O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi



Yüklə 3,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/39
tarix19.02.2020
ölçüsü3,12 Mb.
#30485
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39
mikrobiologiya fanidan oquv uslubiy majmua


Mashg’ulot rejasi 
1. Bo’g’maning  mikrobiologik   diagnostikasi,  sxemalarini  o’rganish. 
2. Bo’g’mada  bakterioskopik  va  bakteriologik  tekshiruvlar. 
3. Ko’k  yo’tal  va  para-koklyush qo’zg’atuvchilarining  diagnostika , sxemalarini o’rganish 
4. Ko’k  yo’tal  va  para-koklyush bakterioskopik, bakteriologik  va serologik tekshiruvlar 
5. Bo’g’ma, ko’k yo’tal va para-koklyush qo’zg’atuvchilarni  davolashda  qo’llaniladigan  
diagnostik, profilaktik preparatlar. 
 Namoyish qilish 
1. Bo’g’maning sof kulturasidan tayyorlangan, Neysser va Gram usullarida bo’yalgan    
surtmalar. 
2. Bo’g’maning sof kulturasidan ajratib olishda qo’llaniladigan oziqli muhitlar (telluritli, qon 
zardobi qo’shilgan va Pizu muhitlari) 

157 
 
3.  Difteriya   kulturalarining agardagi   presipitasiya reaksiyada toksigenlik xususiyatini 
aniqlash. 
4. Ko’k  yo’tal  va  para-koklyush qo’zg’atuvchilarining  kulturasidan tayyorlangan surtmalar. 
5.  Ko’k  yo’tal  va  para-koklyush qo’zg’atuvchilarining  kulturasini ajratib olishda  
qo’llaniladigan oziqli muhitlar (KUA, Sut qo’shilgan qonli agar, Borde –Jangu muhiti).  
6. Bo’g’ma va ko’k yo’tal, para-koklyushlar aks ettirilgan rangli rasm, albom va sxemalar. 
7. Bo’g’ma va ko’k yo’tal, para-koklyushlarlarni davolashda, oldini olishda va diagnostikada 
qo’llaniladigan preparatlar. 
Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq. 
1.  KKAga “yo’tal plastinkasi” usulida ekilgan ekma natijasini baholash. Kultural va 
morfologik xususiyatlariga baho berish. 
2. Bo’g’ma diagnostikasi: burun-xalqumdan steril tampon bilan surtma olish, Gram va 
Neysser  usullarida bo’yash, mikroskopda difteroidlarni topish. 
3. Bo’g’maga shubha qilingan kishilar yoki bakteriya tashuvchilar tomog’idan olingan 
materiallardan tayyorlangan surtmalarni mikroskop ostida ko’rish; bo’yash natijalariga asoslannb, 
dastlabki javobni berish. Bakterioskopik diagnozni tasdiqlash uchun keyingi  tekshiruvlar  
yo’nalishini  belgilash. 
4. Bo’g’ma diagnostikasi: zardobli agarga ekilgan ekma natijasini baholash. Kultural va 
morfologik xususiyatlariga baho berish. 
5. Ajratib olingan kulturalarni identifkasiya qilish asosida bakterioskopik va bakteriologik 
tekshiruv natijalarini solishtirib, yakunlovchi mikrobiologik diagnoz qo’yish. 
Bo’g’ma (difteriya) qo’zg’atuvchisining mikrobiologik diagnostikasi 
Bo’g’ma (difteriya) qo’zg’atuvchisi —  Corynebacterium diphtheriae Actinomycetales 
tartibiga aloqador bo’lib, biror-bir oilaga kirmaydigan Corynebacterium zotiga kiradi. Difteriya 
qo’zg’atuvchisining asosiy biologik belgilaridan biri, uning kasallik patogenezini belgilovchi 
toksin ishlab chiqarish xususiyatidir, bu xususiyat bilan boshqa difteriodlardan farqlanadi. 
Kasallikda mahalliy   patologik jarayon odatda tomoqda joylashadi, bo’g’ma qo’zg’atuvchisi 
terida, ko’zda, jinsiy organlarda ham difteriya kasallikni keltirib chiqarishi mumkin (rasm 76). 
Laboratoriya diagnostikasi bakterioskopik va bakteriologik tekshiruvlar buyicha olib boriladi. 
 
Uslubiy kursatmalar 
Difteriyada tekshirish uchun material olganimizda qo’zg’atuvchini qaysi organlarda 
jarayonni keltirib chiqarishiga bog’liq. Shu bilan bir qatorda tamoq difteriyasi eng ko’p uchraydi. 
Tekshirish uchun material 2 ta steril paxtali tampon  bilan olinib, biridan surtma tayyorlash, 
ikkinchisidan ekish uchun foydalaniladi. Material ovqatlanmasdan oldin yoki ovqatlangandan 
keyin 2 soat o’tkazilib olinadi. Antibiotiklar bilan davolanmasdan turib olinsa ajratib olish foizi 
yuqori bo’ladi. Olingan  material 2 soat ichida laboratoriyaga yetkazilishi va ekilishi kerak, agar 
uni iloji bo’lmasa tampon 5% gliserin yoki fiziologik eritma bilan  ho’llab olinadi. 
1 –kun. Olingan material darhol birinchi tampon bilan buyum oynasiga bir necha surtmalar 
tayyorlaniladi, surtmalar quritilib, qotirilib  Neysser va Gram usullari bilan bo’yaladi. Bo’g’ma 
surtmada yengil egilgan tayoqchalar bo’lib o’lchami 3-6 mkm. Tayoqchani ikki uchida volyutin 
donachalari (Babesh-Ernest) joylashgan bo’lib, tayoqchaga to’g’nog’ich  shaklini beradi. Bundan 
tashqari bo’g’ma qo’zg’atuvchilari surtmada xarakterli «X» va «V» harfi shaklida yoki ieroglif 
ko’rinishida joylashadi (rasm 76, 7-sxema). Shu bilan bir qatorda bo’g’ma qo’zg’atuvchisi o’ta 
polimorfizm xususiyatiga ega. Surtmada tipik formalari bilan bir qatorda kokksimon, uchlari 
yo’g’onlashgan kolbasimon, ipsimon va shoxlangan formalari ham uchraydi.  
Difteroid va psevdodifteriya tayoqchalarida volyutin donachalari bo’lmaydi yoki ular 
tayoqchalar uchida emas, balki tanachasi bo’ylab joylashadi. Bundan tashqari bu bakteriyalar 
surtmada  to’da-to’da, qator-qator (chastakol) bo’lib joylashishi mumkin. 
Lyuminessent mikroskopik usul tekshirish samaradorlikni oshirish imkonini beradi. Bunda 
bo’g’ma tayoqchalari psevdodifteriya tayoqchalaridan ulardagi volyutin donachalarining 
korifosfin-flyuroroxrom bilan bo’yalgandan so’ng jigarrang qizil rangda nurlanishidan farqlash 
mumkin. Bu bakteriya sitoplazmalari yashil yoki sariq rangda nurlanadi. Ammo bo’g’ma 
tayoqchalari o’zining morfologiyasini tez-tez o’zgartirib turadi, jumladan, tomoq difteriyasini 

158 
 
antibiotiklar bilan davolaganda, bu esa kasallikka morfologik xususiyatlari bo’yicha diagnoz 
qo’yishni qiyinlashtiradi. Shuning uchun kasallik qo’zg’atuvchisini aniq, identifikasiya qilish 
maqsadida bakteriologik tekshiruv o’tkaziladi. 
Bakteriologik tekshiruv. Tekshiriluvchi materialdan sof kultura ajratib olish uchun material 
maxsus elektiv —  ivitilgan qon zardobli agarga va Klauberg muhitiga (tellurit natriyli oziqli 
agarga gliserin va fibrinsizlantirilgan qon qo’shilgan) ekiladi (sxema 7). Bu muhitlarda kokklar va 
tomoqda uchraydigan boshqa mikrofloralarning o’sishi to’xtatilib, bo’g’ma bakteriyalarining 
o’sishi uchun esa imkon yaratiladi. Ekmalar termostatga 37°S 18-48 soat qo’yiladi. 
2-kun. Bo’g’ma tayoqchalari zardob qo’shilgan GPA yumaloq, mayda, markazi zichlashgan 
koloniyalarni hosil qiladi. Koloniyalar baravar o’sganda muhit yuzasi saxtiyon terisini eslatadi. Bu 
muhitda o’sgan koloniyalardan surtma tayyorlanib Gram, Neysser usullarida bo’yaladi, surtmada 
tipik bo’g’ma tayoqchalari topiladi. 
Telluritli muhitda (bu muhit bo’g’mani ko’payishini ham sekinlashtiradi, 24 soat ichida 
koloniyalari o’smasligi mumkin, shuning uchun 48 soatga termostatda qoldiriladi)  bo’g’ma 
bakteriyalari, telluritni metal telluritgacha qaytaradi va muhitda koloniyalari qora jigarrang 
bo’lishi mumkin. Bu muhitda bo’g’ma qo’zg’atuvchisi kultural xususiyati bo’yicha 3 biovari 
tafovut qilinadi: gravis biovari kulrang qora rangdagi yuzasi   radial markazdan periferiyaga 
ketgan chiziqchali, ko’rinishi “Margarit” guliga o’xshash (R-koloniya); mitis tipi esa —  mayda, 
yumaloq, bo’rtgan yuzasi silliq, qirralari (S-koloniya); intermedius mayda, quruq, qora kulrang 
chetlari notekis (RS yoki SR yaqin). Oxirgi yillarda bo’g’maning  to’rtinchi biovarini (bilfantis) 
ham tafovut qilishmoqda. Bu biovar mitis tipiga yaqin turadi (76-rasm). Telluritli muhitda o’sgan 
koloniyalardan odatda surtma tayyorlab, bo’yab o’rganilmaydi, chunki tellurit bakteriyalar 
morfologiyasiga ham ta’sir etib, ularni o’zgartirishi mumkin. Sof kulturasini ajratib olish uchun 
zardob qo’shilgan GPA ekiladi (zardob qo’shilgan muhitlarda qo’zg’atuvchi o’zining morfologik 
va boshqa xususiyatlarini tiklab oladi) va termostatga qo’yiladi. 
3-kun. Ajratib olingan kulturalar o’ziga o’xshash, ammo patogen bo’lmagan 
korinobakteriyalardan morfologik xususiyatlari, saxaroza, glyukoza, kraxmallarni  parchalashi, 
sistinaza fermenti va toksigenlik va antigenlik xususiyatlari bo’yicha farqlanadi (50-jadval). 
 Bo’g’ma bakteriyalarining toksin ishlab chiqarish xususiyatlarini aniqlash diagnostikada 
eng muhim xususiyatlardan biri hisoblanadi, chunki bo’g’ma qo’zg’atuvchisini tabiatda ikki xil 
shtammi uchraydi. Birinchisi  toksigen odamda bo’g’ma kasalligini keltirib chiqaradi, ikkinchi tip 
shtammi esa toksigen bo’lmasligi mumkin, amaliy ahamiyati yo’q. Shuning uchun bo’g’maning 
toksigenligi albatta aniqlanadi va shu asosda asosiy tashhis qo’yiladi. Oxirgi yillarda bo’g’maning 
toksigenlik xususiyatini  aniqlashni birqancha usullari taklif qilingan (laboratoriya hayvonlarida, 
hujayra kulturasida va gelda diffuziya presipitasiya reaksiyasi). Amaliyotda ko’proq gelda 
diffuziya presipitasiya reaksiyasi qo’llaniladi. 
 Bo’g’ma qo’zg’atuvchisini toksigenligini aniqlash. Buning uchun Petri kosachasidagi 
(tarkibiga 15 —  20% ot zardobi, 0,3% maltoza va 0,03% sistin qo’shilgan) oziqli sathiga, 5000 
AE/ml tutuvchi bo’g’maga qarshi antitoksinli zardob shimdirilgan 1,5X6 sm kattalikdagi filtr 
lentasi qo’yiladi. 
Kosachalar 30 minut  37°S da termostatda  turgandan so’ng tekshiriluvchi kulturadan 
qovuzloq bilan olinib, filtr qog’oziga perpendikulyar ravishda 0,6 -0,8 sm masofada pilakcha 
ko’rinishida ekiladi.(tekshirilayotgan kulturadan kamida 4-5 koloniya olib ekililishi kerak). 
Ikkinchi tomoniga kontrol sifatida ma’lum bo’lgan toksigen shtami ekiladi. Ekmalar  37°S da 
termostatga kelgusi kungacha qoldiriladi. 
Bo’g’maning identifikasiya-sida  qo’shimcha,  ravishda sistinaza, ureaza sinamalari va 
agglyutinasiya qiluvchi bo’g’ma zardobi bilan agglyutinasiya reaksiyasi qo’yiladi. 
Sistinazani aniqlash uchun (Pizu sinamasi) sistin qo’shilgan probirkadagi ZA
 
ustunchasiga 
tekshiriluvchi kultura sanchib ekiladi. Ekma 37°S da kelasi kungacha termostatga qo’yiladi. Chin 
bug’ma tayoqchalari sanchib ekilgan yunalishda qo’rg’oshin sulfid hosil bo’lishi natijasida muhit 
qorayadi, muhit sathidan 1 sm pastroqda qoramtir «bulutcha» paydo bo’ladi. 
Fermentativ xususiyatlari amaliyotda keng qo’llanilayotgan usullarda o’tkaziladi. 
Corynobacterium diphtheriae qo’zg’atuvchisi boshqa difteroidlardan farqlanib toksigenlik 
xususiyatga, sistin aktivligiga ega va maxsus qon zardobi bilan AR musbat bo’ladi, Bundan 

159 
 
tashqari qo’shimcha fermentativ xususiyatlari va epidemiologik jihatdan zarur bo’lsa fagotiplari 
o’rganilib yakuniy javob beriladi. 
 
Laboratoriya mashg’uloti 13 
 
Mavzu: Sodda patogen jonivorlar. (Bezgak, leyshmanioz).Zamburug’lar keltirib chiqaradigan 
infeksiya. (dermatomikozlar, kandidozlar) 
Aktinomikozlar. Dermatomikozlar. Kandidozlar va ularning mikrobiologik xususiyatlari.     
Dars soati: 4. 
1.  Darsning maqsadi. Mikoplazma  qo’zg’atuvchilarining asosiy hususiyatlarini harakterlashni 
bilish, ularni marfalogiyasini, odamlardan infeksion patalogiyasini ro’li; laboratoriya, 
diyagnostika metodlari va davolovch preparatlarni bilish 
2.  Darsning vazifasi. Talabalarga  aktinomikozlar  dermatomikozlar kandidozlar qo’zg’atuvchi 
kasalliklar haqida ma’lumot berish diyagnostika va oldini olish chora tadbirlarini o’rganish. 
3.  O’quv jarayonining mazmuni. 
1. Zamburug’lar sistematikasi va morfologiyasi. 
2. Zamburug’lar o’sishishi vatoksin hosil qilishi. 
3. Zamburug’ hujayrasining tuzilishi va kimiyoviy tarkibi. 
4. Immuniteti. 
5. Askomisetlar, bazidomisetlar qo’zqatadigan kasalliklar. 
6. Dermatomikoz qo’zg’atuvchilari. 
7. Laboratoriya tashhisi. 
8. Davolash uchun ishlatiladigan preparatlar. 
9. Oldini olish chora tadbirlar.    
           4. O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi (metod (usul), shakl, vosita,                 nazorat, 
baholash) 
                   a) Darsning turi – suhbat.  
                   b) Metod –  Blits, Kim tez, kim ko’p.  
                   v) Forma (shakl) – guruh. 
                   g) Vosita – doska, tarqatma material, tablitsa, tayyor preparat. 
                   d) Usul – nutqli. 
                   ye) Nazorat – kuzatish, ko’rish.  
                   j) Baholash – o’z-o’zini va umumiy baholash. 
                
              5. Metod – blits o’yin, qor bo’ron, bumerang. 
         Blits  –  o’yin, blits pathogen zamburug’lar keltirib chiqargan kasalliklar(mikoz) 
joylashishi, patoginezi va klinik belgilariga ko’ra 4 guruhga simtomlarga(zararlash joyiga) qarab 
belgilab bering. 
 
 
Yuzaki mikozlar  
yoki keratomikozlar 
epidermomikozlar 
Teri osti yoki 
subkutan 
mikozlar 
Chuqur 
mikozlar 
Ichki a’zo va 
turli 
to’qimalarni 
shi-kastlaydi 
 
 
 

epidermis, 
soch-lar, 
tirnoqlar shi-
kastlanadi. 
Oyoq panjasi 
epider-
mofitiyasi 
 
 
 
         + 
 
 

160 
 
rubro-mikoz, 
trixofitiya va 
boshqalar 
Teri va teri osti 
kletchatkasi, 
fast-siya va 
suyaklar 
jarohati 
 
 
 
 
 
         + 
 
Bu 
kasalliklarda 
soch va epider-
misning 
mug’uz 
qatlami 
jarohat-lanadi. 
 
 

 
 
 
  
 
№  Qo’zg’atuvchining 
turi 
Turlari va keltirib 
chiqaradigan 
kasalliklar 
Patogenez va 
simptomlari 
Laboratoriya 
tashhisi 
Davolash va 
oldini olish 

Bazidomitsitlar  
Qalpoqchali 
zamburug’lar 
Og’iz orqali zahar-
lanish, qorinda 
og’riq, to’htovsiz 
qusish, 
Qusuq mod-
dani ozuqa 
muhitga ekish 
Atropin 
yuborish 
me’dani yuvish  

Dermatamikoz 
qo’zg’atuvchilari 
Epidermofitiya, 
trixofitiya, 
mikrosporiya  
Soch, tirnoq, yuz va 
bo’yin sohalar 
bosh.organlarni 
zararlaydi 
Mikroskopik, 
bakteriologik 
Grizeofulvin 
yod prepa-
ratlari, lamizin 

Kandidoz 
qo’zg’atuvchilari 
C. albicans 
C.tropicalis 
kandidoz k.ch. 
Ekzogen va 
endogen omillar 
bilan yuqadi, teriga, 
og’iz bo’shlig’i 
zarar tomoq, lunj.  
Mikroskopik 
Bakterialogik 
serologik 
KBR, PGAR 
Nistatin, le-
varin, 
autovaksina 
dezinfeksiya  
 
 Talabalar bilan “Kim tez, kim ko’p” o’yinini o’tkazish mumkin. Talabalarga mavzuga 
oid qisqa savollar beriladi. Ma’lum soniya ichida  savolga qisqa to’g’ri javob berishi kerak.  
  1.    Patogen zamburug’larning ko’pchiligi qaysi sinfiga kiradi? 
  2.    Hozirgi vaqtda  zamburug’larning qancha patogen turlari bor?  
3.   Zamburug’lar hujayrasining struktural komponentini nima tashkil qiladi? 
4.   Zamburug’lar qaysi yo’l bilan ko’payadi? 
5.   Zamburug’lar qaysi oziqa muhitda o’stiriladi? 
  6.   Patogen zamburug’larning ko’payishi uchun qanday omillar kerak bo’ladi? 
  7.   Patogen zamburug’lar  agarli muhitda o’sganda qanaqa  koloniyalar hosil qiladi? 
     
        6. Talabalarning mustaqil bajarishlari uchun vazifalar. 
      1. Noto’g’ri gemagglutinasiya reaksiyasini qo’yish. 
      2. Davolash uchun ishlatiladigan preparatlarni o’rganish. 
 
7.Talabalarning o`z ustida ishlashi uchun lozim bo`lgan metodik qo`llanma (Nazariy qism) 
    Zamburug’lar sistematikasi va biologiyasi 
Mikologiya fanining rivojlanishi va  zamburug’lar sitologiyasi, kimyoviy tarkibi, irsiyati 
va boshqa xususiyatlari to’g’risida yangi-yangi ma'lumotlarning yig’ilishi natijasida ularning tirik 
organizmlar olamidagi sistematik o’rni ham o’zgarib bormoqda va mumkin qadar chuqurroq, 

161 
 
aniqlanmoqda.  Hozirgi vaqtda zamburug’lar katta eukariotlar olamiga kiradi, bu o’z navbatida 
ikkita mustaqil Mycota zamburug’lar olamiga bo’linadi.  Bular yana ikkita bo’limga: 
Muxomukota va haqiqiy Eumykota zamburug’lariga ajraladi.  Bular ham o’z navbatida anamorf 
(jinssiz) va telemorf (jinsiy) rivojlanish, bosqichlariga ko’ra yettita sinfga: Chrytridiomycetes, 
Huphochrytridiomycetes, Oomycetes, Zygomycetes, Ascomycetes, Basidomycetes va 
Deuteromyceteslarga bo’linadi.  
Patogen zamburug’larning ko’pchiligi deyteromitset sinfiga kiradi. Ularning giflari 
septali bo’lib, vegetativ hamda konidiylar (ekzosporalar) yordamida jinssiz yo’l bilan ko’payadi. 
Bular o’z navbatida sinf, tartib, oila, urug’, tur va shtammlarga bo’linadi.  Shulardan ayrimlari 
saprofitlar, ba'zilari o’simliklar, hayvonlar va odamlarda 1 kasalliklarni keltirib chiqaradi, ya'ni 
patogendir.  Hozirgi vaqtda  zamburug’larning 100 dan ortiq patogen turlari ma'lum.  
Morfologiyasi va tuzilishi.  Zamburug’lar yosh kul`turasining hujayrasi  dumaloq, 
tuxumsimon,  yetilgan hujayralari esa noksimon, duksimon va amyobaga o’xshash bo’lishi 
mumkin.  Ko’pchiligi esa silindrik hujayralarining birlashishidan mitseliy hosil qiladi. 
Zamburug’lar tuzilishi bo’yicha suv o’tlariga o’xshash bo’lib, ajralib turadi, bir yoki bir necha 
yadro, hujayra devori va sitoplazmatik pardadan iborat.  Yosh kulturalarning sitoplazmasi 
gomogen bo’lib, yetilganlari donachalardan tashkil topgan.  Sitoplazmasida mitoxondriya, Golji 
apparati, vakuola, turli kiritmalar (glikogen, volyutin, linid, organik tuzlarning kristallari, 
pigmentlar) bor.  
Zamburug’lar hujayrasining struktural komponentini mitseliylar tashkil etadi. Ular 
shoxlangan rangsiz, yo’g’onligi 1-10 mkm, uzunligi 4-  70 mkm, iplardan (giflardan) iborat. 
Zamburug’larning ayrim turlaridagi mitseliylar bo’g’insiz hujayralardan (Mucor), ayrim oliy 
zamburug’lar mitseliylari ko’p hujayra, achitqisimon zamburug’larda esa (Candida) soxta 
mitseliylar bo’ladi. Ayrim zamburug’larda konidorflar murakkab bo’lib, o’ziga xos mikroskopik 
tuzilishga ega.  Masalan: Aspergillus koidorflari gifning uchida joylashgan bo’lib, pufakchaga 
o’xshaydi va ularda shishasimon o’simtalar -  terigmalar o’sib chiqadi.  Ulardan esa konidiylar 
paydo bo’ladi. Penicillium Fusarum, Microsporum zamburug’larning uchlarida pufakchalar hosil 
bo’lmaydi.  
Dermatomikoz qo’zg’atuvchilarning ikki yonida joylashgan mikrokonidiylar aleyriyalar 
deyiladi. Ularning barcha sporalari jinssiz, vegetativ yo’l bilan hosil bo’ladi, ammo sporalar 
jinssiz yo’l bilan, ya'ni gaploid xromosomalarga ega  bo’lgan ikkita yadroning qo’shilishi 
natijasida ham hosil bo’ladi.  
Zamburug’larda jinsiy yo’l bilan ko’payish usuli har xil.  Sodda Zamburug’lardagi jinsiy 
yo’l bilan hosil bo’ladigan sporalar oosporalar va zigosporalar, yuqori-murakkab 
zamburug’dagilarni esa askospora va bazidosporalar deyiladi.  Hozirgi vaqtda zamburug’larning 
vegetativ va jinssiz yo’l bilan ko’payishi anamorf va jinsiy yo’l bilan ko’payishini  telemorf 
deyiladi.  Sun’iy muhitlarda o’stiriladigan zamburug’lar morfologiyasi polimorfizm xususiyatiga 
ega, ammo patologik materialdan olingan zamburug’larda esa bu xususiyat kamroq namoyon 
bo’ladi.  
Zamburug’’lar biologiyasi.  Zamburug’lar, asosan, spora hosil qilib, bo’linib, 
kurtaklanib va o’sib ko’payadi.  Qulay sharoitda sporalar o’sib naychalar hosil qiladi, bular o’z 
navbatida uzayib iplar (giflar) ga aylanadi.  Keyinchalik giflarda ko’ndalang to’siq pardalar, ya'ni 
septalar hosil bo’ladi. Ular, asosan, yuksak zamburug’larda bo’lib, septali giflar deyiladi. Sodda 
zamburug’lar giflarida septalar bo’lmaydi, shuning uchun ularni septasiz giflar deyiladi. Spora 
hosil qilish faqat ko’payish vazifasini bajaribgina qolmay, balki zamburug’larning tashqi muhitda 
tarqalishiga ham sabab bo’ladi.  
Zamburug’larning spora hosil qiluvchi qismi sporaforalar  deyiladi. Sporalar tashqi va 
ichki bo’ladi.   
O’sishi.  Zamburug’lar aerob sharoitda, Saburo, Chapek-Doks, suyuq suslo yoki suslo-
agarlarda, ya'ni pH 6,0-6,5 bo’lgan oziq  muhitlarda 22-37° S haroratda yaxshi ko’payadi. Ammo 
patogen zamburug’lar pH 3-10 bo’lgan muhitlarda ham  o’sishi mumkin. Ko’pincha zamburug’lar 
turli xil fermentlarga ega bo’lib, shular yordamida oqsil, uglevod va lipidlarni parchalaydi, 
ayrimlari patogenlik omillari ham xisoblanadi. Ayrim fermentlar yog’och, teri, suyak va mum 
kabi sintetik polimerlar va boshqa murakkab organik moddalarni parchalash xususiyatiga ega.  

162 
 
Patogen Zamburug’larning ko’payishi uchun turli o’stiruvchi omillar (vitamin, 
aminokislotalar), mineral moddalar va mikroelementlar (rux, kobalt, natriy va temir, magniy, mis, 
fosfor tuzlari) zarur.  
Patogen zamburug’lar  agarli muhitda o’sishiga ko’ra to’rt xil koloniyalar: 
 1) teriga o’xshash, silliq, qattiq;  
2) paxtaga o’xshash momiqsimon, g’ovak;  
3) duxobaga o’xshash tukli, kalta juda ko’p mitseliylar bilan qoplangan; 
4) mo’rt, pardasimon, tez sinadigan, karton yoki un sepilganga o’xshash koloniyalar 
hosilqiladi.  
Zamburug’larning ko’p turlari suyuq, muhit yuzasida parda, probirka tubi yoki devorida 
esa, namatga o’xshash cho’kma hosil qiladi.  Ular oq, sariq, jigarrang, qora, havorang, yashil, 
qizil, malinaga o’xshash va boshqa rangdagi pigmentlarni hosil qiladi, ammo patologik 
materialdagi zamburug’larning ko’pchiligi pigment hosil qilmaydi.  
Toksin hosil qilishi.  Patogen zamburug’larning ayrim turlari (Fusarium) ekzotoksin, 
aspergillning ayrimlari aflotoksin, Fusarium sporotochiella lipotoksol, ammo zamburug’larning 
ko’p turlari kuchli toksinlar (fallotoksin, muskarin va boshqalar) hosil qiladi.  Infektsiyaning kirish 
joyi, tarqalish yo’li har xil mikozlarda turlicha. Chuqur mikozlar qo’zg’atuvchisining sporasi nafas 
yo’liga, subkutan-spora yoki mitseliy bo’lakchalari teridagi yaraga tushgach kasallik paydo 
bo’ladi.  
Zamburug’ hujayrasining tuzilishi va kimyoniy tarkibi.  Zamburug’lar eukariot 
organizmlarga kirganliga sababli, hujayra tuzilishi eukariotlarga xos bo’ladi. Hujayrada yadro 
bilan yadrochalar, mitoxondriya, endonlazmatik retikulum, Golji apparati, lizosoma. falosoma, 
segresomalar bor.  Lomasoma va xitosomalar faqat zamburug’larda topilgan.  Zamburug’ 
hujayrasida bitta yoki o’nlab yadrolar bo’ladi. Zamburug’larning ko’p turlari tashqi sharoitga 
ko’ra achitqi  yoki mitseliy shaklida o’sadi, ya'ni dimorfizm xususiyatiga ega.  
Shikastlangan hujayrada achitqi hujayrasiga, probirkada o’stirilganda esa, ipsimon 
mikroorganizmlarga o’xshaydi. Zamburug’ hujayrasi devori bakteriya hujayrasidan uglevod 
tabiatli mikrofibrillyar (glikanlar) dan tashkil topganligi bilan farq qiladi.  
Zamburug’ kasalliklarining paydo bo’lishida unga moyillik ham muhim ahamiyat kasb 
etadi.  Shuning uchun dermofitiya bilan, asosan, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar; 
chaqaloqlar va uch yoshgacha bo’lgan bolalar esa ko’pincha kandidoz bilan og’riydilar. 
 
Zamburug’ kasalliklarining paydo   bo’lishiga gipo-  va avitaminoz, disbakterioz, kup terlash, 
xavfli o’sma, qon kasalliklari, OITS, turli yaralar va surunkali kasalliklar, antibiotiklardan 
noto’g’ri foydalanish, xromomikoz, sporotrixoz va boshqa omillar ham sabab bo’ladi.  
Yüklə 3,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin