Spiralsimon simmetriya ( tamaki mazaika, gripp, koronaviruslarda) vintsimon
ko’rinishdagi nuklein kislotasini tashqaridan mustahkam oqsil subbirliklari (protomer) o’rab
(rasm 31) turadi. Shakillangan nukleokapsid tayoqchasimon yoki ipsimon ko’rinishda bo’ladi.
Spiral tayoqchasimon simmeriya tipiga ega bo’lgan oddiy viruslarga tamaki bargi virusi,
ipsimonlariga esa ba’zi bir bakteriofaglar misol bo’la oladi. Bu tipdagi simmetriya tutovchi oddiy
viruslar odam va umirtqali hayvonlarda kasallik keltirib chiqarmaydi.
Kubik yoki ikosaedrik simmetriya da kapsid virionni nuklein kislotasi joylashgan ma’lum
ko’rinishdagi izometrik tana, mag’izni hosil qiladi. Kubsimon simmetriyada kapsid sharsimon,
ba’zida prizmasimon shakilli kapsomerlardan tuzilgan. Har bir kapsomer besh (pentomer) yoki
107
olti (seksomer) subbirliklardan tashkil (rasm 31b) topadi. Kubsimon simmetriya asosida,
kapsomerlar hosil qiladigan teng tamonli burchakli kombinasiyalar yotadi.
Kubsimon simmetriyali odiy viruslar (yalang’och) ko’p qirrali shakilda (gepatit A, koksaki
va boshqa enteroviruslar), superkapsid bilan o’ralgan murakkab viruslar esa, asosan sferik
shakilga ega (orta-, paramiksoviruslar) bo’ladi. Lekin murakkab viruslarning o’qsimon (qutirish
virusi), parallelepiped (chin chechak virusi) shakllariga ega tiplari ham bor.
Aralash simmetriya tiplari bakteriofaglarda kuzatiladi, ularning bosh qismida kubsimon,
tanasida esa spiralimon simmetriyalar uchraydi
Murakkab tuzilishga ega bo’lgan virionlarni ichkiy strukturasi, ularning mag’izi (serdsevina)
deb ataladi. Adenoviruslarda mag’iz qismida DNK bilan bog’langan gistonlarga o’xshash oqsillar
uchrasa, reoviruslarda bu ichkiy kapsid oqsillidan iborat.
Viruslarning taksonomik toifalari. Virusologiyada quyidagi taksonomik toifalar
(kategoriyalar) qabul qilingan Viruslar tasnifi va taksonomiyasi yangi olingan ma’lumotlar asosida
doimo to’ldirilib boriladi.
Viruslar Taksonomiyasi bo’yicha Xalqaro Tashkilot-VTXT (International Committee on
Taxonomy of Viruses-ICTV) shug’illanadi. Bu tashkilot Butun Dunyo Sog’liqni Saqlash
Tashkiloti bilan yaqin aloqada bo’ladi. Hozirgi kunda VTXT da 1550 xildan ortiq viruslar
xususiyatlari yozilgan reestr tuzilgan va ma’lumotlar bazasi ICTV dB yaratilgan. Viruslar
taksonomiyasining zamonaviy tizimi Linney tasnifining prinsiplariga asoslanadi va quyidagi
taksonomik mezonlardan iborat: tartib, oila, oilacha, avlod, tur.
Tartib – genomning tipiga bog’liq ravishda virus oilalarini birlashtiradi va ularning lotincha
nomlanishiga “ –viralis” qo’shimchasi qo’shiladi, masalan Mononega viralis (bir ipli manfiy RNK
ipli).
Oila – umumiy evolyusion kelib chiqishiga ega bo’lgan viruslar guruhlaridan (avlodlardan)
tashkil topadi. Oila nomning ohiriga viridae so’zi qo’yiladi, masalan Poxviridae.
Oilacha- bir oilaga kiruvchi viruslarni o’rganishda ularning umumiy evolyusion kelib
chiqishiga qarshi yangi ma’lumotlar olingan tag’dirda bu tokson qo’llaniladi. Oilacha “-virinae”
qo’shimchasiga ega. Masalan, chin chechak virusi oilasi 2 ta oilachaga Chordopoxvirinae
(umurtqalilarda chin chechak ketirib chiqaruvchi) va Entomopoxvirinae (hashoratlarda chin
chechak ketirib chiqaruvchi) bo’linadi.
Avlod - umumiy evolyusion kelib chiqishiga ega va umumiy ko’plab xususiyatlari o’xshash
bo’lgan viruslarni jamlashtiradi. Avlod so’zi (virus) so’zi bilan tugaydi. Masalan
Chordopoxvirinae oilachasiga 6 avlod kiritilgan, bulardan Orthopoxvirs va Parapoxvirs avlod
vakillari tibbiy amaliyotda axamiyatliroq.
Tur – viruslarning avlod ichidagi bo’limidir. Tur bu nukleotid tarkibi o’xshash va ma’lum
bir ekologik muhitni egallovchi bir avlodga mansub viruslar yig’indisidir. Turni nomlashda-“
virus” qo’shimchasi ishlatiladi. Masalan: chin chechak virusi, gripp virusi, Poliovirus, lekin
hamma viruslarda oila osti kategoriyasi berilmagan va bakteriyalarga o’xshash binomenal
(qo’sholoq) nomlash ham virusologiyada qo’llanilmaydi.
Virusologik amaliyotda viruslar turlari kenja tur, serovariantlar, genetik variantlar, shtamlar
kabi rasmiy qabul qilinmagan ko’rsatkichlar ham keng qo’llaniladi.
Viruslarning tartib, oila, oilacha, avlod, turlarini aniqlashda asosiy mezonlar
quyidagilarxisoblanadi:
1.Virus genomini tashkiliy tuzilishi va turi.
2.Virus replikasiyasining strategiyasi.
3.Virionning tuzilishi.
Avlod ichida turni saralash maqsadida quyidagi mezonlardan foydalaniladi:
- genom tarkibidagi o’xshashlik;
- tabiiy ho’jayini (ekologik manba);
- to’qima va hujayralarga trapizmi;
- patogenlik va sitopatologiya;
- infeksiyaning yuqish yo’li;
- virioning fizik-kimyoviy xususiyati;
- simmetriya tiplari;
108
- virusning antigenlik xususiyatlari.
Zamonaviy tasnif bo’yicha odam uchun patogen bo’lgan viruslar 20 ta oilaga kiritilgan.
Bulardan 13 tasi RNK genomli viruslar va 7tasi esa DNK genomli viruslar xisoblanadi (rasm
32).
Virusologiyada qo’llaniladigan tekshiruv usullari.
D.I. Ivanovskiy chinni sham filtrlarni qo’llab viruslar olamini kashf qildi. Elektron
mikroskopni kashf qilinishi, viruslarni ko’rish, ularning ultra strukturalarini o’rganishni ochib
berdi. Gradient zichliklarda o’ta tez ultra sentrifugalarni qo’llash orqali viruslarning tozalangan
preparatlarini olish imkoniyatini va ularning kimyoviy tarkibini o’rganishga olib keldi.
Virusologiya fanini rivojlanishidagi asosiy omillardan biri, viruslarning o’stirib olish usullarini
ishlab
chiqilganligi hisoblanadi. Viruslar obligat parazitlar bo’lib, faqat tirik hujayralardagina ko’paya
olishi mumkin.
Viruslar keltirib chiqaruvchi yuqumli kasalliklar diognostikasida zamonoviy usullar bilan bir
qatorda sinalgan turli xil viruslogik tekshirish usullari qo’llaniladi:
- elektron mikroskapiya usuli;
- sitoskapik, immunoflyuorissent usullar;
- hujayra kulturalarida viruslarni o’stirish va ajratib olish;
- rivojlanayotgan tovuq embirionida viruslarni o’stirish va ajratib olish;
- gemagglyutinasiya reaksiyasi yordamida viruslarni aniqlash;
- serologik reaksiyalar, an’anaviy serologik reaksiyalar (KBR,PR, NR) bilan bir qatorda
zamonoviy (IFA, RIU, immunbloting) usullar;
- molekulyar-genetik tekshirish usullari- molekulyar gibridizasiya (MG) va polimeraza
zanjirli reaksiya (PZR).
Asosan viruslarni laboratoriya sharoitida ajratib olishda quyidagi usullardan foydalaniladi:
sezgir laboratoriya hayvonlarga yuqtirish, rivojlanuvchi tovuq embrionida va hujayra kulturasida
o’stirish.
Viruslarni undirib olishda hujayra kulturalari muhim ahamiyatga egadir.
Hujayra kulturasi- sun’iy sharoitda o’sish va ko’payish qobiliyatiga ega bo’lgan, odam va
hayvonlarning to’qima hujayralaridir.
Hujayra kulturalarini olish, qo’llashda 4 ta muhim bo’lgan muommalarni hal qilishga to’g’ri
keladi, bularga kiradi:
1. Bir-biridan chegaralanib yotgan, miqdoriy jihatdan yetarili hujayralarni olish.
2. Bu hujayralarni saqlash va ko’payishini taminlovchi oziq muhitlarni qo’llash.
3 . Hujayra kulturalarida bakteriyalarning ko’payib ketmasligi uchun chora tadbirlar qo’llash.
4. Viruslarni hujayra kulturalarida ko’pyayotganligini (indikasiya) aniqlash va ularni bir-
birdan (identifikasiya) saralash.
Virusologik amaliyotda qo’llaniladiga oziqli muhitlar. Hujayra kulturasini saqlash va
ko’paytirishda murakkab tarkibga ega bo’lgan muhitlar qo’llaniladi. Bu muhitlar tarkibiga
aminokislotalar, vitaminlar, odam yoki hayvon qon zardobi, mineral tuzlar kiradi va ularning rN
buferli eritmalar stabil saqlaydi.
Hujayra kulturalari uchun tayyorlangan ko’pgina oziqli muhitlar tarkibi tuzli eritmalardan
iborat. Virusologik amaliyotda turli eritmalar hujayra kulturalarni organizimdan tashqarida
yashashini taminlaydi va ularni tayyorlash jarayonida to’qima va hujayralarni yuvishda
qo’llaniladi va virusologik oziq muhitlarni tayyorlashda asosiy manba bo’lib hisoblanadi.
Amaliyotda eng ko’p Xenks va Erl tuzli eritmalari ishladiladi (jadval 8).
Virusologik amaliyotda qo’llaniladiga oziqli muhitlar kelib chiqishiga qarab farqlanadi:
1. Tabiiy oziq muhitlar (kam qo’llaniladi);
2. Oqsil moddalarning fermentativ gidrolizatlari;
3. Sun’iy oziq muhitlar.
Tabiiy oziq muhitlar asosan tuzli eritmalar asosida tayyorlaniladi va ularga odam va
hayvonlar zardobi, amniotik suyuqlik va embrional ekstrakt qo’shiladi.
109
Zardoblar sog’lom odam, ot, sigir, buzoq, tovuq, quyon va boshqalarning qon zardoblari
ishladiladi. Zardoblar olingandan kiyin ularni hujayra kulturalariga toksik ta’sirga ega emasligi
aniqlanadi va uzoq mutdat sovutkichlarda saqlanishi mumkin.
Amnion suyuqligi homilador hayvonlardan, ayollardan aseptika qoidalariga rioya qilgan
holda olinadi. Amnion suyuqligi rezina tiqinli flokonlarda sovutkichlarda saqlanadi.
Embrional ekstraktlar asosan 10-12 kunlik tovuq yoki hayvonlar embrionidan tayyorlanadi.
Embrion tanasi qondan tozalanib, maydalaniladi va teng hajmda biror tuzli eritma (ko’pincha
Xenks) qo’shiladi 30 minut sentrifuga (3000 aylanma/min.) qilinadi. Olingan cho’kma usti
suyuqligi pipetkalar yordamida ajratib olinib muzlatkichlarda saqlanadi.
Fermentativ gidrolizat saqlovchi oziq muhitlar. Ko’proq sut laktoalbuminining gidrolizati va
kozein va shoxli hayvonlarni oqsil gidrolizatlari ishlatiladi. Bu gidrolizatlardan oziq muhit
tayyorlashda ularga tuzli eritmalar va 2, 4 va 10% gacha zardoblar qo’shiladi.
Sun’iy muhitlar. Bular ma’lum kimyoviy moddalardan tayyorlaniladi, shuning uchun ular
doimiy va aniq tarkibga ega bo’ladi. Ular tabiiy moddalarga o’xshab ballast (begona oqsillar)
tutmaydi. Bu muhitlar ancha murakkab tarkibga (aminokislotalar, vitaminlar, pirimidin,
uglevodlar, mineral tuzlar va bosh. moddalar) ega bo’ladi. Bularga 199, Igla muhitlari kiradi.
Hujayra kulturalari. Hujayra kulturasi odam, hayvonlar, yoki parandalar va boshqa
biologik ob’ektlar to’qimasidan tayyorlanadi. Hujayra kulturasini tayyorlash quyidagi bir necha
ketma-ket bosqichdan iborat:
- to’qimani olish, qondan, keraksiz to’qimalardan tozalash va maydalash.
- tripsin ta’sir ettirib, hujayralarni bir-biridan ajratish.
- hosil bo’lgan bir jinsli hujayralar suspenziyasini yuvib, tripsindan tozalash.
- tayyorlangan hujayra kulturalarini sanash va hujayrani ma’lum miqdordagi
suspenziyasini tayyorlash.
- hujayra kulturalarini viruslarni undirishda qo’llaniladigan mahsus shisha probirka, flokon
(matraslar) larda, hujayralarning o’sishini ta’minlab beradigan oziqli muhitlar qo’shib saqlash.
Hujayra kulturalarini olishda va saqlashda yuqorida keltirilgan oziqli muhitlardan
foydalaniladi.
Hujayra kulturalarini bakteriyalar bilan ifloslanib qolmasligi uchun, hujayra kulturalari bilan
ishlashda qa’tiy aseptik qoidalarga rioya qilgan holda maxsus steril bokslarda ish olib boriladi va
tekshirilayotgan materiallardagi qo’shimcha mikroflorani ko’payib ketishini oldini olish
maqsadida oziqli muhitlarga antibiotiklar qo’shiladi.
Hujayra kulturalarini tayyorlash usullari bo’yicha fiksasiyalangan to’qima bo’lakchalari
kulturasi, bir qavatli, suspenziyalangan va organ kulturasi tafovut qilinadi.
1) Bir qavatli hujayra kulturasi- kimyoviy neytral shisha, plastika laboratoriya idishlari
yuzasiga bir qavat bo’lib ( monosloy) birikib oluvchi va ko’payuvchi hujayra kulturalaridir.
Virusologiya amaliyotida eng ko’p qo’llaniladi.
2) Suspenziyali hujayra kulturasi- oziqli muhitning hamma hajmida ko’payuvchi hujayralar
yig’indisi bo’lib, ular har doim aylantiruvchi magnit yordamida aralashtirib turiladi. Bunday
hujayra kulturalari virusologik amaliyotda vaksina preparatlari olishda qo’llaniladi.
3) Fiksasiyalangan to’qima bo’lakchalari kulturasi- maydalangan to’qima bo’lakchalari
tovuq plazmasiga solinadi. Plazmada hosil bo’lgan cho’kmaga to’qima bo’lakchalari
fiksasiyalanadi. Uning ustiga antibiotiklar va Xenks eritmasi, embrion ekstraktidan tayyorlangan
suyuq suspenziya qo’shiladi.1-2 kundan kiyin to’qima bo’lakchalari atrofida plazma fibrinlaridan
hosil bo’lgan to’rda yangi hujayralar o’sa boshlaydi.
Fiksasiyalangan to’qima bo’lakchalari kulturasini olish va saqlash ancha murakkab jarayon
bo’lganligi sababli bu usulda olingan hujayra kulturalarini bir qavatli hujayra kulturasi amaliyotda
siqib chiqarmoqda.
3) Organ kulturasi – Birlamchi strukturasi o’zgarmagan ma’lum organ bo’lakchalari yoki
to’qima. Chegaralangan xolda qo’llaniladi.
Hujayra kulturasi va ularni undirib olish jarayonida bir qancha o’nlab generasiyalar (bir
ko’payish sikli) kuzatiladi. Hujayra kulturalarining hayot faoliyati saqlanib qoluvchi generasiya
sonlariga qarab bo’linadi: birlamchi hujayra kulturalari, undiriladigan va yarim undiriladigan.
110
Birlamchi hujayra kulturalari – to’qimalardan ajratib olingandan kiyin ko’payish
generasiyasi 5-10 marotiba qayta undirib olishga yaraydi. Bunday hujayra kulturalari laboratoriya
sharoitida embrional, normal to’qimalarini bo’lakchalaridan maxsus proteolitik fermentlar (
tripsin) ta’sir etirilib hujayra kulturalari olinadi.Birlamchi tripsinlangan hujayra kulturalarni
kamchiligi asosan ularni bir necha generasiyadan kiyin ko’payishini to’xtab qolishi hisoblanadi.
Undiriladigan yoki stabil hujayra kulturalari – bunday hujayra kulturalari laboratoriya
sharoitida bir necha 10 yillar ko’payish xususiyatini yo’qotmaydi va ko’plab qayta undirishlarga
chidaydi. Bu hujayra kulturalari yuqori ko’payish potensialiga ega bo’lgan o’sma yoki embrional
to’qimalardan olinadi Bularga xavfli o’sma hujayralari HeLa (birinchi marta bachadon bo’ynidagi
karsinomadan), Ner-3 (limfoid karsinomasidan), hamda odam amnionining normal hujayralari,
maymun buyragi va boshqalardan tayyorlapgan hujayralar kiradi va ular birlamchi hujayra
kulturalariga nisbatan qator avfzalliklarga ega. Bularga kiradi: uzoq yillar undirilishi va yuqori
ko’payish potensialiga ega bo’lishi, kam mexnat talabi, uzoq yillar muzlatib qo’yilganda ham
o’zining xususiyatini yo’qotmasligi, xalqaro hujayra kultura liniyasi bo’ylab ko’plab dunyodagi
laboratoriyalarda qo’llanilishi. Lekin, bu hujayralarning ko’plab generasiyalari natijasida havfli
ko’payish xarakteri va somatik mutasiyalarga uchrash extimolligi bu hujayralarni virus vaksinalari
olish jarayonlarida qo’llashni chegaralab qo’yishga olib kelgan.
Yarim undiriladigan (diploid) hujayra kulturalari – ko’paytirilib undirilishi
chegaralangan 40 va 50 generasiyaga chidaydi. Bu hujayralar asosan odam embrioni diploid
hujayralaridan olinadi. Undirilish jarayonida bu hujayralar o’zlarini birlamchi avlodlari singari
tarkibida diploid xromosoma to’plami saqlashodi va havfli hujayra formasiga
transformasiyalanmaydi. Shuning uchun bu hujayra kulturalaridan virusologik amaliyotda
diognostik va vaksinalar olish maqsadlarida keng qo’llaniladi.
Viruslarni indikasiya qilish usullari. Virusologik amaliyotga hujayra kulturalarining kirib
kelishi , oldin noma’lum bo’lgan ko’plab kasallik qo’zg’atuvchi viruslarni ajratib olish va ularni
identifikasiya qilish imkoniyatlarini ochib berdi. Hozirgi kunda har bir viruslar uchun sezgir
hujayra kulturalarini tanlash imkoniyatlari movjud.
Hujayra kulturalariga virus saqluvchi materialni yuqtirilganda, virusning ko’payishi
(reproduksiyasi) natijasida hujayralarda turli o’zgarishlar ( destruksiya) kiritmalar hosil bo’lishi
kuzatiladi. Viruslarning bunday xususiyati SPT (sito patologik ta’siri) ya’ni hujayrani
morfologiyasini o’zgarishi, hatto uning o’limiga sabab bo’luvchi faktor deb qaraladi. Ularni
quyidagi fenomenlar asosida aniqlash (indikasiya) mumkin:
1. Virusni hujayraga sitopatologik ta’siri (effekti)
2. Virusni hujayrada kiritmalar hosil qilishi
3. Pilakchalar (blyashek) hujayra kulturasida hosil qilishi
4. Gemadsorbsiya reaksiyasi
5. Gemagglyutinasiya reaksiyasi
6. Rangli reaksiya
7. Interferensiya fenomeni
Virusni hujayraga sitopatologik ta’siri (effekti). Viruslarning hujayra kulturasida
ko’payayotganligi (reproduksiyasi), ularning hujayraga SPT asosida mikroskop ostida ko’rish
bilan aniqlanadi va morfologik o’zgarishlarning sodir bo’lganligiga qarab baholanadi. Bunda
ularning bir qismi halok bo’lib, probirka devoridan ko’chadi. Ayrim hujayralarning yemirilishi
oqibatida ajralib chiqqan viruslar boshqa hujayralarga yuqadi. Ma’lum vaqtdan so’ng bu
hujayralar ham o’ladi. Natijada bir qavatli yaxlit hujayra qatlami o’rnida alohida-alohida
xujayrasiz zonada hujayra orolchalari hosil bo’ladi. Turli viruslar hosil qilgan (SPT) ning xarakteri
bir xil emas. Bir xil viruslar (poliviruslar, Koksaki va bosh.) mayda donodor bir xil tipdagi hujayra
destruksiyasini keltirib chiqaradi (rasm 33), o’choqli mayda donodor destruksiyani (gripp, kana
ensefaliti) viruslari, katta donador bir xil ko’rinishdagi destruksiyani (gerpes) viruslar, simplast
ko’p yadroli hujayralarni ( retroviruslar, morbiloviruslar, respirator-sinsitial) viruslar keltirib
chiqaradi. Viruslarning SPT amaliyotda viruslarning birlamchi indikasiya qilishda va oldindan
taxminiy tashxis qo’yishda qo’llaniladi.
Virusni hujayrada kiritmalar hosil qilishi. Ko’pchilik viruslar hujayralarda ko’payganda
hujayrada ilgari kuzatilmagan kiritmalar hosil qilishlari mumkin. Masalan qutirish virusi nerv
111
hujayralarning sitoplazmasida eozinofilli kiritmalar xosil qiladi (Babesh-Negre tanachasi), virus
nukleokapsidlarini sitoplazmada (yadro oldida) yig’ilib qolishi natijasida kuzatiladi. Chin chechak
virusi xujayin hujayrasining sitoplazmasida ko’payadi va sitoplazmada katta hujayralar va
ularning sitoplazmasida Gvarnieri tanachalarini hosil qiladi. Yorug’lik mikroskopida ham
aniqlash mumkin (rasm-34).
Pilakchalar (blyashek) hujayra kulturasida hosil qilishi.
Viruslarning miqdori jihatdan aniq sonini hisobga olish usuli hisoblanadi (34-rasm).
Viruslarni ajratib olishda bir qavatli hujayra kulturasidagi oziqli muhit olib tashlanib virus
saqlovchi material saqlovchi material bilan hujayra kulturasiga virus yuqtiriladi, so’ngra neytral
qizil indikator qo’shilgan yupqa agar qatlami bilan qoplanadi..
Termostatda bir necha kun saqlab turilgandan so’ng, agar qoplamasida ma’lum shakldagi oq-oq
dog’lar monoqatlam fonida (pilakcha) paydo bo’ladi. Bu esa, bir tekisda o’sgan hujayra kulturasi
tarkibida virus ko’payishi natijasida hosil bo’lgan jonsizlangan hujayralar to’plamidir. Har bir
pilakcha birgina virus zarrachasining ko’payishi natijasida hosil bo’lib, neytral qizil bilan
bo’yalgan hujayralar fonida yumaloq oq dog’lar shaklida ko’rinadi.
Shu usul bilan aniqlangan virusning titri 1 ml tekshirilayotgan materialda pilakcha hosil
qiluvchi birlik (PXB) bilan belgilanadi. Pilakchaning katta-kichikligi, morfologiyasi va uning
paydo bo’lish vaqti, virusning har xil turida turlicha bo’ladi, xatto shu turning ichidagi ayrim
shtammlarida ham farqlanadi. Viruslarning bu xususiyati shtammlarni seleksiya qilishda va
ularning sof liniyasini ajratib olishda qo’llaniladi.
Gemadsorbsiya reaksiyasi. Viruslarni indikasiya qilish usullaridan biri, ular kirib
ko’payayotgan (reproduksiya) hujayraning yuzasi eritrositlarni adsorbsiya qilish qobiliyatiga
asoslangan, bu esa gemadsorbsiya reaksiyasi deyiladi (34 -rasm). Gemadsorbsiya ham
gemagglyutinasiya reaksiyasiga o’xshash mexanizimga ega. Gemadsorbsiyalash xossasiga ega
bo’lishi virus yuqtirgan hujayra membranasida virusga xos maxsus oqsillarning –
gemagglyutininlarning joylashganiga bog’liq bo’lib, eritrositlarda bu oqsillarga komplementar
reseptorlar bo’ladi va shuning uchun ham ular virus bilan zararlangan hujayralar yuzasiga
adsorbsiyalanadi. Bu reaksiyani qo’yish uchun viruslar bilan zararlangan hujayra kulturasira
eritrositlar (ko’proq tovuq, dengiz cho’chqachasi, maymun va odamning O (I) eritrositlari
ishlatiladi) suspenziyasi qo’shiladi. Ma’lum vaqtdan so’ng hujayralar natriy xloridning izotonik
eritmasi bilan yuviladi. Tarkibpda viruslar bo’lgan hujayralar yuzasida eritrositlar yopishganicha
qoladi. Yorug’lik mikroskopida ko’rish mumkin. Virus yuqtirilgan hujayra kulturasiga tip
maxsusligini na’mayon qilovchi zardob qo’shilib saqlansa, hujayralar gemadsorbsiya qilish
qobilyatini yo’qotadi, ya’ni gemadsorbsiya tormozlanib qoladi. Bu fenomen viruslarning
identifikasiyasida qo’llaniladi.
Gemagglyutinasiya reaksiyasi. Bu reaksiya suyuqlikdagi hujayra kulturasi yoki tovuq
embrionining xorion-allantois yoki amniotik suyuqlikdagi viruslarni indikasiya qilish uchun
ko’llaniladi.
Gemagglyutinasiya reaksiyasida virus superkapsidi tarkibida gemagglyutinin fermenti
bo’lgan viruslar (gripp, paragripp) keltirib chiqaradi, ya’niy virus ko’paygan hujayra kulturasiga
tovuq, g’oz, dengiz cho’chqachalari eritrositlari qo’shilsa, viruslar eritrositlarni bir-biriga
yopishtirib (rasm 35) qo’yadi. Bu usulda viruslarning suyuqlikdagi titrini suyultirish darajasiga
qarab aniqlash mumkin. Virusologik amaliyotda viruslarning indikasiya qilishda keng qo’llaniladi.
Rangli reaksiya. Hujayra kulturalarida viruslarni ko’payishini rangli reaksiya orqali ham
indikasiya qilish mumkin. Buning aniqlash, normal ko’payuuvchi hujayra kulturasi uchun
qo’llanilgan oziqli muhitdagi indikatordan foydalaniladi. Agar hujayrada virus ko’paymasa tirik
hujayra kulturalarda normal metobalitik jarayon kuzatiladi va bu jarayon natijasida nordon
maxsulotlari yg’ilib qoladi, indikator rangi o’zgaradi. Hujayra kulturasida virus ko’paysa,
hujayraning metobalizimi buziladi (nobud bo’lishiga olib keladi) indikator rangi o’zgarmaydi.
Interferensiya fenomeni. Bu usul asosan hujayra kulturalarida ko’payib, lekin aniqlab
bo’lmaydigan HPT xususiyatga ega bo’lgan viruslarni indikasiya qilishda qo’llaniladi. Hujayra
kulturasiga virus saqlovchi material yuqtiriladi keyin esa indikator virus (vezikulyar stomatit
virusi VSV) yuqtiriladi. Agar tekshirilayotgan materialda izlanilayotgan virus bo’lsa indikator
virusni HPT kuzatilmaydi (hujayra izlanilayotgan virus tomonidan egallangan) . Yorug’lik
112
mikroskopida vizual ko’rish mumkin. Tekshirilayotgan materialda virus bo’lmasa VSV hujayraga
patologik ta’sir ko’rsatadi.
Viruslarni undirib olishda tovuq embrionidan foydalanish (rasm 36). Virusologik
amaliyotda tovuq embrioni hujayra kulturasi va tajriba qilinayotgan hayvonlarga nisbatan
bakteriyalar bilan ifloslanish darajasi kam va qo’shimcha mikroorganizmlar bilan kamdan-kam
hollardagina zararlangan bo’ladi. Bundan tashqari, turli ta’sirotlarga ham juda
chidamlidir. Rikketsiya, xlamidiya va bir qator viruslarning diagnostik maqsadlarda, sof
kulturasini olish va turli preparatlar (vaksina, diagnostikumlarni) tayyorlash uchun 8—12 kunlik
tovuq embrionlaridan foydalaniladi. Yuqorida ko’rsatilgan mikroorganizmlarning ko’payganligi
embrion qobiqlarining ochilganidan so’ng pardalarida hosil bo’lgan morfologik o’zgarishlar orqali
o’rganiladi.Masalan chin chechak yuqtirigan embrion tanasida, qobig’ida qon quyilishlar
kuzatiladi, embrion nobud bo’ladi. Bundan tashqari virus ko’payishi natijasida allantois, amnion
suyuqligida viruslar yig’ilib qoladi va gemagglyutinin fermenti bor viruslarni GAR orqali
indikasiya qilish mumkin.
Rivojlanayotgan tovuq embrionida viruslarni ko’paytirish sanoat miqiyosida qo’llaniladi,
ammo ko’pchilik viruslar tovuq embrionida ko’paymaydi, bundan tashqari tekshirilayotgan
viruslarni embrionini ochmay turib aniqlab bo’lmaydi, shuningdek unda ko’p miqdordagi oqsil va
boshqa yod birikmalarning borligi, tayyorlangan preparatlarni allergik xususiyatini oshiradi, ularni
tozalanishini qiyinlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: |