Sedimentasion ( Kox usuli) usul. Asosan yopiq xonalar havosini tekshirishda qo’llaniladi.
Bu usulning mohiyati shundan iboratki, oziqli agar kuyilgap Petri kosachasi xonani bir necha
joyiga ochiq holda ma’lum vaqtga ochiq qoldiriladi ( ko’proq 20-30 min.). So’gg 37°S da
termostatga joylashtiriladi. Kosachalardan o’sib chiqqan koloniyalar soniga qarab 1 m³ havodagi
UMS Omelyankiy formulasi yordamida topish mumkin.
a · 100 · 1000 · 5
x = --------------------------
b · 10 · t
Bu yerda x ─ 1 m³ havodagi mikroblar miqdori; a- Petri kosachasidagi oziqli muhitda
o’sgan mikroblar soni; b- Petri kosacha yuza m
aydoni (πτ²); t –kosacha ochiq turgan vaqt,
minutlarda; 5- Omilyansiy xisoblashidagi vaqt; 10- mikroorganizimlar cho’kishi zarur bo’lgan
havo ob’yomi;1000 – izlanilayotgan havo ob’yomi litrda. Xisob qilishda xonaga qo’yilgan har bir
kosachalardagi mikroblaro soni aniqlanib uning o’rtacha miqdoriy ko’rsatkichi (a ) olinadi.
Tekshirilayotgan xonalarda topilgan UMS 250 dan kam koloniya o’sib chiqsa, havo toza
hisoblanadi. Koloniyalar soni 250—500 ta bo’lsa, havo o’rtacha ifloslangan, agar 500 dap ortiq
bo’lsa nihoyatda ifloslangan bo’ladi.
Aspirasion usul. Bu havodagi UMS aniqlashda juda ham aniq usul hisoblanadi. Havo
apparat yordamida ekiladi.
Havoni tekshirish uchun boshqa apparatlardan (Dyakov, Rechmenskiy, Kiktenko, PAB-1 —
aerozol bakteriologik namuna oluvchi, POV-1 — havodan tekshirish uchun namuna oluvchi
apparat) ham foydalaniladi.
Bu aparatlar yordamida ma’lum hajmdagi havo, suyuqlik yoki filtrlardan o’tkaziladi.
So’ngra o’lchab, oziqli muhitga ekiladi. PAB-1 va POV-1 apparatlari yordamida ko’p hajmdagi
havoni tekshirish orqali patogen bakteriya va viruslarni topish mumkin. Hozirgi vaqtda
kasalxonalar ichida yuqadigan infeksiyalarning qo’zg’atuvchilari bo’lmish patogen va shartli-
patogen baktsriyalarii (stafilokokklar, ko’k-yiring tayoqchalari va boshqa grammanfiy
135
bakteriyalar) bevosita jarrohlik, akusher-ginekologik va boshqa bo’limlarning havosini tekshirish
mobaynida topish mumkin.
Kasalxona ichida stafilokokk etiologiyali infeksiya paydo bo’lganida, tekshirishlar infeksiya
manbaini, tarqalish yo’llarini aiiqlashga qaratiladi. Atrof-muhitdagi ob’ektlardan, shuningdek
bemorlar va kasalxona xizmatchilardan ajratib olingan stafilokokk kulturasi na’munasini bir
xilligini ularni fagotiplarini tekshirish yo’li bilan aniqlanadi. Kasalxona binolaridagi havolarga
mo’ljallangan UMS va Staph. aureus sonining normativ ko’rsatkichlari 20 -jadvalda
keltirilgan.
Laboratoriya mashg’uloti 7
Mavzu: Infeksiya xaqida tushuncha. Virulent va patogen mikroorganizmlar.Infeksion
kasalliklarni klassifikasiyasi va laboratoriya diagnostika usullari
Dars soati
1. Darsning maqsadi.
Talabalarni infeksiyani inson organizmiga tushishi,infeksiya jarayoni, patogenlik va
virulentlik faktorlari bilan tanishtirish.Laboratoriya jonivorlariga infeksiyani yuqtirish usullari va
maqsadini tushuntirish. Talabalarni kimyoterapevtik moddalarning asosiy guruhlari va ularni
mikroblarga qarshi ta’sir mexanizmi bilan tanishtirish. Mikroorganizmlarning kimyoviy
preparatlarga chidamliligi va uni bartaraf qilish yo’llari haqida tushuncha xosil qilish.
2. Darsning vazifasi.
Talabalarga laboratoriya hayvonlariga infeksiyani yuqtirish usullarini o'rgatish.
Mikroorganizmlarni virulentlik darajasini ko'rsatuvchi dozalar bilan tanishtirish. Talabalarga
kimyoterapevtik preparatlar faolligini aniqlash usullarini o’rgatish.
Mavzuga mustaqil tayyorlanish uchun savollar.
1.Kasallik qo'zg'atuvchi mikroorganizmlarni ayting.Virulentlik omillari nima?
2.Patogenlik va virulentlik nima ?
3.Infeksiya,infeksion jarayon. Infeksion yuqumli kasalliklar haqida ayting.
4.Laboratoriya jonivorlariga kasallik yuqtirishning maqsadi va vazifalarini aytib bering.
5.Kimyoterapevtik preparatlarning etiotropligi va organotropligi. Kimyoterapevtik ideks
nimaligini aytib bering.
6. Kimyoterapevtik preparatlarning asosiy turlari va ularning mikroorganizmlarga ta’sir etish
mexanizmlari.
7.Antibiotiklar rejasini aytib bering.
8.Mikroorganizmlarning dori vositalariga nisbatan tabiiy va o’zlashtirma chidamliligi.
9.Mikroorganizmlarning dori vositalariga rezistentligini bartaraf etish yo’llari.
10.Kimyoterpevtik moddalarni aktivligini aniqlash usullari.
11.Antagonizm. Antibiotiklarga talab.
3. O'quv jarayoning mazmuni.
1.Kasallik qo'zg'atuvchi (patogen ) mikroorganizmlar.
2.Kasallik bilan o'lgan jonivorlarni yorib ko'rish va mikrobiologik jihatdan o'rganish.
3.Kimyoterapevtik moddalarning asosiy guruhlari va ularning mikroblarga qarshi ta’sir
mexanizmi.
4.Antibiotiklar:umumiy ma’lumotlar.
5.Muhim antibiotiklar va ularning mikrobga qarshi mexanizmi.
6.Mikroorganizmlarning kimyoviy preparatlarga chidamliligi va uni bartaraf qilish yo’llari.
4. O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
( metod, forma, vosita, usul, nazorat, baholash)
A) Darsning turi - suhbat.
B) Metod -1 "Qopdagi mushuk" 2."Qor bo'ron" ish o'yini 3. " Interaktiv usul."
V) Forma (shakl) - guruh.
G) Vosita - doska, tarqatma material,tablitsa,tayyor preparat, mikroskop, kompyuter,labarator
idish, uskunalar.
136
D) Usul - nutqli.
E) Nazorat - kuzatish (ko'rish)
J) Baxolash - o'z- o'zini va umumiy baxolash.
5. Metodlar.
1."Qopdagi mushuk" ish o'yinini o'tkazish uslubi.Ish uchun zarur.
1. Davra suhbati”, 2. “Qor bo’ron” ish o'yinini o'tkazish metodikasi.
Vaziyatli masala va savollar to’plami alohida oq qog’ozlarga pechatlangan.
Guruhdagi talabalar soniga qarab qur'a tashlash (jerebevka) uchun savollar.
Toza qog’oz varaqlari.
Ishni bajarish tartibi.
1. Qu'ra tashlash yo'li bilan gurux 3-4 ta talabadan iborat bo'lgan kichik guruxlarga bo'linadi.
2. Har bir gurux alohida stul atrofida o'tiradi toza qog'oz varog'i va ruchka tayyorlanadi.
3. Varoqda sana,gurux soni, ish o'yinini nomi,shu kichik
guruxda ishtirok etadigan talabalar familiyasi,ismi,sharifi yoziladi.
4. Xar bir kichik guruxlarni bitta qatnashchisi o'qituvchini oldiga kelib kanvetdan topshiriq
variantini oladi.
5. Talabalar varoqga o'zlarining topshiriqlarini ko'chiradilar va ish bajarish uchun 15 minut vaqt
beriladi.
6. Kichik guruxlar topshiriqni muxokama qiladilar va to'liq javobni yozadilar.
7. O'qituvchi kuzatib turishi shart, talabalar ko'chirmasligi va boshqa guruxlar bilan aloqa qi
lmasligi kerak.
8. 15 minut o'tgandan so'ng javob varaqalari yig'ib olinadi.
9. O'qituvchi dars davomida topshiriqlar to'g'ri,to'la, tartib bilan bajarilishini tekshiradi.
10.Kichik guruxlarni hamma ishtirokchilariga bir hil ball qo'yiladi.
91 - 100 % - <<5>> Maks.Ball.
86 - 90 % - <<5>> juda yaxshi besh.
71 - 85 % - <<4>> yaxshi.
65 - 70 % - <<3>> to'liq qoniqarli <<3>>
55 - 64 % - <<3>> to'liq qoniqarli <3>>
54 - 41 % - <<2>>
11. Javoblar varog'ida o'qituvchi ballar va imzo qo'yadi.
12. Darsni joriy baxolashda talabalarni olgan ballari e'tiborga olinadi.
13. Har bir kichik guruhlarni bitta qatnashchisi o’qituvchisini oldiga kelib konvertdan topshiriq
variantini oladi.
14. Talabalar javoblari uchun reyting ballarini olishadi.
15. Talabalar olgan ballari shu mavzu bo'yicha joriy ballashda qo’llaniladi.
5.2 "Qor bo'ron " ish o'yini
Maqsad:
Gurux talabalarining hammasini bir vaqtning o'zida bilimini nazorat qilish.
Ishni o'tkazish tartibi:
Gurux 2-3 talabadan iborat kichik guruxlarga bo'linadi.Gurux talabalarining xammasi bitta savol
yoki vaziyatli masalani o'zaro taxlil qilishadi.Har bir to'g'ti javob bergan guruxchaga ball sifatida
qor qor bo'ron yozib qo'yiladi.Natijada eng ko'p bo'ronlar to'plangan guruxcha g'olib bo'ladi.
Guruh 2-3 talabadan iborat kichik guruhchalarga bo’linadi. Guruh talabalarining hammasi bitta
savol yoki vaziyatli masalani o’zaro taqlil qilishadi. Har bir to’g’ri javob bergan guruhchaga ball
sifatida qor bo’ron yozib qo’yiladi. Natijada eng ko’p bo’ronlar to’plangan guruhcha qolib bo’ladi.
Ish o'yini uchun savollar.
1.Kasallik qo'zg'atuvchi mikroorganizmlarni ayting.Virulentlik omillari nima?
2.Patogenlik va virulentlik nima?
3.Infeksiya,infeksion jarayon.infeksion yuqumli kasalliklar haqida ayting.
4.Laboratoriya jonivorlariga kasallik yuqtirishning maqsadi va vazifalarini aytib bering.
5.Kimyoterapevtik moddalarning asosiy guruhlari va ularning mikroblarga qarshi ta’sir
maxanizmi.
6.Antibiotiklar:umumiy ma’lumotlar.
137
7.Muhim antibiotiklar va ularning mikrobga qarshi mexanizmi.
8.Mikroorganizmlarning kimyoviy preparatlarga chidamliligi va uni bartaraf qilish yo’llari.
9. Kimyoterapevtik preparatlarning etiotropligi va organotropligi. Kimyoterapevtik ideks
nimaligini aytib bering.
10. Kimyoterapevtik preparatlarning asosiy turlari va ularning mikroorganizmlarga ta’sir etish
mexanizmlari.
11.Antibiotiklar rejasini aytib bering.
12. Mikroorganizmlarning dori vositalariga nisbatan tabiiy va o’zlashtirma chidamliligi.
13.Mikroorganizmlarning dori vositalariga rezistentligini bartaraf etish yo’llari.
14.Kimyoterpevtik moddalarni aktivligini aniqlash usullari.
15.Antagonizm. Antibiotiklarga talab.
6. O'quv jarayonida talabalar bajaradigan mustaqil ishi.
1.Laboratoriya hayvonlariga yuqtirish usullari.
2.Laboratoriya hayvonini yorish,o'qituvchi bilan birgalikda.
3.Surtma tayyorlash va gramm usuli bilan bo'yash,mikroskop orqali kuzatish va dafatrga chizib
olish.
4.Tayyor preparatlarda fagositoz hodisasanini mikroskop orqali kuzatish, metodik qo'llanmalar
bilan mustaqil ishlash.
5.Bakteriyalarni antibiotiklarga sezgirligini antibiotiklar shimdirilgan standart disklar metodi bilan
aniqlash.
6.Turli darajada suyultirish usuli bilan atibiotiklarning aktivligini aniqlash.
7.Antibiotiklarning kuchini agarda diffuziyalash usuli bo’yicha aniqlash.
8.Mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezuvchanligini aniqlashning tezkor usuli.
Infeksiya xaqida ta'limot.
Infeksiya (lotincha, infection-yuqtiraman,tashqaridan biron narsani kiritaman) degnada
odam, hayvon,o'simlik organizmiga tushgan mikroorganizmlar ta'sirida yuzaga keladigan jarayon
tushuniladi.
Infeksion jarayon- bu makroorganizmga patogen mikrob ta'sir qilishi natijasida yuzaga
keladigan fiziologik va patologik o'zgarishlar majmuidir. Infeksion jarayon quyidagi omillar: a)
patogen mikroblar va ularning hayot faoliyati davrida ishlab chiqaradigan maxsulotlari :
b) jarayon rivojlanishi davridagi makroorganizm holati ; v) tashqi muhit sharoitlari ;
g) ijtimoiy omillar ta'sirida rivojlanadi.
Yuqumli kasalliklar boshqa kasaliklardan (somatik,genetik) ko'pgina xususiyatlari bilan farq
qiladi. Avvalo, yuqumli kasalliklarni maxsus patogen mikroblar qo'zg'atadi,mikrob organizmga
tushgandan so'ng kasallik darxol namoyon bo'lmay, ma'lum bir yashirin davr o'tadi. U
xastalangan odamdan sog'lom kishilarga yuqib, katta xududlarga tarqalishi mumkin.
Makroorganizmning mikroorganizm bilan munosabati- simbioz shakllari.
Mikroorganizmlar ikki katta guruhga: saprofitlar (kasallik qo'zg'atmaydigan-zararsiz) va
parazitlarga bo'linadi. Odam va hayvon organizmida yashaydigan mikroblarning ayrim turlari
shartli- patogen xisoblanadi,yani ular ma'lum bir sharoitdagina kasallik qo'zg'atishi
mumkin.Bunday sharoitlarga sovqotish,immun tizimining susayishi,vitamin va oqsillar
yetishmasligi, antibiotiklarni ko'r-ko'rona ishlatilishi kabilar misol bo'la oladi.
Simbiozning turli shakllari mavjud. Bulardan kommensalizm,mutualizm,parazitizm aloxida
o'rin tutadi.
Kommemsalizm (fr.commensal -xamtovoq)- ikkita organizmning bir biriga ziyon
yetkazmay,birga yashashi.Masalan.odam organizmidagi normal mikroflora a'zolari.
Mutualizm
(lot.mutuus-o'zaro) ikki organizmning bir biriga foyda keltirb
yashashi.Masalan, ichakning normal mikroflorasi,undagi ovqat qoldiqlari xisobiga xar doim odam
organizmi bilan birga yashaydi va ayni vaqtda organizm uchun muxim bo'lgan bir necha tur
vitaminlarni sintezlab,uning vitaminga bo'lgan extiyojini barqororlashtirib turadi.
Parazitizm (yun.parasitos- tekintomoq, tekinxo'r) - bir turdagi organizmning boshqa
organizm xisobiga oziqlanib,unga ziyon yetkazishi. Parazitlar yuqumli kasallik qo'zg'atadigan
mikroblarning katta guruxini tashkil qiladi. Ular uzoq vaqt davomida tirik organizmda yashashga
moslanib borishisababli organizm tekinxo'r mikrob uchun doimiy makon, tabiiy yashash muxiti
138
bo'lib qolgan.
Evolyutsion rivojlanish jarayonida odam va xayvonlarning xujayra va to'qimalarida
tekinxo'r hayot kechirishga moslashgan va ularga zaxarli ta'sir etib fiziologik holatni izdan
chiqaradign mikroblar patogenlar deb ataladi.
Patogenlik - mikroorganizmlarning infeksion jarayonini yuzaga keltira oladigan potensial
xususiyati. Patogenlik faqat ma'lum bir sharoitda, yani unga moyil bo'lgan organizmdagina amalga
oshadi, shuning uchun potensial xossa xisoblanadi.Masalan,bo'g'ma bakteriyasi yoki vabo vibrioni
faqat odam uchun patogen bo'lib, xayvonlarga nisbatan hech qanday xavf tug'dirmaydi. Aksincha,
qoramol, cho'chqa,it,yoki tovuq o'latining viruslari odam uchun zararsizdir.
Patogenlik maxsus bo'ladi, ya’ni mikrob tabiiy yo'l bilan organizmga tushganda ma'lum bir
to'qima va a'zolarda shu tur kasallik qo'zg'atuvchisiga xos bo'lgan patomorfologikva patofiziologik
o'zgarishlar keltirib chiqaradi, Bu infeksiyaga muvofiq patogenetik va klinik ko'rinishlarda
namoyon bo'ladi. Muhitning ma'lum bir sharoitlarida patogen mikroorganizmning
genotipi,virulentlik va toksik xususiyatlari fenotipik tarzda ro'y beradi.Bu sharoitlar organizmning
ximoya tizimlari holati, ya'ni yuqumli omil bilan kurasha olish qobiliyatiga bog'liq.Shunga ko'ra
ularning patogenlik darajasi virulentlik dep nomlangan.Patogen mikroblar turli shtammlarning
virulentligiga moyil hayvonlarni o'ldira oladigan eng kam miqdoriga qarab belgilanadi.
Mikroblarning ularga sezgir xayvonning 80-95 % ini ma'lum vaqt ichida o'ldira oladigan
eng kichik miqdori minimal letal doza ( lot.dosis letalis minima- DLM)deb ataladi.100 % tajriba
hayvonlarini o'ldiruvchi miqdori DSL (loy.dosis letalis -50 ishlatiladi,bu patogen
mikroorganizmlarning tajriba xayvonlarining 50 % ini o'ldirishga qodir miqdorini bildiradi.
Patogen mikroorganizmlarning kasallik qo'zg'ata oladigan miqdoriga infeksion miqdoriga
infeksion doza (ID) dep ataladi. Masalan, qorin tifi ( ich terlama ) bakteriyalarning o'rtacha
yuqumli miqdori 10, El-Tor vabo vibrionlari uchun 10-10, ichburug' bakteriyalari uchun esa 10-
100 ta mikrob xujayrasiga teng.Yuqumli kasallikning og'ir yoki yengil kechishi hamda asoratlari
mikrobning organizmga tushgan joyi va miqdoriga bog'liq.
Yuqumli kasallikga moyil organizmga tushgan patogen mikrobning bitta hujayrasi o'rtacha
xar 20 minutda bo'linsa , 6 soat dovomida uning soni 250000 ga, yana bir necha vaqtdan so'ng
milliardga yetb og'ir shikast yatekazishi mumkin.
Boshqa belgilar kabi mikroblarning virulentligi xam o'zgarib turishi mumkin.Bu yo’l
fenotipik ko'rinishda, yo'ki genlardagi mutatsiyalar xisobiga amalga oshadi.Masalan, fenotipik
o'zgarishlar ( virulentlikning kamayishi) bakteriya kulturasining " qarishi " noqulay sharoitda
o'stirilishi natijasida yuzaga keladi. Lekin , bu o'zgargan mikroblar qulay sharoitlarda , maxsus
oziq muxitlarda ekilsa, ular o'z virulentligini tiklay oladi. A virulent mutantlari olishda
mikroorganizmlarga xar xil fizik va kimyoviy omillar ta'sir ettiriladi.Virulentligi pasaygan yoki
yo’qolgan (avirulent) mikroorganizm shtammlaridan tirik vaksinalar tayyorlanadi.
Patogenlik va Virulentlik omillari.
Patogen mikroorganizmlarning virulentligi,ularning adgeziv,kolonizatsiya qilish yoki
ko'payishi,invaziv,ximoya omillarini ( birinchi navbatda fagositoz qiluvchi hujayralar faoliyatini )
susaytirish ,zaharli moddalar ishlap chiqarish kabi xossalari orqali amalga oshadi.
Adgeziya va kolonizatsiya. Infeksion jarayon boshida,mikrob xujayralari ularga
ta'sirchan makroorganizm xujayralariga yopishib oladi ( adgeziya qiladi ) so'ngra u yerda ularning
ko'payishi (kolonizatsiya) boshlanadi.
Adgeziya(lot.adhasio-yopishish)da mikrob epiteley xujayrasining ustki qismiga
yopishadi.Bu jarayonda bir tomondan nomaxsus fizik-kimyoviy omillar( mikrob xujayralarining
gigrofobligi,membrana usti zaryadlari va boshqalar), ikkinchi tomondan maxsus tuzilmalar (
adgezinlar, retseptorlar ) qatnashadi.
Adgezinlar asosan oqsil tabiatli tuzilmalar bo'lib,ularning maxsusligi xisobiga bir tur
mikroorganizmlar nafas yo'llarining,ikkinchilari - ichak yo'llari,uchinchilari -siydik- tanosil
a'zolarining epiteleylariga birikadi va x.k.
Ko'pgina grammanfiy bakteriyalarda tukchalar adgezinlar vazifasini bajaradi.Grammusbat
bakteriyalada esa hujayra devoridagi oqsil va lipoteyxova kislotalari shunday xossaga ega.
Odam to'qimasi xujayralarida har xil : tabiiy, induksiya qilingan va orttirilgan retseptorlar
mavjud.Tabiiy retseptorlar epiteley xujayralarida joylashgan bo'lib,ularga moyil bakteriyalarning
139
adgeziyasida qatnashadi. Induksiya qilingan retseptorlar viruslar o'ziga sezgir xujayralarga
absorbsiya qilganidan keyin paydo bo'ladi.( masalan.gripp virusi) so'ngra bu xujayralarga har xil
bakteriyalar ( masalan.stafilakokk,streptokokk.) yopishishi mumkin.
Kasallik qo'zg'atuvchi mikroorganizmlar o'ziga moyil to'qima xujayrasiga birikkanidan
so'ng uning ustki qismi yoki ichiga kirib tezda ko'payishiga ( kolonizatsiya qilishga ) xarakat
qiladi.Agar shunday qilmasa ,maxalliy ximoya omillari va normal mikrofloraning antogonistik
ta'siri xisobiga tezda nobud bo'ladi.
Penetratsiya (lot.penetrate-kirib olish)bir necha yuqumli kasallik qo'zg'atuvchi
mikroblar epiteley xujayralari. Leykosit va limfositlar sitoplazmasiga kira olish
(penetratsiya qilish) xususiyatiga ega. Ichakning epiteley xujayralariga shigella, ma'lum tip ichak
tayoqchasiga salmonollelar kira oladi. Bunda xujayra parchalanadi. Epiteliy qavatining butunligi
buzilib, muvofiq a'zo yoki to'qimada patologik jarayon rivojlanadi.
Invaziya (lot.invasio-xujum qilish) Patogen mikroblarning organizmga kira olish
xususiyati to'qimalarni yemira oladigan yoki har xil xujayralarni shikastlaydigan fermentlar ishlab
chiqarishiga bog'liq. Ko'pgina patogen mikroblar (Cl.perfringens, Streptococcus, Starhylococcus
va boshqalar) da gialuron kislotani yoki birikturuvchi to'qima asosini tashkil etuvchi
mukopolisaxaridni parchalay oladigan gialurondaza fermenti topilgan. Bu ferment mikroblarning
organizmga tez tarqalishiga imkon beradigan patogenlik omillaridan biri xisoblanadi.
Vabo vibrioni, streptokokk kabi mikroorganizmlar neyraminidaza fermenti ishlab
chiqaradi, bu ferment har xil glikoprotoid glikolipid polisaxaridlar tarkibidagi neyramin kislotasini
tanlab parchalaydi, natijada har xil to'qimalarning o'tkazuvchanligi ortadi. Shuning uchun
mikroblar neyraminidaza yordamida nafaqat to'qimalar, balki xujayralar ichiga ham kirib olishi
mumkin.
Stafilokokk streptokokklar qon va turli a'zo xujayralarining qobig'ini yemiradigan
lesitinaza va leykosidin, eritrositlarni lizisga uchratadigan gemolizin ishlab chiqaradi.
Agressiv omillar. Organizmning ximoya kuchlariga ta'sir ko'rsatuvchi omillar
agresinlar deb yuritiladi. Bakteriya xujayrasining ustki qismida joylashgan kapsulalar
(polisaxaridlar, oqsillar) tilla rang stafilokokklarning xujayra devoridagi A-oqsili,patogen
streptokokklarning M-oqsili, grammanfiy bakteriyalarning lipopolisaxaridlari,
mikobakteriyalarning kort -omili, o'lat bakteriyasining V-va W - antigenlari shunday xususiyatga
ega moddalardir. Bu omillar leykositlar xemotaksisini susaytirib, fagositozning amalga oshishiga
to'sqinlik qiladi. Boshqa taxminlarga ko'ra. yuqorida sanab o'tilgan omillar opsoninlar (antitelolar)
yoki komplement ma'lum bir komponentlarning faolligiga ta'sir ko'rsatadi.
Fermentlar yordamida xam organizm ximoya to'sig'ini yengib o'tishi mumkin. Bularga
proteaza, qon plazmasini ivitadigan koagulaza, fibrinni eritadigan fibrinolizinlar misol bo'la oladi
Bakteriya toksinlari (zaxarli moddalari) Bakteriyalar sintez qiladigan zaxarli moddalar
kimyoviy tabiatiga ko'ra oqsillar (ekzotoksinlar) yoki liposaxaridlar (endotoksinlar)ga bo'linadi.
Oqsillar bakteriya xujayrasining tashqi qobig'ida joylashgan bo'lib, to'liq tashqariga sintez
qilinadigan (V.cholerae xolerogeni, V.parahaemolyticus gemolizni. Cor. diphteiae. gistotoksini va
boshqalar) qisman (Bord.pertussis leykotoksini, Vl.teteani tetanospazmini, Cl.botulinum
neyrotoksini,) va umuman sintez qilinmaydigan turlar (Sh.dysenteriae enterotoksini, Y.pestis "
sichqon toksini") ga bo'linadi. Oxirgi xillari faqat bakteriya xujayrasi parchalangandan keyin
tashqariga tushadi. Binobarin, oqsil tabiatli toksinlar nafaqat mikrob virulentligining amalga
oshishida, balki bakteriyalarning metabolik jarayonlarida xam qatnashadi.
Lipopolisaxaridlar (LPS) bakteriyaning xujayra devorida joylashgan bo'lib bu tuzilma
parchalangandan so'ng tashqari tushadi.
Oqsil tabiatli toksinlar. Bu xilga mansub 80 dan ortiq bakteriya zaharlari tafovut
qilinadi.Ular bir-biridan molekulyar massasi, kimyoviy tuzilishi, tropligi (moyilligi) va biologik
faolligi bilan farq qiladi.
Oqsillar asaosan termolabil bo'lishiga qaramay, ularning issiqqa chidamli turlari xam
mavjud. Masalan,Cl.botulinum, E.coli, patogen stafilokokklar ishlab chiqaradigan zaxarlar 100 C
da xam bir necha minut saqlanib qoladi. Ekzotoksinlar a'zo va to'qimalarga
moyilligi,zaxarliligi,antigenligi, immunogenligiva boshqa belgilari bilan ta'riflanadi. Ta'sir
mexanizmiga ko'ra 4 xili ajratiladi.
140
Sitotoksinlar oqsil sintezini buzadi.
Membranotoksinlar- eritsosit (gemolizin) va leykositlar (leykosidin) o'tkazuvchanligini
oshiradi, natijada birinchilar gemolizga uchraydi, ikkinchilari parchalanadi.
Funksional
blokatorlar-
xujayra adenilatsiklaza fermenti faolligini oshiradigan
enterotoksinlar, ular ta'sirida ingichka ichak devorining o'tkazuvchanligini oshadi va suyuqlik
ko'p miqdorda chiqib ketishi xisobiga diareya yuzaga keladi. Masalan, patogen vabo vibrioni
ishlab chiqaradigan xolerogen,enterobakteriyalarning enterotoksinlari xuddi shunday xususiyatga
ega.
Patogen stafilokokk va streptokokklar ishlap chiqaradigan eksfoliatin va eritrogenlarning
xujayralarning o'zaro va xujayra aro moddalar ta'sirlashuvi jarayonlariga ta'sir ko'rsatadi. Bir
qator oqsil tabiatli formalin ta'sirida anatoksinlar olinadi.
Endotoksinlar bakteriya qobig'i bilan bog'langan bo'lib, organizmda mikrob xujayrasi
parchalangandan so'ng ajralip chiqadi. Endotoksinlar kimyoviy tarkibi bo'yicha LPS bo'lgani
uchun,ko'proq grammanfiy bakteriyalarda uchraydi. Ular glyusido-lipido-protein birikmasidan
iborat bo'lib, issiqqa chidamli (termostabil), avtoklavda xam o'z kuchini saqlab qoladigan
preteolitik fermentlar ta'sirida parchalanmaydi, endotoksin formalin ta'siriga ham chidamli.
Endotoksin tajriba xayvonlariga katta miqdorda kiritilsa, fagositozning pasayishi, xolsizlik
kuzatiladi, nafas olish qiyinlashadi, yurak faoliyati susayadi, tana xarorati pasayadi. Aksincha,
kichik miqdorda kiritilsa, qarama-qarshi xolat kuzatiladi: fagositoz kuchayadi, tana xarorati
ko'tariladi va x.k. LPS qonga tushgach qon xujayralariga ta'sir ko'rsatib, ulardan pirogen moddalar
ajraladi, natijada odam isitmalaydi.
2>3>3>3>3>4>5>5> Dostları ilə paylaş: |