Immuniteti. Zamburug’ kasalliklarida hujayrali va gumoral immunitetlar muxim rol
o’ynaydi. Teri organizmni patogen zamburug’lar kirishidan himoya qiladi. Undagi ter va lipoid
moddalar ta'sirida mikoz qo’zg’atuvchilarining rivojlanishi keskin kamayadi. Qon zardobida
maxsus angitelolar hosil bo’lib, ular ham zamburug’larga qarshi ta'sir etadi. Turga xos immunitet
vujudga keladi. Patogen zamburug’lar keltirib chiqargan kasalliklar (mikozlar) joylashishi,
patogenezi va klinik belgilariga ko’ra to’rt guruhga bo’linadi.
Birinchi guruhga yuzaki mikozlar yoki keratomikozlar (rang-barang temiratki) qora
temiratki kladosporioz, oq p'edra va qora p'edra kiradi. Bu kasalliklarda soch va epidermisning
muguz qatlami jarohatlanadi. Opportunistik mikoz qo’zg’atuvchilari ham shartli patogen
zamburug’lar hisoblanadi.
Ikkinchi guruhga epidermomikozlar kiradi, bularda epidermis, sochlar, tirnoklar
shikastlanadi va bu dermatomikozlar deb ataladi. Bularga oyoq panjasi epidermofitiyasi,
rubromikoz, trixofitiya, mikrosporiya favus va boshqalar kiradi.
Uchinchi guruhga teri osti yoki subkutan mikozlar (sporotrixoz, xromomikoz,
maduromikoz) kirib, ularda teri, teri osti kletchatkasi, fastsiya va suyaklar jarohatlanadi.
Turtinchi guruhga chuqur mikozlar (blastomikoz, gistoplazmoz, kriptokokkoz,
koktsidiodoz) kiradi. Bularda ichki a'zo va turli to’qimalar shikastlanadi.
Askomitsetlar
Askomitsetlar-xaltachali, juda ko’p mitseliyli zamburug’lardir. Jinsiy yo’l bilan
askosporasi (maxsus xaltachalar - askalarda sporalar rivojlanadi) orqali ko’payadi, jinssiz yo’l
163
bilan ko’payishi esa konidiyalar orqali amalga oshadi (ekzosioralar ko’pchilik zamburug’larda
jinssiz ko’payish faoliyatini bajaradi).
Askomitsetlar sinfiga Aspergillus urug’i kiradi. Zamburug’lar bo’g’inli yoki septali
mitseliylar va bir hujayrali konidiy tutuvchilardan tashkil topgan. Konidiy tutuvchilarning
yuqoridagi uchida yelpig’ichga o’xshab joylashgan kalta, qator sterigmalari bo’lib, ulardan
zanjirga o’xshab konidiyalar o’sib chiqadi.
Mikroskop ostida aspergillar tekshirilganda, sterigmalar ustida joylashgan ekzosioralar,
xuddi gulga suv sepadigan idishdan tushayotgan suvni eslatadi. Aspergillalarning asosiy
turlaridan biri Aspergillus niger xisoblanadi. Bu tur tabiatda keng tarqalgan bo’lib, nam
buyumlarda, non va murabbolarda yashaydi, Patogen va shartli patogen turlariga A. fumigatus, A.
flavus, A. niger va boshqalar kiradi. Hozirgi vaqtda aspertllyoz bilan og’rigan bemorlardan
aspergillaning 40 dan ortiq turi ajratib olingan bo’lib, ular odamlar terisi, oyoq-qo’llari, burun
bo’shlig’i, o’pka, bronx, ko’z, tashqi quloq yo’llarini, suyak va boshqa a'zolarni zararlaydi.
Aspergillyoz kasalligi reaktivligi pasaygan va immun holati kuchsizlangan kishilarda
juda og’ir kechadi, xatto o’lim bilan ham tugaydi. Patogen mog’orlarning ayrim turlari juda
zaharli va xavfli o’sma qo’zg’atish xususiyatiga ega bo’lgan aflatoksin ajratadi. Askomitsetlar
sinfiga Penicillium urug’i ham kiradi. Mitseliy va konidiy bandlari ko’p hujayrali bo’lib, hosil
beruvchi tanasi mo’y qalamga o’xshaydi. Konidiy tutuvchilarning yuqori qismi shoxlangan
bo’lib, ularning uchlarida sterigmalar, ulardan esa supurgiga o’xshash qator konidiylar hosil
bo’ladi. Zamburug’larning bu urug’i tabiatda keng tarqalgan bo’lib, sut maxsulotlari, nam
buyumlar, eski teri va murabbolarda ko’p uchraydi. Bu urug’ning asosiy turi Penicillium qlaucum
hisoblanadi. Ularning maxsus shtammasi (Penicillium natatum va boshqalar) dan penitsillin
olinadi.
Penicillium ning 30 dan ortiq turi odamlar uchun patogen xisoblanadi. Ular penitsellyoz
- teri, tirnok, quloq, yuqori nafas yo’llari, o’pka kasalliklarini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari,
organizmga tarqalgan (ya'ni generilizatsiyalangan) holda ichki a'zolarni ham shikastlaydi.
Ayniqsa P. crustaceum, P. glaucum, P. niger turlari o’ta patogen hisoblanadi.
Aspergillyoz va penitsillyozlarga laboratoriya tashxisi qo’yish uchun patologik materiallar
mikroskopda tekshiriladi. So’ng oddiy muhitlarga yoki Saburo muhitiga ekiladi va 25-28°S
haroratda o’stiriladi. Paydo bo’lgan koloniyalar xarakteri, fermentativ xususiyati, pigment hosil
qilishi, allergik sinama, komplementni biriktirish reaktsiyalariga ko’ra identifikatsiya qilinadi.
Bemorlarni davalash uchun nistatin, surunkali shakllarida amfoteritsin V. mikoseptin,
amfoglyukamin, autovaqtsinalardan foydalaniladi.
Achitqi zamburug’i
Achitqilar Ascomycotina sinfi Saccharo mucetales tarkibiga (birchamchi xaltachali
zamburug’lar) kiradi. Achitqi yirik hujayra bo’lib, tuxumsimon, sharsimon va tayoqchasimon
shakllarga ega. Achitqi hujayralarida ikki qavatli qobiq va chegaralangan yadro bor. Sitoplazmasi
gomogen bo’lib, mayda donacha tuzilishiga ega, unda turli kiritmalar (glikogen, volyutin, moy),
vakuola hamda ipsimon tanachalar, ya’ni xujayralar sintezi jarayonida ishtirok etuvchi
xondrosomalar bor. Achitqilar kurtaklanib bo’linadi, spora hosil qilib, ayrim turlari esa jinsiy yo’l
bilan ko’payadi. Kurtaklanib ko’payishida ona hujayradan yosh hujayra ajralib, alohida mustaqil
hujayraga aylanadi. Achitqining ayrim turlari oziq yetarli bo’lmaganda hujayrada 2, 4, 8, 16 tadan
endosporalar hosil bo’ladi. Askosporalar hosil qiluvchi achitqi hujayralar asklar (xaltacha), spora
paydo qiladigan hujayra esa - askomitsetlar deyiladi.
Achitqining bu urug’iga mansub turlari, turli xil uglevodlarni parchalash xususiyatiga
ega. Ular pivo tayyorlash, vinochilik sa’noatida va non ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi.
Achitqilarning Saccharomyces cerevisiae, Saccharmyces ellipsoides turlari yaxshi o’rganilgan.
Zamburug’larning keng tarqalgan guruhi sporinya (Claviceps purpurea) bo’lib,
kasallangan javdar va bug’doylarda ko’p uchraydi. Askosporalar o’simliklar gullaganda
mitseliylarga aylanadi. Giflar to’q binafsha rangdagi donacha skelerotsiylarni hosil qilib, ular
boshoqdagi don o’rnini egallaydi. Sporinya donachalari tarkibida kornutin alkaloidi, sfatselin va
ergotin kislotalari bor. Bularni odam yoki hayvonlar non bilan iste'mol qilganida juda og’ir
kasallik yuzaga kelishi mumkin. Bu kasallikka chalinmaslik uchun sporinya donachalari bo’lgan
javdar va bug’doydan non qilmaslik lozim.
164
Bazidomitsetlar
Bazidomitsetlar ko’p hujayrali mitseliylarga ega zamburug’lar bo’lib, ularning
20 000 dan ortiq turi ma'lum. Ular, asosan, jinsiy yo’l bilan, ya'ni bazidosporalar bilan ko’payadi.
Ko’payish a'zosi - bazidiyalar ichida ko’pincha 4 ta spora hosil bo’ladi. Ko’pchilik bazidomitsetlar
chirindiga boy tuproqlarda, o’simliklar qoldiklarida yashaydi, ayrim turlari esa daraxtlarda
parazitlik qiladi. Bunday kalpoqchali zamburug’larning 150 turi mavjud bo’lib, ulardan 25 turi
zaharli. Ularni bilmasdan iste'mol qilganda, zahari tezda me'da-ichak yo’li orqali so’riladi; jigar-
buyrakda to’planadi va 6-30 soatdan so’ng sitotoksik ta'sir etadi. O’tkir gastroenterit belgilari
namoyon bo’ladi, ya'ni qorinda og’riq, to’xtovsiz qusish, qon aralash ich ketishi, umumiy
darmonsizlik suv elektrolit muvozanatning buzilishi, tirishish, jigar kattalashishi va sarg’ayishi,
azotemiyalar kuzatiladi. Bu kasallik bolalarda og’ir kechib, jigarning o’tkir atrofiyasi tufayli
ko’pincha o’lim bilan tugaydi.
Qalpoqchali zamburug’ning muxomor xilida muskarin deb ataladigan alkaloid bo’lib,
parasimpatik nerv sistemasini shikastlaydi. Bemorning silliq muskullari qisqaradi (spazm),
ko’zidan yosh oqadi, qattik terlaydi. Atropin yuborilgach bemor tezda sog’ayadi. Shartli-zaharli
qalpoqchali zamburug’lar ham iste'mol qilingandan 2-3 soat o’tgach o’tkir gastroenterit
boshlanadi. Bularni qaynatilganda ularning' zaharlash xususiyati yo’qoladi.
Iste'mol qilish mumkin bo’lgan, ammo ularni tayyorlash yoki saqash jarayonida
salmonella, stafilokok klostridiy, botulizmlar bilan zararlangan quziqorinlar ham gastroenterit
kasalligini keltirib chiqaradi. Qalpoqchali zamburug’ bilan zaharlanganda me'dani tezda yuvib,
zararsizlantiruvchi dorilar beriladi. Zaharlanishning oldini olish uchun iste'mol qilish mumkin
bo’lgan qo’ziqorinlarni ajratib olib, yaxshilab pishirish va shisha bankalarga sterilizatsiya
qoidalariga qat’iy amal qilgan holda solib berkitish lozim.
Dermatomitsetlar
Takomillashmagan zamburug’larga bir guruh dermatomitsetlar kiradi, ulardan trixofitiya,
mikrosporiya, epidermofitiya va favus (kal) kabi teri va teri hosilalarini zararlovchi kasalliklar
qo’zg’atuvchilari muhim ahamiyatga ega. Dermatomikoz qo’zgatuvchilari uchta bo’lib,
Epidermophyton, Microsporum, Trichophyton urug’lariga kiradi.
Trixofitiya. Unining qo’zg’atuvchisi trixofitonlar bo’lib, ko’pincha boshning sochli
qismi, teri va tirnoq zararlanadi. Ular o’sishi va morfologiyasi jixatidan bir-biridan farq qiladi.
Yuza grixofitiyaning qo’zg’atuvchilari Trichophyton violaceum va boshqalarnining 20 dan ortiq
turi bor. Trixofitonlarning mitseliylari ingichka, kalta- kalta shoxlanuvchi septali iplardan tashqil
topgan. Ularda atrospora va xlamidosporalar ham mavjud. Trixofitonlar Saburo muhitida 4-5
kundan so’ng g’adir-budir teriga o’xshash, mayda kukunsimon, kulrang. oq, qora, binafsha,
pushti, qzil, sarg’ish, jigarrangnamo, ayrimlari yaltiroq koloniyalar hosil qiladi.
Mikroskop ostida juda mayda koloniyalar va ularning mitseliylari ko’rinadi. Yosh
kulturalarida makrokonidiyalar ham bo’ladi. Trichopyton urug’iga T. tonsurans, T. soudanense,
T. rubrum lar kiradi.
Yuza va surunkali trixofitiyalarni, asosan, T. tonsurans keltirib chiqaradi. Bu kasallik
kuproq AQSh, Meksika, Janubiy Amerika mamlakatlarida, shu jumladan Markaziy Osiyo
davlatlarida uchraydi. Trixofitiya, asosan, shu kasallik bilan ofigan kishilardan yuqadi. Ularning
zamburug’lar bilan shikastlangan sochi, qazg’oqlari, shikastlangan tirnoqning bo’lakchalari
yuqumli xisoblanadi. Sog’lom bolalarga bemor bilan muloqatda bo’lganda, ularning bosh va ichki
kiyimlari, taroq, qaychi va boshqa buyumlaridan yuqadi. Boshdagi yuzaki trixofitiya barcha
yoshdagi kishilarda uchrashi mumkin, ammo maktab yoshidagi bolalar bu kasallikka juda ham
moyil bo’ladi. Boshdagi sochda trixofitiya ikki xil, ya'ni mayda va yirik o’choqli bo’ladi.
O’choqlar notekis va tarqoq, yumaloq shaklda bo’lib, yallig’lanish jarayoni bilinmaydi. O’choqlar
yuzasi qazg’oq bilan qoplangan bo’lib, sochlar teri satxidan 1-2 mm yuzada sinadi. Bu esa
kasallikning asosiy klinik belgilaridan xisoblanadi. Chuqur trixofitiyalarning kuzg’atuvchisi -
Trichophyton mentagraphytes uzun, bo’g’inlardan iborat mitseliylarga ega. Yana to’p-to’p va
mitseliylarning ikki yoniga joylashgan aleyriyalar, kam miqdorda spiralsimon, burama va uchi
165
to’mtoq tayoqchalar ham bo’ladi. Qattiq oziq muhitlarda qorga o’xshash oq, momiqsimon,
chetlari tekis koloniyalar hosil qiladi.
Mikrosporiya. Mikrosporiyaga Microsporum turkumiga kiruvchi ipsimon zamburug’lar
sabab bo’ladi. Ular silliq teri hamda sochlarni zararlaydi. Kasallik yuza va axyonda chuqur
joylashish xususiyatiga ega.
Kasallikni birinchi bo’lib, 1843 yili Parijda Venfiyalik olim Grubi kashf etgan.
Mikrosporumlar uch guruhga: antropofil (M. audouimii Grubi, 1943), zoofil (M. canis Bodin
1902) va geofillarga (M. gupseum. Bodin) bo’linadi.
Mikrosporumlarning ayrim turlari yetilgan bo’lib, qolganlari yetilmagan zamburug’lardir.
Ular Saburo muhitida, asosan, momiqqa o’xshash oq, bazan sarg’ish-jigarrang koloniyalar hosil
qiladi.
Mikrosporumlar devorlari qalin yoki yupqa klenidiylarni, ayrim turlari (M. audouinii) esa
qalin devorli xlamidosporalarni hosil qiladi. M.canis odamlarga, asosan, mushuk va itlardan
yuqadi. Kasallik hayvonlar bilan muloqotda bo’lganlarning 80% iga yuqishi mumkin. Bundan
tashqari, teriga zamburug’ tushgan buyumlar, kasallangan sochlardan ham o’tadi. Bu kasallik,
asosan, bolalarda, ba'zan kattalarda uchraydi.
Kasallik patogenezida epidermis muguz qavatining qay darajada zararlanganligi,
haroratning yuqoriligi va atrof muhitdagi namlik muhim ro’l o’ynaydi.
Zamburug’ mayda jarohatlarga tushgandan so’ng, o’sadigan giflari yordamida tarqaladi.
Silliq terida mikrosporiyaning o’choqlari paydo bo’ladi, ular yuzaki trixofitiyadan deyarli farq
qilmaydi. Ammo mikrosporiyada o’choqlar birmuncha katta, soni ham 20-30 ta bo’ladi.
Bolalarda mikrosporiya o’choqlari, asosan, badanning yopiq joylarida keyinchalik boshning sochli
qismida, yuz va buyin sohasida 1-2 ta yirik, dumalok, chegaralari aniq o’choqlar paydo bo’ladi.
Epidermofitiya. Kasallik qo’zg’atuvchisi bo’lib, bo’g’inli (septali) mitseliiylarga ega va
bir ipda 5 guruh (to’plam) holida joylashgan urchiqlari bo’ladi,
ammo kondidiylari bo’lmaydi. Saburo muxitida duxobaga o’xshash, unsimon, g’adir-
budir sariq-jigarrang, ayrimlari yashil rangli koloniyalar hosil qiladi.
Epidermofitiyada oyoq terisi, barmoqlar orasi, tirnoq va chov sohasi zararlanadi. Bu
kasallikda ho’l po’sttashlovchi dog’lar paydo bo’lib, asosan, 20-30 yashar kishilarda ko’p
uchraydi. Shikastlangan tirnoq va teri qazg’oqlarida, ingichka, shohlanuvchi mitseliylar iplari,
dumaloq konidiylar topiladi.
Favus(kal) teri va sochning surunkali zamburug’ kasalligi bo’lib, toshmalar o’rnida
skutula, chandiqlar paydo bo’ladi, ammo ichki a'zolar shikastlanmaydi. Kasallik 1939 yili
Shyonlyayn tomonidan kashf etilgan. Uning qo’zg’atuvchisi T.. bo’lib, mitseliysining uchi
bug’uning shoxiga o’xshaydi. Xlamidosporalar yordamida ko’payadi. unsimon kulturalar
mitseliysining ikki yonida aleyriyalari yaxshi ko’rinadi, aleyrosporalar mitseliy sitoplazmasining
kondensatsiyasi natijasida hosil bo’ladi. Saburo muhitiga ekilganda quruq, ajinli, gumbazchaga
o’xshash kulrang, oqish yoki sarg’ish, jigarrang yuzasi unsimon koloniyalar hosil bo’ladi.
Barcha dermatomitsetlarning fementativ xususiyati xima-xil, shu sababli laboratoriya
tashhisida bu belgilardan foydalanib bo’lmaydi. Favus kasalligi O’zbekistonda deyarli
uchramaydi, kasallikning keskin kamayishida professor U.K. Beluxaning (1913-1993) xizmatlari
katta. Dermatomitsetlarda ekzotoksin hosil qilmaydi, ammo endotoksin ajratadi, u allergen
xususiyatiga ega. Shu sababli bemor organizmi, ayniqsa terisi o’ta sezgir allergik holatda bo’ladi.
Dermatomitsetlarda turlarga xos antigen bo’lmaydi, shu sababli serologik variantlari
yo’q. Tashqi muxitda uzoq saqlanadi, patologik materiallarda ham chidamli. Ularni qaynatilganda
15-30 daqiqada o’ladi.
Kasallik bevosita kasal kishidan va u ishlatgan buyumlari (bosh kiyimi, sochig’i, tarog’i,
ro’moli va boshqalar) shuningdek hayvonlar (it, ot, qoramol va h.)dan yuqadi.
Dermotomitsetlar tabiatda keng tarqalgan. Ularning ba'zilar tuproqda bo’ladi, boshqa
turlari nopatogen. 10 dan ortiq tur antropofil patogen dermotomitsetlar bo’lib, bemordan sog’lom
odamga yuqadi.
Dermatomikozlarda dermatomitsetlarga nisbatan chidamlilik makroorganizmning
reaktivligiga bog’liq. Kasallikdan so’ng hosil bo’lgan antitelalar ham nospetsifik, immunitet ham
kuchsiz.
166
Laboratoriya tashhisi. Dastlab mikroskopik usul qo’llaniladi. Buning uchun buyum
oynachasiga 10% ishqor (NaOH, KOH) yoki glitserinli spirt tomizib, unga 2-3 ta shikastlangan
soch tolasi yoki bir nechta teri qazg’oqlari, shilliq qavatdan olingan oqish nam qirma (karash)
qo’yiladi. Surtma spirt alangasi ustida bir oz, bug’ hosil bo’lgunga qadar qizdiriladi. So’ngra
tomchi yopqich oynacha bilan berkitilib mikroskop ostida X 7 okulyar va X 40 ob'ektivlar bilan
ko’riladi.
Trixofitiyada, jarohatlangan soch ichida zamburug’ hujayralarining kattaligi 4-5 mkm
bo’lib, har xil joylashadi. Zamburug’ sporalari faqat shikastlangan soch ichini to’ldirgan holda
(endotriks) o’rab oladi yoki spora va mitseliylar sochning tashqari tomonida (ekzotriks)
joylashadi. Tangacha va tirnoqlarda septali, shoxlangan, bukilgan mitseliylarni ko’rish mumkin,
tirnoqdan olingan materialda esa dumaloq, to’g’ri to’rtburchak sporalar to’plami ko’zga
tashlanadi.
Favusda shikastlangan soch tolasida mitseliyning yo’g’onligi 3-5 mkm bo’lgan ipchalari,
shuningdek, to’g’ri to’rtburchak shaklidagi mitseliy bo’lakchalari, havo pufakchalari, yog’
tomchilari ko’rinadi.
Mikrosporiyada sochning folikulyar qismi g’ilofga o’xshab, zamburug’larning naqshdor
mayda sporalari bilan o’ralib turadi. Sochning ichida zamburug’ va sporalarning bo’lakchalari
ko’zga tashlanadi.
Epidermofitiyada zamburug’ elementlari teri tangachalarida bo’lib, unda ham qirrali
sporalar birga yo’g’on, shoxlanuvchi, septalli mitseliy ipchalari ko’rinadi.
Davolash. Bemorlarnio davolash uchun yod preparatlari, greziofulvin, vitaminlar, 3%
Bor kislotasining eritmasi bilan bintni ho’llab qo’yish, pirogenallar qo’llaniladi. So’nggi yillarda
lamizin va orungal preoaratlaridan keng foydalanilmoqda.
Oldini olish. Bemorlarni to’la-to’kis davolash, sartaroshxona, hammom, basseyn, sport
maydonlarining sanitariya holatini qat’iy nazorat qilish, shaxsiy gigiyenaga rioya etish va boshqa
choralardan iborat. Veterenariya xodimlari kasal hayvonlarni aniqlab, ularni davolashlari kerak.
Sporotrixoz qo’zgatuvchisi
Kasallikni Spurothrix schenckii qo’zgatadi. Uni 1898 yili B. Shenk birinchi bor teri osti
abstsessidan ajratib olgan. Zamburug’ jarohatlangan tukimalarda sigaraga o’xshash,
kurtaklanuvchi achitqihujayralarini hosil qiladi. Zamburug’ septali mitseliylarga ega. Giflarning
yonlaridan shoxchalar chiqib, ular uchida bittadan yoki bir guruh, konidiylar joylashadi.
Zamburug’ Saburo muhitida va oddiy muhitlarda 25-29°S haroratda yaxshi o’sadi va terisimon,
momiqsimon, silliq pigmentli koloniyalar hosil qiladi.
S. schenckii tabiatda keng tarqalgan bo’lib, tuproq va o’simliklarda uchraydi.
Organizmga shikastlangan teri orqali kiradi, keyin teri osti qatlami va limfa bezlariga o’tadi,
halqumda, muskullarda, sinovial qobiqlarda mayda gummalar hosil qiladi. Bundan tashqari,
suyak, bo’g’im, muskul va ichki a'zolarda abstsesslar yuzaga keltiradi. Kasallik sporadik holda
qishloq xo’jalik xodimlari orasida ko’proq uchraydi.
Laboratoriya tashhisi bemordan olingan yiring, shikastlangan to’qima kesmasi va boshqa
patologik materiallarni mikroskop ostida tekshirishdan iborat. Agar natija musbat bo’lsa, u holda
kattaligi 1x1- 1x3 mkm bo’lgan, tuxumsimon donachalar ko’rinadi. Tekshiriluvchi material
Saburo muhitiga ekiladi va sof kultura ajratib olinib, uning asosiy
biologik xususiyatlari o’rganiladi. Bemor qon zardobidagi komplementni biriktiruvchi antitelolar,
agglyutininlar (titri 1:200-1500) hamda pretsipitin va opsoninlar serologik reaktsiyalar yordamida
aniqlanadi.
Zamburug’ning o’ldirilgan kulturasidan tayyorlangan ekstraktini teri orasiga yuborib,
teri-allergik sinama qo’yiladi.
Zamburug’ga yoki tekshiriluvchi materialni oq sichqon, kalamush, dengiz
cho’chqachasining terisi ostiga yuborilganda, ularning ichki a'zolarida granulemalar paydo
bo’ladi, ya'ni biologik usuldan foydalaniladi. Laboratoriya tashxisida immunoflyuorestsent usul
ham qo’llaniladi.
Davolash. Bemorlarga amfoteritsin V, nistatin, levorin, mikoseptin, yod preparatlari,
vaktsina va autovaktsinalar buyuriladi.
167
Oldini olish sanitariya-gigiena qoidalariga qat'iy amal qilish, teri va shilliq, qavatlarni
jarohatlanishdan saqlashdan iborat.
Kandidoz qo’zg’atuvchisi.
Kandidozga Candida urug’iga mansub achitqisimon zamburg’lar sabab bo’ladi. Kasallik
qo’zg’atuvchisi dastlab 1839 yili Langenbak tomonidan kashf etilgan. Kandidalar bir hujayrali
organizm bo’lib, kurtaklanib ko’payadi (90-rasm). Ular konidiy, askosporlar hosil qilmaydi,
xaqiqiy mitseliylari yo’q, soxta mitseliylari ketma-ket kurtaklanish natijasida paydo bo’ladi. Bu
zamburg’lar maxsus urug’ni tashkil etib, 80 dan ortiq turni o’z ichiga oladi, shulardan 20 tasi
odamlarda kasallik keltirib chiqaradi. Bularga C. albicans, C. tropicalis, C. pseudotropicalis, C.
krusei, C. guillermondi, C. parapsilosis va boshqalar kiradi. Bulardan, asosan, C. albicans, C.
tropicalis kandidozga sabab bo’ladi. Bu turni 1853 yili Sh. Roben birinchi bor aniqlagan.
Candida urug’iga mansub zamburug’lar dumaloq tuxumsimon yoki uzunchoq, hujayralar
bo’lib, asosan, kurtaklanib ko’payadi. C. albicans xlamidosporalar hosil qiladi. Ularning
zanjirsimon uzunchoq, hujayralardan iborat soxta mitseliylari bor.
Achitqisimon zamburug’lar aerob bo’lib, oddiy muhitlarda 20-30°S haroratda o’sib, silliq
koloniyalar hosil qiladi, ammo Saburo muxitida yaxshi ko’payadi. Kandidoz zamburug’larining
antigen tuzilishi murakkab, hujayra devoridagi glikoproteidlar turlarning antigen maxsusligini
belgilaydi.
Ko’p turlari 6 ta serologik guruhga, C. albicans esa A, V, S sero guruhlarga bo’lingan.
Candida urug’iga zamburug’lar tashkl muhitda keng tarkdpgan C. albicans esa odam ichagining
normal mikroflorasi xisoblanadi.
Candida urug’iga mansub zamburug’lar tashqi muhitga chidamli, quritilgan holda yillab
saqlaladi. Dezinfektsiyalovchi vosetalar) 2-5% li fenol, formalin, xloramin, lizol eritmalari tezda
o’ldiradi. Bu zamburug’lar odamlarning og’iz bo’shlig’i, me'da-ichak, siydik-tanosil a'zolarining
shilliq qavatlarida yashaydi. Bundan tashqari, ular xo’l mevalarda, sabzavotlar, ovqat
maxsulotlari, chiqindi suvlar, idish-tovoqlar va buyumlarda ham bo’ladi.
Kandidoz endogen va ekzogen yo’llar bilan paydo bo’lishi mumkin. U, asosan, endogen
yo’l bilan nimjon bolalarda, tashqi muhitning (namlikning ko’pligi, terining ishqalanib turishi va
boshqalar) noxush omillari ta'sirida pavdo bo’ladi, kasallik yaxshi dezinfektsiya qilinmagan
vannalar orqali ham yuqishi mumkin.
Kasallikning ekzogen yo’l bilan rivojlanishida makroorganizm reaktivligining pastligi,
qo’zg’atuvchining miqdori va boshqa ikkilamchi mikroorganizmlar borligi muxim rol o’ynaydi.
Candida ning har xil turlari o’tkir va surunkali kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bunda
ko’pincha shilliq qavatlar zararlanadi. Bulardan achitqi stomatiti (og’iz oqarishi) ko’p uchraydi, u
aksariyat yosh bolalarning og’iz bo’shlig’i shilliq qavatini shikastlaydi. Avval shilliq qavat
qizaradi, so’ngra til, tomoq, lunjda ko’plab mayda donachalarga o’xshash karashlar paydo bo’ladi.
Keyinchalik ular qo’shilib, yirik yaltiroq, oq, kulrang pardalarga aylanadi. Bu pardalar giflar va
achitqisimon zamburug’lardan iborat bo’ladi. Kandidozning bu turi chaqaloqlarda va bolalarda
uchraydi. Kandidoz chaqaloqlarning dumbasi, chov sohasida, yuqori nafas va ovqat yo’llarida,
siydik-tanosil a'zolarida, markaziy nerv sistemasi va boshqa joylarida bo’lishi mumkin. Bolalarda
uchraydigan kandidozning 78% ini og’iz bo’shlig’i shilliq qavatlarining kandidozi tashkil etadi.
Antibiotiklarni o’z bilgicha qo’llash ham kandidozlarga sabab bo’ladi, ular odam
organizmidagi normal mikrofloraning simbiozini buzadi, natijada disbakterioz rivojlanadi. Bu
ichakda ayrim mikroblarning ko’payib ketishiga yoki saprofit holatdai shartli patogen va patogen
holatga aylanishiga sabab bo’ladi. Achitqisimon zamburug’lar qo’l-oyoq panjalari, chov va
ko’ltiq osti hamda tirnoq atrofidagi terini, lab, og’iz burchaklaridagi shilliq qavatlarni, til, taloq,
qzilo’ngach va qinlarni oq pardalar hosil qilib, shikastlaydi. Kandidoz me'da-ichaq nafas yo’llari,
siydik tanosil a'zolarini, ayrim hollarda nerv sistemasini ham zararlash mumkin. Kandidozda o’t
yo’li va tishlarning hamshikastlangani qayd etilgan. Bundan tashqari, kandidoz qo’zg’atuvchilari
septitsemiyaga olib kelishi, buning oqibatida buyrak o’pka to’qimalari, jigar va boshqa a'zolar
shikastlanishi mumkin. Diabet bilan og’rigan kishilarda kandidoz juda og’ir kechadi (92-rasm).
Laboratoriya tashxisini kuyish uchun avval mikroskopik usuldan foydalaniladi. Patologik
materialni mikroskop ostida tekshirganda grammusbat dumaloq hujayralar bilan birga
tuxumsimon va ovalsimon zamburug’lar ko’rinadi. Bakteriologik usulida tekshirish uchun og’iz
168
bo’shlig’i, qin, uretraning shilliq qavatlaridan, balg’am, o’t, siydik abstsess moddasi, najas, teri va
tirnoqlardan material olinadi va Saburo muhitiga ekiladsi. Muxit betida 20-30°S haroratda ko’p
miqdorda koloniyalar paydo bo’ladi. Ulardan sof kultura ajratib olinadi va uning asosiy biologik
xususiyatlarini aniqlab, turi va zoti belgilanadi.
Yana serologik usuldan ham foydalanib, KBR, PGAR, kandidoz zamburug’ larining
ma'lum kulturalaridan tayyorlangan antigenlar bilan pretsipitatsiya reaktsiyalari qo’yiladi.
So’ngi yillarda immunoflyuorestsent usuli ham keng qo’llanilmoqda.
Biologik usuldan foydalanish uchun oq sichqon yoki quyonlarning vena qon tomiriga S.
albicans, C. tropicalis kulturalari yuboriladi. Teri allergik sinamasi nisbatan kam ishlatiladi.
Kandidozli bemorlarni davolash uchun avval disbakteriozni aniqlab olish lozim. Shuning
uchun turli antibiotiklar berilmay, balki maxsus preparatlar (nistatin, levorin, amfoglyukamin,
amfoteritsin-B) va sulfademizinlar buyuriladi. Bundan tashqari, bemordan Candida kulturasini
ajratib olib, o’ldirib tayyorlangan autovaktsina ham qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |