O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi



Yüklə 3,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/39
tarix19.02.2020
ölçüsü3,12 Mb.
#30485
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39
mikrobiologiya fanidan oquv uslubiy majmua


Uchinchi bosqich. Termostatdan qo’zg’atuvchini sof kulturasi olinadi. Qiyalantirilgan GPA 
o’lat qo’zg’atuvchisi nozik oqish kulrang parda hosil qilib o’sadi. Ajratib olingan sof kultura bilan 
13 –sxemada keltirilgan sinamalar qo’yiladi. 
To’rtinchi bosqich-  Qo’yilgan sinamalar termostatdan olinib natijalanadi. I.restis boshqa 
ierseniozlardan (  jadvalga qaralsin). identifikasiya qilinadi va yakuniy javob beriladi. 
Biosinama. Bu usul begona mikroflora bilan ifloslangan materialdan sof kultura ajratib olish 
uchun ishlatiladi. O’ta sezgir laboratoriya hayvonlari oq sichqon va kalamushlar hisoblanadi. Ular 
bo’lmasa dengiz cho’chqachasi qo’llaniladi. Albatta tekshiriluvchi material hayvonning terisiga 
surkalishi va teri orasiga kiritilishi zarur. Agar materialda begona mikroorganizmlar bo’lmagan 
taqdirda material hayvonning qorin pardasiga yuboriladi.  
Hayvonlar o’lgandan so’ng (materialni yuborish turiga qarab 3-7 kun) yorib ko’riladi, 
organlaridagi patologik o’zgarishlar aniqlanadi. Organlardan tamg’a surtmalar tayyorlanilib Gram 
usulida va metilen ko’ki bilan bo’yab mikroskopda ko’riladi va oziqli muhitlarga ekilib  16–sxema 
bo’yicha bakteriologik tekshiruv o’tkaziladi. 
O’lat qo’zg’atuvchisini diagnostikasidagi jadal usullar. 
1. Immunoflyuoressent usul qo’zg’atuvchini turli patologik materiallarda, atrof muhit 
ob’ektlarida, ektoparazitlarda borligini 2 soat ichida aniqlash imkonini beradi. Bu maqsadda, turga 
xos o’latga qarshi atitelalar flyuoressent moddalar bilan nishonlanadi. Materialda o’lat 
qo’zg’atuvchisi bo’lsa nishonlangan AT unga birikib lyuminesent mikroskopda yashil nur 
tarqatadi. 
2. Tekshirilayotgan materialda o’lat qo’zg’atuvchisi borligini, qo’zg’atuvchini AT si 
yuklatilgan eritrositar diagnostikumlar bilan PGAR orqali ham aniqlash mumkin. Bundan tashqari 

174 
 
oxirgi yillarda antitelolarni neytrolizasiya reaksiyasi (ANR), IFA va I. restis ni o’sishini 
tezlashtiruvchi oziqli muhitlardan diagnostikada foydalanilmoqda. 
 
Laboratoriya mashg’uloti 16 
 
Mavzu: Patogen spiroxetalar. (Zaxm qo’zg’atuvchilari) Rikketsiozlar. (Toshmali tif 
qo’zg’atuvchilari) 
 
Talabalarga patogen rikketsiyalar haqida ma’lumot berish. Ular qo’zg’atadigan kasalliklarni 
kechishi, patogenezi, klinikasi, mikrobiologik tekshirish usullari, davolash va oldini olish chora-
tadbirlari bilan tanishtirish. 
1.  Darsning vazifasi: 
Ma’ruzada olgan bilimlarni amaliyotda mustahkamlash. Talabalarni toshmali tif, endemik va 
epidemik toshmali tif qo’zg’atuvchilarini tekshirish usullari bilan tanishtirish. 
2.  O’quv jarayonining mazmuni. 
1.  Rikketsiyalar – alohida guruh polimorf bakteriyadir. 
2.  Rikketsiyalar morfologiyasi, kultural xossasi, fermentativ xossasi, toksigenligi, 
chidamliligi. 
3.  Toshmalit if qo’zg’atuvchisi turlari. 
4.  Endemik toshmaning infeksiya  manbai va tarqalish yo’li. 
5.  Endemik toshmali tif  kasalligining oldini olish yo’llari. 
6.  Epidemik va endemik toshmali tifni farqlashda qo’llaniladigan serologik reaksiya. 
7.  Epidemik  toshmali tifni Brill kasalligidan farqlashda qo’llaniladigan serologik reaksiya. 
3.  O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi (uslub, forma, vosita, usul, nazorat, 
baholash).  
a) Darsning turi – suhbat. 
b) Uslub – “Aqliy hujum” texnologiyasi, “Kim tez? Kim ko’p?”  
c)  Forma (shakl) – guruh 
d) Vosita – doska, tarqatma material, jadval, tayyor preparatlar, mikrosop, laboratoriya idish 
– uskunalar. 
e)  Usul – nutqli. 
f)  Nazorat – kuzatish (Ko’rish) 
g) Baholash – o’z-o’zini va umumiy baholash. 
4.  Uslublar –  
1.  “Aqliy hujum” tariqasida so’rov o’tkaziladi. 
2.  “Kim tez? Kim ko’p” 
Ish uchun kerak bo’ladi: 
1.  Mavzuga mos savolllar kartochkasi 
2.  Sekundomer 
Ishni borishi 
1.  O’yin og’zaki ravishda o’tkaziladi. 
2.  Talabalar galma-gal kartochka olishadi. 
3.  Bir necha daqiqa ichida og’zaki ravishda javob beradi. 
4.  O’qituvchi to’g’ri javoblarni sanaydi. 
5.  O’yinda guruh talabalarining barchasi ishtiroketishadi. 
6.  Javob berilmagan savollar guruhda muhokama qilinadi. 
Talabalar quyidagicha baholanadi:5  ta to’g’ri javob – 0,8  ball, 4  ta to’g’ri javob – 0,7  ball, 3  ta 
to’g’ri javob – 0,5  ball, 2  ta to’g’ri javob – 0,3  ball, 1  ta to’g’ri javob – 0,1  ball, 0  ta to’g’ri 
javob – 0, 0 ball 
Olingan ballari baho qo’yilayotganda hisobga olinadi. 
Savollar: 
1.  Rikketsiyalar haqida umumiy tusuncha. 
2.  Rikketsiyalar klassifikatsiyasi. 
3.  Rikketsiya morfologiyasi. 

175 
 
4.  Rikketsiyalarni kultural xossalari. 
5.  Rikketsiyalarni antigen strukturasi. 
6.  Rikketsiyalar chidamliligi. 
7.  Infeksiya manbai. 
8.  Rikketsiyalarni yuqish yo’llari. 
9.  Rikketsioz patogenezi. 
10.  Kasallikdan keying immunitet. 
11.  Rikketsiozni laboratoriya diagnostikasi. 
12.  Davolash va oldini olsih. 
13.  Ku – isitma va toshmali tif qo’zg’atuvchisining morfologiyasi. 
14.   Ku – isitma va toshmali tif qo’zg’atuvchisining kultural xususiyati. 
15.  Toshmali tif va Ku – isitma qo’zg’atuvchisining antigen strukturasi. 
16.  Ku – isitma va toshmali tif qo’zg’atuvchisini tashqi muhitga ta’siri. 
17.  Infeksiyalarni yuqish yo’llari. 
18.  Ku – isitma patogenezi. 
19.  Toshmali tif patogenezi. 
20.  Kasallikdan keying immunitet. 
21.  Ku – isitma va toshmali tifni laboratoriya tashxisi. 
22.  Davolash va oldini olish. 
5. “Vertushka” texnologiyasi. 
№      Qo’zg’atuvchining turi 
Laboratoriya tashxisi 
Davolash va oldini olish 
1 
Toshmali tif qo’zg’atuvchisi 
 
 
 
 2 
Ku – isitma qo’zg’atuvchis 
 
 
 
 3 
Endemik  (_______) toshmali 
terlama qo’zg’atuvchisi 
 
 
 
6.  O’quv jarayonida talabalar bajaradigan mustaqil ishlar: 
1.  Tayyor surtma preparati (Zdrodovskiy  usulda bo’yalgan)ni mikroskop ostida ko’rish. 
2.   Toshmali tifning serologik iagnostikada aniqlash  ucun bilvosita gemoglyutinatsiya 
reaksiyasi. 
3.  Tovuq embrioni, hujayra kulturasi va hayvonlarga yuqtirib, rikketsiyalarni ajratib olish 
usullari. 
4.  Rikketsiozlar mikrobiologik tashxisining sxema va rasmlarini chizib olish. 
5.   Diagnostik va profilaktik davolash preparatlari bilan tanishish 
 
6. 
Talabalarning o’z ustida ishlashi lozim bo’lgan uslubiy qo’llanma (nazariy 
material).  
Zaxmning mikrobiologik diagnostikasi 
Zaxm qo’zg’atuvchisi spiroxetalar oilasiga Treponema avlodiga va bu avlodga patogen 
Treponema pallidum, Treponema pertenue, Treponema bejel, Treponema carateum va ko’plab 
saprofit trponemalar kiradi. Ularning tuzilishi protoplazmatik silindrdan iborat bo’lib, ularning bir 
uchida subterminal joylashgan disklardan boshlanib protoplazmatik silindr atrofida o’q fibrillalar 
o’rab ikkinchi uchidagi shunday disklarga birikadi. Treponemalar o’ta harakatchan, ularda asosan 
uch xil harakat formasi kuzatiladi: o’z o’qi atrofida aylanma harakat, egilgan-bukilgan va 
vintsimon (shtopor). Sporasi yo’q, kapsula hosil qilmaydi, gram manfiy, anilin bo’yoqlari bilan 
Gram usulida bo’yalmaydi. Romanovskiy –Gimza usulida bo’yalganda oq pushti rangga kiradi 
(pallidum-oqish), nomi ham shundan kelib chiqqan. 
Zaxm qo’zg’atuvchisini yana bir o’ziga xos xususiyati oziqli muhitlarda ko’paytirilganda 
o’zining virulentlik xususiyatini yo’qotib qo’yishidir. Shuning uchun diagnostikada bakteriologik 
usul qo’llanilmaydi. Zaxm kasalligida asosan bakterioskopik va serologik usullar qo’llaniladi. 

176 
 
Bakterioskopik tekshiruv (20-sxema). Zaxmning birlamchi va ikkilamchi bosqichlarida 
bakterioskopik usuldan foydalaniladi. Zaxmning qaysi bosqichida bo’lmasin tekshirish 
materialining to’g’ri olishga e’tibor berish lozim. 
Birlamchi zaxmda trepanemalar biriktiruvchi to’qima tolalari oraliqlarida, zararlangan joyni 
periferiyasida, limfatik tugun, va qon tomirlari atrofida ko’p yig’iladi. 
Ikkilamchi zaxmda esa treponemalar hali bitib ulgurmagan shankr, eroziyalangan  papula, 
serbar kandilomalarning to’qima oraliq kanallarida,  
og’iz bo’shlig’ida joylashadi. Material olishda qattiq shankr, eroziya, papula, serbar kandiloma 
yuzasi dastlab fiziologik eritmaga ho’llangan paxta yoki doka tampon bilan, keyin quruq paxta 
bilan artib tozalaniladi. Agar yaralar qora po’st bilan qoplangan bo’lsa, u holda uni avaylab 
namlab, so’ngra ehtiyotlik bilan ko’chirib olib tashlanadi. 
To’qima suyuqligini siqib chiqarish usuli. Shifokor (rezina qo’lqop bilan ishlash zarur) yoki 
bemorni o’zi  chap qo’li bilan bosh va ko’rsatkich barmoqlari yordamida yoki pinset bilan 
yaraning ikki chetini sekin  siqa boshlaydi, agar qon chiqsa, uni artib tiniq to’qima suyuqligi 
chiqqunga qadar kutib turiladi.Siqish mobaynida bir necha sekund to’xtab, keyin yana massajga 
o’xshatib siqilsa, to’qima suyuqligi yaxshi ajraladi. To’qima suyuqligi Paster pipetkasi yordamida 
olinib surtmalar tayyorlaniladi. 
Tirnash usuli. Bu siqib chiqarish usuliga nisbatan kam ishlatilsa-da, ba’zan yaxshi natija 
beradi. Bachadon bo’ynidagi, og’iz bo’shlig’idagi eroziyalardan, shuningdek serbar 
kandilomalardan suyuqlik olishda bu usuldan foydalaniladi. Yara fiziologik eritmaga ho’llangan 
paxta yoki doka tampon bilan, keyin quruq paxta bilan artib quritiladi, so’ng o’tmas skalpel, pinset 
yoki buyum oynasi qirrasi bilan 20-30 sekund davomida bir tomonlama sekin tirnaladi. 40-60 
sekunddan keyin tirnalgan joydan to’qima suyuqligi ajralib chiqadi. 
Kuydirish usuli. Bunda tekshiriladigan morfologik element yuzasi qizdirilgan platina bilan 
kuydiriladi, kuygan joyda pufakcha paydo bo’ladi. Pufakchadan olingan suyuqlik tekshiriladi. 
Eng qulay usul bu mikroskopning qorong’ulashtirilgan sathida oqish trepanemalarni tirik 
holda ko’rish. Trepanemalar bo’yab tekshirilganda (Romanovskiy-Gimza, Burri  va Morozov 
usullari) tadqiqotchi trepanemalarni tirik ko’ra olmaydi. Preparatlarda trepanemalarni topish 
ko’rsatkichi 7-10 % dan oshmaydi. Bu yuqoridagi usullarni kamchiligidan dalolat beradi. 
Trepanemalarni tirik holda ko’rilganda esa, ularni odam organizmida uchraydigan  boshqa 
saprofit trepanemalardan farq qilish mumkin. 
Trepanemalarni tirik holda “ezilgan” va “osilgan” tomchi usullarida ko’rib bo’lmaydi, 
chunki ularning ko’ndalang kesim sathi o’ta kichik bo’lib nur sindirish xususiyatini laboratoriya 
mikroskoplarida ko’rinmaydi, vaholanki yoritqichdan kelayotgan nur yo’lida shu nurni sindirishi 
mumkin bo’lgan o’lchamli mikrob yotsa, nur qisman yutilib, natijada, mikroorganizmlar ko’zga 
ko’rinadi. Zaxm qo’zg’atuvsining ko’ndalang kesimi o’ta kichik bo’lganligi sababli nur 
yutilmaydi va trepanemalar yuqorida keltirilgan  usullarda ko’rinmaydi. Qorong’ulashtirilgan 
maydonda ko’rilganda, yoritgich nurlari yonboshdan tushiriladi va ularni bir qismi ob’ektivga 
yetmaydi, ya’ni ko’rish maydoni qorong’i bo’lib ko’rinadi. Agar mana shu yorug’lik yo’lida, 
mikroorganizmlar va mexanik zarralar bo’lsa, bularda singan yorug’lik nurlari ob’ektivga tushib, 
unda akslanadi, natijada harakatdagi nur sochib turuvchi tasvir hosil bo’ladi (sxema 20).Bunday 
hodisalar tabiatda ham uchrab turadi. Masalan, berk binolarning teshik tirqishidan, derazadan 
tushadigan quyosh nurlari chang zarrachalarini yoritib, bizga ularni ko’rsatib beradi (Tindal 
fenomeni). 
Zaxmning bakterioskopik tekshiruvida ko’rsatilgan usullarning bajarilishi boshqa 
bo’limlarda bajarilgan usullardan farq qilmaydi. 
Zaxmning serologik diagnostikasi. Ko’pchilik hollarda zaxm qo’zg’atuvchisini 
bakterioskopik aniqlash mumkin bo’lmaydi yoki juda qiyin bo’lishi mumkin. Shuning uchun 
zaxm diagnostikasida serologik usul qo’llaniladi. Zaxm kasalligida ham boshqa kasalliklarga 
o’xshash organizm qo’zg’atuvchiga qarshi kurashadi va qonda ko’plab unga qarshi  himoya 
antitelalar hosil bo’ladi. Kasallarning qon zardobidan bu antitelalarni aniqlash serologik usulning 
mohiyati hisoblanadi. 
Zaxmning serologik diagnostikasida ikki tipdagi antigenlar qo’llaniladi. Antigenlarning 
birinchi tipi trepanemasiz  antigen bo’lib maxsus (fabrichno) korxonalarda  chiqariladi, tarkibi 

177 
 
zaxm kasalligida organizmda to’qimalar va oqish trepanemalarning parchalanishi natijasida hosil 
bo’lgan mikrobni lipid va to’qima fosfolipid antigenlarga o’xshash, analogi bo’lib, ularga qarshi 
hosil bo’lgan AT bilan (buqaning yuragidan tayyorlaniladi) spesifik birika oladi. 
Antigenning ikkinchi tipi trepanemali  antigen bo’lib laboratoriya sharoitida ultratovush 
yordamida tozalangan trepanema shtammi yoki ulardan ajratib olingan rekombinat Ag 
hisoblanadi. 
Laboratoriya sharoitida antigenga bemor qon zardobi qo’shiladi, Agar kasal qonida bu 
antigenlarga qarshi AT bo’lsa Antigen+antitela reaksiyasi ro’y beradi, uning natijalari turli 
serologik usullarda aniqlanishi mumkin. Zaxmda serologik usullari quyidagi holatlarda 
qo’llaniladi. 
1. Ma’lum guruh aholini ommaviy tekshirish jarayonida: (homilador ayollarni, qon va 
organlar topshiruvchi donorlarni, harbiy xizmatchilarni, ba’zi bir mutaxassisliklar; vrachlar, oziq 
ovqat tayyorlash, sotish sohasidagi ishchilar, qamoq  muddatini o’tuvchilar va albatta stasionarga 
davolanish maqsadida yotmoqchi bo’lganlar) oson va qimmat bo’lmagan, tez bajariluvchi usul 
qo’llaniladi. Bu usullar profilaktik maqsadda olib boriladi. 
2. Ikkinchi holatda esa serologik reaksiyalar bemorga diagnoz qo’yish maqsadida (zaxmning 
klinikasi bor bemorlar, genital organlarida yarasi bor kishilar, bemorlar bilan jinsiy aloqada 
bo’lganlar, ikkilamchi zaxm bilan yaqindan kontakt bo’lganlar, zaxm bilan kasallangan ayollardan 
tug’ilgan bolalar, boshqa tanosil kasalliklar bilan og’rigan va diagnozi tasdiqlanganlar) har ikkala 
(trepanemasiz, trepanemali) antigen bilan birgalikda olib boriladi. 
Profilaktik maqsadda olib borilganda quyidagi serologik usullar plazmadagi reagenlarni 
(AT) aniqlashda qo’llaniladi: mikropresipitasiya reaksiyasi (MPR); komplementni bog’lash 
reaksiyasi (KBR). Bu reaksiyalarning ijobiy xususiyati tez bajarilishi, arzonligi va murakkab 
reagentlarni zarur bo’lmasligi hisoblanadi. Ammo, bemor organizmida hosil bo’layotgan antilipid 
antitelalar, faqat zaxm kasalligida emas, balki boshqa trepanematoz, o’tkir va surunkali ko’plab 
kasalliklarda ham paydo bo’ladi. Antilipid  AT lar qattiq shankr hosil bo’lgandan so’ng 7-14 
kundan keyin yoki infeksiya yuqandan 4-5 hafta keyin paydo bo’ladi. Trepanemasiz testlarning 
kamchiligi: 
- yolg’onmanfiy natija (bemor qon zardobida AT juda ko’p bo’lsada zardobni suyultirmaslik 
natijasida prozona fenomeni kuzatiladi, bu holat zaxmning ilk davrida yoki OITS bilan birgalikda 
kuzatiladi); 
-  zaxmning keyingi bosqichlarida reaksiya o’z sezgirligini yo’qotishi. 
Antilipid AT lar bemor organizmida uzoq saqlanmaydi va kasallik dinamikasida, davolash 
davrida yo’qolib boradi. Shuning uchun bu AT larning aniqlash zaxmga taxminiy diagnoz 
qo’yishda va bemorlarni davolash samarodorligini aniqlashda qo’llaniladi. 
Zaxmning maxsus serologik diagnostikasida trepanema testlari qo’llaniladi. Yuqorida 
keltirilgan usullar bilan bir qatorda quyidagi serologik reaksiyalar ishlatiladi: 
- komplementni bog’lash reaksiyasi (KBR) 
- immunoflyuoressensiya reaksiyasi (IFR turli modifikasiyasi) 
- passiv gemagglyutinasiya reaksiyasi (PGAR) 
- immunoferment analiz (IFA) rekombinatli IFA 
- oqish trepanemalarni immoblizasiya reaksiyasi (OTIR) 
- immunobloting 
Trepanemali testlar maxsus va o’ta sezgirligi tufayli (jadval  ) zaxm kasalligi diagnozini 
tasdiqlashda asosiy usullardan hisoblanadi. 
Vasserman reaksiyasi-  asosan komplementni bog’lash reaksiyasiga (KBR) asoslangan 
(reaksiyani mohiyati, mexanizmlarga immunologiya bo’limiga qaralsin) bo’lib, bu reaksiya 
nihoyatda sezgir va o’ziga xos bo’lganligi uchun zaxmning diagnostikasida trepanemasiz va 
trepanemali antigenlar bilan qo’yiladi. Reaksiya uch tipdagi antigenlar qo’llanilgan holda olib 
boriladi: 1) trepanemali tarkibida ultratovush bilan tozalangan yoki rekonbinat trepanema antigeni; 
2) maxsus bo’lmagan (trepanemasiz) kardiolipidli antigen; 3) maxsus bo’lmagan (trepanemasiz)-
xolesterinli (buqa yuragi muskullaridan olingan lipoidlarning spirtli eritmasi). 
Tekshiriladigan zardob 1:4 nisbatda suyultirilib, 4 probirkalarga  ml dan quyiladi .Bilvosita 
immunoflyuoressensiya reaksiyasi BIFR (FTA-test flujrescent trepnemal antibody) yoki RIF juda 

178 
 
spesifik bo’lib, bunda to’qima trepanemalarning suspenziyasi antigen tariqasida ishlatiladi. Bemor  
qon zardobi 1:200 nisbatda suyultiriladi, aktivligi kamaytiriladi. Yog’sizlantirilgan buyum 
oynasiga bir tomchi antigen tomiziladi, quritilib 5 minut mobaynida toza asetonda fiksasiya 
qilinadi. Keyin xuddi shu preparatga bemor qon zardobi tomiziladi va 30 minutdan so’ng yuviladi. 
Quritilgan preparatlar odam globuliniga qarshi flyuoressentli zardob bilan qaytadan ishlanadi. 
Analiz oxirida preparatni lyumenesent mikroskopda ko’zdan kechiriladi va trepanemalarning 
yog’dulanish darajasi belgilanadi. Ma’bodo bemorning qon zardobi tarkibida trepanemaga qarshi 
antitelalar mavjud bo’lsa, trepanemalar yog’dulanadi va ularning soniga qarab reaksiya javobi 
o’qiladi. 
Rikketsiyalar  —  alohida guruh polimorf bakteriyalardir. Ular hujayra ichidagi parazitlar bo’lib 
hisoblanadi. Ular Sheke Shaseae oilasiga kiradi. Rikketsiyani birinchi bo’lib amerikalik olim 
Rikkets aniqlagan va u shu kasallikdan o’lgan.1913 yili Chex olimi Provatsek toshmali tif bilan 
og’rigan bemor qonida rikketsiyalarga o’xshash mikroblarni aniqlagan. U ham toshmali tifdan 
o’lgan. 1916 yilda Portugaliyalik olim Rosha—Lima o’zining uzoq vaqt tekshiruvlari natijasida 
Meksika va Yevropa toshmali tif kasalliklarining qo’zg’atuvchisi ham Rikkets aniqlagan 
mikroblarning bir turi ekanligini isbotladi. Shuning uchun rikketsinlarga Rikkets nomi berildi. 
Epidemiologik toshmali tif qo’zg’atuvchisiga esa Provatsek rikketsiyalari nomi berildi. Toshmali 
tifni o’rganishda rus olimlari A. A. Krontovskiy, P. F. Zdrodovskiy, Ye. S. Galinevichlar katta 
hissa qo’shganlar. Rikketsiyalar orasida odam, hayvon uchun patogen turlari ham uchraydi. 
Rikketsiyalar keltirib chiqaradigan kasalliklarga rikketsiozlar deyiladi. P. F. Zdrodovskiy 
rikketsiyalarni 5 ta guruhga bo’ladi: 
1. Toshmali tif rikketsioz guruhi. 
2. Kanali toshmali isitma guruhi. 
3. Tsutsugamushi guruhi. 
4. Ku—lixoradka (isitma) guruhi. 
5. Paroksizmal rikketsioz guruhi. 
Morfologiyasi.  Rikketsiyalarning sharsimon, mayda va yirik tayoqchasimon, ipsimon 
shakllari uchraydi. Rikketsiyalar spora va kapsula hosil qilmaydi, harakatsiz, Gramm manfny, 
Romanovskiy - Gimza, Zdrodovskiy usullarida bo’yalganda qizil rangga bo’yaladi. 
Kul’tural xossasi. Xo’jayin to’qimasida bo’linib ko’payadi. Mikroblarning har bir turi 
xo’jayin  to’qimasining sitoplazmasida, yadrosida, vakuolalarida rivojlanadi. Ular o’ziga 
sezuvchan hayvonlarning to’qimalarida, tovuq embrionida yaxshi rivojlanadi. 
Fermentativ xossasi.aktiv emas. Toksigenligi. Termolabil endotoksin qo’shiladi. 
Antigenligi. Rikketsiyalar 2 ta antigen ishlab chiqaradi: guruhli termostabil va spetsifik termolabil  
antigenlar. Chidamliligi. Ku -  isitmasidan tashqari rikketsiyalar yuqori haroratga kam chidamli. 
Past haroratga va quritishga barcha rikketsiyalar  chidamli  va  ular  antibiotiklarga  sezuvchandir. 
Toshmali   tif. Epidemik toshmali tif qo’zgatuvchisi RiskeIzga rgouagekp  hisoblanadi. 
Morfologiyasi. Polimorf, sharsimon, gantelsimon, ipsimon shakllarda uchraydi. Zdrodovskiy 
usulida bo’yalganda qizil rangga bo’yaladi. 
Kultural  xossasi.  Xo’jayini to’qimasi sitoplazmasida bo’linib ko’payadi, bitlarning ichak 
epiteliysida, tomir endoteliysida rivojlanadi. Ko’pincha tovuq embrionining sariqlik qopchasida 
o’stiriladi. 8—13 kundan so’ng bo’linib ko’paygan joyida blyashka (pilakcha) hosil qilib o’sadi. 
Toksigenligi.  Provatsek rikketsiyasi endotoksin hosil qiladi. Sof holda ajratib olinmagan, 
yuqori harorat ta'sirida tez parchalanadi va bu esa uning oqsil tabiatligidan dalolat beradi. Toksin 
tomirlarning endoteliy to’qimalarini shikastlaydi, natijada  kapillyarlarning  o’tkazuvchanligi 
oshadi. 
Antigenligi.  Provatsek rikketsiyasi 2 ta antigen saqlaydi: 1.Yuzaki, termolabil, kimyoviy 
tarkibiga ko’ra lipidopolisaxarid oqsil tabiatli bo’lib, tipospetsifik emas. Endemik toshmali tif, 
Protey 0X  19, OX 2 larning antigenlik xossasi bilan umumiydir. 2. Oqsil polisaxarid tabiatli, 
tipospetsifik, hujayraning ichki qismidan ajraladigan antigendir. 
Chidamliligi.Yuqori harorat va nam sharoitda Provatsek rikketsiyasi tez nobud bo’ladi. 
Bitning qurigan najasida uzoq vaqt saqlanadi. Dezinfektsiyalovchi modda ta'sirida tez nobud 
bo’ladi. 

179 
 
Hayvonlar sezuvchanligi. Laboratoriya hayvonlaridan oq sichqonlar, dengiz 
cho’chqachalari, maymunlar sezuvchandir. Maymunlarda toshmali tifning klinik belgilari 
namoyon bo’ladi, oq sichqonlarda esa zotiljam yuzaga keladi. 
Infektsiya manbai. Kasal odam infektsiya manbai hisoblanadi. 
Tarqalish yo’li.Transmissiv yo’l orqali tarqaladi. 1909 yili fransuz olimi Nikol maymunlarda 
tajriba  o’tkazayotib  kiyim bitlari Provatsek rikketsiyasining tarqatuvchisi ekanligini aniqladi. 
Keyinchalik bosh bitlari ham tashuvchisi bo’lishi mumkinligi aniqlandi. 
Yuqish mexanizmi. Bemor qonini so’rgan bit 4—5 kunlarda zararli bo’lib hisoblanadi. Shu 
vaqt ichida bitlarning ichak epiteliy to’qimalarida ular bijg’ib ko’payadi va to’qimalarni 
shikastlaydi, ko’p miqdorda uning najasi bilan tashqariga chiqariladi. Bit teriga yopishganda uni 
tishlaydi va shu zahoti rikketsiya saqlovchi najasini chiqaradi. Odam esa terisini qashib 
rikketsiyalarni shikastlangan terisi orqali o’z organizmiga kiritadi. 
Patogenezi. Rikketsiyalar organizmga tushgandan so’ng tomirlarning endoteliy 
to’qimalariga o’tadi. Bu yerda ular bo’linib ko’payadi va to’qimalarni nobud qiladi. So’ngra esa 
ko’p miqdorda qonga o’tadi — rikketsiemiya yuzaga keladi. Tomirlar yallig’lanadi va tromb hosil 
bo’ladi. Natijada mayda qon tomirlarnning o’tkazuvchanligini to’sib qo’yadi. Bosh miya 
tomirlaridagi tromb bo’lgan joyda granula hosil bo’ladi va meningoentsefalitga xos yallig’lanish 
yuzaga keladi. 
Toshmali tif o’tkir boshlanadi. Yuqori harorat, intoksikatsiya, kuchli bosh oqrig’i, rozeola, 
petexial toshmalar yuzaga keladi. 
Immuniteti. Kasallik o’tgandan so’ng butun umrga mustahkam antimikrob va antitoksik 
immunitet hosil bo’ladi. Qonda antitelolar, komplement bog’lanish antitelolari, agglyutininlar 
aniqlanadi. 
Brill kasalligi. Keyingi yillarda toshmali tif bilan og’rib o’tgan bemorlar organizmida uzoq 
vaqtgacha Provatsek rikketsiyalari saqlanib qolishi aniqlandi. Organizmning kasallikka qarshi 
kuchi kamaygan va unga beriluvchan bo’lgan hollarida bir necha yillardan (10—30) so’ng ham 
kasallik yuzaga keladi, ya'ni epidemik toshmali tif retsidivi yuzaga keladi. Birinchi bo’lib bu 
kasallikni Brill aniqlagan, N Sinsser esa kasallikning qo’zg’atuvchisi Provatsek rikketsiyalari 
ekanligini isbotlab bergan. Kasallik yengil va zararsiz o’tadi. Kasallik diagnostikasida 
qo’llaniladigan Veyl -  Feliks reaktsiyasida 0x19 protey bilan agglyutinatsiya reaktsiyasi manfiy, 
Provatsek rikketsiyalari bilan esa musbat bo’ladi.  Bundan tashqari, Brill kasalligi — 
reinfektsiyadir degan fikrlar ham bor. Kasallikning yengil o’tishiga organizmda hosil bo’lgan 
immunitet sababchidir deyishadi.  
Profilaktikasi. Maxsus profilaktika yuzasidan Provatsek rikketsiyalarining yuzaki 
antigenlaridan tayyorlangan kontsentrlangan kimyoviy vaktsina qo’llaniladi. Umumiy 
profilaktikasi — bemorlarni ajratish va kasalxonaga yotqizish, bitlarga qarshi kurashishdir. 
Endemik toshmali tif.  Bu kasallikni qo’zg’atuvchisi 1928 yili X. Muzer tomonidan 
aniqlangan va uning nomi bilan Muzer rikketsiyalari deb yuritiladi. Hozirgi  vaqtda  ularni  K. 
Lur1i deb nomlanadi. 
Morfologiyasi. Mayda kokksimon (diametri 1 mkm gacha) yoki tayoqchasimon (0,3—06 x 
1,5 mkm mikroorganizmlardir. Provatsek rikketsiyalariga nisbatan polimorf emas. Zdrodovskiy 
usulida bo’yalganda qizil rangga va Gramm manfiy bo’lib bo’yaladi. 
Kultural xossasiMuzer rikketsiyasi tovuq embrionining sariqlik qopchasida 35°S haroratda 
yaxshi rivojlanadi, pilikchalar hosil qilib o’sadi. Bo’g’imoyoqliklarning ichki epiteliy to’qimasi, 
yadro va sitoplazmasida yaxshi rivojlanadi. 
Toksigenligi. Muzer rikketsiyasi Provatsek rikketsiyasidan farqlanadigan endotoksin hosil 
qiladi va buni neytrallash reaktsiyasi natijasida aniqlash mumkin. 
Antigenlik tuzilmasi. Muzer rikketsiyasi 2 ta antigenlik kompleksini saqlaydi. Provatsek 
rikketsiyasn va OX19 va OX2 bilan umumiy termostabil antigeni. Muzer rikketsiyasini Provatsek 
rikketsiyasidan farqlovchi termolabil, tipospetsifik antigeni. 
Chidamliligi. Muzer rikketsiyasi tashqi muhitga kam chidamli, lekin qurigan holda past 
haroratda uzoq vaqt saqlanadi. Dezinfektsiyalovchi    moddalar    ta'sirida tez    nobud bo’ladi.  

180 
 
Hayvonlarning sezuvchanligi.   Endemik toshmali tif bilan kemiruvchilar, asosan, sichqonlar 
va kalamushlar  kasallanadi. Laboratoriya   hayvonlaridan     dengiz   cho’chqachalari     
sezuvchan. Material ularning qorin bo’shlig’iga yuborilganda periorxit yuzaga keladi. 
Yüklə 3,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin