Oldini olish. Asosan umumiy profilaktika o’tkaziladi, ya'ni kasallik manbaini aniqlab
yo’qotiladi, bemorni alohidalab kasallik o’choqlari dezinfektsiya qilinadi.
Chuqur blastomikozlarnish qo’zg’atuvchilari.
Bu kasallik qo’zg’atuvchilari Blastomyces, Hustoplasma, Fhialondorao urug’ining
vakillari hisoblanadi.
Kriptokokkoz qo’zg’atuvchisi. O’tkir o’rtacha va surunkali kechadigan ichki a'zolar,
ayniqsa o’pka, markaziy nerv sistemasi, teri va shilliq qavatlarni jarohatlaydigan chuqur mikoz.
Qo’zg’atuvchisi achitqisimon zamburug’ Cryptococcus neoformans bo’lib, uni 1894 yili Buss va
Bushklar topishgan. Zamburug’ hujayrasi dumaloq, tuxumsimon, ichki qavat devori diametri 2-10
mkm bo’lgan hujayradan iborat. Kriptokokkning qalinligi 50 mkm bo’lgan shilliqsimon kapsulasi
bor. Kapsula diametri 3-4 nm bo’lgan uzun iplardan tashkil topgan.
Kriptokokk aerob, oddiy muhitlarda o’sadi, ayniqsa Saburo muhitida 37°S haroratda
yaxshi o’sadi. Ular qattiq muhitlarda oqish, sarg’ish, to’q jigarrang, qoramtir koloniyalar hosil
qiladi. Kriptokokklar qandlarni parchalaydi, tiaminga muxtoj, ureaza hosil qiladi. Uglerod manbai
sifatida dekstroza, galaktoza, saxaroza va mannozalarni assimilyatsiya qiladi.
C. neoformans kapsula va somatik antigenlarga ega, ular oksil va polisaxaridlardan
tashkil topgan. Polisaxariddan iborat kapsula antigeni immun sistema qarshiligini keskin
kamaytiradi. C. neoformans kapsula antigenlariga ko’ra A, V, S, D, Ye serovariantlarga ega.
Polisaxarid antigenini bemor siydigi, zardobi, qoni va orqa miya suyuqligidan topish mumkin.
Kriptokokkoz keng tarqalgan kasallik bo’lib, barcha yoshdagi kishilar, asosan 50-60 yoshdagi
erkaklarda kuzatiladi. Kriptokokk tuproqda, ayniqsa kabutar najasi tushgan tuproqlarda ko’p
miqdorda bo’ladi. Zamburug’ kabutarlar in ko’yadigan joylardan, molxona, xashakxonalardan,
bo’g’ot va boshqa joylardan topilgan.
1 g kabutar najasida bir necha ming kriptokokk bo’ladi.
Kriptokokklar kapsulasi bo’lganligi uchun tashqi muhitda fizik va kimyoviy omillar
ta'siriga chidamli. Ularning virulentligi polisaxaridli kapsula antigeni bilan bog’liq. Zamburug’,
asosan, markaziy nerv sistemani shikastlaydi. Kasallik odamlarga havo- tomchi hamda havodagi
chang orqali yuqadi. Og’iz bo’shlig’i, me'da-ichak shilliq qavatlari va jarohatlangan teri orqali
ham yuqadi, qo’zg’atuvchi qon orqali tarqalganda ichki a'zolar va markaziy nerv sistemasi
zararlanadi.
Kriptokokkozda o’pka, miya, miya pardasi, ichak, teri, teri osti yog’ qavati (kletchatka),
limfa tugunlari va suyak sistemasi shikastlanadi. Kasallikda chuqur abstsess va yallig’lanishlar
uchog’i paydo bo’lib, ba'zan ular bir-biri bilan qo’shilib ketadi. Chuqur yarali tugunchalar
Ko’pincha boldir, dumba vaboshqa sohalarda bo’ladi. Bundan tashqari, kaftda va oyoq tagida
giperkeratoz o’choqlari ko’zga tashlanadi. Kasallik surunkali davom etib, ko’pincha o’lim bilan
tugaydi. U Yevropada va Amerikada qishloq xo’jalik xodimlari, cho’chqa va mol boqarlarda
ko’proq uchraydi. Kasallikni boshdan kechirgandan so’ng kuchli, uzoq davom etadigan
immunitet hosil bo’lmaydi. Shu sababli qayta kasallanish mumkin. Bemor qon zardobida past
titrlarda aglyutinin, pretsipitin, komplementni biriktiruvchi antitelolar topiladi.
Bakteriologik usul. Patogen zamburug’larning sof kulturasini ajratib olish uchun
tekshiriluvchi materiallarni Saburo muhitiga yoki metilen ko’ki qo’shilgan muhitga ekiladi.
169
Begona bakterialarning o’sishini to’xtatish uchun soch tolalari maydalanadi va bir necha minut
davomida qizdirilgan buyum oynachasiga qo’yiladi yoki oziq muhitiga antibiotiklar qo’shiladi.
Agar natija ijobiy bo’lsa, 3-5 kundan so’ng har xil koloniyalar o’sib chiqadi. So’ng sof kultura
ajratib olinadi va uning asosiy biologik xususiyatlari tekshirilib, qo’zg’atuvchining qaysi turga
mansubligi aniqlanadi.
Zamburug’lar keltirib chiqargan teri va shilliq qavatdagi kasalliklarga tashxis qo’yishda ,
albatta, OITS ni ham nazarda tutish lozim.
Shu sababli serologik reaktsiya qo’yilganda, shu urug’ga mansub, ammo boshqa turdagi
zamburug’lar bilan ham musbat reaktsiya ro’y beradi. Mikozlarda qon zardobidagi agglyutinin,
pretsipitin, komplementni biriktiruvchi antitelolar yaxshi o’rganilgan. Shulardan komplementni
biriktiruvchi antitelolar maxsus xisoblanadi. Deyarlik barcha zamburug’ kasalliklarida maxsus
allergik holat paydo bo’ladi, bu esa, o’z navbatida himoya vositasini bajaradi. Shuning uchun bu
kasallik takror yuqqanda yengil kechadi.
Laboratoriya mashg’uloti 14
Mavzu: Patogen anaeroblar. Qoqshol, gazli gangrena, qo’zg’atuvchilari
Mashg’ulot rejasi
1 . Jarohat anaerob infeksiyalarning mikrobiologik diagnostika sxemasini o’rganish.
2. Jarohat anaerob infeksiyalarning mikrobiologik diagnostikasida qo’llaniladigan
bakteriologik, bakterioskopik va serologik usullar.
3. Diagnostika, profilaktika va davolash preparatlari.
Namoyish qilish
1. Jarohat anaerob infeksiyalarning mikrobiologik diagnostikasida qo’llaniladigan oziqli
muhitlar, apparatlar.
2. Anaerob infeksiyalar, gazli gangrena, qoqshol qo’zg’atuvchilaridan tayyorlangan tayyor
surtmalar.
3. Jarohat anaerob infeksiyalarning morfologiyasiga, kultural xususiyatlariga, mikrobiologik
diagnostikasiga bag’ishlangan rangli rasmlar, sxemalar, videoroliklar.
4. Jarohatdan ajratib olingan suyuqlikdagi perfringens toksinini lesitovitellaza sinamasi
yordamida aniqlash.
Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq
1. Jarohat anaerob infeksiyalariga (gazli gangrena) shubhalangan bemor yarasidan ajralgan
suyuqlikni Kitt-Tarossi muhitiga ekilgan, ekmani natijasini baholash.
- o’sish xarakterini tasvirlash;
- Gram va Sil-Nilsen usulida bo’yalgan preparatda morfologiyasini o’rganish.
- olingan natijalar asosida dastlabki xulosa chiqarish va o’tkaziladigan tekshiruv rejalarini
tuzish.
2. Kitt-Tarossi muhitiga ekilgan bog’lov materiali natijasini baholash.
- o’sish xarakterini tasvirlash.
- Gram usulida bo’yalgan preparatda morfologiyasini o’rganish.
- bakteriologik laboratoriyada olingan bakterioskopik, bakteriologik,
biokimyoviy va boshqa ma’lumotlar asosida jarohat anaerob infeksiyalar to’g’risida
yakunlovchi xulosalar chiqarish.
Jarohat anaerob infeksiyalarning qo’zg’atuvchilari BACILLACEAE oilasi, CLOSTRIDIUM
urug’iga mansub bo’lib tabiatda keng tarqalgan, odam va hayvonlar yo’g’on ichagida uchraydi.
Tashqi muhitga najas bilan tushadi, ular spora hosil qiladi, sporasi ko’proq terminal va
subterminal joylashadi. Shuning uchun ularni ko’rinishi duksimon bo’ladi (lot. slostridium- duk),
nomi ham shundan kelib chiqqan. Jarohat anaerob infeksiyalarning qo’zg’atuvchilari Clostridium
avlodiga kiradi. Bu zotga Cl. perfringens, Cl. novyi, Cl. septicum, Cl. sordellii, Cl. histolyticum,
C. Difficile, C. tetani C. botulinum lar kiradi. Bulardan Cl. perfringens, Cl. novyi, Cl. septicum,
Cl. sordellii, Cl. histolyticum, C. difficile gazli gangrena kasalliklarini, Cl.tetani qoqshol
kasalligini va C. botulinum ovqatdan zaharlanish toksikoinfeksiyani keltirib chiqaradi.
Gazli gangrena jarohat anaerob infeksiyalarning mikrobiologik diagnostikasi.
Asosan kasallikni 90% ni Cl. Perfringens keltirib chiqaradi (jadval 42) Qolgan turlari ichida
Cl. novyi, Cl. septicum ko’proq kasalliklarda rol o’ynaydi.Qo’zg’atuvchi jarohatga tarkibida
170
klostridiy sporalari bo’lgan tuproq. yoki chang tushganda yuqadi.Kasallikni faqat bitta gazli
gangrena qo’zg’atuvchilari keltirib chiqarishi kamdan- kam hollarda uchraydi. Asosan anaerob
jarohat infeksiyalarida klostridiylar bilan birgalikda stafilokokklar, ko’k-yiring tayoqchasi, protey
va boshqa klostridiy bo’lmagan anaerob bakteriyalar ham ishtirok etib, kasallik kechishini
birmuncha og’irlashtiradi.
Bakterioskopik tekshiruv. Shish suyuqliklari yoki nekroz to’kimasidan olib tayyorlangan
surtmalarni Gram va Gins usullarida bo’yab mikroskop ostida ko’rish yuli orqali o’tkaziladi.
Preparatlarda yirik (1 — 1,5 x 3—10 mkm) grammusbat tayoqchalarning borligi (rasm 72a),
hamda ulardan bir qismining (Cl. perfringens) kapsula hosil qilishi dastlabki diagnoz qo’yish
imkonini beradi.
Bakteriologik tekshirish. 1-kun. Tekshiriluvchi material Kitt-Tarossi solingan ikkita
probirkaga, sut solingan ikkita probirkaga va temir sulfitli agarga (Vilson-Bler muxiti) ekiladi.
Kitt-Tarossi muhiti va sut solingan ikki probirkaning biri yot bakteriyalarning vegetativ
formalarini yo’qotish uchun 80°S da 20 minut davomida suv hammomida qizdiriladi.
2-kun. Sutga ekilganda 3—4 soatdan so’ng tarkibida ko’piksimon gaz pufakchalari va
ajralayotgan tiniq sut zardobidan iborat bulutsimon quyqa hosil bo’ladi. Kelgusi sutkalarda Kitt-
Tarossi muhitida loyqalanish va gaz hosil bo’ladi, Vilson — Bler muhitli agarda esa, biroz
kechroq agar ustunchasining pastki qismida qora qoloniyalar paydo bo’ladi va probirkadagi
ustunchali muhit qorayadi ( Na
2
S va FeCl
3
dan temir sulfid va CO
2
hosil bo’ladi), muhit chetlari
kesilib, yoriladi
Klostridiylarning boshqa tur kulturalarini ajratishda nihoyatda qat’iy anaerob sharoitlar yaratish
talab qilinadi.
Barcha ajratib olingan kulturalardan surtmalar tayyorlanib, Gram usulida bo’yaladi va
mikroskop ostida ko’riladi.
Ijobiy natijalarda yirik grammusbat Cl, perfringens tayokchalari surtmalarda ko’riladi.
Sof kulturalarni ajratib olish uchun Petri kosachasidagi qand, qon qo’shilgan va tuxum
sarig’i qo’shilgan agarlarga ekilib, 37°S da 2-3 kun davomida qat’iy anaerob sharoitda o’stiriladi.
O’sgan koloniyalar probirkalardagi Kitt-Tarossi muhitlariga qayta ekiladi.
Sof kultura qo’zg’atuvchilarning biokimyoviy belgilar asosida identifikasiya qilinadi.
Toksigenligini bioprobada aniqlash. Kitt-Tarossi muhitida o’stirilgan, tekshiriluvchi
kulturaning toksigenlik xususiyatini aniqlash uchun muhit sentrifugada aylantiriladi, cho’kmaning
ustki qismidagi suyuqlik olinib dengiz chuchqachalariga yoki oq sichqonlar qorin bo’shlig’iga
yuboriladi, ijobiy natijada toksinlar ta’sirida ular halok bo’ladi. Shu maqsadda patologik
materiallar oq sichqonlar yoki dengiz chuchqachalarining muskullari orasiga yoki qorin
bo’shlig’iga yuborib tekshirish mumkin. Anaeroblar bo’lsa, in’eksiya qilingan hayvonlarda
anaerob infeksiyaning yuqorida tasvirlab o’tilgan manzarasi paydo bo’ladi.
Lesitinazani aniqlash. Ajratib olingan kultura tarkibidagi Cl. perfringens toksinini tezda
aniqlash uchun uning lesitinaza aktivligi tekshiriladi. Buning uchun tekshirilayotgan kultura olinib
tuxum sarig’i qo’shilgan Petri kosachasidagi muhitni yarmiga ekiladi, qolgan yarmiga ekilgan
kulturaga maxsus antizardob ehtiyotlik bilan qavatlantiriladi. Birinchi yarmiga ekilgan zonada α-
toksin (lesitinaza) hosil bo’lsa ko’zga ko’rinadigan bulutsimon presipitat hosil bo’ladi, ikkinchi
yarmi
da esa antitoksin zardob α- toksinni ingibisiya qilganligi uchun presipitat hosil bo’lmaydi.
Har turdagi klostridiylarning toksinlari turli antigenlik xususiyatlariga ega. Shuning uchun
ularni serologik usulda identifikasiya qilish laboratoriya hayvonlarida neytrallash reaksiyasiga
asoslangan holda olib boriladi.
Neytralizasiya reaksiyasi orqali gazli gangrena qo’zg’atuvchilarini turini aniqlash
Bakteriologik tekshiruv. 1 – kun. Tekshiriluvchi material Kitt-Tarossi muhitiga ekilib, anaerob
sharoitlarda 37°S da 3—4 sutka davomida o’stiriladi.
2 kun. Cl. tetani bakteriyalarning cho’kma holda o’sganligi kuzatiladi. Materialdan surtma
tayyorlanib gram usulida bo’yab mikroskopda ko’riladi So’ngra ular Petri kosachasidagi qand,
qon qo’shilgan agarga va probirkadagi qand qo’shilgan oziqli agar ustunchasiga qayta ekiladi.
Ekmalar anaerob sharoitlarda inkubasiya qilinadi.
3-kun. Qoqshol tayoqchalari qonli agar sathida nozik, tiniq, atrofida biroz gemoliz halkasi
bo’lgan koloniyalarni hosil qiladi. Bakterioskopik tekshiruv yana o’tkaziladi.
171
Shubhali koloniyalardan sof kultura ajratib olish uchun ular probirkalardagi Kitt-Tarossi
muhitlariga qayta ekiladi va vazelin moyi ostida yoki inert gazlar aralashmasi to’ldirilgan
anaerostatlarda saqlanadi identifikasiya qilinadi. Biosinama qo’yish mumkin. Olingan natijalar
asosida yakuniy javob beriladi.
Profilaktika va davolash preparatlari
Antitoksinli zardoblar — antiperfringens, antinovi, antiseptikum va bosh. Bular suyuq yoki
quritilgan holda, otlarni tegishli anatoksinlar
ilan ko’p marta emlab antitoksinli zardobni fermentativ gidroliz (Dia-ferm-3) usuli bilan tozalab
va konsentrasiya qilib bo’lingach olinadi. Jarohat anaerob infeksiyalar (gazli gangrena)
profilaktikasida va spesifik davolashda qo’llaniladi.
Adsorbsiya (shimdirilgan) qilingan qoqshol anatoksini. Qoqshol toksinini formalin bilan
zararsizlantirish, so’ngra tozalash, konsentrasiyalash va alyuminiy gidrat oksidiga shimdirish yo’li
bilan olingan.
Assosiasiyalashgan (birlashtirilgan) ko’k yo’tal-bo’g’ma-qoqshol vaksinasi va boshqa
preparatlar tarkibiga kiradi. Qoqsholga qarshi aktiv emlash uchun qo’llaniladi.
Qoqsholga qarshi zardob, qoqshol toksini bilan giperimmunizasiya qilingan otlar qonidan
olingan. Diaferm-3 usuli bilan tozalangan va konsentrasiyalangan. Aktivligi halqaro birlik bilan
belgilanadi. Qoqshol profilaktikasi va davolashda qo’llaniladi.
Qoqsholga qarshi odam immunglobulini, tozalangan, adsorbsiyalangan qoqshol anatoksini
bilan qayta emlangan donor — kishilar qon zardobining gamma-globulin fraksiyasidan olingan.
Teri qavatlari shikastlanganda qoqsholga qarshi zudlik bilan immunitet hosil qilishda ishlatiladi.
Qoqshol anatoksini bilan birgalikda kasallikning boshlanish davrida davolash uchun ham
qo’llanadi.
Laboratoriya mashg’uloti 15
Mavzu: Patogen zoonoz o’ta xafli bakteriyalar. (Kuydirgi, vabo qo’zg’atuvchilari.)
Mashg’ulot rejasi
1. Kuydirgi (sibir yarasi) va o’lat kasalliklari keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarning
mikrobiologik diagnostika sxemalarini o’rganish.
2. Zoonoz yuqumli kasalliklarda bakteriologik, serologik, biologik va allergik tekshirishlar.
3. Zoonoz yuqumli kasalliklarda qo’llaniladigan diagnostika, profilaktika va davo
preparatlari.
Namoyish qilish
1. Kuydirgi (sibir yarasi) va o’lat kasalliklar keltirib chiqaruvchi qo’zg’atuvchilarining toza
kulturasidan tayyorlangan surtmalar.
2. Kuydirgi (sibir yarasi) va o’lat kasalliklar keltirib chiqaruvchi infeksiyalarning toza
kulturasini ajratib olishda qo’llaniladigan differensial oziq muhitlar.
3. Kuydirgi (sibir yarasi) va o’lat kasalliklar keltirib chiqaruvchi infeksiyalari
qo’zg’atuvchilarining biokimyoviy xususiyatlarini namoyon etuvchi muhitlar va testlar.
4. Kuydirgi (sibir yarasi) va o’lat kasalliklar serodiagnostikasida va seroidentifikasiyasida
(agglyutinasiya qiluvchi poli va mono reseptorli zardoblar) profilaktik va davolashda
qo’llaniluvchi preparatlar.
5. Kuydirgi (sibir yarasi) va o’lat kasalliklarida materialni olish va uni laboratoriyaga
yetkazish uchun ishlatiladigan maxsus idishlar.
Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq.
1.Dizenteriyaning mikrobiologik diagnostikasi-uchinchi bosqich: biokimyoviy
xususiyatlarini o’rganish va olingan natijalar asosida yakuniy javob berish.
2. Kuydirgi kasalligi qo’zg’atuvchisini morfologiyasini o’rganish uchun antrakoidning agarli
kulturasidan surtma tayyorlash Gram va Sil-Nelson usullarida bo’yash, mikroskopda ko’rish.
3. Askoli termopresipitasiya reaksiyasini qo’yish.
4. O’lat qo’zg’atuvchisini sof kulturasidan va nativ materialdan tayyorlanib Gram va metilen
ko’kida bo’yalgan tayyor preparatlarni mikroskopda ko’rish.
172
Zoonoz infeksiya qo’zg’atuvchilari
Zoonoz (zoonosis – yunoncha so’z bo’lib, zoon- hayvon; nosis-kasallik) yuqumli kasallik
qo’zg’atuvchilari tabiiy sharoitda hayvonlarda kasallik keltirib chiqaradi, odamlar ham bu
kasalliklarga beriluvchan hisoblanadi. Bu qo’zg’atuvchilar har xil oila, avlodlarga mansubdir:
tounni Yersinia pestis, tulyaremiyani — Francisella tularensis, brusellyozni — Brucella abortus,
Br.melitensis, Br.suis, kuydirgini —Vas. anthracis keltirib chiqaradi. Bundan tashqari zoonoz
kasallik qo’zg’atuvchilariga leptospirozlar, sariq istima (jeltaya lixoradka), yaщur (manqa) va
ko’plab kasallik qo’zg’atuvchilari kiradi. Tabiiy sharoitda kasallik manbasi hayvonlar hisoblanadi
va hayvonlar o’rtasida epizootiya kuzatiladi. Odamdan odamga kasallik o’tmaydi, ma’lum
sharoitlarni hisobga olmaganda (masalan, o’latni o’pka formasida, sariq istimada), odam kasallik
manbasi bo’lishi mumkin. Ko’rsatilgan bakteriyalar kuchli virulentliligi bilan farq qiladi va o’ta
xavfli yuqumli kasallikni avj oldiradi. Shuning uchun ushbu bakteriyalar bilan bog’liq bo’lgan
bakteriologik ishlar xafsizlik qoidalariga rioya qilgan holda maxsus laboratoriyalarda olib boriladi.
Zoonoz yuqumli kasalliklarining laboratoriya diagnostikasida bakterioskopik, bakterologik,
serologik usullar, hamda biologik sinamalar qo’llaniladi. Bundan tashqari, teri-allergik sinama
ham qo’yiladi.
Kuydirgi kasalligining mikrobiologik diagnostikasi
Kuydirgi qo’zg’atuvchisi Bacillaceae oilasiga Bacillus avlodiga mansub bo’lib,
Bac.anthracis deb nomlanadi. Bu avlodning ko’pchilik vakillari odamlarda gospital yuqumli
kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin: (pnevmoniya, septisemiya, endokardit) Bac.subtilis,
Bac.cereus, Bac.megaterium, Bac.alvei. Ularning asosiy xususiyatlari:
1. Hammasi to’g’ri katta tayoqcha bo’lib gram musbat hisoblanadi.
2. Aerob sharoitda spora hosil qilish xususiyatiga ega, sporasi markaziy joylashadi.
3. Bu avlod vakillaridan faqat Bac.anthracis odamda kuydirgi kasalligini keltirib chiqaradi.
Kuydirgi kasalligining laboratoriya diagnostikasida quyidagi usullar qo’llaniladi:
bakterioskopik; bakteriologik; biologik va serologik. Bulardan eng ishonchli usul bu
tekshirilayotgan materialdan Bac.anthracis ning sof kulturasini ajratib olishdir. Kuydirgini
laboratoriya diagnostikasida Askoli termopresipitasiya reaksiyasi va teri allergik sinamasi ham
dignostik ahamiyatga ega.
Uslubiy ko’rsatmalar
Bakterioskopik tekshiruv (14 –sxema). Olingan materiallardan surtma tayyorlanib
Nikiforova aralashmasida 20 minut qotiriladi. Surtmalar Gram usulida bo’yaladi. Kapsulani
aniqlash maqsadida surtma Burri-Gins usulida bo’yaladi. Mikroskop ostida Bac.anthracis yirik (1-
2 x 6-10 mkm) grammusbat, alohida yoki zanjirsimon joylashgan, harakatsiz tayoqchalar
ko’rinishida bo’lib, nativ preparatda yoki maxsus oqsilli muhitlarda o’sganda kapsulasini ko’rish
mumkin. Bac. anthracis kapsula hosil qilganda bir necha tayoqchalar umumiy bitta kapsulaga
o’ralgan bo’lishi mumkin.
Kuydirgi kasalligiga tez diagnoz qo’yish uchun patologik materiallardan tayyorlangan
surtmalar immunoflyuoressensiya usulida ham tekshiriladi. Buning uchun maxsus flyuroxrom
bilan nishonlangan quydirgiga qarshi AT lar bilan surtmalar ishlov beriladi va surtma lyumenisent
mikroskopida ko’rilganda Bac.anthracis tayoqchalari sariq yashil tovlanib turadi Olingan
bakterioskapik usullar asosida birinchi taxminiy diagnoz qo’yiladi.
Bakteriologik tekshiruv. Birinchi bosqich-tekshirilayotgan material GPA, GPB va ZQA
(zardobli qonli agar) ga ekiladi va termostatga 37º S da 18-20 soat qo’yiladi.
Ikkinchi bosqich – Ekmalar termostatdan olinib Bac. anthracis suyuq va zich muhitlarda
o’sish xususiyatlari o’rganiladi. Bac.anthracis ning virulentli shtamlari agarda R-koloniya hosil
qiladi. Koloniyalar mikroskopni kichik ob’ektivida qaralganda “sher yoli” yoki “meduzani bosh”
ga o’xshash ko’rinishda bo’ladi. Avirulent shtamlari S-koloniya hosil qilishi mumkin. Kuydirgi
qo’zg’atuvchisi GPB parcha-parcha cho’kma hosil qilib o’sadi. Qonli agarda o’sganda
koloniyalari atrofida gemoliz kuzatilmaydi. Bulonda o’sgan kulturasidan “osilgan” tomchi
preparati tayyorlanib harakatchanligi o’rganiladi. Bac.anthracis harakatchan emas.
Qo’zg’atuvchini sof kulturasini ajratib olish maqsadida shubhali koloniyalardan qiyalantirilgan
GPA ekiladi va bulonli kulturadan “marvarid shodasi” sinamasi (tezkor usul) qo’yiladi. Buning
uchun Xottenger buloniga 30% inaktivasiya qilingan ot qon zardobi qo’shiladi va har 1 ml
173
bulonga 0,5 XB da pensillin qo’shiladi. Bulon 2-3 ml dan probirkalarga qo’yilib, har biriga 2
tomchidan tekshirilayotgan bulonli kulturadan qo’shiladi. Ekma 3 soat 37º S termostatda
saqlanadi. Har bir probirkalardan bir nechta surtmalar tayyorlaniladi va havoda quritilib Kornua
suyuqligida (6 qism etil spirti + 3 qism xloroform + 1 qism uksus kislotasi), suyuqlik to’liq
parlanib ketguncha qotiriladi. Surtma metilen ko’ki bilan bo’yaladi va mikroskopda ko’riladi.
Surtmada kuydirgi qo’zg’atuvchisi “marvarid shodasini” eslatib sferoplastlarga aylanadi (sxema
14). Bu holat Bac.anthracis ni patogen bo’lmagan basillalardan ajratish imkonini beradi.
Uchinchi bosqich – Termostatdan qo’zg’atuvchini sof kulturasi olinadi va 12 –sxemada
keltirilgan sinamalar qo’yiladi.
To’rtinchi bosqich- qo’yilgan sinamalar termostatdan olinib natijalanadi (jadvalga qaralsin).
Bac.anthracis saprofit basillalarda identifikasiya qilinadi va yakuniy javob beriladi.
Biologik sinama. Tekshirilayotgan material dengiz cho’chqachasi, oq sichqonlar yoki
quyonlarga (oq sichqonlarga 0.1-0.2 ml orqamiya sohasiga; dengiz cho’chqachasi, quyonlarga 0,2-
0,5 ml qorin sohasiga) kiritiladi. Material yuqtirilgan hayvonlar (oq sichqonlar 1-2 va dengiz
cho’chqachasi, quyonlar 2-4 kunda) o’ladi. Kiritilgan joyida shish va qon quyilish kuzatiladi.
Hayvon yorilganda ichki organlari dimiqqan, kattalashgan bo’ladi, bu o’zgarishlar ko’proq taloqda
uchraydi. Bac.anthracis ni zaharini ta’siri natijasida qon ivib qolmaydi, quyuq, qora qizimtir
rangda bo’ladi. (qo’zg’atuvchini nomi anthrax-ko’mir shundan kelib chiqqan). Hayvonlarni ichki
organlaridan tamg’a surtmalar tayyorlaniladi, qo’zg’atuvchini sof kulturasini ajratib olish uchun
oziqli muhitlarga ekiladi.
Serodiagnostika. Kasal bo’lganlarni va rekonvalesentlarni aniqlashda qo’llaniladi.
Qo’zg’atuvchini flyuoressentlar bilan nishonlangan AT yordamida ham (aralash kulturalarda)
aniqlash mumkin. Bundan tashqari serodiagnostikada KBR, BGAR, IFA va PZR keng
qo’llanilmoqda Bakteriofag sinamasi. Uchta oziqli muhit bilan kosacha olinadi. Birinchi
kosachaga kultura o’lat bakteriofagi bilan aralashtirib, ikkinchi kosachaga oldin kultura shpatel
bilan ekilib, so’ng o’lat bakteriofagi tomizilib yo’lakcha qilinadi. Uchinchi kosachaga esa
bakteriofagsiz kultura ekiladi. Ekmalar 28º S da termostatga qo’yiladi.
12-14 soatdan so’ng ekmalar olinib natijalaniladi. Agar shubhalanilayotgan koloniyalar o’lat
qo’zg’atuvchisi bo’lsa, birinchi kosachada o’latning negativ koloniyalari (koloniya qurib qoladi),
ikkinchi kosachada steril yo’lakcha va uchunchi kosachada esa tipik o’lat qo’zg’atuvchisini
koloniyalari hosil bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |