O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi


Dori vositalarining mikroblar bilan zararlanishini aniqlash



Yüklə 3,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/39
tarix19.02.2020
ölçüsü3,12 Mb.
#30485
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39
mikrobiologiya fanidan oquv uslubiy majmua


 
Dori vositalarining mikroblar bilan zararlanishini aniqlash 
 
       Dorixonalarda tayyorlanadigan dori-darmonlar va tibbiy moddalarning mikroflorasi qanday 
bo’lishi quyidagi sabablarga bog’liq bo’ladi: 
    1) Xomashyo turi, uning tarkibidagi mikroorganizmlar uchun ozuqabop moddalarning miqdori 
yoki aksincha ulariing antimikrob faolligi, ilk zararlanish darajasi. 
     2). Dorivor   xomashyo   tarkibiga   kiradigan   moddalarning kimyoviytabiati. 

124 
 
     3)  Tayyorlash texnologiyasi (damlama, qaynatma, harorat, vaqt hajm va x.k.)saqlash shart-
sharoitlari. 
     4)  Dorixonaning sanitariya-gigienik sharoitlari. 
      Mikroorganizmlar turli yo’llar bilan dori moddalarga tushishi mumkin. Masalan, mahsulotga 
suv yoki havo orqali o’tishi, idishlar,dorixona xodimlarining qo’llari, shuningdek, analiz 
noto’g’riqilinganda, ayniqsa organoleptik tekshiruv choq’ida xam o’tib qolishimumkin. 
     Dori-darmonlar va dorivor mahsulotlarning mikroorganizmlar bilan zararlanishining oldini 
olish va ularni zararlanishdan saqlash uchun quyidagi qoidalarga qat'iy rioya qilish kerak: 
     1) Mikroorganizmlarga shikast yetkazmagan holda ashyodan foydalanish; 
     2) Dori moddalar va xom ashyolarni zarur namlik, harorat va tozalik qoidalariga rioya qilgan 
holda to’g’ri saqlash; 
     3) Tashqi muhitdan mikroorganizmlarning tushishini istisno qiladigan dori tayyorlash shart-
sharoitlariga amal qilish (xonalarni dezinfektsiya qilish,sterillangan idishlardan foydalanish      va 
x.k.); 
     4) Xonalari, asbob-uskunalari, idish, kiyimlarning to’la-to’kis tozaligiga, shuningdek, shaxsiy 
gigienaga rioya qilish; 
     5) Dori-darmonlar va dorivor xomashyolar qayta-qayta ishlatilganda ham zararlanmaydigan 
qilib, yaxshilab o’ralgan bo’lishi kerak; 
     6) Agar bir necha marta foydalanishga mo’ljallangan dori mahsulotlari   tarkibida 
bakteriyalarga chidamsiz   moddalar   mavjud bo’lsa (qand, oqsil moddalar va x.k.),u holda 
bunday dorilarga konservant qo’shilishi lozim. 
      Suyuq dorivor moddalar mikroblar bilan zararlanganda dori solingan idish  
tubida cho’kma hosil bo’ladi, cho’kma. miqdori ko’payadi, idishdagi dori xira tortib, yuzida yupqa 
parda hosil bo’ladi, dori solingan idishda o’sha doriga xos bo’lmagan hid paydo bo’ladi  va x. k. 
      Ko’pincha dorivor xomashyolar va dori darmonlar tarkibida mikroorganizmlarning mavjudligi 
faqat mikrobiologik tekshirishlar natijasida aniqlanadi, xolos. Dorivor moddalar yoki tibbiy 
preparatlarning mikroorganizmlar bilan zararlanish darajasi 1 g quruq  preparat yoki 1 ml eritma 
tarkibidagi mikroorganizmlar hujayrasi miqdori bilan ifodalanadi. Mahsulotlarning 
mikroorganizmlar bilan zararlanish darajasini aniqlashda ularning ayrimlari antimikrob ta'sir eta 
olish xususiyatiga ega bo’lishi mumkinligini ham nazarda tutish kerak. Odatda antimikrob ta'sirlar 
bakteriostatik (mikroorganizmlarning ko’payishini to’xtatuvchi yoki sekinlashtiruvchi) va 
bakterotsid (mikroorganizmlarga halokatli ta'sir ko’rsatuvchi) kabi turlarga bo’linadi. Mikro 
organizmlarning o’zi esa dorivor maxsulotlarga nisbatan sezuvchan yoki barqaror bo’lishi 
mumkin. Bularning barchasi dorilarning mikroorganizmlar bilan zararlanishini aniqlash  
metodikasini murakkablashtiradi va har bir dori shakliga individual yondoshishni talab qiladi. 
       Noin'ektsion tibbiy preparatlarning mikrob bilan zararlanishini chegaralaydigan VOZ va 
farmokopeya talablari xam mavjud. Nosteril dorivor moddalar Regoz da qo’llaniladigan nosteril 
dori moddalar tarkibida patogen va shartli-patogen mikroflora namunalari uchramaydi. Mahalliy 
intravaginal holatda qo’llaniladigan, shuningdek, quloq, burun kabi organlarni, davolashda  
ishlatiladigan dorivor moddalarning 1 g (ml) si da 100 mikrob hujayradan ko’p mikroorganizmlar 
bo’lmasligi kerak. Bundan boshqa turga mansub dori-darmonlar va dorivor xom-ashyolar 
tarkibidagi saprofit bakteriyalar soni 1000 hujayradan, patogen zamburug’lar esa  1 g preparatda 
100 hujayradan oshmasligi lozim. 
      Dorivor moddalar va xom ashyolarning mikroorganizmlar bilan zararlanishini o’rganishga 
kirishishdan avval, o’sha moddalarning antimikrob ta'sirini aniqlash kerak. 
 
 Dorivor vositalarning antimikrob ta'sirini aniqlash 
      Antibiotiklar, sulfanilamidlar, xinoksalin, 8-oksixinolin, naftiridin, nitrofuran hosilalari va 
boshqalar kuchli antimikrob ta'siri quvvatiga ega bo’lgan dorilar hisoblanadi. Bundan tashqari 
mikroorganimzlarning ko’payishi va o’sishiga kuchli ta'sir eta oladigan bir qancha dorilar va 
konservantlar ham bor: kislotalar, ishqorlar, galoidlar, oksidlovchilar, og’ir metall tuzlari, 
bo’yoqlar, detergentlar, degtlar, mumlar, tarkibida oltingugurt, fitontsid va boshqa moddalar 
bo’lgan preparatlar shular jumlasiga kiradi. 

125 
 
      Tekshirilayotgan yoki sinab ko’rilayotgan preparatning antimikroblik xususiyatini hisobga 
olmaslik oqibatida noto’g’ri xulosalar kelib chiqishining oldini olish maqsadida, o’sha 
preparatning mikroorganizmlar bilan zararlanishini o’rganishga kirishishdan avval uning 
mikroblarga aktiv ta'sir ko’rsata olish xususiyatini aniqlash lozim. Buning unun sinab ko’ri-
layotgan preparatni tekshirish davomida qo’llaniladigan barcha muhitlarda ekib, har xil 
mikroblarga ta'sirini o’rganish kerak. Petri kosachalaridagi muhitlarga tekshirib ko’riladigan 
mikroorganizmlarni ekib, keyin unga sinab ko’rilayotgan preparat qo’shiladi. Kosachadagi test-
kultura ekmasining o’sishi sekinlashsa preparat antimikrob ta'sir eta olish hususiyatiga ega deb 
hulosa chiqarish mumkin. 
 
Dori vositalarining antimikrob ta'sirini bartaraf etish usullari 
 
Dori vositalarining antimikrob ta'sirini bartaraf etish uchun xar xil usullardan foydalaniladi: 
    -Preparatlarning antimikrob ta'sirini neytrallashtiruvchi, lekin mikroorganizmlarning o’sishiga 
ziyon yetkazmaydigan maxsus inaktivatorlarni qo’shish; 
     -Suyultiruvchi moddani ko’proq qo’shib, preparatni imkoni boricha ko’proq suyultirish (bufer 
eritmasi yoki ozuqa muqiti). 
     - Ozuqa muhitiga nospetsifik inaktivatorlarni (tvin-80, letsitin va boshq.) qo’shish. 
     - Agar bu usullar samara bermasa, unda preparatlar membrana filtri orqali filtrlanadi 
Ayrim antibiotiklarning inaktivatsiyasi 
 
      Penitsillinlar va sefalosporinlarni inaktivlash uchun o’rganilayotgan material namunasi 
suyultirish yoki suspenzirlash uchun ishlatiladigan bufer eritmasi yoki o’sha mahsulot ekiladigan 
ozuqa muhitdan foydalaniladi. Buning uchun aseptik sharoitda penitsillinga mo’ljallangan 1 ml 
ozuqa muhitida 1000 TB miqdorida, sefalosporinga mo’ljallangan ozuqa muhitining 1 ml 
eritmasiga esa 50000-100000 TB miqdorida penitsillinaza qo’shiladi. Penitsillinazani ozuqa 
muhitiga  kiritishdan avval uni yaxshilab eritib, 50°C gacha sovutish kerak. Tetratsiklinni 
inaktivlash uchun o’rganilayotgan material namunasini ekishga mo’ljallangan ozuqa muhitiga uni 
tayyorlash chog’ida 10% li magniy sulfat MgS04 qo’shiladi. Sulfanilamid preparatlarni bufer 
eritmasi yoki ozuqa muhitida inaktivlash uchun ularni tayyorlash jarayonida 1 m muhitga 0,5 g 
miqdorda paraaminobenzoy   kislotasidan   qo’shish   kerak.   Yengil   dori   vositalar tarkibida 
mavjud bo’lgan konservantlarni bufer eritmasi yoki ozuqa muhitida inaktivlash uchun ularni 
hozirlash paytida nospetsifik inaktivatorlardan, ya'ni 3% li tvin-80, yoki 0,2% li letsitindan 
foydalanish zarur. Mobodo o’rganilayotgan preparat tarkibida kimyoviy tuzilishi har xil bo’lgan 
ikkidan ortiq konservayt mavjudligi aniqlansa, u holda 0,3% letsitin, 3% tvin-80, 0,1% gistidin va 
0,5% tiosulfat natriydan iborat maxsus aralashmadan foydalaniladi. 
 Amaliy qism: 
      Amaliy qism 4ta qismdan iborat: 
a) 
Labaratoriya ishining nomi 
b) 
Ishning maqsadi va ahamiyati 
c) 
Labaratoriya ishini amalga oshirish tehnikasi 
d) 
Labaratoriya ishini daftarga qayd qilish 
       Dorivor xom-ashyo va tayyor dori formalari turli xil mikroorganizmlardan tashkil topishi 
mumkin. 
        Dorivor vositalarni mikrob bilan ifodalanishini aniqlash quyidagi tekshirish yo’llariga 
bo’linadi. 
         1. Dorivor vositalarni antimikrob ta'sirini aniqlash. 
         2. Antimikrob ta'sirga ega bo’lmagan dorivor vositalarni mikrob bilan ifloslanishini aniqlash. 
        3. Bakteregik ta'sirga ega bo’lgan antibiotiklarni ham kiritgan holda dorivor vositalarni 
mikrob bilan ifloslanishini aniqlash. 
         O’simlik dorivor vositalarni mikrob bilan ifloslanishin analiz qilish uchun quyidagi 
metodlardan foydalaniladi.Aseptik sharoitda otiril asboblardan foydalaniladi. 1 g xom-ashyoni 
tortib, 5 ml NaCl ning izotonik eritmasi bilan aralashtiriladi va shutel' apparatida 10 minut 
davomida silkitiladi, 1 ml smivni olib 1:10, 1:100 suyultiriladi. har bir suyultirilgandan petri 

126 
 
chashkasidagi ozuqa muhitiga chuqur ekiladi. Zamburug’ va achitqilarni o’sishini Sabura yoki 
suslo-agar, MPA kuzatiladi.har bir suyultirilganni 2-3 chashkaga parallel ravishda ekiladi. 
Termostatdagi inkubatsiyadan keyin (24 S –  zamburug’ va achitqilar uchun, 37 C bakteriyalar 
uchun) o’sib chiqqan kolloniyalarni soni sanaladi. Smivni suyultirilganligiga qarab xom-ashyoni 
(1g) mikrob bilan ifloslanganligi hisoblaniladi. Dorivor xom-ashyolarni antimikrob ta'sirini 
aniqlash quyidagi namunada bo’ladi:  
        Test-kul'turalar E coli, Psevdamanas, Staphylococcus  10 ml. Najepitatel'niy muhitni 
probirkaga solib, (har bir muhitga 4 tadan probirka) 1:1000 suyultirilgan 1 sutkali 0,1 li Test-
kul'tura buyumini qo’yamiz. 
        Probirkaning 1-yarimiga 1 ml steril suv quyamiz, boshqa yarimiga esa tekshirilayotgan 
preparat. Keyin tekshirishni differensial-diagnostik vositani qo’llanilashi bilan davom ettiriladi. 
         Antimikrob ta'sirga ega bo’lmagan dorivor vositalarni mikrob bilan ifloslanishini aniqlash. 
         A. Bakteriyalarning umumiy sonini aniqlash 1:10 gacha suyultirilgan 1 ml preparatni 0.1 g  
glyukozali 4 ml eritilgan va 45-50 C gacha sovitilgan MPA har ikkala probirkaga solinadi. 
Oldindan qo’yilgan va sovutilgan shu muhitni 15-20 ml petri chashkasining har ikkisiga quyiladi 
va tez aralashtiriladi. Chashkani tez tebratgan holda yuqori qismini bir xil qilib taqsimlanadi va 
sovutiladi. Chashkalar 5 sutka davomida 37 C da inkubatsiya qilinadi. Keyin bakterial 
kolloriyalaning soni sanaladi, 2- chashkasi uchun o’rta arifmetikasi topiladi. 2 va 1 g namunaning 
bakteriya soni hisoblaniladi. 
         To’la ishonchli ko’rsatmalarni olish uchun faqat 300 kam kolloniyalar o’sgan chashkalar 
hisobga olinadi. Agar kolloniyalar soni ko’p bo’lsa suyultirilish tekshirishni bir qator davom 
ettiriladi (1:100, 1:1000). Ekish uchun anchagina qulay bo’lgan suyultirish olinadi. 
          B. Entenobakteriaecae- 
oilasiga mansub bakteriyani aniqlash uchun 10 g 
Entenobakteriaecae oilasiga mansub bakteriya bilan boyitilgan 90 ml muhit solinadi, 
aralashtiriladi va 24-48 soat 37 C da inkubatsiya qilinadi. O’sish boshlanganda petlya yordamida 
Endova vismut'-sul'fitli agar muhitiga qayta ekiladi. 24-48 soat 37 C da inkubatsiya qilinadi. 
Entenobakteriaecae-  oilasiga mansub bakteriyalar, qizil rangli  metaldek yaltiroq yoki yaltirog’I 
bo’lmagan yirik kolloniyalar hosil qiladi, pushti, rangsiz yaltiroq, bo’rtgan dm. 2-3mm. kolloniya. 
Vismut-sul'fitli agarida kolloniya metal sifat yaltiroq qora, kolloniya ostida esa muhit qora rangga 
yoki qo’ng’ir -ko’kimtir, och yashil, jigar rang va hakazo ragnda bo’ladi. Mikroskop ostida ular 
grammanfiy. Sporasiz keltakchalardir. Shubhalantiruvch kolloniyalarni o’rilgan 0.17 glyukozali 
MPA probirkasiga har birini alohida qayta ekiladi va 24 soat 37 C da o’stiriladi. Har bir toza 
qulturali probirkadan enterebakteriyalarni identifikatsiya qilish uchun qayta muhitga ekiladi.  
       a. Glyukozali va qizil fenolin muhitga 
       b. Kaliy nitratli muhitga. Enterebakteriyalar glyukozani fermentatsiya qiladi, bunda muhit 
qizil rangdan sariqga aylanadi. Ular nitritni nitratga qaytarishga qodir, va stitoxromoksidaza 
fermenti bo’lmaydi. Agar namunada grammanfiy, sporasiz qayton sezilsa, ular 
stitoxromoksidazaga manfiy reakstiya ta’sir etsa nitratni nitratga qaytaradi va glyukozani 
fermentlaydi. Tekshirilayotgan preparat Entenobakteriaecae oilasiga mansub bakteriyani o’zida 
saqlaydi. 
Bakteriostit ta’sirga ega bo’lgan antibiotiklarni qo’shgan holda, dorivor vositalarni mikrob 
bilan ifloslanishini aniqlash. 
 
    Antibiotik eritmasini tayyorlangan zahotiyoq 4 ta membranali fil’trdan o’tkaziladi. Har bir 
fil’trdan 250 ml eritma fil’tratsiya qilib bo’lgandan keyin fil’trlarni 100 ml li 5 portsiya eritma 
bilan antibiotikdan tozalaniladi. Petri chashkasiga quyidagi muhitlarga joylashtiriladi.  
a. 
Mikroorganizmlarni umumiy sonini hisoblash uchun MPA ga inaktivator qo’shiladi. 
Ekmani 3 sutka davomida 37 C da inkubatsiya qilinadi.  
b. 
Saburo muhitida mog’or, achitqi zamburug’larni umumiy sonini hisoblash uchun   
5 sutka davomida 24 C da inkubatsiya qilinadi. 
     v.  Ichak gruppasining mikroorganizmini aniqlash uchun Endo muhitiga MPA ga o’xshash 
inaktivator qo’shiladi. 3 sutka davomida 37 C da inkubatsiya qilinadi. 
     d.  Stofilokokklarni aniqlash uchun qon agariga  inaktivator qo’shiladi. 3 sutka davomida 37 C 
da inkubatsiya qilinadi. 

127 
 
      Qonli agarda stafilokokklari koloniya atrofida             beradi.  Antibiotik tabletkalaridan 0.2 ml 
suspenziya shpatel bilan agarizovanniy muhitning ustki qismiga,   3 ta petri chashkasini parallel 
ishlash  bilan lesi ekiladi. 
    Inekstiya uchun ishlatiladigan, ko’z tomchilari va yangi tug’ilgan chaqaloqlar uchun 
ishlatiladigan dorivor preparatlar steril holatda bo’lishi kerak.  
      Dorivor moddalarni sterilligini-  sanitariya sharoitlariga va sterilizatsiyaga rioya qilish bilan 
erishiladi. 
      Ba’zi bir steril preparatlar pirogen hususiyatga ega bo’lgan mikrob hujayralarining 
mahsulotlarini o’z tarkibida saqlashi mumkin. Pirogenlar-  tarkibida protein, lipid, polisaharid 
saqlovchi, orgonizmda kompleks o’zgarishlar(tana temperaturasining ko’tarilishi)  chaqiruvch 
bakterial endotaksinlar hisoblanadi. 
     Pirogen bakterialar fil’trdan o’tadi, tempiraturaga chidamlidir.  
Sterillangan dorivor moddalarni tayyorlashdagi asosiy talablar. 
1. 
In’ekstiya uchun tayyorlangan eritmalarda, sterilizatsiya qilishdan oldin 1 ml da mikrob 
hujayrasi 30 tadan ko’p bo’lishi kerak emas. 
2. 
Ularni tayyorlashdan sterilizatsiya qilinguncha ketadigan vaqti 1.5 soatdan oshmasligi 
kerak. 
3. 
Steril moddani tayyorlash uchun ishlatiladigan distillangan suvning tarkibida E.coli  
bo’lishi kerak emas. Mikroorganizmlarning umumiy soni 1 ml.da 10-15 ta hujayradan oshmasligi 
kerak. 
Dorivor moddalarni tekshirish aseptika qoidalariga qat’iy tayangan holda bokslarda olib boriladi. 
 
 
Bokslarda ishlashda aseptikaning asosiy talablari. 
 
1. 
Boks xonasini dizenfekstiyalovchi moddalar bilan qayta ishlash kerak. 
2. 
Ish boshlashdan 2 soat oldin bakteriostid lampalarni yoqib qo’yish kerak. 
3. 
Mikrob bilan zararlanganini tekshirib turish kerak. Go’sht-peptonli bul’onda 5 ta 
kolloniyadan ortiqcha bo’lishi kerak emas.  
4. 
Mog’or va achitqi zamburug’lari bo’lishi kerak emas. 
5. 
Boksda sterillangan holat va topochkalarda ishlash kerak. Ularni 120 C temperaturada 30 
min davomida avtorlavda sterilizatsiya qilinadi. 
Inekstion preparatlarning sterilligini aniqlash. 
    Antibiotiklarning  har bir seriyasidan 10.000 ampuladan 3 ta ampula, qo’shimcha 1 tadan 
ampula 10.000 ampuladan olinadi. Poliglyutin va ferroglyulitinni sterilligini aniqlash uchun 
avtoklatga joylashgan preparatlardan 6 ta flakondan olinadi va  
1. 
MPA- 0.5 gr glyukozali muhitga ekiladi 37 C da 5 sutka . 
2. 
Kitta-Terotsi muhiti- 37 C da 5 sutka. 
3. 
Saburo suyuq muhitda- 24 C da 5 sutka.   
 
Antibiotiklarni sterilligini aniqlash. 
  Antibiotiklar sterillagan suvda eritiladi. 
a. 
MPB- glyukozali 15 ta probirkaga ekiladi. 
b. 
2 ml dan Saburo muhitli 5 ta probirkaga ekiladi. 
   Bunda antibiotiklarning konsentratsiyada 25.000 ga teng bo’lishi kerak. 
   MPB li 10 ta probirka 37 C da 5 sutka. 
   MPB li 5 ta probirka 24 C da 5 sutka. 
   Saburo muhitli 5 ta probirka 24 C da 5 sutka.  
    Antibiotiklarning inaktivligini tekshirish uchun MPG li probirkaga 18 soatli 1 ml da 250 ta 
mikrob hujayrasi to’g’ri keladigan Test- kulturaga ekiladi. 37 C da 5 sutka turadi. Bu prabirka hira 
bo’lishi kerak. Faqat bitta o’sma o’sib chiqsa ham preparat sterillangan hisoblanmaydi va 
qaytadan ekiladi.  
 
Bakteriostatik ta’sirga ega bo’lgan dorivor priparatlarning sterilligini aniqlash. 

128 
 
        Buning uchun priparat: 
1. 
MPB- glyukozali 5 ta probirkaga 0.5 ml dan solinadi. 
2. 
MPA li 3 ta probirkaga 0.2 ml dan  
3. 
Kitta-Terotsi muhitli 3 probirkada 0.5 ml. 
4. 
Saburo muhitli 3 probirkaga 0.5 ml dan solinadi. 
   
     Kitta-Terotsi muhiti 37 C da, MPB- glyukozali muhit 24 C, Saburo muhitini 24 C da 7 sutka 
turadi. Agar o’smalar o’sib chiqsa preparat sterillanmagan hisoblanadi. 
9. Kutiladigan natijalar: 
O’qituvchi                                                                               Talaba 
1. Mavzu bo’yicha maqsadni                             1. Mavzu bo’yicha to’la ma’lumot                                                                                                                                                                                                                                 
    tushuntirish.                                                        olish 
1.Talabalarda qiziqish uyg’otish                    2. Talabalar bilimini shakllantirish 
a)  Yangi texnologik usullarni qo’llash            3. Talabalar qiziqish bilan qabul  
                                                                               qilishi. 
10. Kelgusi rejalar: 
1. O’qituvchi internetdan yangi                           1. Talaba ushbu materiallarni o’z- 
material olish uchun foydalanishi,                          lashtirishi, konspekt yozish,  
mukammallashtirishi.                                             mustaqil ishlashi. 
2. Yangilash va joriy etish, yondashuv.               2. Adabiyotlar bilan ishlashi 
3. Kasbiy tayyorgarlikni                                      3. Yangi texnologiyaga yondashuvi. 
 insonparvarlashtirish.                                           
Nazorat savollari. 
1. Dori-darmonlar  va  dori vositalarining mikrob bilan zararlanish manbalari. 
2. Dori-darmonlarning mikrob bilan zararlanishining oldini olish choralari. 
3. Dori-darmonlarning zararlanishini mikrobiologik nazorat qilish usullari. 
4. Sterillangan dorivor moddalarni ishlab chiqarishdagi asosiy talablar. 
5. Pirogenlar, ularning dorivor moddalarga tushib qolish xavfi. 
6.  Dorivor moddalarning sterilligini aniqlashning metodlari 
 
Laboratoriya mashg’uloti 6 
 
Mavzu: Mikroorganizmlar ekologiyasi.  Inson  tana  normal mikroflorasi. 
 
Mashg’ulot programmasi 
1.   Atrof-muhitdagi  mikroflorani   o’rganish  usullari. 
2.   Cyv, havo  va tuproqni saiitariya-baktoriologiya usullari bilan baholash. 
3.   Membran filtr usuli bo’yicha suvning koli-indeksini aniqlash. 
4.   Krotov apparati va sedimentasiya usuli bilan havodagi mikrob sonini aniqlash. 
5.   Tuprosning     perfringois-titri     ia   koli-titrini     aniqlash usullari. 
Namoish qilinadi 
1.   Gemolitik streptokokkning qonli agarda o’sishi. 
2.   Staph. aureus ning tuxum sarig’i va  sut qo’shilgan tuzli agarda o’sishi. 
3   Clostridium perfringens Kitto torasi muhitiga ekilganda o’sishi. 
4.   Krotov apparati, membranali filtirlar 
5.   Tuproq, suv va havoning sanitariya-bakteriologik baho berishda qo’llaniladigon 
usullarnig sxemalari. 
Laboratornya shshshi bajarish uchun topshiriq 
1.   Quyidagi  tajribalar  natijasiga  asosan  havo, suv, tuproqning  sanitar bakteriodogik  
holatini  baholash; 
a)   havodagi  mikroblar  sonini sedimentasiya usulida aniqlash; 
b)   vodrprovod  suvi  va   ochiq  suv  havzalaridagi suvning umumiy mikroblar sonnni 
aniqlash; 
v)   suvning  koli -titri  va  koli-indeksini  xisoblab topish: 

129 
 
g)   tuproqning koli-titri va perfringens-titri, mikrob sonini xisoblab topish. 
 
Mikroorganizmlarning ekologiyasi – mikroorganizmlarning o’zaro va tashqiy muhit bilan 
aloqalarini, munosabatlarini  o’rganuvchi fan xisoblanadi. Tibbiyot mikrobiologiyasini o’rganish 
o’bekti bo’lib mikroorganizm bilan inson organizimi o’rtasidagi kompleks munosabatlar 
xisoblanadi. 
Mikroorganizmlarning tabiatda tarqalganligi. Mikroorganizimlar tabiatdagi hamma (suv, 
havo, tuproq) muhitlard uchraydi.  Ularning bunchalik keng tarqalishiga asosiy sabab ularning 
oziqlanish mexanizimlarining turli ko’rinishda bo’lishidir. 
Mikroorganizimlar tabiatdagi tashqiy muhit omillariga tez moslashadi, shuning uchun boshqa 
organizimlar yashashi mumkin bo’lmagan sharoitlarda va muhitlarda ham ular hayot kechirishadi. 
Mikroorganizimlarning bunchalik tabiatda keng tarqalishiga yana bir sabab, ularning o’lchamini 
o’ta kichikligi va havo oqimlari suv bilan uzoq masofalarga tez tarqalishidir. 
Mikroorganizmlar ma’lum yashash mintaqalarda biosenozni ( yunon. bios- hayot, + koinos- 
birga yashash) shakillantiradi. Har bir mikroblar biosenozi o’zining aniq mikroorganizimlar 
tarkibiga ega bo’lib, shu muhitning autoxton ( yunon. autos-  o’ziniki + chthon-  joy, mamlakat) 
mikroorganizimlari deb yuritiladi, ya’ni bu mikroorganizimlar shu yashash muhitida doim 
uchraydi. Bu mikroblarni yashash muhitiga boshqa alloxton ( yunon. allos - begona, + chthon- joy, 
mamlakat) bakteriyalar, parazit mikroorganizimlar tushib qolishi mumkin. Tabbiyi biosenozlarda 
(tuproq, suv, havo) mikroorganizimlarning yashashi tashqiy muhit faktorlarini ta’siriga bog’liq 
bo’lib, agar tashqiy faktorlar ularning yashashiga ijobiy ta’sir qilishi yoki faktorlarning 
ta’sirisalbiy tamonga o’zgarsa, bu biosenozdagi mikroblarning yashashi, ko’payishi to’xtab qolishi 
mumkin. 
  Biosenozdagi mikroorganizimlarning o’zaro munosabatlarini tiplari
Mikroorganizimlar bir-birlari bilan o’ta kuchli raqobatda yashaydi. Mikroorganizimlarning 
biosenozda o’zaro yashash munosabatlari simbioz ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. 
Yüklə 3,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin