Infektsiya manbai. Endemik toshmali tif — zoonoz infeksiyadir. Tabiatda infektsiya
manbai bo’lib kalamushlar va sichqonlar hisoblanadi.
Tarqalish yo’llari. Transmissiv, alimentar, bilvosita kontakt yo’llari orqali tarqaladi.
Tashuvchisi bo’lib kalamush va kanalar hisoblanadi.
Patogenezi. Endemik toshmali tif qonli infektsiyadir. Uning patogenezi epidemik toshmali
tifnikiga o’xshashdir. Klinik belgilari va kasallik ancha yengil o’tadi. Kasallik isitma va toshma
toshish bilan tavsiflanadi. Kasallik endemik xarakterga ega.
Immuniteti. Kasallikdan so’ng mustahkam antimikrob va antitoksik immunitet hosil bo’ladi.
Profilaktikasi. Kemiruvchilarga qarshi kurashish va sanitar-gigienik sharoitlarni
yaxshilashdan iboratdir. Maxsus profilaktikasi maqsadida o’lik Muzer rikketsiyasini saqlovchi
vaktsinadan foydalaniladi.
Davosi. Tetratsiklin qatoriga tegishli antibiotiklar bilan davolanadi.
Ku-isitma — o’tkir infektsion kasallikdir. 1939 yili R. Bernet tomonidan bemor qonidan
qo’zg’atuvchi ajratib olingan va farqlash ishlari olib borilgan. Shuning uchun uning nomi bilan
Bernet rikketsiyalari deb yuritiladi. 1948 yili Rossiyada ham bu rikketsiyalar aniqlangan.
Ku-isitma qo’zg’atuvchisi Sox1e11a avlodiga kiritiladi. Morfologiyasi. S. igpesh mayda
polimorf mikroorganizm bo’lib, tayoqchasimon, sham alangasiga o’xshash, 0,3—0,8 mkm
kattalikda, sferik shakldagisi 0,3—0,5 mkm, Gram manfiy bo’yaladi; Zdrodovskiy usulida
bo’yalganda qizil rangga bo’yaladi.
Kultural xossasi. Bernet rikketsiyasi tovuq embrionining sariqlik qopchasida yaxshi
rivojlanadi. Ular uchun optimal harorat 35°S hisoblanadi. Xo’jayin hujayrasida rekketsiyalar
vakuolalarda rivojlanadi, ya'ni pilakchalar hosil qiladi.
Fermentativ xossasi. Namoyon bo’lmaydi.
Toksigenligi. Zaharli moddasi aniqlanmagan, lekin rikketsiyalar o’zida allergen saqlaydi.
Antigenligi. Bernet rikketsiyasi ikkita — I va II faza antigenlarini saqlaydi. I faza antigeni
yuzaki joylashgan, polisaxarid tabiatli, II faza antigeni esa hujayra ichida saqlanadi, kimyoviy
tarkibi hali to’liq o’rganilmagan. Bernet rikketsiyasi tovuq embrionida o’stirilganida I faza
antigeni yo’qoladi. Bernet rikketsiyasi dengiz cho’chqachasiga yuborilganda uning bu xossasi
tiklanadi.
Chidamliligi. Bernet rikketsiyalari tashqi muhitga ancha chidamli. 80—90°S harorat ta'sirida
ular 30 daqiqadan so’ng nobud bo’ladi. Sut pasterizatsiya qilinganda ular o’lmaydi. Ular sut
mahsulotlari — qatiq, suzma, sariyoqda uzoq vaqt, ultrabinafsha nurlar ta'sirida 1,5 soatgacha
saqlanadi. Past haroratda, ayniqsa muzli sharoitda, bir necha oylab, steril suvda 3—4 oygacha
saqlanadi. Bernet rikketsiyalari oshqozon shirasiga, 5% li formalin eritmasiga va 1%li fenol
ta'siriga ancha chidamli.
Patogenligi. Tabiiy sharoitda Bernet rikketsiyalari sigir, echki, qo’y, it, ot, kemiruvchilar,
parranda va kanalarda aniqlanadi. Hayvonlarda kasallik isitma tutishi bilan tavsiflanadi. Ularda
kasallik ko’pincha surunkali shakllarda o’tadi. Rikketsiyalar sut, siydik va najas bilan tashqi
muhitga ajraladi.
Amaliy qism: Amaliy qismda talabalar epidemik va endemik toshmali tif diagnostikasi
tekshirish materiali, tekshirish usullarini o’rganadilar.
Qon.
1.Serologik. a) Komplement bog’lanish reaktsiyasi. b) agglyu-tinatsiya
reaktsiyasi. v) bevosita gemagglyutinatsiya reaktsiyasi. g) toksinlarni neytrallash reaktsiyasi. d)
immuno-lyuminestsent usul qo’llaniladi.
Bemor venasidan 5—7 ml qon 2. Biologik usul. Steril probirkaga olinadi.
Serologik usul. Komplement bog’lanish reaktsiyasi. Bemordan olingan qonning zardobi
ajratib olinadi, parallel holda 2 ta antigen — Provatsek va Muzer rikketsiyalari bilan reaktsiya
qo’yiladi. Bu reaktsiya epidemik va endemik toshmali tifni farqlashda qo’llaniladi. Umumiy
sxema asosida bemor qon zardobi 1:10 dan 1:640 gacha suyultiriladi. 1:100 va undan yuqori
suyultirish darajalarida eritrotsitlar cho’kma bersa, reaktsiya musbat deyiladi.
181
Agglyutinatsiya reaktsiyasi (AR).Toshmali tifni Brill kasalligidan farqlash uchun
agglyutinatsiya reaktsiyasi qo’yiladi. Diagnostikum sifatida Provatsek rikketsiyasi va OX19 o’lik
kul’turasi qo’llaniladi. Brill kasalligida o’lik protey kulturasi bilan Veyl—Feliks reaktsiyasi
manfiy bo’ladi.
Bundan tashqari, Brill va epidemik toshmali tifni farqlash uchun quyidagi usul ham
qo’llaniladi.
Buning uchun bemor qon zardobi sistin bilan tozalanadi, chunki epidemik toshmali tifda 7
antitelo hosil bo’ladi va u sistin ta'sirida tez parchalanadi.
Brill kasalligida esa 19 antitelo hosil bo’ladi va u sistin ta'sirida parchalanmaydi.
Kengaytirilgan hajmda agglyutinatsiya reaktsiyasi qo’yiladi. Birinchi qatorga sistin bilan
tozalangan va ikkinchi qatorga tozalanmagan qon zardobi suyultirib solinadi. Brill kasalligida
ikkala qatorda ham reaktsiya musbat bo’ladi. Epidemik toshmali tifda birinchi qatorda reaktsiya
musbat, ikkinchi qatorda esa manfiy bo’ladi.
Bevosita gemagglyutiiatsiya reaktsiyasi. Bemor qon zardobi 1:25 dan 1:1600 gacha
suyultiriladi. Diagnostikum sifatida Provatsek eritrotsitlar diagnostikumi qo’llaniladi. Bemorning
qon zardobida aitntelo bo’lsa 1:100 nisbatda eritrotsitlar soyabonsimon cho’kma hosil bo’ladi.
Reaktsiya qayta qo’yilganda titri ortib boradi.
Biologik usul. Epidemik va endemik toshmali tifni farqlash uchun biologik usul ham
qo’llaniladi. Buning uchun dengiz cho’chqachasining erkagiga tekshirish materiali yuboriladi.
Agar tekshirish materialida epidemik toshmali tif qo’zg’atuvchisi bo’lsa, dengiz
cho’chqachalarining harorati ko’tariladi.
Agar tekshirish materialida endemik toshmali tif qo’zg’tuvchisi bo’lsa, dengiz
cho’chqachalarida periorxit (tuxumdonning yallig’lanishi) yuzaga keladi.
Laboratoriya mashg’uloti 17
Mavzu: Virusli kasalliklar. (Gripp, qizamiq) Gepata viruslari
Mashg’ulot programasi
1.O’tkir resperator virusli kasalliklar diognostika sxemasini o’rganish
2. Diognostikaning tezkor usullari.
3. Ortomiksoviruslar keltirib chiqaruvchi kassalliklarning virusologik diognostikasi.
4. Paramiksoviruslar keltirib chiqaruvchi kassalliklarning virusologik diognostikasi.
5. Gripp, paragripp va boshqa resperator virusli infeksiyalar serodiognostikasi.
6. Gripp, paragripp va boshqa resperator virusli infeksiyalarda qo’llaniladigan diognostik,
profilaktik va davolash preparatlari.
Namoish qilish
1. Gripp, paragripp va boshqa resperator virusli infeksiyalar ekspres diognostikasining
immunflyuoressent usuli.
2. O’tkir resperator virusli kasalliklarqo’zg’atuvchilari va ularning reproduksiyalari aks
etirilgan rangli rasm va albomlar.
3. Gripp, paragripp va boshqa resperator virusli infeksiyalarda qo’llaniluvchi vaksina,
immunoglobulin, davolovchi zardob, diognostikum, bir va ko’p valentli zardoblar.
Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq
1. Virus yuqtirilga tovuq embrionining alantois suyuqligidan olib, gripp virusini indikasiyasi
uchun gemagglyutinasiya reaksiyasini qo’yish.
2. Ajratib olingan gripp virusini GART yordamida identifikasiya qilish. Xulosa chiqarish.
3. Respirator kasallik keltirib chiqaruvchi viruslar bilan shikastlangan xujayra
kulturalaridagi (virusni SP ta’siri) o’zgarishlarni aniqlash.
Gripp, paragripp va adenovirus infeksiyalarining virusologik diognostikasi.
Gripp virusi Orthomyxoviridae oilasiga kiradi va uchta tipi A, V, S tafout qilinadi. Bulardan
A tipi asosan epidemiya va pandimiya ko’rinishlada o’tadi.Gripp viruslari odamda, qushlarda va
hayvonlarda kasallik keltirib chiqaradi. Gripp virusining o’ziga xos xususiyatlaridan biri tabiiy
sharoitda o’z yuza (gemagglyutinin NA va neyrominidaza NA) antigenlarini o’zgartirib turishidir.
182
Har qachon shu yuza antigenlarini o’zgarishi virusning yangi variantini paydo bo’lishiga olib
keladi Virus har 10-15 yilda to’liq o’zining antigen (shift usulda) strukturasini o’zgartiradi va
gripp virusini yangi serologik tipi paydo bo’ladi va kasalligining dunyodagi yangi pandimiyasi
boshlanadi. 2000 yildan kiyin gripp virusining N2N5 paranda grippi yer yuzidagi insoniyat
sog’lig’iga katta haf solib turibdi. 2009 yildan boshlab gripp virusining N1N1 cho’chqa tipi yana
qaytib keldi ( 1976 yilda pandemiya bergan) va yer yuzida yangi kasallikning pandemiyasini
keltirib chiqarmoqda.Gripp kasalligi aksariyat hollarda odamlarda yengil o’tadi va 3-5 kun ichida
odamlar sog’ayib ketadi, lekin ohirgi yillarda gripp kasalligining toksik formalari va paranda
(N2N5) tiplari juda klinik jihatdan og’ir o’tmoqda va ko’pchilik holatlarda o’lim bilan
tugamoqda.Gripp virusining optimal ajratib olish modeli bu 10-12 kunlik tovuq embrionini
amnion yoki allantois bo’shlig’iga yuqtirish xisoblanadi. Laboratoriya hayvonlaridan gripp
virusiga sezgir afrika yumronqoziqlari va oq sichqonlar xisoblanadi. Gripp virusining retrospektiv
diognostikasida ko’proq serologik usullar qo’llaniladi. Gripp virusini sxematik strukturasi 86 -
rasmda keltirilgan.
Paramiksoviruslar Paramyxoviridae oilasi va bu oilaga 4 ta avlod vakillari kiradi:
Paramyxovirus avlodi-paragripp qo’zg’atuvchilari 1 -3 tipi; Rubulavirus-avlodi epidemik paratit
kasalligi viruslari 2 va 4 tiplari; Morbillavirus-avlodi qizomiq kasalligi virusi; Pneumovirus- RS
virus. Paragripp virusi RNK saqlovchi virus bo’lib segmentlanmagan –RNK malekulasi tutadi.
Superkapsid tarkibida gemagglyutinin (N), neyrominidaza (N) antigenlari va F-oqsil uchraydi
(rasm 87). G’ oqsil hujayra membranasiga birikishni va zararlangan simplast hujayralarining hosil
bo’lishida qatnashadi.Virus replikasiyasi doimo hujayra sitoplazmasida ro’y beradi.Viruslar
gemadsorbsiya, gemolitik, neyrominidaza va simblast hosil qilovchi xususiyatlarga ega
Paragripp viruslari (PV). Odamlarda yuqori nafas yo’llarining shilliq qavatlarida paragripp
kasalligini (para-oldida, yunoncha) keltirib chiqaradi. Kasallik qo’proq bolalarda va bolalar
kolektivlarida kuzatiladi. Bolalarda kasallik larengotraxeobranxit ko’rinishda o’tib, yolg’on krup
deb ham ataladi (1,2 tiplari chaqiradi). Virusning 3 tipi bir yoshgacha bolalarda bronxit va
zotiljam kasalliklarini keltirib chiqaradi.
Epitparotit virusi (tepki). O’tkir yuqumli infeksion kasallik bo’lib asosan quloq oldi bezini
jarohatlab, ko’pincha birdan (epidemik vspishka) bolalar kollektivlarida epidemik boshlanishi
mumkin. Epitparotit virusini bita serovari uchraydi.
Qizomiq virusi (QV) . Virus dastlab yuqori nafas yo’lidagi epitelial xujayralarga kiradi va shilliq
qavat, burun-halqum, traxeya va bronxlarning epiteliy hujayralarida ko’payadi, so’ngra qonga
tushadi. Virus qon kapillyarlarining endoteliy hujayralarini shikastlaydi. Bu hujayralar nekrozga
uchrashi natijasida terida toshmalar paydo bo’ladi. Ayrim hollarda virus markaziy nerv
sistemasiga borib ensefalomielitni keltirib chiqaradi. Virus tovuq embrionida ko’paymaydi. Uni
odam va maymun embrionining buyragidan tayyorlangan birlamchi hujayra kulturalarida
ko’paytiriladi. Bundan tashqari, odam amnioni va undiriluvchi hujayra kulturalarida (Hela, KB,
Vero va boshqalar) sitopatik ta’sir ko’rsatib ko’payadi. Natijada simplastlar, ya’ni ko’p yadroli
hujayralar hosil bo’ladi. Virus kirgan hujayra sitoplazmasida asidofil, yadrosida bazofil kiritmalar
vujudga keladi. Boshqa paramiksoviruslardan farq qilib QV tarkibida neyrominidaza
uchramaydi.
Adenoviruslar (yunoncha adeno- bez) o’tkir infeksion jarayonni keltirib chiqaradi, asosan
yuqori nafas yo’llari, ko’z, ichak va limfoid to’qimalarni jarohatlaydi.
Adenoviruslarning 34 ta serovarlari uchraydi, oddiy tuzilishga ega, virion ikki ipli chiziqli
infeksion DNK tutadi.Virusda superkapid uchramaydi, shuning uchun tashqiy muhit omillariga
(efir, spirt) o’ta chidamli (rasm 88).
Laboratoriya sharoitida adenoviruslar odamlardan olingan epiteliy hujayra kulturalarida
intinsiv ko’payyadi. Virus replikasiyasi yadroda ro’y beradi. Virusning sitopatik effekti
yuqtirilgandan so’ng 1-7 kunlari na’mayon bo’ladi va hujayralar yumoloqlashuvi, ularning bir
birlari bilan birikishi oqibatida uzum shingiliga o’xshab yig’ilib qoladi. Hujayra yadrosida DNK
tutuvchi spesifik kiritmalar paydo bo’ladi. Adenviruslar tovuq embrioni va laboratoriya hayvonlari
uchun patogen emas. Ba’zi bir serovarlari onkagen xususiyatga ega.
O’tkir respeator virusli yuqimli kasalliklarning diognostikasida ekspress, virusologik va
serologik usullar qo’llaniladi.
183
Metodik ko’rsatmalar.
Ekspress usullar. Bu usullar bilan gripp va boshqa resperator kasalliklar qo’zg’atuvchilariga
2-3 soat maboynida taxminiy diognoz qo’yiladi.
Renositoskapik usul. Gripp va boshqa resperator virusli kasalliklarning laboratoriya
diognostikasida tez qo’zg’atuvchini aniqlash uchun qo’llaniladigan ekspress usuldir. Kasal
burninig pastki chig’anog’i yuzasidan (qirg’og’lari silliqlangan oynacha yoki pleksiglas
plastinkasi yordamida) tamg’a -surtma olinadi.
Tamg’a – surtmalar quritilib, fiksasiya qilinadi va Ramonovskiy-Gimza yoki fuksin, metilin
ko’kida bo’yaladi. Silindrik epiteliy, hamda degenrasiya bo’lgan makrofaglar sitoplazmasida,
leykositlarda qizil rangli keng konturli kiritmalar joylashgan bo’ladi.
Gripp kasalligi virusining diognostikasida renositoskapik tekshirish, spesifik usul bo’lmasa
ham, grippning adenovirus kasalliklaridan ajratishga yordam beradi. Bunda hujayraning
strukturasi buzuladi, natijada yadrolar vakuollanishi va yadro ichida kiritmalar paydo bo’ladi.
Adenoviruslar reproduksiyasida , epiteliy hujayralarida boshqa viruslardan farq qilib, xarakterli
sitopatik o’zgarishlar ro’y beradi, ya’niy hujuyralar yumoloqlashib, qatlamning chetida g’ujum
holida (uzum shingilini eslatadi), to’planadi va kultura oyna (probirka) sathidan tez ko’chishi
kuzatiladi.Paragripp viruslari esa hujayralarning bir birlariga biriktirishi oqibatida ko’p yadroli
simblast hujayralari hosil bo’ladi. Respirator viruslar fibroblast hujayralarida sust rivojlanadi va
bunda hujayra tez shishadi, natijada ularning yadrolari parchalaniladi. Adenoviruslar uchun
epiteliy va fibroblastlar hujayralari yadro ichida kiritmalar paydo qilishi xarakterlidir.
Ekspress –dionostika (26- sxema).
Bilvosita, to’g’ridan-to’g’ri immunoflyuoressensiya (Kuns) reaksiyasi BIFR (RIF) juda
spesifik bo’lib, bunda zararlangan hujayralardan virus antigelarini nishonlangan flyuoressentli
antitelalar yordamida aniqlash mexanizimi yotadi.
Tekshirish uchun material bo’lib, bemorning tamoq, burin halqum chayindilari va shu
chayindilar bilan yuqtilgan hujayra kulturalari xizmat qiladi. Preparat tayyorlash uchun olingan
chayindi sentrifugada bir minutda 2000-3000 marta 10 minut aylantiriladi. Cho’kmadan bir nechta
moysizlantirilgan buyum oynachalariga surtmalar tayyorlanadi va quritilib 5 minut davomida toza
asetonda fiksasiya qilinadi. Kiyin xuddi shu preparatlar nishonlangan flyuoressentli antitelalar
(maxsus chiqarilgan: grippning A1,A2; paragrippning 2 va 3 tip viruslari; resperator sinsitial
virusga qarshi, adenoviruslarga qarshi ko’p valentli zardob) bilan ishlanadi. Agar bilvosita usul
qo’llanilsa, surtmaga oldin yuqorida keltirilgan viruslarga qarshi spesifik AT qo’shilib, kiyin
yuvib tashlanadi va nishonlangan flyuoressentli odam antiglobulinli qon zardoblari bilan ishlav
beriladi. Analiz oxirida preparatlarni lyumensent mikroskopda ko’zdan kechiriladi. Preparatda
viruslar bo’lsa lyumenissent mikroskopda yog’dulanadi va maxsus nur sochayotgan virus
zarralariga e’tibor beriladi: yog’dulanayotgan adenoviruslar hujayrani yadrosida ko’rinsa; gripp va
paragripp viruslari sitoplazmada yig’ilib qolgan bo’ladi. Hujayralardagi virus zarralari va ularning
soniga qarab reaksiya javobi o’qiladi.
Virusologik tekshiruv. O’tkir resperator virusli kasalliklarda tekshirish uchun material
burin halqum chayindisi, bolg’am va boshqalar bo’lishi mumkin. Patologik material hujayra yoki
tovuq embrioniga yuqtirishdan oldin, ularning tarkibidagi boshqa mikroorganizimlarni yo’qotish
uchun antibiotiklar bilan ishlov berilib (pensillin, streptomisin 1000 TB ml) sentrifuga qilinadi.
Virusologik ishlar hammasi bokslarda o’ta steril sharoitlarda olib boriladi. Cho’kma ustidagi
suyuqlik pipetka yordamida so’rib olinib har bir viruslar uchun maqbul bo’lgan hujayra
kulturalariga (gripp virusi tovuq embrionining amniotik va allantois bo’shlig’iga, maymun, odam
embrionlarining buyragidan tayyorlangan birlamchi hujayra kulturalariga; paragripp virusi
maymun, odam embrionining buyragidan va odam embrionining fibroblastlarida tayyorlangan
to’qima kulturalariga; paratit tepki virusi tovuq embrionining amniotik bo’shlig’iga va yangi
ajratib olingan virus shtammlari odam embrionining buyragidan tayyorlangan birlamchi hujayra
kulturalariga; qizomiq virusi odam embrioni va maymun buyragidan tayyorlangan birlamchi
hujayra kulturalariga va bundan tashqari, odam amnioni va undiriluvchi hujayra kulturalariga
(Hela, KB, Vero va boshqalar); RS-virus maymun buyragidan tayyorlangan birlamchi hujayra va
undiriluvchi o’sma hujayra kulturalariga (Hela, Hep-2, KB); adenoviruslar esa odam embrioni
184
buyragidan tayyorlangan birlamchi va undiriluvchi Hela, Ner-2 hujayra kulturalariga yuqtiriladi.
Virus yuqtirilgan tovuq embrionlari va hujayra kulturalari 37º da termostatda saqlanadi.
Diagnostika, profilaktika va davolash preparatlari
H0N, H1N1, H2N2, H3N2, V va S tipga xos gripp zardoblari. GATR va KBR
reksiyalarida gripp virusi serotiplarini aniqlash uchun qo’llaniladi.
Tipga xos paragripp zardoblari. Paragripp viruslarini differensiasiya qilish va serotiplarini
aniqlashda ishlatiladi.
Quritilgan tipga xos (gripp va paragripp) diagnostikumlar. Ma’lum yuqumli kasalliklar
serodiagnostikasida ishlatiladi.
Tirik gripp vaksinasi. Gripp virusi asosiy serotiplarining vaksina shtammlari yuqtirilgan
tovuq embrionlarining allantois suyuqligidan tayyorlanadi, vaksinaning bir turi burundan,
boshqasi og’iz orqali yuboriladi.
Tirik qizamiq vaksinasi. Qizomiq virusini virulent shtammlarini kuchsizlantirib
(attenuirovannaya) olingan (RF L16). Bir marotiba (8-oylik chaqaloqlarga kalendarbo’yicha) teri
ostiga yuborib emlanadi.
Tirik paratit vaksinasi. Paratit virusini virulent shtammlarini kuchsizlantirib
(attenuirovannaya) olingan Bir marotiba (1 yodan boshlab kalendar bo’yicha) teri ostiga yuborib
emlanadi.
Davo-profilaktika uchun qo’llaniladigan ko’p valentli gripp zardobi. Gripp virusining
turli serotiplari bilan otlarni giperemlash natijasida olinadi. Quritilgan holda, antibiotiklar va
sulfanilamidlar bilan birga tayyorlanadi. Grippning oldini olish va kasallikning boshlanish davrida
davolash uchun burun orqali yuboriladi.
Grippga qarshi donor immunoglobulini. A va V tipli tirik gripp vaksinasi bilan emlangan
donorlarning qon zardobidan tayyorlanadi. Epidemik o’choqlarda gripp profilaktikasi va uni
davolashda qo’llaniladi.
Odam leykositar interferoni. Bu turga xos oqsil bo’lib, kultural muhitdagi odam
peykositlari tomonidan, virus-interferonogen ta’siriga javoban sintez qilinadi. Gripp va boshqa
virusli respirator kasalliklar profilaktikasida va ularni davolashda qo’llaniladi.
Tipospesefik adenovirus zardoblari. Neytrallash va GATR da adenoviruslarni serologik
tiplarga ajratishda qo’llaniladi.
Laboratoriya mashg’uloti 18
Mavzu: Rabdovirus. (qutirish). OITS, Entero-, neyroviruslar (poliomielit)
Mashg’ulot programmasi
1.O’tkir neyrotrop virusli kasalliklar diognostika sxemasini o’rganish.
2. Diognostikaning tezkor usullari.
3. Poliomielit, koksaki, YeSNO viruslar keltirib chiqaruvchi kassalliklarning virusologik
diognostikasi.
4. Qutirish virusi keltirib chiqaruvchi kassallikning virusologik diognostikasi.
5. Neyrotrop virus kasalliklarining serodiognostikasi.
6. Poliomielit, koksaki, YeSNO va qutirish va boshqa neyrovirusli infeksiyalarda
qo’llaniladigan diognostik, profilaktik va davolash preparatlari.
Namoish qilish
1. Poliomielit, koksaki, YeSNO va boshqa neyrotrop virusli infeksiyalar ekspres
diognostikasida immunflyuoressent usullar.
2. O’tkir neyrotrop virusli infeksiyalar kasalliklari qo’zg’atuvchilari va ularning
reproduksiyalari aks etirilgan rangli rasm va albomlar.
3. Babesh –Negri tanachalari.
4. Neyrotrop virusli infeksiyalarda qo’llaniladigan diognostik, profilaktik va davolash
preparatlari.
Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq
1. Enteroviruslar keltirib chiqargan kasalliklarga virusologik diagnoz qo’yish usullari:
185
a) Spesifik immun zardoblar bilan o’tkazilgan neytrallash reaksiyasi yordamida
enteroviruslarni identifikasiya qilish va natijalari asosida xulosa chiqarish.
b) Koksaki va YeSNO viruslarini aniqlash uchun bemorlarni juft qon zardoblari bilan KBR
qo’yish, natijalash, xulosa chiqarish.
v) Enteroviruslarning etalon shtamlariga nisbatan bemorning juft zardoblari bilan virus
neytrallovchi antitelolarni titrlash usuli bilan qo’yilgan reaksiyalarni natijalash, xulosa chiqarish.
Neyrotrop virus infeksiyasi qo’zg’atuvchilari
Neyrotrop virus infeksiyasini asosan bir-biridan ko’p belgilari bilan farq qiluvchi va
tarkibida RNK bo’lgan turli oilaga mansub viruslar qo’zg’atadi (78- jadval). Ularga togaviruslar,
rabdoviruslar, arenaviruslar hamda pikornoviruslar oilasiga va enteroviruslar zotiga mansub
bo’lgan poliomielit, koksaki va EChO viruslari, kiradi. Bular ingichka ichak limfa tugunlarida
ko’payib (reproduksiya bo’lib), najas orqali tashqariga chiqadi.Shuning uchun bular keltirib
chiqaradigan kasalliklarini ichak yuqumli kasalliklariga kiritilgan. Biroq, qo’zg’atgan
kasalliklarining
(poliomielit, seroz miningit, meningoensefalit va boshqalar) patogenetik va klinik belgilariga
ko’ra, ularni neyrotrop kasalliklar qo’zg’atuvchi viruslarga qo’shish mumkin. Ba’zan tarkibida
DNK bo’lgan, masalan 1-va 2-tiplarga kiruvchi gerpesviruslar markaziy nerv sistemasini ham
shikastlantirishi mumkin.
Neyrovirus kasalliklarining laboratoriya diagnostikasida kasallikning davri muhim
ahamiyatga ega. Birinchi 5-6 kecha-kunduz davomida deyarli xamma holatlarda qonda
(virusemiya bosqichi), nevrologik belgilar namoyon bo’lgandan so’ng likvorda virusni aniqlash
mumkin.
Dostları ilə paylaş: |