi
va shu to’qimalarga qarshi qobiliyat bo’lmaydi.
Yuqorida aytib o’tilganidek, immunitetning yana bir turi infektsion immunitetdir.
Infektsion immunitet o’z navbatida spetsifik va spetsifik bo’lmaganlarga bo’linadi. Spetsifik
bo’lmagan immunitet tug’ma immunitet bo’lib, mexanik, fizikaviy va biologic faktorlarga
organizmning qarshi turish qobiliyatidir.
Tabiiy passiv immunitet — bu chaqaloqlar (platsenta) immuniteti bo'lib, homila ona
qorindaligidayoq orttiriladi. Shuningdek, chaqaloqlar ona suti orqali ham immunitetni orttirishi
mumki. Immunitetning bu turi uzoq davom etmaydi, 6-8 oydan so'ng yo'qolib ketadi. Lekin
tabiiy passiv immunitetning ahamiyati katta, u chaqaloqlarni yuqumli kasalliklarga
chalinmasligini ta'minlaydi
Sun'iy immunitet (faol immunitet) odamda immunizatsiya (emlash) natijasida orttiriladi.
Immunitetning bu turi organizmga kuchsizlantirilgan yoki turli usulda o'ldirilgan bakteriya,
ularning zaharlari, viruslar yuborilgandan so'ng hosilbo'ladi. Masalan, ko'kyo’tal, bo'g'ma,
chechak kasalliklariga qarshi immunitet shular jumlasidan. Bunda organizmda faol qayta qurilish
yuzaga keladi, ya'ni qo'zg'atuvchi va toksinlarga o'ldiruvchi ta'sir ko'rsatuvchi modda (antitelo)
hosil bo'ladi. Shuningdek, hujayra xossasining o'zgarishi mikroorganizmlar va ular ishlab
chiqaradigan moddalarga ta'sir ko'rsatadi. Sun'iy faol immunitet sekin-asta, 3-4 hafta ichida hosil
bo'ladi va 3 oydan 1 yilgacha saqlanadi.
Sun'iy passiv immunitet organizmga tayyor antitelo yuborish natijasida yuzaga keladi.
Immunitetning bu turi organizmga antitelo, zardob va immunoglobulin yuborilgan zahoti hosil
bo'ladi va faqat 15-20 kungacha saqlanadi, so'ngra antitelolar parchalanib, organizmdan chiqib
ketadi.
Mahalliy immunitet tushunchasini fanga A.M.Bezredko kiritgan. U organizm to'qimalari va
alohida hujayralar ma'lum moyillika ega, deb hisoblaydi. Ularni emlash infeksiya
qo'zg'atuvchilarning kirishiga to'siq hosil qiladi. Hozirgi vaqtda umumiy va mahalliy
immunitetning birligi isbotlangan. Lekin alohida to'qima va a'zolarning mikroorganizmlarni
yuqtirmasligi katta ahamiyatga ega.
Antimikrob immunitet turli xil mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan kasalliklardan so'ng
yoki vaksina (kuchsizlantirilgan tirik yoki o'ldirilgan mikroorganizmlardan tayyorlangan
vaksinalar) yuborilganda hosil bo'ladi.
Antitoksik immunitet — bakteriyalarning zaharli ta'sirlari (toksinlari)ga nisbatan hosil
bo'ladi.
Antivirus immunitet — virusli kasalliklardan so'ng hosil bo'ladi. Immunitetning bu turi uzoq
davom etadi va mustahkam (qizamiq, chechak va boshqalar) bo'ladi. Shuningdek, faol virusli
immunitet virusli vaksinalar bilan emlangandan so'ng hosil bo'ladi.
Steril immunitet — ko'pgina qo'zg'atuvchilar bemor tuzalganda organizmdan yo'qoladi.
Immunitetning bu turi steril immunitet deyiladi (qizamiq, chechak va boshqalar).
Sterillanmagan immunitet — infeksiya qo'zg'atuvchining moyilligi xo'jayin organizmida
bo'lgan davrdagina saqlanib turiladi. Bunday immunitet sterillanmagan yoki infeksion immunitet
deyiladi. Immunitetning bu turi sil, zaxm va ayrim boshqa infeksiyalarda kuzatiladi.
Odamning yuqumli kasalliklarni yuqtirmasligi spetsifik va nospetsifik himoya omillarida o'z
aksini topadi. Nospetsifik himoya deb, organizmning tug'ma xususiyatiga aytiladi, bu odam tanasi
yuzasidagi va organizm ichidagi turli xil mikroorganizmlarni yo'qotishga imkon beradi. Spetsifik
himoya omili organizm kasallik qo'zg'atuvchisi yoki toksinlar bilan to'qnashganda hosil bo'ladi, bu
omillarning ta’siri faqat shu qo'zg'atuvchilar yoki ularning toksinlariga qarshi qaratilgan bo'ladi.
Spetsifik bo’lmagan immunitet ikkiga bo’linadi:
Tabiiy yoki tug’ma.
Organizmni himoya qilish anatoma - fiziologik faktorlari.
Tabiiy yoki tug’ma immunitet evolyutsiya jarayonida hosil bo’lib, nasldan - naslga o’tadi.
Masalan, qoramollar, otlarning manqa kasalligiga, otlar, itlarning toun kasalligiga, odam esa
cho’chqalarning va itlarning toun kasalligiga sezgir emas. Hayvonlarda va odamlarda bo’ladigan
bunday immunitet tabiiy, tug’ma va zotiga xos immunitet deyiladi. Bunday immunitetning paydo
149
bo’lishi sababi har xildir. I. M. Mechnikov tug’ma immunitetning bir turim kaltakesak va
toshbaqalarda tekshirib, uning sababini isbotlagan.
U qoqshol tayoqchasinining katta miqdorini kaltakesak va toshbaqaning terisi ostidan
yuborib, bu toksin ularga hech ta’sir etmaganligini, ya’ni ularni shu toksinga immunitetli
ekanligini aniqlagan.
Tabiiy tug’ma immunitet absolyut yoki mutloq va nisbiyga bo’linadi. Absplyut yoki
mutloq immuniteti bo’lgan hayvonlar kasallik qo’zg’atuvchilarning miqdori katta yoki shu
qo’zg’atuvchi mikrob uchun nihoyatda qulay sharoit bo’lishiga qaramay kasallanmaydilar. Misol
uchun ot hech qanday sharoitda ham qoramollarning toun kasalligi bilan kasallanmaydi, ya’ni
otlarda qoramollarning toun kasalligiga absolyut immunitet bor.
Nisbiy immunitetda esa organizm fizikaviy - kimyoviy va
biologic faktorlar yoki tashqi muhitning ta’sirida qo’zg’tuvchi
mikroorganizmiaming katta miqdori bilan zaharlantirilsa, shu
qo’zg’tuvchi mikroorganizmlargaorganizmning qarshi turish qobiliyati
yo’qoladi. Masalan, tabiiy sharoitda kaptar kuydirgi kasalini
qo’zg’tuvchi mikroorganizmlarga chidamli. Lekin unga avval alkagol
berib, keyin mikroorganizmlar yuborilsa, u albatta kuydirgi bilan kasallanadi.
III. ANATOMA - FIZIOLOGIK VA IMMUNITETN1NG BOShQA FAKTORLARI.
Hayvon va odamlarning organizmi hayotda tashqi muhit va boshqa tirik jonivorlar bilan
turli munosabatda bo’lib, ularning ta’siriga javob qaytarish va qarshi turish qobiliyati paydi
bo’ladi. Hayvonlar va odam organizmi pathogen mikrobning kirishiga to’sqinlik qiladigan, ulami
halokatga olib boradigan, yo bo’Imasa organizmdan tezlik bilan chiqarib yuboradigan bir necha
tabiiy himoya qilish anatoma - fiziologik hususiyatlarga va immunitetning boshqa faktorlariga
ega. Teri, shilimshiq pardalar, limfa bezlari, ichak va oshqozon shirasi, lizotsin moddasi, o’t,
fagotsit va gumoral anatoma - fiziologik faktorlar bo’lib, ular organizmni mikrobdan himoya
qiluvchi to’siq sifatida himoya qiladi, Tcri va shilimshiq pardalar mikroblarning organizm
to’qimalariga o’tishiga to’sqiniik qiladi, bular tabiiy to’sqinlikdir. Organizmga kirgan
mikroblarning ko’payib yoki aksinchayemirilib yo’q bo’lib ketishi Ieykotsitlar va retikula -
endothelial sistemasining biologik reaksiyasiga bog’iiqdir. Bu hujayralarning mikrobga qarshi
faoliyati fagotsitoz (30-rasm) hodisasidan iboratdir. Fagotsitoz- bu hayvon organizmi
hujayralarining zarrachalarini aktiv tutishi, bu zarrachalar organik bo’lgan taqdirda ularni hazm
qilish jarayonidir. Bu jarayonda asosiy rolni fagotsitlar o’ynaydi. I. L Mechnikov fagotsitoz va
uning immunitetdagi rolini aniq tajribalar bilan isbot etadi. U dengiz yulduzining lichinkalari va
dafniyalar ustida tajribalar o’tkazadi . Olim lichinka tanasiga tikan kiritadi. Bir necba vaqtdan
keyin tikan atrofiga talaygiria xarakatchan hujayralar to’planganini aniqlaydi. Ikkinchi tajribada
esa u dafniya tanasiga mahsus zamburug’ sporalarini kiritadi. Sporalar kam bo’lganidan ularning
hammasini barakatchan hujayralar qamrab olib, hazm qilib yuboradi va dafniya tirik qoladi,
Sporalar ko’p yuborilganda esa, ular o’sib ko’payardi va natijada jonivor nobud bo’Iardi. Bu
tajribalarga asoslanib Mechnikov hayvonlar organizmi mahsus hujayralar yordamida mikroblarni
qamrab olib yutib yuboradi va shu tariqa mikroblardan holos bo’ladi degan hulosaga keladi. Bu
hodisani fagotsitoz deb, fagotsitoz qiladigan hujayralarni esa fagotsitlar ya’ni yutib yuboradigan
hujayralar deb ataydi. I. I. Mechnikovning fikricha, qonning harakatchan hujayralarida
leykotsitlar, asosan segmentlangan neytrofillar asosiy rol o’ynaydi. Ular mikrofaglar deb ataladi.
Bundan tashqari yirik hujayralar - makrofaglar ham bor.Bularga monotsitlar, qon tomirlarining
endoteliy hujayralari, taloq, jigar va boshqa organlarmng retikula - eiy hujayralari
kiradi.otsitlarning mikrobga yaqinlashuvi
Antigenlarning (31-rasm) molekulalari kolloid holatda bo’lgani uchun, ular shimilib,
antitelalar hosil bo’Iadigan joylarga yetib boradi. Kristall moddalarning antigenligi aktiv emas.
Antigeniarga mikroorganizmlar va ularning zaharlari, begona oqsillar (chujerodnie belki),
fermentlar, to’qima hujayralanning elementlari va hayvonlarning zaharlari kiradi. Oqsil
moddalarning tarkibida aromatic gruppalar ko’p bo’lsa, unda oqsil moddalarning antigenlik
hususiyati yuqori bo’ladi va shunga qarab ular ikki gmppaga: sifatli va sifatsizantigenlarga
bo’linadi.
150
genlarning kimyoviy tuzilishida aromatic gruppalar radikal bo’lib ishtirok etadi. Ular
organizmga kiritilsa, o’ziga qarshi mahsus immune moddalar bilan probirkada ham spetsifik
birlasha oladi.
Sifatsiz antigenlar yoki geptonlar organizmga parenteral yo’li bilan yuborilganda, o’ziga
qarshi mahsus immune moddalar hosil qila olmaydi.
ANTITELALAR HAQIDA TUShUNChA. Bu hayvonlarning organizmiga antigenlar ta’sir
qilgandan so’ng hosil bo’Iadigan mahsus oqsillar immuno - globulinlar (gamm - globulin) dir.
Antitelalar termolobil bo’lib, molekulyar massasi nihoyatda katta (160000-195000).
Antitelalarning asosiy hususiyati ular hosil qilgan antigenlatga sezgirligidir. Antitela bilan
antigenlarning o’zaro ta’sir etishi orqali antigen zararsizlantiriladi. Hamma antitelalar uchta katta
gruppaga 'bo’linadi: antimikrobli, antitoksinli va antihujayrali. Antitelalar, antigenlar ta’sir etgach,
5-6 kundan so’ng hosil bo’lib, bir necha oylar organrzmda saqlanib turadi. So’ngra yana kamaya
boshlaydi. Antigenlar ta’sirida organizmda o’zgarishlar sodir bo’ladi. Antitelalarning ko’payish
tezligi antigenlarning organizmga qayerdan yuborilishiga bog’liqdir. Vena qon tomiri orqali
yuborilsa, antitelalar tezroq hosil bo’ lib, organiznming yuqumli kasallikka qarshi turish qobiliyati
oshadi. Antigenlarga achchiqtosh, alyuminiyning gidroksili kabi moddalar qo’shib organizmga
yuborilsa, hosil bo’lgan antitelalar uzoq muddat saqlanib turadi.
ANTIGEN BILAN ANTITELALARNING O’ZARO MUNOSABATI. Antigen bilan antitelalar
o’zinirig shaklini va strukturasini o’zgartirmay molekulalar singari o’zaro ta’sir etadilar. Bu
jarayon colloid va kimyoviy reaksiyalar singari ikkita fazada o’tadi. Avval antigenning sirtida
antitelalar adsorbsiyalanadi, so’ngra complement ishtirokida elektrolit muhitda agglyutinatsiya,
pretsipitatsiya yoki lizis o’tadi, ya’ni antigenlar neytrallanadi.
MIKROB HUJAYRASIN1 ANTIGEN STRUKT'URASI. Mikrob hujayrasi va virus zarrachalari
tarkibi antigen faollik hususiyatiga ega bo’lgan murakkab strukturali moddalardan tuzilgan.
Harakatchan bakteriyalarning hivchinli H- antigeni bo’lib, u o’zida flagellin degan termolabi!
oqsil tutadi. Hujayra qobig’idagi antigenlarga esa O - antigen deyiladi. O - antigenlar issiqlikka
chidamli, tarkibida lipoproteidlar mavjudligi bilan harakterlanadi. Ayrim mikroorganizmlarda,
masalan, zotiljam klebsiyellasining kapsulasida murakkab polisaxaridlar tarzidagi K- antigenlar
bo’ladi. Kapsulali antigenlarning yana biri Vi-antigenlar deb yuritilib, ular enterobakteriyalarning
virulent tiplarida masalan, salmonellalarda qayd qilingan. Bakteriyalarning toksinlari ham xuddi
oqsillar singari to’liq antigenlar sirasiga kiradi. Vaksina preparatlarini tayyorlashda va ayrim
yuqumli kasalliklarning serologik diagnostikasida bakteriya antigenlaridan keng foydalaniladi.
IMMUNITET REAKSIYASI. Muayyan antigen va unga mos keladigan antitelalarning o’zaro
reaksiyasi o’zining spetsiklik darajasi yuqoriligi va o’ta ta’sirchanligiga ko’ra yuqumli
kasalliklarni aniqlash va tibbiy- biologik tadqiqotlarda keng qo’llaniladi.
Immun reaksiyalari anrigenlarning holati va antigelar bilan antitelalar o’zaro reaksiyaga
kirishadigan muhitning o’ziga xos hususiyatlariga ko’ra agglyutinatsiya, pretsipitatsiya, lizis,
komplementlarni bog’lash, neytrallash kabi turlarga bo’linadi.
AGGLYUTINATSIYA REAKSIYASI (RA). Tuzlar (natriy xloridning izotonik eritmasi) bilan
antitela ta’sirida mikroorganizmiar va boshqa hujayralarning bir- biriga yopishib qolishi va
cho’kmaga tushishi agglyutinatsiya hodisasi deyiladi. Agglyutinatsiya reaksiyasida ikki narsa
ishtirok etadi: antitela (agglyutininlar ) - kasal odam yoki immunizatsiya qilingan jonivor zardobi;
antigen - o’ldirilgan yoki tirik mikroorganizmiar va shunga o’zshash hujayralardan
9. Kutiladigan natijalar:
O’qituvchi Talaba
1. Mavzu bo’yicha maqsadni tushuntirish. 1. Mavzu bo’yicha to’la ma’lumot olish
2.Talabalarda qiziqish uyg’otish 2. Talabalar bilimini shakllantirish
3.Yangi texnologik usullarni qo’llash 3. Talabalar qiziqish bilan qabul qilishi.
10. Kelgusi rejalar:
1. O’qituvchi internetdan yangi 1. Talaba ushbu materiallarni o’z-
material olish uchun foydalanishi, lashtirishi, konspekt yozish,
mukammallashtirishi. mustaqil ishlashi.
2. Yangilash va joriy etish, yondashuv. 2. Adabiyotlar bilan ishlashi
3. Kasbiy tayyorgarlikni 3. Yangi texnologiyaga yondashuvi.
151
insonparvarlashtirish.
Laboratoriya mashg’uloti 9
Mavzu: Mikroorganizmlar genetikasi. Mikroorganizmdagi uzgaruvchanlik va ulardan
tibbiyotda foydalanish. Vaksinalar va zardoblar
1. Darsning maqsadi. Talabalarga mikroorganizmlarning genetik tushunchasi, irsiyat va
o’zgaruvchanlik to’g’risida, mikroorganizmlar fizik, kimyoviy va biologik ta’sirlar haqida
tushuncha hosil qilish.
2. Darsning vazifasi: Talabalarga modifikatsion va mutatsion o’zgaruvchanlik, plazmidalar
haqida bilishi, aseptika, antiseptika, dezinfeksiya tushunchalari, sterilizatsiyaning turlari haqida
bilishi kerak.
3. O’quv jarayonining mazmuni:
1. Irsiyat haqida tushuncha
2. Modifikatsion o’zgaruvchanlik va ularning xossalari
3. Mutatsion o’zgaruvchanlik va uning shakllari
4. Plazmida
5. O’zgaruvchanlikning tibbiyot amaliyotidagi ahamiyati.
6. Mikroorganizmlarga fizikaviy omillarini ta’siri
7. Mikroorganizmlarga kimyoviy va biologik omillarning ta’siri
8. Dezinfeksiya uchun qo’llaniladigan moddalar
9. Sterilizatsiya, uning turlari
10. Tindalizatsiya, pasterizatsiya
Dostları ilə paylaş: |