O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi


Ish o’yini uchun savollar



Yüklə 3,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/39
tarix19.02.2020
ölçüsü3,12 Mb.
#30485
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39
mikrobiologiya fanidan oquv uslubiy majmua


Ish o’yini uchun savollar:  
1.  O’simliklarda uchraydigan mikroorganizmlarning asosiy turlari va ular to’grisida 
ma'lumot. 
2.  O’simliklarda uchraydigan kasalliklar va ularga qarshi kurash choralari. 
3.  Dori-darmonlar  va  dori vositalarining mikrob bilan zararlanish manbalari. 
4.  Dori-darmonlarning mikrob bilan zararlanishining oldini olish choralari. 
5.  Dori-darmonlarning zararlanishini mikrobiologik nazorat qilish usullari. 
 
3.“Interaktiv usul.” Talabalar mavzu bo’yicha kompyuter yordamida audio, video 
materiallar bilan tanishadilar. 
 
6.O’quv jarayonida talabalar bajaradigan mustaqil ishi: 
1.  Dorivor o’simliklar xom-ashyosini mikrob bilan ifloslanishini aniqlash. 
2. Antimikrob ta’siriga ega bo’lmagan dorivor vositalarning mikrob bilan ifloslanishini aniqlash. 
3. Fil’trat yo’li bilan dorivor vositalarning mikrob bilan ifloslanishini aniqlash. 
4.Antigen hususiyatga ega bo’lmagan va in’eksiya uchun ishlatiladigan dorivor moddalarnig 
sterilligini aniqlash. 
5. Dorivor moddani mikrob bilan zararlanganini aniqlash uchun qiyshiq agarga ekilgan ekmani 
kuzatish. 
6. Surtma tayyorlash. Gram bo’yicha bo’yash. Rasmini chizib olish. 
7. Talabalar  mustaqil ishlashi uchun vazifalar (nazariy qism). 
        Dorilarni tayyorlashda har xil o’simliklardan foydalaniladi yoki ko’pgina o’simliklardan 
qaynatma, damlamalar tayyorlanadi. Dorivor modda va tayyor dori-darmonlar tarkibida turli xil 
mikroorganizmlar bo’lishi mumkin. O’simliklardan olinadigan dorivor moddalarning mikroblar 
bilan zararlanishi o’sha o’simlik turi va uning o’sib chiqishi uchun  zarur bo’lgan shart - sharoitiga 
bogliq bo’ladi. Chunki o’simliklar atrof muqitdagi ayniqsa, tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar 
bilan zararlangan bo’lishi ham mumkin. Lekin shuni hisobga olish kerakki, dorivor o’simliklar 
xom ashyosida o’z mikroflorasi ya'ni normal mikroflora va fitopatogen mikroorganizmlar ya'ni 
o’simlik kasalliklari qo’zgatuvchilari bilan zararlangan bo’lishi mumkin. 
         O’simliklar normal mikroflorasi barg yuzida, urug’larida, ildiz oldi sistemasida har  
xil bo’ladi. 
          Jonli (tirik) o’simliklarda yashovchi va ularga zarar keltirmaydigan mikroblar, "epifit 
mikroflora" tushunchasiga birlashgan. Yangi kesilgan yaproq yuza qismida ko’pincha 2 xil 
bakteriya aniqlandi: 
1) Bact herbicola aureum  va 
2) Psevdomonos fluorescens 
       Kam hollarda sporali bakteriyalar: Bac mesentericum 
                                                               Bac vulgatus 
        Sporasiz – Bac putiodam, E coli va zamburug’lar 
       Bu mikroflora o’simliklarda qaysi geografik zonadaligidan qat'iy nazar bo’ladi. 
        Bact herbicola aureum  - qisqa Gr(-) tayoqchalar bo’lib, 2 ta polyar xivchinlari bo’ladi.  
Go’sht peptonli agarda yuzida shilimshiq bo’lgan, tilla sariq rangli yumaloq koloniyalar hosil 
qiladi. 
         Psevdomonos fluorescens - polimorf, polyar xivchinli tayoqchalar bo’lib, Gr(-). Zich ozuqa 
muhitida chetlari notekis bo’lgan tiniq koloniyalar qosil qiladi. 
         Tuproqda o’simlik ildizi atrofida intensiv o’sish zonasi bo’ladi va mikroblar yuqori 
aktivlikka ega bo’lib, bu qism rizosfera deyiladi. 
          Rizosferaning sifat va miqdor tarkibi har bir o’simlik turi uchun spetsifik bo’ladi. 
          Ko’pincha sporasiz bakteriyalar va mikobakteriyalar uchraydi. Kam xollarda sporali 
bakteriyalar, aktinomitsetlar va zamburug’lar uchraydi. Tuproq mikroorganizmlari o’simliklarga 

119 
 
ijobiy ta'sir qilib, ular o’simliklar uchun zarur bo’ladi, ular bilan simbioz holda bo’lishi mumkin 
yoki zararli ta'sir qilib, ularning nobud bo’lishiga olib kelishi mumkin. 
         Tuproqdagi bakteriyalardan Ps fluorescens, rizosfera zonasida joylashgan bo’lib, 
o’simliklarni infektsiyadan ximoya qilishda katta  rol o’ynaydi, ya'ni ular o’simliklarni fitopotogen 
bakteriyalardan ximoya qiladi. Lekin aynan shu bakteriyalar o’simliklarda jarohatlangan 
to’qimalari orqali kirib, ularning chirishiga sabab bo’ladi. 
          O’simliklarning mikroblar bilan  ifloslanishi  o’stirish sharoitlariga ularning bandligiga 
bog’liq bo’ladi.Kulturali tuproq o’simliklarida mikroblar, o’rmon va gulzorlardagiga qaraganda 
ko’p bo’ladi. Kuzda yaproqlarda bakteriyalar, bahordagidan ko’p bo’ladi. O’simliklarning yuqori 
qismida joylashgan yaproqlarda mikroblar kam, pastki qismidagi yaproqlarda ko’p bo’lib, bunga 
sabab, pastki qismiga mikroblar tuproqdan yomgir yog’ganda sachrab o’tishi xisobiga.  
Ayniqsa o’simlik mikroblar bilan ko’p ifloslangan bo’ladi sugorish maydonlarida, 
axlatxonali joylarda, yoki avvaldan axlatlar to’kilgan joylarda, mol boqiladigan yaylovlarda. Shu 
yerda o’sgan o’simliklar tarkibida inson salomatligi uchun xavfli bo’lgan patogen 
mikroorganizmlar bo’lishi mumkin. 
         Kesilgan yoki yulingan o’simliklarni darrov qayta ishlash, ishlov berilishi lozim, chunki ular 
mikroblarning rivojlanishi uchun qulay muhit hisoblanadi. Quritilgan o’simliklarda mikroblar 
hayot faoliyati susayadi, ko’pgina bakteriyalar nobud bo’ladi. 
        Fitopotogen mikroblar qo’zgatuvchi o’simliklardagi infektsion kasallanish ya'ni bakterial 
kelib chiqishiga ega bo’lsa bakterioz deyiladi. Bakteriozlarga har xil chirishlar, bakterial dog’lar, 
kuyish, nekroz, so’lish va boshqalar kiradi. Chirishlar quruq va nam bo’ladi, bunda o’simlik 
hujayralarining yumshaganligi, hujayralarning parchalanishi yoki ma'lum bir qismining yoki butun 
o’simlikning nobud bo’lishi kuzatiladi. 
        Doglar paydo bo’lganda, ularning formasi, rangi va razmeri har xil bo’ladi. 
        Kuyishda asosan mevali daraxtlarda (yaproqlari, shohlari, mevalarida) suvli dog’lar xosil 
bo’lib,qorayishi yoki jigar rang tusga kirishi kuzatiladi. Zararlangan barg nobud bo’ladi, 
mevalarda esa dog’lar qoladi. 
        O’simliklarda o’sishdan orqada qolish (karlikovost), ularning bargi och sariq rangda bo’ladi, 
ildizlari chirishi va o’simliklarning o’lishi kuzatiladi.O’simlik barg,stvol va ildizlarida 
o’simtalar,shish paydo bo’lib ,ularning razmeri kattalashishi mumkin.Bunday jaroxatlar 
o’simliklardagi tuberkulez va o’sma rivojlanishida kuzatiladi. 
        O’simliklarning virusli kasalliklariga mozaika kasalligi, sarg’ayishi, o’sishdan orqada qolish 
(karlikovost) va boshqalar kiradi. 
        O’simliklarda yana zamburug’li kasalliklar kuzatiladi, bularni mikofitozlar deyiladi. 
Masalan: fuzarioz, septarioz, chirishlar va boshqalar. 
        Aktinomitsetlar keltirib chiqaradigan o’simliklardagi infektsion kasalliklar aktinomikozlar 
deyiladi.    
        Fitopatogen bakteriya quyidagi avlodlarga kiradi. Erwinia, Pectobacterium, Pseudomonas, 
Xanthomonas, Rhizobium, Corynebacterium, Agrobacterium va boshqalar. 
        Erwinia avlodi o’z ichiga bir qancha tur bakteriyalarni kiritadi, ular kuyish tipidagi 
kasalliklarni keltirib chiqaradi. Masalan: Yerwamylovora-  mevali daraxtlardagi kuyishlarning 
qo’zgatuvchisi. 
       Pectobacterium avlodiga -  o’simliklarda chirishlarni keltiradigan ro’pgina turlari bilan bu 
bakteriyalar Erwinia avlodiga yaqin; farqi ular keskin pektolitik aktivlikga ega. Ko’p tarqalgan 
turlari  –  Pectobact, phytophthorum, Pectobact corotovorum, Pectobact aroidae-o’simliklardagi 
yumshoq chirishlarning qo’zqatuvchilari. 
       Pseudomonas avlodiga ko’pgina bakteriya turlari kiritilgan bo’lib, ular bo’yalmaydigan 
koloniyalar beradi, masalan: Ps.syringae, o’simliklar yaproq barglarini zararlaydi -  bakterial 
dog’lar deyiladi. Barglarda yorqin rangli, xar xil kattalikdagi yumaloq dog’lar hosil bo’ladi, 
o’simliklar turiga qarab. Barglar katta qismi zararlangan bo’lsa, nobud bo’ladi. 
Ps. Fluorescent turi o’z ichiga saprofit hayot kechiruvchi va kasallik chaqiruvchi bakteriya 
variantlarini oladi. 
     Xanthomonas  avlodiga kiradigan bakteriyalar zich muxitda sariq pigmentli koloniyalar xosil 
qilish xususiyatiga ega. Bakteriyalar barglarni zararlab, dog’lar xosil qiladi yoki o’simlikning 

120 
 
tomirli sistemaga o’tib ularning nobud bo’lishiga olib keladi. Bu avlodga mansub ba'zi 
bakteriyalar ma'lum bir o’simliklarni zararlashi mumkin. Masalan: xanth. Heterocea, ko’p zaxarli 
bakteriya bo’lib, 25 turdan ortiq o’simliklarni zararlanishi mumkin. Bunda xar xil formadagi, 
rangdagi va razmerdagi dog’lar keltirib chiqaradi. 
       Rhizobium  avlodiga kiruvchi bakteriyalar  -  (klubenkoviy bakteriya) kirib, ular dukkakli 
o’simliklarda va lyupin ildizlarida parazitlik qiladi. 
      Corynebacterium  avlodi  -  tomirli kasalliklarni keltirib chiqaradigan (trexobakterioz) va kam 
xollarda parenximatoz kasalliklarni keltirib chiqaradi. 
       Boshqa fitopatogen bakteriyalardan farqli ravishda, bu bakteriyalar G (+) hisoblanadi. 
Bakteriyalarning toksik ta'siri ulardagi glikopeptid bilan bog’liq, ular tashqi muxitga 
chiqarilganda, tomirlarning xujayra membranalari zararlanishi oqibatida tomirlar berkilib qolishi 
va o’simliklar nobud bo’lishiga olib keladi. Masalan: Corynebact insidoliosum, dukkakli oilasiga 
mansub o’simliklarni so’lishiga olib keladi. Corynebact fasians rozo rangli dukkakli oilasiga 
mansub o’simliklarni zararlaydi. 
       Agrobacterium  avlodiga mansub bakteriyalar o’simliklarda xar xil o’smalar rivojlanishiga 
olib keladi. Oxirgi yillarda shu narsa aniqlanganki, o’smalarning xosil bo’lishi plazmidalar bilan 
indutsiyalanib, ular o’smali nomini olgan va bakteriyalar orqali o’simlik xujayralariga beriladi. 
       O’simliklarning zararlanishi va bakteriozlarning tarqalishi zararlangan urug’lar, tuproq, 
gruntli suvlar, yomg’ir tomchi suvlari, hashoratlar orqali va ba'zi hollarda xavo orqali amalga 
oshiriladi qachonki zararlanish manbai ko’p bo’lganda (massoviy) 
        Lekin bakterioz beriloshida xavoning ro’li chegaralangan. O’simliklarning zamburug’ va 
bakterial kasallik qo’zg’atuvchilari, inson va hayvondagi kasallik qo’zg’atuvchilariga nisbatan, 
tuproq bilan ko’proq bog’langan, bu o’simlik hayotining o’ziga xos xususiyati bilan ifodalanadi. 
         Kasalliklarning  berilishi  va tarqalishida  nobud  bo’lgan o’simliklarning o’rni muxim, 
ayniqsa bakterial kasalliklarda, bunda tuproq to’liq chirib, bo’lmagan kasal o’simlik qoldiglarini 
saqlab, asosiy, asosiy bosh infektsiya manbai xisoblanadi. Ammo shuni esda saqlash lozimki, 
fitopatogen bakteriyalar tuproqda uzoq vaqt yashab qololmaydi, sabab tuproqdagi boshqa 
bakteriyalar, aktinomistet, zamburuglarning antogonist ta'siri tufayli. 
          Bakteriyalar o’simliklarga kichkina arzimagan shikastlanish orqali kirishi mumkin.  
Bakteriyalarning o’simliklar to’qimasiga kirishi, ma'lum darajada bakteriyalarning xayvonlar 
to’qimasiga kirishiga o’xshash bo’ladi, ayniqsa mikroblar xujayralararo moddalarni eritish uchun 
fermentlar va xujayralarni o’ldirish yoki ularning qarshiligini kamaytirish uchun zaxar moddalar 
chiqarganda. Bundan xujayralar matseryatsiya qilinadi va bir biridan ajralib, bakteriyalarning yoki 
zamburuqlarning o’simlik to’qimasi ichiga kirishini yengillashtiradi. 
        Bunday bakteriozlar parenximatozlar deb nomlanadi, bakteriyalarning tarqalish yo’llari esa 
intratsellyulyar va xujayra aro bo’ladi. 
        Ko’pgina bakteriyalar tomirli tugunlar yoki asosan ksilemma qismida tarqaladi va ko’payadi. 
Tomirlar bakteriyalar bilan tiqilganday bo’ladi va natijada o’simlik so’ladi. Bunday kasalliklar - 
tomirli deb nomlanadi. O’simliklarning so’lishi, mikroorganizmlar chiqaradigan zaxarning ta'siri 
bilan tushuntiriladi. 3 gruppa bakteriyalari o’simliklarni  
zararlaganda o’smalar paydo qiladi. 
       Zararlanish boshlangandan, to o’simliklarda kasallikning tashqi simptomlalari paydo 
bo’lgunga qadar, inkubatsion davr o’tadi. Inkubatsion davrning davomiyligi ko’pgina faktorlarga 
bog’liq bo’ladi: temperatura, xavoning namligi, yorug’lik oziqlanish, o’simliklarning chidamliligi, 
sezgirligi yoki qabul qilishiga bog’liq bo’ladi. 
       Bakteriozlarning rivojlanishi, zararlanish intensiv o’sib borishi bilan xarakterlanadi va 
qo’zqatuvchining xujayra bo’yicha ko’payishi, aktivligi va tarqalishi bilan bog’liq bo’ladi. 
Zararlanish xarakteri chegaralangan, maxalliy bo’lishi mumkin, agar o’simlikning ximoya 
reaktsiyalari faollashgan bo’lsa himoya reaktsiyalar (oksidlanish fermentlarining ta'siri, 
fitontsidlar, zararlangan hujayra nobud bo’lishi va to’kilishilari.) 
       O’simlik bakteriozlariga qarshi kurash chora-tadbirlari quyidagilarga qaratilgan tuproqni 
zararsizlantirish, zararlangan o’simliklardan sog’lom o’simliklarga kasallik o’tishi, tarqalishining 
oldini olish, kasallangan o’simliklarni yo’q qilish, mikroblarni tarqatadigan hashoratlarni yo’q 
qilish. 

121 
 
        Asosiy profilaktik chora tadbirlar urug’larning zararlanishni oldini olishga qaratilgan bo’lib, 
buning uchun urug’lar ximik, fizik va biologik usullar bilan ishlov beriladi: o’sayotgan 
o’simliklarga fungitsid bilan purkaladi, yoki sepiladi. Ammo shuni nazarda tutish kerakki, 
o’simlik  kasalliklarini  qo’zg’atuvchilardan tashqari, tuproqda doimiy yashovchi -  katta guruh 
bakteriyalari mavjud bo’lib, ular xam kasalliklar keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun qarshi 
kurash chora tadbirlarini to’g’ri tashkil qilish uchun bakterioz qo’zqatuvchilarining tabiiy 
sharoitlarda yashashdagi o’ziga xos tomonlarini bilishi kerak bo’ladi. 
       O’simliklar kasalliklarini o’rganuvchi fan, ilm -  fitopotologiya nomini olgan va o’simliklar 
bilan shug’ullanuvchi mutaxasislarni tayyorlashda katta axamiyat kasb etadi. 
       Dorivor o’simlik xom ashyosi, uni tayyorlash va saqlashning hamma bosqichlarida mikroblar 
bilan ifloslanishi mumkin: yig’ish, birlamchi qayta ishlov, quritish, maydalash,  
qadoqlashda. Ifloslanish bo’lishi mumkin yana xom ashyoni standart holatga keltirishda -kesilgan 
xom ashyoni olishda, o’simliklar poroshoklarini olish, briket, granula, tabletkalarni tayyorlashda. 
Xom ashyoni buzulishi birinchi navbatda yuqori namlikdan kelib chiqadi, yuqori  namlik 
chirituvchi mikroblarning ko’payishiga sharoit to’g’diradi va bu o’simliklar farmakalogik 
xossalarining o’zgarishiga olib keladi. 
      Aptekalarga xomashyolar maydalangan ko’rinishda keladi va ifloslanish yuzasi ko’payadi, 
shuning uchun saqlash sharoitlariga qat'iy rioya qilish talab etiladi va bakteriologik nazorat olib 
borish  -  maxsus instruktsiyada ko’rsatilgan aptekadagi dorivor xom ashyolarni saqlash qoidalari 
bo’yicha va sanitar rejimga rioya qilishga asosan. 
      Mikroorganizmlar farmetsevtik zavod va aptekalarda tayyorlanadigan dorivor preparatlar 
tarkibiga xam tushishi mumkin. Zavodlarda sanitar rejimga rioya qilishdan tashqari preparatni 
ishlab chiqarishda, chiqarilayotgan formalarning xar bir seriyasidan bakteriologik nazorat 
o’tkaziladi. Parenteral yo’l bilan yuboriladigan preparatlar absalyut sterial bo’lishi kerak. 
Poroshoklar, ba'zi tabletkalarda mikroorganizmlar soni normada belgilangan sondan oshmasligi 
kerak. 
       Mikroorganizmlar tabiatda keng tarqalgan bo’lib, o’simliklar bandan mustasno emas, shuning 
uchun dorixona xodimlari, dori tayyorlovchi korxona ishchilari galen zavod va  
fabrikasida ishlovchilar, o’simlik xom ashyosini tayyorlovchilar, o’simliklarni va ulardan 
tayyorlangan dorilarni, mikroorganizmlar bilan ifloslanmasligini ta'minlash choralarini bilishi 
lozim. Buning uchun ular o’simliklar mikroflorasini, o’simliklarda kasallik qo’zqatuvchi 
mikrorganizmlarni va ularni tushishi yo’llarini hamda dorivor o’simliklarni saqlash tartibini bilishi 
shart. 
       O’simliklarning o’sish jarayonida ularning mikroflorasi turlicha bo’ladi va o’sish harakteriga 
ta'sir ko’rsatadi, ba'zan kasallik chaqirishi xossasiga ega. 
        O’simliklarning kasalligini o’rganuvchi fan - fitopatologiya fanidair. 
        O’simliklarning kasalliklari chaqiruvchi mikroorganizm katta ziyon keltiradilar, chunki 
ularning ta'sirida hosildorchilik pasayadi, ildiz, barg va o’simlik tanasini zararlab, noyob  
o’simliklarning yo’q bo’lib ketishiga olib boradi. Dorivor o’simliklarning bu holda uchrashi, bu 
o’simlikning dori tayyorlash uchun ishlatib bo’lmaslikka olib boradi. Yer kurrasida bakteriya va 
zamburug’lar o’simliklarda kasallik chaqiruvchi sifatida keng tarqalgan bo’lib, tarqalishi 
o’simlikning o’sish zonasiga bag’liq bo’ladi. 
       Mikroorganizmlar havo 
orqali tarqalib, atmosferaning turli qatlamlarida turli 
mikroorganizmlar bo’ladi, suv orqali va o’simlik urug’lari orqali tarqalishi mumkin. 
       Barcha mikroblar orqali tarqalayotgan kasalliklarni tarqalganliklariga qarab, shartli ravishda 
endemik va pandemik tarqalishiga ajratish mumkin. Endemik ma'lum bir geografik zonada 
tarqalish holatiga aytiladi. 
       O’simliklarda kasallik qo’zqatuvchi mikroorganizmlarning turi 310 dan ortiq bo’lib,  
ular tayoqchasimon, kokklar, spiralsimon bo’lib, grammlar kupchilik turlarini tashkil etadi.  
Fitopatogen mikrorganizmlarning ko’pchiligi flurostsentsiya holatini chaqiruvchi bo’lib, 
turli rangdagi (sariq, jigar rang) pigment hosil qilish xossasiga ega. Fitopatogen 
mikrorganizmlarning asosiy ozuqa manbai bo’lib o’simlik oqsiliva uglevodlar hisoblanadi, ular 
kraxmalni gidroliz qiladi, spirt va shakarni parchalash, sutni chiritmi, jelatinani eritishi, ammiak, 
indol qosil qilish xossasiga ega. Fitopatogen bakteriyalarning yashash faoliyatlari turlicha bo’lib, 

122 
 
ba'zi turlari tuproqda uzoq yashab, sovuqni, quyosh nurlarining ta'sirini va qurishga chidamli 
qisoblanadi. Umuman fitopatogen bakteriyalarni bir necha avlodga taaluqli hisoblab, ularga 
quyidagi turlar kiradi: 
      1. Ervini-ervini 
      2. Psevdomanus-psevdomanus 
      3. Corinobacteria-korinobakteriya 
      4. Actobacteria-akvobakteriya 
      Dorivor o’sialiklardan tayyorlangan dorilar mikroflorasl o’ziga xos xossalarga ega bo’lib, 
quyidagi faktorlarga boqliq bo’ladi: 
     1. Xom ashyoning turiga, ozuqa tarkibiga. 
     2. Dorivor mikroorganizmlar kimyoviy tarkibiga. 
     3. Dorining tayyorlanish usuliga (qaynatma temperatura, bosim, ta'sir vaqtiga). 
     4. Saqlanish usuliga. 
     5. Dorixonalarning sanitar-gigienik qolatiga. 
 
Dorivor o’simliklarning kasalligini asosan 2 turga ajratish mumkin
     1. O’simlik tomirining jarohatlanishi natijada, butun tanasi jarohatlanishi, bunda o’simlik halok 
bo’ladi. 
     2. O’simlik tanasining ma'lum bir qismini chegarali jaroqatlanish (yaproq, ildiz, shoh). 
     O’simlik- kasalliklarini o’ziga qaysi tarzda o’tishi bilan bir nechaxil turlarni bilishi mumkin: 
      1. Qatron (o’mola)  yoki shilimshiq oqishi bilan o’tuvchi kasalliklar. Buni zamburug’lar, 
bakterIyalar chiqaradi, ba'zan bu holat yuqumli bo’lmagan bakteriyalar chaqirishi mumkin. Bunga 
ignabargliklar va yaproq bargiga ta'sirchan bo’ladi. 
     2. Chirish protsess bilan boruvchi kasalliklar. 
     Chirish ho’l va quruq bo’lishi mumkin. Chirish protsessida o’simlikning ba'zi to’qimalari  
bakteriyalar va zamburug’lar yashash faoliyati natijasida bu protsessga uchraydi. 
     3.Unli shudring  -  bu o’simlikning bargida, shohlarida ipsimon zamburug’lar ko’payishi 
natijasida kelib chiqadi. 
     4. Xiralashishi va qurishi. Bunda barglar, shoh va butalar sarg’ayadi va quriydi. 
     Kuydirish. Bunda o’simliklarning guli, yangi shoh-butalari, bargi, mevalari bakteriya ta'sirida 
qorayadi va kuyadi. Bu kasallik asosan mevali daraxtlarda ko’p uchraydi. 
     5. Dog’ hosil bo’lishi. Buni asosan zamburug’lar hosil qiladi. 
     6.Shish qosil bo’lishi. Bular qo’zqatuvchilari fitobakteriyalar bo’lib, o’simliklarda shish hosil 
qiladi. 
      Bundan tashqari o’simliklarning kasalliklari yara, deformatsiya, barglarning moxlanishi rabi 
holatlarini chaqirishi mumkin. 
     O’simliklarning jaroxatlanishi, faqat kasallik bakteriyalar ta'sirida bo’lmay, balki simbioz 
natijasida bo’lishi mumkin. Masalan: zamburug’lar bilan bakteriyalar simbiozda, bunday 
holatdagi kasallik o’limga olib keladi. 
     Fitopatogen mikroorganizmlarga yaqin hisoblangan zamburug’larga mikorida hosil qiluvchi 
zamburug’lar kiradi. Ular o’zlaridan mikoriaza ajratadilar. Buni birinchi bo’lib 1883 y. 
Kamenskiy F.F. aniqlagan. Bu turkumiga kiruvchi zamburug’larga bazidomitsetlar, fikomitsetlar 
va tugallanmagan zamburug’larga misol bo’la oladi. 
      Mikoriazani turli tuproqlarda uchratish mukin. Uning bo’lishi turning miqdoriga bog’liq 
bo’lib, sifatiga bog’liq bo’lmaydi. Mikoriazalar ko’p miqdorga yozda kamlar miqdorida bahor va 
kuz oylarida kamroq bo’ladi. 
     O’simliklarning fitopatogen  mikroorganizmlarga chidamlikligini qanday saqlaydi degan 
savolga quyidagicha javob berish mumkin: 
      Bu chidamlilik o’simliklarning nasldan-naslga o’tuvchi irsiy xossalariga, yashash faoliyati 
davomida hosil qilgan moslanishlarga, hujayra suyuqligining reaktsiyasiga bog’liq bo’ladi. Irsiy 
chidamlikda o’simliklarni tanlashda gibrytizatsiya qilinayotgan davrida ahamiyat berish lozim. 
      Rivojlanayotgan o’simlik kasalliklariga qarshi kurash bir nechta tosfaga  
(kategoriya) bo’lib o’rganish mumkin: 
     

123 
 
       1. Karantin olib borish ishlari. 
      Bunda har bir davlat o’z chegarasiga kasallik chaqiruvchilarini kirgizmaslik. Bular har bir 
davlatda maxsus "O’simliklarni davlat muxofazasida" karantin bo’lishi mavjud. 
      2. Muhofazaning fizik-ximiyaviy turi. 
      Bunga zararlangan o’simliklardan, sog’larini ajratish, zararlangan qismlarni ajratib olish, 
oraliq kasallik manbalarini yo’qotish kabi ishlar olib boriladi. Bunda tuproqni zararsizlantirish, 
urug’larni zararsizlantirish ishlari muhim rol o’ynaydi.  Bu maqsadda fungitsidlardan keng 
foydalaniladi. 
      O’simliklarning dorivor xomashyosini turli xil tayyorlanish davrida (terli, quritish, 
standartizatsiya qilish, maydalash va saqlash) mikrob bilan ifloslanish mumkin. 
       Dorivor o’simliklarni saqlashda namlikka, yoruqlikka, chang va xashoratlarga ahamiyat 
berish lozim. Ortiqcha namlikni o’simlik o’ziga tortib olish xossasiga ega, bular natijada ular rangi 
o’zgaradi, o’zidan qo’lansa hid ajratadi va chirish protsessini keltirib chiqaradi. Bu protsesslar 
dorivor moddalarga ta'sir qilishi o’zgaradi va aktiv moddalar yo’q bo’lib ketadi (masalan 
glikozid). 
     Chirish protsessi o’simliklarda mikrofloraning almashinuvchi (zamburug’larni bakteriyalar 
bilan) bo’lib o’tadi. 
      Dori moddalar va tayyor dori-darmonlar tarkibida turli xil mikroorganizmlar bo’lishi mumkin. 
O’simliklardan olinadigan dorivor moddalarning mikroblar bilan zararlanishi o’sha o’simlik turi 
va uning o’sib chiqishi uchun zarur bo’lgan shart-sharoitga bog’liq bo’ladi. Chunki o’simliklar 
atrof muhitdagi ayniqsa, tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar bilan zararlangan bo’lishi ham 
mumkin. Bundan tashqari o’simliklarning o’z mikroflorasi xam katta ahamiyatga ega: masalan, 
epifit (Erwinia herbicola,  P. fluorescens  va fitopatogen (Erwinia, Pseudomonos, 
Coryhebacterium, Agrobacterium, aktinomitsetlar, ayrim zamburug’lar). Axlatxona yoki avvaldan 
axlatlar tashlangan joylarda, shuningdek, sug’oriladigan maydonlarda, mol boqiladigan 
yaylovlarda o’simliklar tarkibida inson salomatligi uchun xavfli bo’lgan patogen 
mikroorganizmlar ham bo’lishi mumkin. 
     O’simliklardan olinadigan dorivor xom-ashyolar bu mahsulotlarni yig’ishtirib olish va 
tayyorlashning turli bosqichlarida -  o’simliklarni yig’ish, dastlabki ishlov berish, quritish, 
yanchish-maydalash, maxsus idishlarga joylashtirish, shuningdek, standart holatda saqlanish 
chog’ida xom ashyoni maydalash, dorivor kukunlarga aylantirish, briket, granul va tabletka holiga 
keltirish jarayonida ham urug’lanishi mumkin. 
       O’simliklardan olingan dorivor  xomashyolar avvalo saqlanishjoyida namlikning belgilangan 
normadan oshib ketishi natijasida buziladi: namlik oshib ketsa, xomashyo tarkibida har xil 
zamburug’lar, chirituvchi, sellyuzalarni parchalovchi bakteriyalar va boshqa mikroorganizmlar 
paydo bo’ladi. Mikroblar degradatsiyasi o’simlik farmakologik xususiyatlarining o’zgarishiga olib 
keladi va zaharli moddalarning   hosil   bo’lishiga        sabab 
bo’lishi mumkin. 
Mikroorganizmlar dorivor     xomashyolarni zararlash     orqali doridarmonlarning 
xususiyatlarini o’zgartirib yuboradi. Chunki dorivormoddalardan  ferment  chiqishi, mikrobli 
og’ular yoki pirogenlarning hosil bo’lishi natijasida ular o’ta zaharli holatga kelib qolishi ham 
mumkin. 
       Agar odamlar Staphylococcus, Pseudomonas, Salmonella va boshqa  mikroorganizmlar bilan 
zararlangan tibbiy preparatlarni iste'mol qilsa, ularning tarkibidagi patogen mikroblar turli xil 
yuqumli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. O’simliklardan olinadigan dorivor moddalar va 
homashyolarning mikrob bilan zararlanishini tekshirib ko’rishda quyidagi usuldan foydalaniladi. 
 
Yüklə 3,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin